Metallarni payvandlash asoslari payvandlashning maxsus yollari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/7
tarix17.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#149754
1   2   3   4   5   6   7
metallarni payvandlash asoslari payvandlashning maxsus yollari

Kislorod. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, gorelka yonuvchi gazni kislorod bilan ma’lum nisbatda aralashtiriladi, bu aralashma havoda yoqilgandagina yuqori temperatura beruvchi alanga olinadi. Ma’lumki, kislorod oddiy sharoitda rangsiz va hidsiz gaz bo‘lib, havodan bir oz og‘ir. Sanoatda esa texnikaviy kislorodni asosan, havodan olinadi. Buning uchun havoni maxsus qurilmalardan o‘tkazib, uni changlardan, uglerod (II) – oksiddan tozalab quritilgach, kompressorlarda 6-180 kG/sm2 azotdan ularni qaynash temperaturalari (kislorodniki – 1830 S bo‘lsa, azotniki 1960 S) tafovutlari hisobiga ajratiladi.
Atmosfera bosimidagi kislorod – 1830S temperaturada havo rang, oson bug‘lanuvchan suyuqlikka aylanadi, bunda uning hajmi 860 marta kamayadi, agar bu suyuqlikni qizdirsak, u yana gazga aylanadi.
Gaz holatidagi texnikaviy kislorod 40 litrli maxsus po‘lat ballonlarda 150-165 atm bosimda saqlanadi.

Gazaviy payvandlashda foydalaniladigan chokbop simlar va flyuslar


Yuqoridagi § lardan ma’lumki, payvand simlar tarkibi payvandlanadigan metallning ximiyaviy tarkibiga yaqin olinadi.
Quyidagi jadvalda uglerodli po‘latlarni payvandlashda qo‘llaniladigan chokbop simning markalaridan ba’zilari keltirilgan.
5.1-jadval

Sim markasi







Elementlarning miqdori, %








Mn

Si

Cr

Ni

S

P

Ko‘pi bilan




SV-08

1,10
0,14

0,35-0,60

0,03

0,15

0,30

0,04

0,04

Plastik va qovushqoq choklarni olishda

SV-08A

0,35-0,60

0,03

0,10

0,25

0,03

0,03

Plastik masuliyatli konstruksiyalar olishda

SV-08GA

0,8-1,10

0,03

0,10

0,25

0,03

0,03

SV-08GS

0,8-1,10

0,06-0,90

0,20

0,30

0,03

0,03

YUqori puxtalikdagi choklar olishda

CHokbop simlar yuzasida zang, bo‘yoq kabi iflosliklar bo‘lmay, tekis va toza bo‘lishi kerak. CHokbop simlarning diametri payvandlanadigan buyum qalinligiga va payvandlash usuliga ko‘ra belgilanadi.
Flyuslar. Mis, alyuminiy, magniy elementlari va ularning qotishmalarini payvandlashda havo muhitida yoki oksidlovchi payvandlash alangasida payvandlashda metall kislorod bilan shiddatli ravishda reaksiyaga kirishadi. Natijada, bu elementlarni o‘ziga nisbatan yuqoriroq temperaturada eriydigan oksidlar hosil bo‘lishi sababli payvandlashda suyuqlangan metall tomchilarini yupqa parda bilan cho‘lg‘ab, bu zarralarning o‘zaro birikishiga ancha halaqit beradi. SHuning uchun suyulantirilgan metalni oksidlanishdan va hosil bo‘luvchi oksidlardan ajratish maqsadida flyuslardan
(kukunlar yoki pastalar ko‘rinishida) foydalaniladi. Payvandlashda flyuks oksidlar bilan ximiyaviy birikmalar berib, oson eruvchi shlak hosil etib, metall sirtiga ko‘tarilib, metall vannasini oksidlanishdan saqlaydi. SHunday qilib, flyuks suyuqlantirilgan metalni oksidlardan tozalab chok sifatini oshiradi. Flyuslarning tarkibi payvandlanadigan metall tarkibiga va payvandlash usuliga ko‘ra belgilanadi. Flyus sifatida quruq bo‘ra, bor kislotasi, kremniy kislotasi va qator boshqa moddalardan foydalaniladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə