Mavzuning dolzarbligi


Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda amaliy metodlar



Yüklə 58,45 Kb.
səhifə3/10
tarix25.09.2023
ölçüsü58,45 Kb.
#123700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda amaliy metodlar

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdagi ikkinchi amaliy metodda o‘yin asosiy rol o‘ynaydi.
Tabiatning oddiy voqea – hodisasi va narsa (predmet) lari haqida bolalarning tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma – xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yinlarda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. Bolalarni amaliy metodlar vositasida tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalanish mumkin.
Didaktik o’yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalar bilimini umumlashtirish hamda sistemaga solishga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga yordam beradi, bolalarni mavjud bilimlardan yangi sharoitlarda foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni aktivlashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi,
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol — bosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Predmetli o’yinlar barglar, urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan «Ajoyib xaltacha», «Mevalar va ildiz», «Butoqdagi kimning bolakaylari» va shu kabi o‘yinlardir. Bu o‘yinlarda bolalar aktiv muloqotda bo‘ladigan predmetlarning xususiyati hamda belgilari haqidagi tasavvurlari aniqlanadi va boyitiladi. Predmetli o‘yinlarni bolalarning barcha yoshdagi gruppalari bilan ham, shuningdek yoshini hisobga olgan holda, bir oz murakkablashtirib individual holda ham o‘tkazish mumkin.
Stol — bosma o’yinlari — «Zoologiya lotosi», «Botaniqa lotosi», «Yilning to‘rt fasli», «Kichkintoylar», «Mevalar», «O‘simliklar», «Barglarni terib ol», juft rasmlar va shu kabilardir.
Bu o‘yinlar bolalarning o‘simliklar, hayvonlar, jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini sistemalashtirish, aytilayotgan so‘zga ko‘ra predmetning obrazini tiklash ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O‘yin so‘z bilan birgalikda olib boriladi, so‘z yo rasm idrok etilishidan oldin keladi yoki o‘yin bilan uyg‘unlashib ketadi.
Bunday o‘yinlar har kungi ishda ozchilikni tashkil etadigan bolalar bilan o‘tqaziladi.
Og‘zaki o‘yinlar («Nima uchadi, yuguradi, sakraydi», Suvda, havoda, YORa» «Kerak — kerak emas» va shu kabilar) hech qanday jihoz talab qilmasligi tufayli juda maqbuldir. Ular u yoki bu predmetning funkstiyalari hamda harakatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirish maqsadida o‘ynaladi. Bu o‘yinlar diqqatni, zehnlilikni, reakstiya tezligini, ravon nutqni rivojlantiradi. Uni kichik va o‘rta yoshdagi gruppalarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Harakatli o’yinlar. Tabiatshunoslik harakteridagi harakatli o‘yinlar hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ba‘zilarida jonsiz tabiat hodisalari aks ettiriladi. Bular «Ona tovuq va jo‘jalar», «Mushuk va sichqonlar» va shu kabi o‘yinlardir.
Bolalar bu o‘yinlarda harakatlarga, tovushlarga taqlid qilib, bilimlarni chuqurroq egallaydilar; o‘yindan zavqlanish bolalardagi tabiatga bo‘lgan qizishni chuqurlashtiradi.
Ijodiy o’yinlar. Uyinda bolalar mashg‘ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar, kattalarning tabiatdagi mehnati (parrandachilik fabrikasi, qoramolchilik fermasi, teplista va shu kabilardagi ishlar)
haqidagi bilimni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanadi, ular kattalarning tabiatdagi mehnatining ahamiyatini anglab oladilar.
_________________
O. Hasanboyeva. H.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. – T.: Cho`lpon NMIU. Qo„llanma. 2006

Tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy o‘yinlarni avj oldirish uchun sharoit yaratish zarur: o‘yinchoqlar nabori — qishloq xo‘jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar kiritiladi.


Ijodiy o‘yin turlaridan biri tabiiy materiallar: qum, qor, loy, mayda toshchalar, so‘ta va shu kabilar bilan o‘ynaladigan qurilish o‘yinlaridir. Bunda bolalar ijod qilar ekan,. materiallarning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar.
Tarbiyachi bolalarga o‘yinda tabiiy materiallarni tanlashda va ulardan foydalanishda yordam beradi ulardan foydalanish usullarini ko‘rsatadi.
Tabiatdagi mehnat. Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat jarayonida bolalarga tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik, g‘amxo‘rlik munosabatlari shakllantiriladi. (Tabiatdagi mehnat haqida VIII bobda batafsil yoritilgan).

Yüklə 58,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə