Don sifatini tahlil qilish



Yüklə 496,11 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü496,11 Kb.
#151188
DON SIFATINI TAHLIL QILISH


DON SIFATINI TAHLIL QILISH
Donlarning asosiy sifat ko‘rsatkichlariga ularning yangiligi (rangi, ta’mi, hidi), namligi, katta-kichikligi, ifloslanganlik darajasi, zararkunandalar bilan zararlanganligi yoki zararlanmaganligi, don kesimining shishasimonligi, gul po‘stlog‘ining miqdori va boshqalar kiradi. Don asosan saqlashga va qayta ishlashga ma’lum hajmda keltiriladi. Don massalari tashqi ko‘rinishi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir xil bo‘lishi talab etiladi. Don sifatini aniqlash asosan ikki guruhga bo’lib o’rganiladi . Organoleptik va labaratoriya usullari orqali tekshiriladi . Laboratoriya usuli bilan donlarning namligi, begona aralashmalar bilan ifloslanganlik darajasi, ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik darajasi aniqlanadi. Don to‘g‘risida yanada kengroq ma’lumotga ega bo‘lishi uchun donning zichligi, 1000 donasining massasi, don mag‘zining shishasimonligi, oqsil miqdori, kleykovina miqdori va sifati hamda donda kul miqdori kabi ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin. Labaratoriya usulida asosan maxsus asboblar oraqali tekshirish ishlari olib boriladi . Don sifatini aniqlashning yana bir usuli organoleptik usul deyiladi , bu usulda don sifatini sezgi organlari yordamida baxolash kiradi . Bu usulda boshqa usullar orqali aniqlab bo’lmaydigan sifat ko’rsatkichlarini ( masalan donning rangi , hidi , ta’mi ) aniqlash mumkin . Donning soflik ko’rsatkichlarini aniqlash deganda ( rangi , hidi , ta’mi ) uning asosiy soflik ko’rsatkichlari hisoblanadi . Har bir partiyada keltirilgan don massasida asosiy dondan tashqari boshqa begona aralashmalar, (begona o‘tlar urug‘i, qum, loy, poyalar, xaslar va hokazo) ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham don sifatini aniqlashda yoki soflik darajasini aniqlashda shularga e’tibor berish kerak . Agar don tarkibida kamchiliklar yoki buzilishlar aniqlansa , kamchilik kategoriyasi o’tqazilishi mumkin va donni qabul qiluvchi tomonidan qaytarilish xolatlari yuzaga kelishi mumkin. Bugungi kunda Respublikamizda etishtirilib, tayyorlanadigan va etkazib beriladigan bug‘doy doniga yangi – O’zDSt 880:2004 davlat standarti ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Bu standart davlat tizimida tayyorlanib oziqovqat va texnik maqsadlarda foydalaniladigan bug‘doy donlari uchun qo‘llaniladi. Mazkur standart talabi bo‘yicha bug‘doy doni namunasi 750 g/l ni tashkil etishi kerak. Suv miqdori esa 14 % dan, begona aralashmalar miqdori 1 % dan, boshqa donlar aralashmasi esa 3,0 % dan ortiq bo‘lmasligi va boshqa asosiy va muhim bo’lgan ko’rsatkichalari ko‘rsatib qo‘yilgan.




Yüklə 496,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə