Metallarni payvandlash asoslari payvandlashning maxsus yollari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/7
tarix17.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#149754
1   2   3   4   5   6   7
metallarni payvandlash asoslari payvandlashning maxsus yollari

S uvli saqlagichlar. Metallarni payvandlashda (yoki qirqishda) gaz aralashmasining gorelkadan chiqish tezligi uning yonish tezligidan kichik bo‘lganda (amalda noto‘g‘ri qo‘llashda) gaz aralashmasi generator tomon yurib, uni portlatishi mumkin. Ma’lumki, gaz aralashmasi uning tarkibiga, temperaturasiga ko‘ra turli tezlikda yonadi. YUqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosa chiqadiki, yonuvchi gaz aralashmasining gorelka mundshtuki soplasidan chiqish tezligi doimo uning yonish tezligidan katta bo‘lishi kerak. Agar mundshtukdan chiqayotgan gaz tezligi uning yonish tezligidan kichik bo‘lsa, alanga mundshtuk kanaliga o‘tib, u erda gaz aralashmasining yonishi sababli paqillagan tovush chiqib turadi. Agar alanga gorelka kamerasiga yanada ichkariroq o‘tsa, teskari zarb deb ataluvchi hodisa ro‘y berishi, gaz generatorini portlatishi ham mumkin. Bu hodisa gaz aralashmasining chiqish tezligidan yonish tezligi ortganda, gorelka mundshtugi o‘ta qiziganda yoki kislorod miqdori alangada ortganda, mundshtuk kanali suyuq metall tomchilari, iflosliklari bilan berkilib qolganda ham ro‘y berishi mumkin. Bunday hollarda gaz generatorining havfsiz ishalashini suv qulfi deb ataladigan moslama ta’minlaydi.
5.2-rasmda quyi bosimda ishlaydigan suv qulfining ishlash sxemasi keltirilgan.
5.2-rasm, a da suv qulfining normal 5.2-rasm. Quyi bosimda ishlaydigan suv
uzatuvchi trubka 1 dan, suv qulfiga o‘tib, undan esa muruvvat 2 orqali gorelkaga o‘tadi.
Bu erda ehtiyot trubkasi 4 bilan qulf oralig‘idagi suv sathining farqi gorelkani ta’minlovchi gazning ish bosimiga bog‘liq.
Gaz bosimining kamerada ortishida undagi suvning bir qismi gaz uzatuvchi trubka 1 va ehtiyot trubkasi 4 ga o‘tadi (5.2-rasm, b). Bunday holda generatordan gazning qulfiga o‘tishi to‘xtaydi. Qulfda suv sathi pasayganda ehtiyot trubkasidagi suv sathi yanada ko‘tarilib yonish mahsulotlari atmosferaga chiqib ketadi.
SHunday qilib, alanganing teskari tomonga yurishida u gaz keltiruvchi trubka 1 ga, binobarin, generatorga o‘tmaydi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə