Mavzuning dolzarbligi


Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o‘yinlari



Yüklə 58,45 Kb.
səhifə10/10
tarix25.09.2023
ölçüsü58,45 Kb.
#123700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o‘yinlari.
Bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishda sport o‘yinlari va mashqlariga katta o‘rin beriladi.
Chang‘ida yurish, konkida, chanada uchish, velosipedda, samakatda, sport rollerda yurish, shuningdek suzish sport mashqlariga mansubdir. Ularning barchasi asosiy mushak gruhlarini mustahkamlashga, suyak, yurak-tomir, nafas olish va nerv tizimlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, chidamkorlik…), shuningdek, ritmlilik, harakatlar koordinatsiyasi, fazoda mo‘ljal olish malakasi rivojlanadi. Velosipedda yurish, konkida uchish vestibulyar barqarorlikni rivojlantiradi.
Tegishli kiyimda turli temperaturada toza havodagi mashg‘ulotlar quyosh nurida, shuningdek suvda chiniqish modda almashishini kuchaytiradi va chiniqtirishga xizmat qiladi.
Sport mashg‘ulotlaridan iborat mashg‘ulotlar bolalarga tabiat xodisalarini bilishga (qor, shamol, muz, suv…) sirg‘alish, tormozlanish haqidagi tushunchalarni, shuningdek sportroller, velosiped tuzilishi haqidagi bilimlarini egallashiga imkon beradi.
Sport mashqlari – mushaklarni mustahkamlashga, suyak, yurak, qon-tomir, asab tizimini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlardir.
Ochiq havoda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarni sport mashqlari va sport o‘yinlari elementlariga o‘rgatadi. Bu ishni asosan tarbiyachi olib boradi, lekin bolalarning sport mashqlarini bajarish malakalarini egallab va sport o‘yinlarini o‘ynashni bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va mustahkamlab borish kerak.
Ob-havo sharoiti, sport jihozlarining bor-yo‘qligi, bolalarning u yoki bu sport o‘yini va mashqlarini egallab olish darajasiga qarab, tarbiyachi rejada ko‘rsatilagn sport turlarini hafta bo‘yicha (ertalabki va kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar bir necha o‘yin turlarini mashq qilishlari mumkin. Masalan: ba’zi birlari velosiped uchadilar, ayrimlari stol tennisi va badminton o‘ynaydilar keyin esa ular o‘zaro o‘rin almashadilar,
Dastlab tarbiyachi sport o‘yinlari va mashqlarida ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida mashqni yetarlicha o‘zlashtirmagan bolalarni jalb etadi.
Keyinroq esa hamma bolalarning faol bo‘lishiga harakat qilishi kerak. Bolalar faqat sport o‘yinlari elementini o‘zlashtirib olishlari emas, balki ularning asosiy qoidalarini foydalanayotgan sport inventarlarining qismlari nomini, ularni asrab-avaylab saqlashni bilishlari lozim. Agar tarbiyachining o‘zi sport o‘yinlarida faol ishtirok etsa, bolalarning xatti-harakatiga rahbarlik qilsa, sport o‘yinlariga o‘rgatish ancha tezlashadi.


Xulosa
Tabiat bilan muloqot insonga ijobiy ta'sir qiladi, uni mehribon, yumshoq qiladi, unda uyg'onadi. yaxshiroq his-tuyg'ular. Farzand tarbiyasida tabiatning roli ayniqsa katta. “Tabiat ijodiy ilhom manbai, insonning nafaqat kattalar, balki o‘sib borayotgan barcha ma’naviy kuchlarini yuksaltirish manbaidir”. Tabiat atrofdagi voqelikning barcha in'ikoslarini hissiy ohanglarda rang berishga yordam beradi. Atrofdagi tabiatga, go'zallikning bitmas-tuganmas manbasiga ana shunday hissiy munosabat, ta'lim muassasalari tizimi bolalarni tarbiyalashi kerak.
Ajdodlarimiz ekologik o`gitlarining unutilishi, tabiat zaxiralariga o`ylamay netmay isrofgarchilik bilan munosabatda bo`lish O`zbekiston hududida ham yuz bergan. Buning oqibatida ko`plab ekologik muammolar yuzaga keldi. Shuning uchun ekologik tarbiyadagi eng muhim yo`nalish, Respublika hududidagi hozirgi zamon ekologik bo`hronlarni ilmiy asoslash va uni maqsadga muvofiq tarzda ilmiy-amaliy jihatdan o`rganish, Bolalardagi ekologik nuqsonlarni bartaraf etish va ularni ekologik muammolarni hal etishga qodir ekologik madaniyatli insonlar qilib shakllantirish muhim pedagogik muammo bo`lib hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, O`zbek xalqi tarixi yosh avlodlarni tabiat bilan tanishtirishga doir boy ijodiy merosga ega bo`lib, bu merosni o`rganish, hayotga tatbiq etish hamda kelajak avlodlarga yetkazish shu kunning eng muhim vazifasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


1 . Sh.Mirziyoev “2017-2021-yillarda maktabgacha ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 29.12.2016 y. Qarori.
2.O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi.Fuqarolarning burchlari.
XI bob.50- modda
3. O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi.Jamiyatning iqtisodiy negizlari. XII bob.55-modda
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi 76-son“Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 109-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonqarori asosida O‘zbekiston Respublikasi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” .
7. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari. Toshkent. 2008. D. Sharipovà va boshqalar. «Agar bolam sog`lom bo`lsin desangiz» (Ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning gigiyenik tarbiyasi haqida). Metodik qo`llanma. Òoshkent. 2006.
8. O. Hasanboyeva. H.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. – T.: Cho`lpon NMIU. Qo„llanma. 2006.
9. Sh.M. Kamolxo`jayev. «Tabiatshunoslik asoslari». – T.: «Moliya». Qo`llanma. 2002.
10. H.S. Yoldoshev. SH.M. Avazov. «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari». – T.: «Mehnat» nashriyoti. Qo`llanma. 2003 .
11. I. Xolliyev. A. Ikromov. «Ekologiya» – T.: «Mehnat». Qo`llanma. 2001.
12. Nig`matov A.N. Ekologiya Asosiy atama va iboralarning izoxli lug`ati. - T.: «Bioekosan» nashriyoti, 2001. 9. Ziyomuhamedov B. Ekologiya va ma‘naviyat. T.: «Mehnat» nashriyoti,1997.
13. To`xtayev A.S. Ekologiya Pedagogika institutlarining talabalari uchun o`quv qo`llanma. T.: «O`qituvchi» nashriyoti, 2001. 11. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish: O`qituvchilar uchun fakultativ kurs yuzasidan qo`llanma. - T.: «O`qituvchi» nashriyoti, 1991
14. M. Umarova Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008.
15. SH.Sodiqova, M.A.Rasulxo`jayeva Tabiat bilan tanishtirish metodikasi- T.: 2013 yil ―Fan va texnologiya‖ari.

1 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmon





Yüklə 58,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə