Metallarni payvandlash asoslari payvandlashning maxsus yollari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə6/7
tarix17.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#149754
1   2   3   4   5   6   7
metallarni payvandlash asoslari payvandlashning maxsus yollari

Payvandlash gorelkalari. Payvandlash gorelkalari metallarrni dastaki usulda payvandlashdagi asosiy asbobdir. Gorelka kislorod bilan atsetilenni ma’lum nisbatda aralashtirib rostlash uchun xizmat qiladi. Gorelkalar konstruksiyasiga ko‘ra tubandagi xillarga ajratiladi: injektorli, injektorsiz. (Bir alangali va ko‘p alangali gorelkalar ham bo‘ladi). Injektorli gorelkalarga yonuvchi gaz quyi bosimda (0,01?0,2 kg/sm2), kislorod esa yuqori bosimda (3-4 kg/sm2) haydalandi. Injektorli gorelkani sxemasi 5.4-rasm, a da keltirilgan.
Sxemadan ko‘rinadiki, yuqori bosimdagi kislorod kanal 1 dan, atsetilen kanal 2 dan kiradi. Kislorod miqdori ventil 3 bilan, atsetilen miqdori esa ventil 4 bilan rostlanadi. Gorelkaga kiritilgan kislorod injektor 5 ning soplosidan katta tezlikda chiqishida kanal 2 dan kelayotgan atsetilenni so‘radi va kamera 6 da u bilan aralashib, yonuvchi gaz aralashmasi hosil qiladi. Bu aralashma mundshtukdan chiqishida yondirilsa, payvandlash alangasi olinadi. Injektorsiz gorelkaning sxemasi 5.4-rasm, b da ko‘rsatilgan.
Sxemadan ko‘rinadiki, bunday gorelkalarda kislorod kanal 1 dan, atsetilen esa kanal 2 dan kiritilib, ular aralashtirgich 4 ning silindrik kamerasiga o‘tadi va u erda yonuvchi aralashma hosil bo‘ladi. Bu aralashma gaz trubkasi 5 dan mundshtukka o‘tib, undan chiqishida yondirilsa, payvandlash alangasi olinadi.

5.4-rasm. Payvandlash gorelkalari:
a-injektorli gorelka: 1, 2 – trubka; 3, 4 – ventil; 5 – injektor; 6 – aralashtirish kamerasi; 7-trubka; 8– mundshtuk; b – injektorsiz gorelka; 1, 2 – trubka; 3, 3I – ventil; 4– aralashtirish kamerasi; 5-trubka; 6 – mundshtuk;

Tajribalardan ma’lumki, atsetilen-kislorod gorelkalarida normal tarkibli gaz aralashmasining alangasi barqaror yonishi uchun mundshtuk soplasidan (teshigidan) chiqayotgan gaz aralashmasi tezligi 50-70 m/sek. Gorelka mundshtuklari issiqlikni tez o‘tkazish uchun issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan materiallardan (M3 markali mis yoki BR X065 markali xromli bronzalardan) tayyorlanadi.
Kichik quvvatli gorelka mundshtuklari va suv bilan sovitib turiladigan gorelkalar
LS59-1 markali latundan tayyorlanadi. Alanganing barqaror yonishini ta’minlash uchun mundshtukning gaz aralashmasi chiqadigan teshigi nafis ishlanishi lozim. Mundshtukning yuzasi jilolanadi, bu esa sachragan metall tomchilarini unga yopishishdan saqlaydi. Sanoatda ishlatilishiga ko‘ra, turli konstruksiyadagi (payvandlash, kavsharlash, qizdirish, tozalash) va quvvalti gorelkalardan foydalaniladi.
Lekin, o‘rtacha quvvatli universal gorelkalardan (GS-3) amalda ko‘proq foydalaniladi.
Turli qalinlikdagi metallarni payvandlashda alanganing quvvatini rostlash uchun gorelkalarning almashtiriladigan turli nomerli uchliklari bo‘lib, ulardan to‘g‘ri foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Payvandlashda payvandchi gorelkaning buzuqmasligi va sozlanganligi kabi masalalarga alohida e’tibor bermog‘i lozim. Agar alanga paqillab tez-tez o‘chsa, kislorod va atsetilen ventillarini burab, gaz nisbatlarini rostlab normal alangaga erishish lozim. Agar bunda ham alanga normal bo‘lmasa, gorelkaning o‘zi buzuq bo‘lishi mumkin yoki biriktirish joylari zich bo‘lmasligi, mundshtukning gaz aralashmasi chiquvchi teshigi yoki injektori, eyilgan kanallar berkilib qolgan bo‘lishi va boshqa sabablari bo‘lishi mumkin. Payvandlashni boshlashdan oldin payvandchi gorelkaning ishga yaroqliligini tekshirib ko‘rish shart. Buning uchun kislorod nippelliga shlang kiygizilib, gorelka korpusiga zaruriy uchlik va kiygizish gaykasi o‘rnatilib belgilangan uchlik uchun gorelkaga kislorod ventilini ochish bilan kuzatiladi. Bunda atsetilen nippellida so‘rish bo‘lishi shart. Buni bilish uchun nippell teshigiga barmoq bosib ko‘riladi. Agar so‘rish bo‘lsa, gorelka ishga yaroqli. Agar mundshtuk kanalchalari, aralashma kamerasi, atsetilen trubkalari ifloslanib berkilib qolgan bo‘lsa, bu kanallarni ingichka mis sim bilan tozalab, puflab yuborish lozim.
Gorelka tekshirib ko‘rilgach, unga ikkala shlangni ham ulash mumkin.
Gorelkani ishga tushirish uchun avval kislorod ventilini bir oz ochib, keyin atsetilen ventili ochiladi. Mundshtuk teshigidan chiqyotgan yonuvchi gaz aralashmasi yondiriladi-da alanga olinib kislorod yoki atsetilen ventillarini burab ularning nisbatlarini rostlab alanga normal holga keltiriladi. Payvandlash ishi tugugach, avval atsetilen ventili berkitilib, so‘ng kislorod ventilini berkitish kerak.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə