Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 58,45 Kb.
səhifə4/10
tarix25.09.2023
ölçüsü58,45 Kb.
#123700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja

OG’ZAKI METODLAR
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda og‘zaki metodlardan foydalanish ham muhim rol o‘ynaydi. Bunda tarbiyachining hikoyasidan, tabiat haqidagi badiiy kitoblarni o‘qishdan, tabiatga doir suhbatdan foydalaniladi.
Og‘zaki metodlardan foydalanish bir qator vazifalarni hal etadi. So‘z yordamida kuzatishlar va tabiatdagi mehnat jarayonida egallangan, bolalarga ma‘lum bo‘lgan tabiat hodisalari va hayvonlar hamda o‘simliklar hayotiga tegishli faktlar haqidagi bilimlar chuqurlashtiriladi, to‘ldiriladi, aniqlanadi. Og‘zaki metodlar yo‘li bilan bolalar yangi hodisalar va tabiat predmetlari haqidagi bilimlarni egallaydilar. Og‘zaki metodni ko‘rgazmali metod bilan qo‘shish, rasmlardan, diafilm va kinofilmlardan foydalanish zarur. Bunda so‘z tabiatda mavjud bo‘lgan aloqa va bog‘liqliklarni chuqurroq tushunishga, anglashga yordam beradi.
Og‘zaki metodlardan foydalanishda tarbiyachi bolalarning nutqni tushunishga bo‘lgan qobiliyatlarini so‘z orqali berilayotg‘an mazmunga diqqatni harata olishlarini aniqlaydi, tabiatshunoslikka doir tushunchalarini shakllantiradi.
Bu o‘rinda ham bolalarga bilimlarni anglashlarida ko‘mak beruvchi ko‘rgazmalilikdan foydalanish mumkin va maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachining hikoyasi. Hikoyaning qimmati shu bilan aniqlanadiki, u ma‘lum ta‘limiy vazifani hal etar ekan, maktabgacha yoshdagi bolalarning tajriba va qiziqishlarini nazarda tutgan holda tuziladi hamda ma‘lum yoshdagi gruppa bolalariga muljallanadi. Uning badiiy adabiyotni o‘qishga nisbatan afzalligi ana shundadir. Bola kattalarning nutqini yoshitishi va tinglay olishi, hikoya davomida uni anglab olishi, og‘zaki tasvir asosida etarlicha jonli obrazlarni aktiv tasavvur qilishi, tarbiyachi hikoyasidagi voqea – hodisalarning bir – biriga bog‘liqligi hamda munosabatlarni aniqlashi hamda tushunishi, hikoya mazmunidagi
yangilikni o‘zining avvalgi bilimi bilan qiyoslab ko‘rishi lozim. Bularning hammasi tarbiyachining tabiat haqidagi hikoyasiga bo‘lgan talablarni belgilaydi.
Hikoyada ma‘lum qilinayotgan bilimlar ishonchlilik, ilmiylik talablariga javob berishi lozim. Tarbiyachi biror narsani bolalarga aytishdan oldin faktlarning to‘griligini tekshiradi. Hikoya qiziharli, mazmunli, maqsadli bo‘lishi lozim. Mazmunsiz hikoyalar, ortiqcha tasvirlashlar bolalarning e‘tiborini jalb qilmaydi, esda qolmaydi.
Bolalarga turli maqsadlarda: ularga tanish bo‘lgan hodisalar, hayvonlar, o‘simliklar haqidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida yangi hodisalar, faktlar haqida hikoya qilib berish mumkin. Bunday holda hikoya albatta ko‘rgazmali qurollar — fotosuratlar, rasmlar, diafilmlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib boriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun hikoyaning davomiyligi 10—15 minutdan oshmasligi kerak.
Hikoya uchun tarbiyachi xilma-xil material: tabiatga oid shaxsiy kuzatishlar, ajoyib kishilarning hikoyalari, tabiat hodisalari haqidagi ocherklar, naturalistlarning yozuvlari, hikoyalari va ilmiy materiallardan foydalaniladi.
Suhbat. Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga: oldindan o‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigay suhbatlarni tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qo‘llaydi. Bunday suhbatning maqsadi — bo‘lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida bolalarning bilimini aniqlashdir.
Yakuniy suhbat bilan olingan faktlarni sistemalashtirish va konkretlashtirishga, mustahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo‘lishi mumkin: birovlar tomonidan kuzatiladigan ob‘ektlar tor doirada kuzatilgandan so‘ng (masalan, uchib ketuvchi qushlar va qishlab qoluvchi qushlar va shu kabilar), boshqalari hodisalarning keng doirasini qamrovchi (masalan, mavsumiy o‘zgarishlar haqida suhbatlar) — bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar hayoti, hayvonlar, kishilarning mehnati haqidagi bilimlarini sistemalashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Suhbatning samaradorligi bolalarning oldindan qandai tayyorgarlik ko‘rganliklariga bog‘liqdir. Suhbat — bu ular bilan o‘tkazilgan ishning yakunidir. Shuning uchun tarbiyachi oldida bolalarda kuzatishlar, mehnat faoliyati, o‘yinlar, tabiatshunoslik kitoblarini o‘qish, hikoyalar orqali tasavvur hosil qilish vazifasi turadi.
Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi lozim: qanday mazmunini aniqlash va konkretlashtirish kerak, umumlashtirish va sistemalashtirish uchun qanday muhim aloqalarni ajratib ko‘rsatish lozim, bolalarni suhbat yakunida qanday umumlashtirish va xulosaga olib kelish kerak.
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa hamda munosabatlarni ta‘kidlashdan boshlanadi. Bunday analiz umumlashtirishga o‘tishni ta‘minlaydi, tarqoq faktlarni sistemaga soladi.
Xilma-xil ko‘rgazmali materiallardan ham foydalanish zarur, ular bolalarga bilimlarini tinglashlariga, hodisalarning muhim belgilarini ajratib ko‘rsatishlariga yordam beradi: tabiat, ob-havo kalendarlari, gerbariylar, illyustrastiyalar. Bundan tashhari, topishmoqlar, she‘rlar, qushlar ovozlarining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda muhokama qilinayotgan materialga nisbatan emostional munosabat uyg‘otadi.
Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodi sifatida o‘rta va maktabgacha bo‘lgan katta yoshda qo‘llaniladi. O‘rta yoshdagi gruppada suhbat asosan hodisalarni eslatishga qo‘llanilsa, katta va maktabga tayyorlov gruppalarida esa mavjud bilimlarni umumlashtiradi.
Badiiy adabiyotni o’qish. Bolalar adabiyotida tabiat turli badiiy vositalar yordamida ifodalanadi. O‘z mazmuniga ko‘ra tabiatshunoslik haqidagi kitob ayni vaqtda muhim ahamiyatga egadir. Uning xususiyati mana shundadir.
Tabiatshunoslik kitobi bolalarda bilishga qiziqishni, kuzatuvchilikni, bilimga bo‘lgan havasni tarbiyalash uchun boy material beradi. U bolalar oldiga yangi savollarni qo‘yadi, bolalarni atrofidagi tabiatga diqqat bilan harashga majbur qiladi.
Tabiat haqidagi bolalar kitobi tarbiyachilar uchun katta qiymatga egadir. U kuzatilayotgan joydan chetga olib chiqadi va shu orqali bolalarning tasavvurlarini kengaytiradi, bolani bevosita idrok etolmaydigan hodisalar bilan tanishtiradi. Qitob yordamida boshqa iqlim zonalaridagi tabiat hodisalari, hayvon va o‘simliklarning hayoti haqida bilish, predmet va hodisalar haqidagi mavjud tasavvurlarni aniqlash hamda konkretlashtirish mumkin. Tabiatshunoslik kitobi bolalarda jonsiz tabiat hodisalarini ochib beradi, tabiatda mavjud bo‘lgan aloqa va munosabatlarni aniqlashga yordam beradi. Bunda Q. Hikmat, Po‘lat Mo‘min, Ilyos Muslim va Q. Muhammadiylarning tabiat haqidagi she‘rlari, ertaklaridan ham keng foydalanish mumkin.
Tabiatshunoslik kitobidan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan bo‘ladigan ishda turli maqsadlarda foydalaniladi. Bolalar oldiga vazifa qo‘yish, bo‘lajak kuzatishga qiziqish uyg‘otish uchun kuzatishdan oldin kichik hikoya, ertak aytib berish mumkin.
Kuzatishlar jarayonida bolalarga maqolalar, matallar, topishmoqlar, kichik she‘rlar tavsiya etiladi. Bularning obrazli tili hodisaning xususiyatlarini, predmetning ma‘lum sifatlarini ajratib ko‘rsatish, tabiatni estetik idrok etishni kuchaytirish imkonini beradi. Qishda muz, qor, ob-havoni kuzatayotganda tarbiyachi topishmoq va maqollardan foydalanadi.
Tabiatshunoslik kitobini tarbiyachi bolalarga kuzatishdan keyin ham o‘qib beradi. Bunday holatda badiiy asarlar ko‘rilganlarga yakun yasash, to‘ldirish, kuzatishni chuqurlashtirishga, bolalar diqqatini tabiat hodisalarini kelgusida ham idrok etish uchun yo‘llashga yordam beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining xikoyasidan, tabiat haqidagi badiiy kitoblarni o‘qishlardan, suxbatdan foydalaniladi. Ogzaki uslub yordamida kuzatish va tabiatdagi mexnat jaraenida olgan bilimlari aniqlashtiriladi, tuldiriladi umumlashtiriladi, xamda bir tizimga solinadi. Shunday qilib , ogzaki uslub bolalarning tajribasi doriasida chetga chikuvchi bilimlarni shakllantirish imkonini beradi.

Yüklə 58,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə