12
MA’RUZA – 2
Mavzu: O’zbekistoining sotsial - ijtimoiy ekologik muammolari
Reja:
1. Ekologik muammo tushunchasi.
2. O’bekistonning sotsial - ijtimoiy ekologik muammolari xakida
(I.Karimov. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» kitobi asosida).
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: ekologik muammo, ekologik inqiroz, er cheklanganligi,
sho’rlanish, suv tanqisligi, havo ifloslanishi.
Hozirgi vaqtda tirik organizmlar - o’simlik, hayvonot dunyosi va odamning atrof - muhit bilan
munosabatlari fan va texnika taraqqiyotining jadallashuvi tufayli borgan sari keng miqyosda sodir bo’lib,
avvalgi tabiiy barqaror muvozanat ayrim joylarda buzilish arafasida, bazi o’lkalarda esa u butunlay buzilib,
xavfli, hatto halokatli ekologik vaziyat tarkib topmokda.
Binobarin, inson tabiatga, o’z navbatida tabiat insonga aks tasir qilmoqdaki,
buning oqibatida
murakkab, ko’p qirrali va turli xususiyatli muammolar yuzaga kelib, o’zaro tasir kuchaygan sari ular tezlik
bilan shakllanib bormokda.
Inson faoliyati tasirida biosferaning o’zgarishi katta tezlik bilan bormokda. V.I.Vernadskiy
tomonidan inson er kurrasining qiyofasini o’zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini
takidlab o’tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlarga ana shunday munosabatda bo’lishi natijasida XX asrning
o’rtalarida ekologik muammolar juda ham avj olib ketdi.
Demak,
ekologik muammo deganda - insonning tabiatga ko’rsatayotgan tasiri bilan bog’lik xolda
tabiatning insonga aks tasiri, yani uning iqtisodiyotida, hayotida, xo’jalik axammyatiga molik bo’lgan
jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog’lik (stixiyali talofatlar, iqlimning o’zgarishi, hayvonlarning yalpi
ko’chib ketishi va boshqalar) har qanday xodisani tushunamiz.
Ekologik muammolarni uch guruxga ajratish mumkin:
1. Mahalliy (lokal).
2. Mintaqaviy (regional).
3. Umumsayyoraviy (global).
Ayrim yirik
shaharlar, sanoat markazlari, aloxida tumanlarda mahalliy;
Orolbo’yi, Chernobildagi muammolar mintaqaviy;
Ozon tuynuklari muammosi, ishqorli va kislotali yomg’irlar, cho’llanish jarayoni, Dune okeanining
ifloslanishi kabilar umumsayyoraviy ekologik muammolar hisoblanadi.
Er yuzida ekologik tang vaziyatli xududlarning keskin ko’payishi umumsayyoraviy ekologik inqiroz
xavfining real ekanligini ko’rsatadi. Agar keyingi 30 - 40 yil ichida ekologik muammolarni hal qilish
uchun barcha zarur chora tadbirlar ko’rilmasa, ekologik inqiroz muqarrardir.
Ekologik inqiroz - insonlar jamiyati va tabiat orasidagi nomuvofiqlik bo’lib, biosfera resurslariga bog’liq
bo’ladi.
Ekologik inkirozning belgilari - oziq muammolari, demografik portlash,
tabiiy resurslarning
tugashi, havo va suvning ifloslanishida, urbanizatsiya jarayonida, tabiiy peyzajlar, dam olish va davolanish
jarayonlarining qisqarib ketishida ko’rinadi. Shuning uchun qam hozirgi inson - o’zining butun hayoti
davomida eng qiyin sinovda turibdi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
O’zbekistonda keyingi 30 - 40 yil mobaynida yangi qazilma boyliklar konlarining topilishi, qulay tabiiy
va iqlimiy sharoitlar hamda mehnat boyliklarining ko’pligi tufayli ishlab chiqarish kuchlari nixoyatda tez
tarakqiy etdi.
Endilikda O’zbekistonda mashinasozlik, metallurgiya, rangli metallurgiya, energetika, kimyo, qurilish
materiallari ishlab chiqish, gaz va neftni qayta ishlash, shuningdek engil va oziq - ovqat hamda boshqa
sanoat korxonalari keng rivojlangan. O’zbekistonimiz mustaqil davlat deb elon qilingandan so’ng sanoat
korxonalarini yangi zamonaviy dastgoxlar: kompyuterlar bilan boshqariladigan murakkab
mexanizmlar bilan
jihozlash boshlandi, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, to’qimachilik, oziq - ovqat kabi yangi sanoat
korxonalari tez suratlarda qurila boshladi.
Fan - texnika taraqiyotining jadallashuvi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanmaslik, tabiatga nisbatan
qo’pol munosabatlar va boshqalar ekologik muammolarni vujudga keltirdi.
13
Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI - asr bo’sag’asida» kitobida O’zbekistondagi
vujudga kelgan murakkab vaziyatlar nimadan iboratligini aniq ko’rsatib bergan.
Bular nimalardan iborat:
Birinchidan, erning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog’lik havf to’xtovsiz ortib
bormokda. Er odamni boqadi, kiyintiradi. Er ulkan boyligimiz bo’lishi bilan birgalikda kelajakni belgilash
omili hamdir.
Respublikaning 447,4 mint kvadrat km dan ortiq bo’lgan umumiy maydonning 16 % ekin maydonlari
tashkil etadi. O’zbekiston egallab turgan maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi
cho’l va yarim cho’l erlar tashkil etadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O’zbekistonda aholining
zichligi ayiiqsa yuqori bo’lib, 1 km
2
ga 51,4 kishi to’g’ri keladi. Qozog’istonda 6,1; Qirg’izistonda 22,7;
Turkmanistonda 9,4 kishini tashkil etadi. Respublikamizda xar bir odamga 0,17 ga ekin maydoni to’g’ri
kelsa, Qozog’istonda 1,54 ga; Qirg’izistonda 0,26; Ukrainada 0,59; Rossiyada 0,67 ga ekin maydoni to’g’ri
keladi. Bizda axolining o’sishi nisbatan yuqori bo’lib xosildor erlarni - shaharlarni rivojlantirishga,
uy - joy
qurilishiga, yangi korxonalar, muxandislik hamda transport kommunikatsiyalari tarmog’ini barpo etishga
ajratib berish jarayonlari jadal bormokda. Shular hisobga olinsa, XXI - asrda er zaxiralari bilan taminlash
muammosi yanada keskinlashishi mumkin. Erning nixoyat darajada sho’rlanganligi O’zbekiston uchun ulkan
ekologik muammodir. Erlarni ommaviy suratda o’zlashtirish, hatto sho’rlangan va melioratsiyaga yaroqsiz
yirik yaxlit maydonlarni ishga solish ana shunga olib keldi. So’ngi 50 yil mobaynida sug’oriladigan er
maydoni 2,46 mln gektardan 4,28 mln ga etdi. Ekin maydonlari tarkibida so’ngi vaqtlarga (1990) qadar paxta
deyarli 75 % maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta ham mamlakatida paxta monopoliyasi bu qadar yuqori
darajaga ko’tarilmagandi. Bu
xol erlarning kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga, uning
suv - fizikaviy xossalari yomonlashuviga, tuproqning buzilishiga va nurashi jarayonlari ortishiga olib keldi.
O’zbekistonda noorganik mineral o’g’itlar, gerbitsidlar va pestitsidlarning qo’llanishining eng yuqori
miqdorlari ham o’nlab barobar ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, ko’l, er osti va ichimlik suvlarini
ifloslantirdi. Hamma joylarda paxta nazoratsiz sug’orildi. Tuproqning nami kupayib ketdi. Bu esa uning
qayta sho’rlanishiga olib keldi. Tuproqning xar xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi
ham xavf tug’dirmoqda.
Foydali qazilmalarni jadal qazib olish, ularni qayta ishlashning texnologik sxemalari nomukammalligi
ko’p miqdorda kul, shlak va boshqa moddalar to’planib qolishiga olib kelmoqda.
Bular dexkonchilik uchun yaroqli bo’lgan erlarni egallabgina qolmasdan,
balki tuproqni, er usti va er
osti suvlarini, atmosfera havosini ifloslantirish manbalariga ham aylanmoqda.
Respublikada zaharli chiqindilardan foydalanish sanoati esa hozircha yaratilgan emas.
O’zbekioton xududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 236 dan ortiq shahar va qishloq
axlatxonalari mavjud bo’lib, ularda taxminan 36 mln m kub axlat to’planadi. Ular asosan stixiyali
ravishda geografik, geologik - gidrogeologik va boshqa shart - sharoitlarini kompleks o’rganmay turib tashkil
etilgan. Shu chiqindilarni zararsizlantirish va ko’mish ishlari ibtidoiy usullar bilan amalga oshirilmoqda.
Respublikada maishiy chiqindilarni sanoat usulida qayta ishlash endi amalga oshirilmoqda. Yagona
Toshkent maishiy chiqindilar tajriba zavodi 1992 yil ishga tushdi. Radiaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta havf
tug’dirmoqda. Maylisoy (Qirg’izistonda) daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha
uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko’milgan.
Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu erlarda selni to’sadigan tug’onlarni
maxkamlash hamda kuchki havfi bo’lgan joylardagi kiyaliklarning mustahkamligini taminlash lozim. Navoiy
viloyatidagi qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o’chog’i hisoblanadi. Bu
erdagi radiaktiv qumni shamol o’chirish xavfi bor.
Ikkinchidan, suv
zaxiralarining, shu jumladan, er ustki va er osti suvlarining keskin tanqisligi hamda
ifloslanganligi katta tashvish tug’dirmoqda.
Respublikaning dare, kanal, suv omborlari, xattoki er osti suvlari ham har tomonlama inson faoliyati
tasiriga uchramoqda, Suv zaxiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir. 60 - yillardan
boshlab Markaziy Osiyoda yangi erlar keng ko’lamda o’zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari
rivojlandi. Urbanizatsiya jarayoni kuchaymokda.
Kollektor - zovur tizimlari qurildi hamda dare suvlari ekinlarni sug’orish uchun muttasil ravishda yuqori
xajmlarda olindi. Shu sababli havzalardagi suvning sifati tobora yomonlasha bordi. Daryo suvlarining
ifloslanishi ekologiya, gigiena va sanitariya - epidemiologiya vaziyatini, ayniqsa, daryolarning quyi
oqimlarini yomonlashtirmoqda. Dare suvlarining tarkibida tuzlarning mavjuddigi esa Amudaryo,
Sirdaryo,
Zarafshon va boshqa daryolarning deltalarida tuproqning sho’rlanishini kuchaytirmoqda.
O’zbekiston va qo’shni mintaqalar sharoitida axolini sifatli ichimlik suvi bilan taminlash ham katta
axamiyatga ega. Axolini vodoprovod suvi bilan taminlash ko’rsatkichi respublikada faqat keyingi 5
yillikning o’zida taxminan 1,5 barobar ortdi. Shunga qaramay, bu muammo dolzarbligicha qolmoqda.