Metallarni payvandlash asoslari payvandlashning maxsus yollari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/7
tarix17.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#149754
1   2   3   4   5   6   7
metallarni payvandlash asoslari payvandlashning maxsus yollari

Gaz reduktorlari. Payvandlashda reduktorlar ballondan olinadigan gaz bosimning pasaytirish va ballondagi gaz bosining pasayishiga qaramay olinadigan gaz bosimini bir xil qiymatda saqlab turish uchun xizmat qiladi. (Bunda kislorodning ish bosimi 0,5 dan 15 kg/sm2 gacha, atsetilenning ish bosimi esa 0,05-1,5 kg/sm2 gacha).
5.3-rasmda prujinali teskari ta’sir reduktorining tuzilish va ishlash prinsipi ko‘rsatilgan.
S xemadan ko‘rinadiki, siqilgan gaz ballondan reduktorning yuqori bosim kamerasi 4 ga o‘tadi. (Reduktorga kelayotgan gaz bosimi manometr 2 dan kuzatiladi). SHunday qilib, u klapan 5 ning ochilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Gorelkaga gaz yuborish uchun vint 10 o‘ngga burilsa, u asosiy prujina 9 ni siqadi, u esa o‘z navbatida membrana 11 ni ko‘taradi. Natijada, shtok 12 klapan 5 ni ko‘taradi, natijada klapan 5 ochilib, yuqori bosimli gaz quyi bosim kamerasi 8 ga o‘tadi. Bu kameradagi gaz bosimi manometr 7 orqali

5.3-rasm. Gaz reduktori:
1-reduktor korpusi; 2, 7-manometr; 3, 9prujinalar; 4-yuqori bosimli kamera; 5klapan; 6-ehtiyot klapani; 8-quyi bosimli kamera; 10-vint; 11-membrana; 12- shtok.

kuzatiladi. SHuni aytio‘ kerakki, klapan 5 ning ochilishiga shaz bosimidan tashqari prujina 3 ham qarshilik ko‘rsatadi. Reduktorning quyi bosim kamerasidagi bosimni haddan tashqari ortib ketmasligini

ta’minlovchi ehtiyot klapani 6 ham bor.
Payvandlash vaqtida shaz sarfidan qati nazar, reduktorda doimo ish bosimi avtomatikaviy ravishda saqlanadi.
Reduktorni ishlatish. Reduktorni ballon ventiliga ulashdan avval shtutserini puflab, fibra proklatkasini kiygizish gaykasiga o‘rnatib, uning rezbasini moy iflosliklaridan tozalamoq zarur. Keyin esa reduktorni ventilga kiygazib, to‘la burb, so‘ngra ballon ventili ochiladi-da yuqori bosim manometri ko‘rsatishiga qarab ballondagi gaz bosimi kuzatiladi. Payvandlashda gazning ish bosimini rostlash uchun rostlash vinti 10 ni soat strelkasi yo‘nalishida burab zaruriy bosimga moslanadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə