Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 58,45 Kb.
səhifə1/10
tarix25.09.2023
ölçüsü58,45 Kb.
#123700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja


Reja

Kirish


  1. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda amaliy metodlar

  2. Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish

3. Turli yosh guruh bolalarini tabiat bilan tanishtirishga oid oʻyinlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhum huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistoning taraqqiyot strategiyasi1 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, maqsadida “Yashil makon” umumilliy loyihasi qabul qilindi .
Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, iqtisodiyotni yanada isloh etish, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar qamrab olingan.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning BMT bosh assembleyasining 72-sessiyasidagi “Ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, qatiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz” nomli nutqlarida , “Mintaqalarning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish” borasida, “Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi muhum masalani chetlab o‘ta olmaymiz” deb alohida to‘xtaldilar.
Tabiatni e’zozlash atrof-muhitni muhofaza etish haqidagi yo‘l-yo‘riqlar ajdodlarimizga, sharq mutaffakirlariga necha-necha zamonlar osha qo‘llanma va ilhom manbai bo‘lib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi uning tarkibiy bo‘linmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquq va javobgarliklarini belgilaydi. Davlat ekologiya qo‘mitasi ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Davlat ekologiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish, tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Insonning tabiatga ta’siri va ekologik muammolar, ularning bartaraf etish yo‘llari va turli chora-tadbirlari ko‘rilishi bu XXI asrning eng global muammolaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan aholida ekologik madaniyatni shakllantirish, buni ildizini esa maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilaridan boshlashimiz bu maqsadga muvofiq jarayondir. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish alohida qonun hujjatlari bilan ham himoyalangan va tabiatimiz davlat nazoratidadir. Ekologik ahvolni sog‘lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillarga bog‘liq hisoblanadi. Shu maqsadda ushbu omillarni o‘rgatishni maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz zarur masala hisoblanadi

Yüklə 58,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə