Mavzular ro’yhati



Yüklə 273,65 Kb.
səhifə3/5
tarix21.05.2018
ölçüsü273,65 Kb.
#45053
1   2   3   4   5

Chidamliligi.

100°C harorat ta'sirida shu zahoti, 80-85°C da 5 daqiqadan so'ng, 60°C ta'sirida 30 daqiqadan so'ng o'ladi. Past haroratga chidamli. Tik quyosh nuri mikroblarga halokatli ta'sit ko'rsatadi. Nam sharoitda 3-4 oygacha, sut mahsulotlarida 40-45 kungacha, muzlagan go'shtda 5 oygacha, tuproq va suvda 3-5 oygach saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarga : xlorli ohak, lizol, kreozift karbol kislotasi, formalin, sulemaga juda sezgir.



Patogenligi.

Brutsellyoz bilan asosan qishloq xo'jalik hayvonlardan mayda va yirik shoxli hayvonlar, cho'chqa, kiyik va boshqa hayvorlar kasallanadi. Har bir tur mikrob o'ziga xos kasallik keltirib chiqar adi.Lekin brutsellalar bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga yuqishi mumkin. Masalan, Br.abortus bovis mayda shoxli hayvonlarni ham zararlashi mumkin.Kasallikning asosiy belgilari shuki, hayvonlarning urg'ochilarida bola tashlash, erkagida orxitni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ularda bo'g'imlar shikastlanadi, ozib ketadi, juni to'kiladi va boshqa belgilar yuzaga keladi. Brutsellyoz yopiq shaklda ham o'tishi mumkin, bu esa infeksiyaning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar va dengiz cho'chqachalari ularga sezuvchan. Ular zararlangandan so'ng bola tashlash, ozish, junlarining to'kilishi kuzatiladi. Sichqonlarda septitsemiya yuzaga kelishi mumkin.



Infeksiya manbayi.

Odam uchun infeksiya manbayi bo'lib yirik va mayda shoxli hayvonlar hisoblanadi. Odam brutsellyoz tarqalishida epidemiologik ahamiyatga ega emas.



Tarqalish yo'li.

Maishiy kontakt, alimentar, havo tomchi yo'li orqali tarqaladi. Kontakt yo'li orqali, ya'ni hayvonlarni boqqanda, go'shtini bo'lganda yuqishi mumkin. Havo changi orqali ham, ya'ni hayvonlar junini qayta ishlaganda yuqadi. Brutsellalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni, sut va sut mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida alimentar yo'l orqali yuqadi.



Patogenezi.

Organizmga kirish darvozasi bo'lib og'iz va burun shilliq qavati va jarohatlangan teri hisoblanadi. Organizmga tushgan brutsellalar limfa yo'li orqali limfa tuguniga tushadi, bo'linib ko'payadi. Limfa yo'lidan qonga so'riiadi. Qon bilan butun organizmga tarqaladi, suyak ko'migida, jigarda, taloqda joylashadi. Tayanch-harakat a'zolarida, pereferik nerv va jinsiy a'zolarda yallig'lanish jarayoni rivojlanadi. Mustahkam o'rnashgan antigenlar atrofida granulemalar hosil qiladi. Brutsella qonga o'tib qaytalash (reediv)ni yuzaga keltiradi.

Yashirin davri 1-3 hafta davom etadi. Birlamchi latent, o'tkir septik, septik-metastaz, birlamchi, surunkali, ikkilamchi surunkali, ikkilamchi latent, brutsellyozdan keyingi asoratlar farq qilinadi.Bratselyozda ko'proq qov (70 %), qo'ltiq osti (63 %) va jag' osti (29 %) limfa bezlari zararlanadi. Osteoxondritlar, miozitlar, artitlar va osteoartitlar rivojlanadi. Markaziy nerv tizimi meningit, ensefalit, miyelit, ensefalomeningit ko'rinishida zararlanadi.Kasallikning surunkali shakli remissiya (tinch davri), retsediv davri va kuchayish davrlari bilan almashinib turadi. Qayta takrorlanish davrida yangi metastazlar yuzaga keladi yoki eski manbalar ko'payadi. Brutsellyozdan sog'ayish bir necha oydan 3-3,5 yilgacha. Sog'ayish klinik, bakteriologik, anatomik davrlarga bo'linadi. Reinfeksiya 2-12 yildan so'ng yuzaga kelishi mumkin.

Immsmiteti.

Kasallikdan so'ng hujayraviy agglyutinin va komplement bog'lovchi antiteiolar hosil bo'ladi.



Profilaktikasi.

Qishloq xo'jaligida hayvonlarni nazorat qilish va go'sht kombinatlarini nazorat qilib turishdan iborat.



Maxsus profilaktikasi.

Brutsella abortusning 19-BA shtamm saqlovchi tirik vaksina bir marta teri ustiga yuboriladi. Revaksinatsi 8-12 oydan so'ng olib boriladi.



Davosi.

Levomitsitin, eritrin antibiotiklari bilan davoianad. Brutsellyoz immunoglobulini beriladi.


Nazorat uchun savollar

1. Brutsellyozning qanday turlarini bilasiz?

2. Brutsellalar qanday muhitlarda rivojlanadi?

3. Brutsellyozning patogenligi nimaga bog'liq?

4.Kasallikdan so'ng qanday antiteiolar hosil bo'ladi?

5. Qanday maxsus profilaktika ihlari olib boriladi?

6. Mikrobning organizmga kirish darvozasi bo'lib qaysi a’zolar hisoblanadi?

7.Brutsellioz qanday ozuqa muhitlarida yahshi o’sadi?

8. Brutselliozni kim aniqlagan?

Mavzu : Kuydirgi qo’zg’atuvchisi

Reja:

1. Kuydirgi qo’zg’atuvchisining asosiy xossasini 2. Keltirib chiqaradigan kasalliklari , epidemiologiyasi va patogenezini 3. Profilaktikasi va davolash



Kuydirgi odam va hayvonlarda uchraydigan o'tkir infeksion kasallik bo'lib, og'ir intoksikatsiya, teri qoplamlari va limfa apparatining ishdan chiqishi bilan. kechadi. Kuydirgi qo'zg'atuvchisi Bacillus anthracis Bacillacae oilasiga, Bacillus avlodiga kiradi. U qadimgi kasallik bo'lib, unga „authrax" ko'mir nomi Gippokrat tomonidan berilgan. Hozirgi nomini esa 1788-yili rus shifokori S. Andreyevskry taklif etgan. U o'ziga kuydirgi qo'zg'atuvchisini yuqtirib, kasallik yuqtirib kasallik qo'zg'atuvchisini hayvondan odamga yuqishini isbotlagan. 1849-yilda Pallendor qo'zg'atuvchining barcha xossalarini, 1878-yili R. Kox sof kulturasini ajratib uni hayvonlarga yuqtirgan va spora hosil bo'lishini kuzatgan. L. Paster 1881-yili kuydirgiga qarshi vaksinani ishlab chiqdi. Morfologiyasi. Qo'zg'atuvchi yirik tayoqchasimon bakteriyalar bo’lib, 6 x 8 x 1—1,5 mkm kattalikda, chetlari cho'rt kesilgan. Gram musbat bo'yaladi. Surtma preparatda juft - juft yoki qisqa zanjirsimon bo'lib joylashadi. Oziqa muhitida o'sgan mikrob kulturasidan surtma preparat tayyorlab ko'rilganda ular uzun zanjirsimon bo'lib joylashadi. harakatsiz, bir nechta batsillalarga yoki zanjirga umumiy bo'lgan kapsula hosil qiladi. Spora hosil qiladi, ovalsimon shaklda bo'lib markaziy joylashadi. Spora kislorodli sharoitda 30—40°C da yaxshi hosil bo'ladi. 43°C dan yuqori va 15°C dan past haroratda spora hosil bo'lishi to'xtaydi. Spora hosil bo'lganda hujayra devori parchalanib ketadi va spora alohida holda tashqi muhitga tushadi. Kultural xossasi. Kuydirgi qo'zg'artuvchisi fakultativ anaerob, oziqa muhitiga talabchan emas, 35—38°C haroratda pH 7,2—7,6 da yaxshi o'sadi. GPA da yirik, chetlari notekis R shaklidagi koloniya hosil qilib o'sadi. Koloniya chetlaridagi ipchalar koloniyaga sher boshini eslatuvchi shakl berib turadi. R shaklidagi koloniyalar virulent hisoblanadi. Eski kulturalarda esa S shaklli koloniyalar hosil bo'ladi va ular virullentli hisoblanadi.Go'sht-peptonli sho'rvada (GPSH) probirka tubida paxtaga o'xshash cho'kma hosil qiladi. Muhit tiniq qoladi. Fermentativ xossasi. Kudirgi batsillasi fermentativ xossasiga ko'ra faol. Saxaralitik xossasiga ko'ra glukoza, laktoza, maltoza, levuleza va boshqa uglevodlarni kislotagacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra jelatinani to'nkarilgan archasimon holda suyultiriladi, sutni ivitadi va peptonlaydi. Vodorod sulfiti va ammiak hosil qiladi, nitratni nitritga tiklaydi, kraxmalni gidrolizlaydi. Eritrotsitlarni gemolizga uchratmaydi. Kuydirgi bakteriofagi ta'sirida lizisga uchraydi. Kuydirgi batsillasi diastaza, peroksidaza, lipaza fermentlarini ajratadi. Toksigenligi. В antharcis oqsil tabiatli ekzotoksin ishlab chiqaradi: 1) o'limga olib keluvchi yoki o'lim omilini saqlaydi; 2) shish chiqaradigan yoki edematoz; 3) protektiv yoki himoya, omiliga ega bo'lib, yuqoridagi ikki omil ta'sir qilmaydi. Bu toksinlani sichqon toksinlari deyiladi. Chunki sichqonlar bu toksinga juda sezgir. Antigenligi. Kuydirgi batsillasi ikkita antigen: 1) yuqori haroratga chidamli somatik antigenga ega. Bu antigenga qarshi antitelo hosil bo'lmaydi. Uzoq vaqt murdalarda va kulturalarda saqlanadi; 2) kapsula antigeni zararli emas. Chidamliligi. Kuydirgi qo'zg'atuvchisi vegetativ shaklida kam chidamli. 100°C harorat ta'sirida shu zahoti, 55—60°C ta'sirida 30— 40 daqiqadan so'ng o'ladi. Kuydirgi qo'zg'atuvchisining kapsulasi tashqi muhitga chidamli. Hayvon murdalari kuzatilganda bakteriyalar chirigan bo'lishiga qaramasdan bo'sh kapsulani aniqlash mumkin. Kuydirgi batsillalarining sporalari chidamli: qaynatganda 15—20 daqiqadan so'ng, 120°C haroratli avtoklavda 20 daqiqadan so'ng o'ladi. Quruq holda 30 yilgacha, tuproqda 10 yilgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 2—3 kundan so'ng o'ladi. Patogenezi. Kuydirgi qo'zg'atuvchisiga sigirlar, ot, qo'y, kiyik, cho'chqalar sezuvchan bo'lib, ular somon tarkibidagi sporalam' iste'mol qilish natijasida kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridn quyonlar, oq sichqonlar, dengiz cho'chqachalari sezuvchan, zararlangandan keyin 2—4 kun o'tgach o'ladi. Infeksiya manbayi. Kasal hayvon infeksiya manbayi bo'lib hisoblanadi. Tarqalish yo'li. 1) maishiy kontakt - hayvonlarni so'yganda yuqadi; 2) alimentar oziq-ovqatlar orqali - kuydirgi batsillasi bilan ifloslangan oziq-ovqatlami iste'mpl qilish natijasida yuqadi - asosan, lattafurushlar kasallanganliklari uchun uni Fransiya „Lattafurush kasali", „Jun qirquvchilar kasali" deb ham ataladi.; 3) havo changi yo'li orqali; 4) transmissiv yo'l orqali tarqaladi Transmissiv tarqalish yo'lida kasallik chivin, kuydirgi pashshasi chaqqanda ham yuqadi. Patogenezi. Kirish darvozasi bo'lib, jarohatlangan teri, og'iz, burun, ko'z shilliq qavatlari hisoblanadi. Qo'zg'atuvchi tushgan joyda karbunkul hosil bo'lib, teri va teri osti kletchatkasida gemorragik o'choq, shishlar va to'qimalar distruksiyasi paydo bo'ladi. Shuningdek, organizmda bakteremiya rivojlanadi. Kasallik teri, o'pka, ichak shakllarida uchraydi. Kasailikni teri shaklida qo'zg'atuvchi kirgan yerda qizarish paydo bo'lib, so'ngra u papulaga aylanadi. Papula sekin-asta qizil, jigarrangli vezikulaga aylanadi. Uning tarkibida gemorrargik suyuqlik bo'ladi. U qurigandan so'ng qora chandiq qoladi. Kuydirgining o'pka shaklida zotiljam, o'pka shishining klinik belgilari yuzaga keladi va bemor o'ladi. Kasailikni ichak shaklida yuqorida aytib o'tiigan uning teri shaklidagi belgilari ichak shilliq pardalarida yuzaga keladi. Ko'pincha o'lim bilan tugaydi.

Immuniteti. Kasallikdan so'ng mustahkam immunitet hosil bo'ladi. Ammo 1—3 yildan 8—20 yil oralig'ida kasallik qayta yuqishi mumkin. Profilaktikasi. Profilaktika ishlari veterinar xizmati bilan birga olib boriladi. Kasal hayvonlarni ajratib qo'yish, dezinfeksiya ishlaril amalga oshirish, aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borisn muhim ahamiyatga ega. Maxsus profilaktikasi. Hozirgi vaqtda ST1 vaksinasi qo'llanilmoqda.Qishloq xo'jaligi xodimlari o'rtasida vaksinatsiya ishlari olib boriladi Kasal hayvonlar bilan ishlagan va ular bilan aloqada bo'lgan odamlar kuydirgiga qarshi immunoglobulin va antibiotiklar beriadi. Davosi . Levomitsetin, tetratsiklin, eritromitsin, streptomitsin va boshqa antibiotiklar ishlatiladi.

Nazorat uchun savollar

1. Kuyudirgining qanday turlarini bilasiz?

2. Kuyudirgi qanday muhitlarda rivojlanadi?

3. Kuyudirgining patogenligi nimaga bog'liq?

4.Kasallikdan so'ng qanday antiteiolar hosil bo'ladi?

5. Qanday maxsus profilaktika ihlari olib boriladi?

6. Mikrobning organizmga kirish darvozasi bo'lib qaysi a’zolar hisoblanadi?

7. Kuyudirgi qanday ozuqa muhitlarida yahshi o’sadi?

8. Kuyudirgini kim aniqlagan?

Mavzu : Patogen anaeroblar. Gazli gangrena klostridiysi

Reja

1. Patogen anaeroblarga umumiy xarakteristika 2. Gazli gangrena qo’zg’atuvchisining asosiy xossalari 3. Ularning epidemiologiyasi va patogenezi 4. Profilaktikasi va davolash

Patogen anaeroblar Bacillaceae oilasiga , Cloctridium avlodiga kiradi . Anaeroblarga ko'pgina guruh mikroorganizmlari kiradi . Ular orasida odam uchun patogen bo’lgan : 1.Qoqshol klostridiysi 2.Gazli gangrena klostridiysi (polimikrob infeksiya) 3.Botulizm klostridiysi mavjud Patogen anaeroblar odam va hayvon ichagida yashovchi mikroorganizmlar hisoblanadi. Ular tashqi muhitga najas bilan chiqarib turiladi. Spora shaklida ular tuproqda, dengiz va ariq suvlarida uchrab turadi. Patogen anaeroblar yirik tayoqchasimon, 4—9 x 0, 6—1,2 mkrn kattalikda bo'lib, yangi kulturalardagi yosh mikroblar Gram manfiy bo'lib bo'yaladi, eski kulturalar esa Gram usulida bo'yalish xususiyatini yo'qotadi, Klostridiylarning barchasi spora hosil qiladi, sporalari ovalsimon yoki yumaloq shaklda bo'lib :

1.Terminal 2.Subterminal 3.Markaziy holatda joylashadi Ko'pchilik anaeroblar harakatchan bo'lib, xivchinlari peretrix joylashgan. Klostridiylar biologik faol bo'lgan ekzotoksin ishlab chiqaradi. Chidamliligi. Vegetativ shakli 60—70°C harorat ta'sirida 20—30 daqiqa, sporasi qaynatilganda 1 — 1,5 soatdan keyin, dezinfeksiyalovchi eritmalar ta'sirida 5—6 soatdan keyin nobud bo'ladi. Tuproqda va boshqa buyumlarda sporalar uzoq vaqt saqlanadi, tik quyosh nurida bir necha soatdan keyin nobud bo'ladi. Kultural xossasi. C. perfringens — anaerob, lekin kislorodga sezuvchan emas. Go'sht va kazein qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. 37—42°C haroratda, pH 7,2—7,4 sharoitida 3—8 soatdan keyin ko'p miqdorda gaz hosil qilib pHni kislotali sharoit tomonga o'zgartirib o'sadi. Zich oziqa muhitida C. perfringens R shaklli, g'adir - budur, S shaklli silliq va shilliq, M shaklli koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanib va gaz hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi. С perfringens murakkab tarkibli toksin ajratadi. U hir qancha toksinlardan iborat bo'lib grekcha a, y va boshqa harflar bilan belgilanadi. Bulardan asosan a —toksini aktiv toksigenlik xossasini saqlaydi.Qoqshol anaerob, kislorodga juda sezgir. Zich oziqa muhitida 3—4 kundan so'ng R shaklli kulrang koloniya hosil qilib o'sadi. Tik agarda bug'ga o'xshash, ayrim hollarda qora donga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya o'z atrofida gemoliz zonasini hosil qiladi. Kitta—Tarossi muhitida loyqa tusida Vilson Bler muhitida qorayib o'sadi. Ikki xil tetanospazmi va tetanolizin komponentlaridan tashkil topgan kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi.


Nazorat uchun savollar:

1. Patogen klostridiyalarning morfologik xossalari qanday?

2. Patogen klostridiyalar qanday ozuqa muhitlariga o’sadi?

3. Qo'zg'atuvchilarning virulentligi qaysi antigenga bog'liq?

4. Patogen klostridiyalar qanday tashqi muhit omillariga chidamli?

5. Patogen klostridiyalarning keltirib chiqaradigan kasalliklarining infeksiya manbayini aytib bering.

6. Qo'zg'atuvchilar qaysi yo'llar orqali tarqaladi?

7. Patogen klostridiyalar keltirib chiqaradigan kasallik qanday shakllarda o'tadi?

8. Kasalliklarni oldini olishda qanday choralar qo’llaniladi?

Gazli gangrene klosrtidiysi.

Gazli gangrena polimikrob infeksiya, bir, ya'ni bir necha guruh mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladi. Ular Bacillaceae oilasiga. Clostridium avlodiga kiradi. Mikrob guruhlarining asosiy a'zolari: 1. С perfringens, 2. С novyi, 3. C.septicum, 4. С histofyticum, 5. C. sordellii hisoblanadi. Kasallik odamda organizmga bitta yoki ikkita qo'zg'atuvchi yoki qo'shimcha aerob stafilokokk yoki streptokokk tushishi natijasida yuzaga keladi. С perfringens1892-yilda Uelch va Nettolm tomonidan aniqlangan. Morfologiyasi . С perfringens — yirik polimorf tayoqchasimon, 3—9x0, 9—1,2 mkm kattalikdagi mikroblar. Harakatsiz. Organizmdan ajratib olingan yangi kulturada kapsula aniqlanadi. Noqulay sharoitga tushganda ovalsimon spora hosil qiladi, markaziy yoki subterminal holatda joylashadi. Gram musbat bo'yaladi, eski kulturalar Gram usulida bo'yalish xossasidan mahrum.



Kultural xossasi. C. perfringens — anaerob, lekin kislorodga sezuvchan emas. Go'sht va kazein qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. 37—42°C haroratda, pH 7,2—7,4 sharoitida 3—8 soatdan keyin ko'p miqdorda gaz hosil qilib pHni kislotali sharoit tomonga o'zgartirib o'sadi. Zich oziqa muhitida C. perfringens R shaklli, g'adir-budur, S shaklli silliq va shilliq, M shaklli koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanib va gaz hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o'sadi. Fermentativ xossasi . С perfringens letsitinaza, gialuronidaza, jelatinaza, kollagenaza va boshqa patogen fermentlarni ishlab chiqaradi. Toksigenligi. С perfringens murakkab tarkibli toksin ajratadi. U hir qancha toksinlardan iborat bo'lib grekcha a, y va boshqa harflar bilan belgilanadi. Bulardan asosan a —toksini aktiv toksigenlik xossasini saqlaydi. Antigenligi. С perfringens beshta serovarlarga bolinadi va ular A,B ,C, D, E kabi lotin harflari bilan belgilanadi. Bular bir-biridan antigenlik va biokimyoviy xossasiga ko'ra farqlanadi. A—serovari odam ichagida doimo uchraydi va toksikoinfeksiya (ovqatdan zaharlanish) keltirib chiqarishi mumkin. В — serovari qo'zichoqlarda ichak funksiyasining buzilishini, С — serovari ayrim odamlarda nekrotik enteritni va yirik shoxli hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. D — serovari hayvonlarda enterotoksemiyani keltirib chiqaradi. Chidamliligi. Vegetativ shakli tashqi muhitga uncha chidamli emas, ularga dezinfeksiyalovchi moddalar o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi. Ayrim shtammlarining sporalari qaynatilganda bir necha daqiqagacha saqlanadi. A — serovari ancha chidamlidir. Patogenligi. Tabiiy sharoitda C. perfringens uy hayvonlarida kasallik keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, kaptar, sichqonlar sezuvchandir. Laboratoriya hayvonlariga zararli material yuborilgan joyda yallig'lanish (nekroz) hosil boladi. Qonda klostridiylar uchrashi mumkin. С novyini 1874-yili Novi aniqlagan. Morfologiyasi. C.novyi — yirik, to'g'ri yoki biroz bukilgan.4-22x1-1,6 mkm kattalikdagi tayoqchalardir. Ko'pincha zanjirsimon boiib joylashadi. Harakatchan, xivchinlari, peretrix joylashgan. Tashqi muhitda ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal joylashadi (sporaning kattaligi hujayradan kattaroqbo'lishi mumkin).

Kultural xossasi . C. novyi — jiddiy anaerob. Kislorodga juda sezgir. Kazeinli uglevodli, go'sht-peptonli muhitlarda, 37—43°C da, pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o'sadi. Zich oziqa muhitida 48 soatdan keyin yumaloq, yarimtiniq, yuzasi donador, chetlari g'adir-budur koloniya hosil qilib o'sadi. Tik agarda esa markazi kesakka o'xshash sharsimon koloniya hosil qilib o'sadi. Suyuq oziqa muhitida gaz chiqaradi va cho'kkan parda holida o'sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qiladi. Fermentativ xossasi. С novyi C. perfringensga nisbatan kam aktivdir. U faqat glukoza hamda maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko'ra sutni sekin-asta ivitadi, jelatinani sekin suyultiradi. Indol, vodorod sulfidini hosil qilmaydi. Patogen fosfalipaza fermentini ajratadi. Antigenligi. С. novyi to'rtta A, B, C, D serovarlaga bo'linadi, ular bir-biridan antigenlik va toksigenlik xossasiga ko'ra farqlanadi. Toksigenligi. С novyi bir qancha toksinlarni sintezlaydi va ular grek harflari bilan belgilanadi Ekzotoksini nekrozga, gemolizga uchratish va o'ldiruvchan ta'si qilish xossasiga ega. Bundan tashqari ular qon tomirlarining o'tkazuvchanligini buzadi, bu esa organizmning shishishiga olib keladi. Chidamliligi. С novyining vegetativ shakli kam chidamli. Sporasi tashqi muhitda ko'p 25—30 yillargacha saqlanadi. Sporasi qaynatilganda 40—60 daqiqadan so'ng, tik quyosh nuri ta'sirida bir kundan so'ng nobud bo'ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 15—10 daqiqadan so'ng o'ladi. Patogenligi. С novyiga qushlar ,kaptar va sut emizuvchilar sezgirdir.Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, quyonlar, sichqonlar sezgir. С novyi kulturasi teri ostiga yuborilganda ularda ilvirab qolgan shish, ayrim hollarda gaz hosil bo'ladi. Hayvonlar 24 soatdan so'ng nobud bo'ladi. Immuniteti. Odamda bu kasallikka qarshi tabiiy immunitet mavjud, chunki odam ichagida klostridiylar yashaydi. Kasallikdan so'ng kuchsiz immunitet yuzaga keladi. Kuchli immunitet organizmga anatoksin yuborilganidagina yuzaga keladi. Profilaktikasi. Jarohatlarni yaxshilab tozalash, vodorod peroksidi bilan yaxshilab yuvish, jarohatning ifloslangan qismlarini yaxshilab kesish, asboblarni to'liq sterilizatsiya qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim. Maxsus profilaktikasi. Gazli gangrena qo'zg'atuvchilarining barcha turini saqlovchi adsorbsiyalangan polianatoksini qo'llaniladi. Seroprofilaktika bo'vicha odam jarohat olganda, gazli gangrenaga qarshi zardob:30000MEda yuboriladi. Shuningdek anaeroblarning fag aralashmasi ham keng qo’llaniladi. Davosi. Maxsus davosida har bir turning anotoksik zardobidan 50000 ME , hammasi bo’lib 150000 ME yuboriladi. Zardob vena ichiga yuboriladi. Shuningdek,antibiotiklardan penitsilin va sulfanilamide preperatlari,oksigenoterapiya belgilanadi.

Nazorat uchun savollar

1.Gazli gangrena qo'zg'atuvchilarning morfologik xossasi qanday?

2.Gazli gangrena qo'zg'atuvchilarining qaysi biri kapsula hosil qiladi?

3.Gazli gangrena qo'zg'atuvchilaridan qaysi biri biokimyoviy jihatidan aktiv?

4.Gazli gangrenaga diagnoz qo'yishda qaysi usullardan foydalaniladi?

5.Toksinni qaysi usulda aniqlanadi?

6. Gazli gangrena qo’zg’atuvchisi qaysi ozuqa muhitlarida yahshi rivojlanadi?

7. Gazli gangrena qo’zg’atuvchisi qanday koloniya hosil qilib o’sadi?



8. Gazli gangrena qo’zg’atuvchisini kim aniqlagan?


Mavzu: Qoqshol qo’zg’atuvchisi.

Reja 1. Qoqshol qo’zg’atuvchisining asosiy xossalari 2. Ularning epidemiologiyasi va patogenezi 3. Profilaktikasi va davolash

Clostridium tetani — qoqshol qo'zg'atuvchisini 1884-yilda Nikolayer, aniqlagan, sof kulturasini 1889-yili Kitazato ajratib olgan. Morfologiyasi. Tayoqchasimon, uchlari dumaloq, 4—8 x 0,41 mkm kattalikda, yuqumli, harakatchan, xivchinlari peretrix joyiashgan, kapsula hosil qilmaydi, qo'zg'atuvchi nog'ora tayoqchasi shaklini berib turuvchi spora hosil qiladi.Gram yoki metilen ko'ki bilan bo'yalganda qo'ng'iroqqa o'xshab ko'rinadi. Gram musbatdir. Kultural xossasi. Anaerob, kislorodga juda sezgir. Zich oziqa muhitida 3—4 kundan so'ng R shaklli kulrang koloniya hosil qilib o'sadi. Tik agarda bug'ga o'xshash, ayrim hollarda qora donga o'xshash koloniya hosil qilib o'sadi. Qonli agarda koloniya o'z atrofida gemoliz zonasini hosil qiladi. Kitta—Tarossi muhitida loyqa tusida Vilson—Bler muhitida qorayib o'sadi. Fennentativ xossasi. Kam aktiv. Uglevodlarni parchalamaydi. nitratni nitritga qaytaradi, sutni sekin ivitadi, jelatinani sekin suyultiradi. Toksigenligi. Ikki xil tetanospazmi va tetanolizin komponentlaridan tashkil topgan kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi. Tetanospazmni nerv to'qimalarining harakatlanuvchi hujayralarini shikast-laydi, natijada muskullarning qisqarishiga olib keladi. Tetanolizin esa eritrotsitlarni gemolizlaydi. Ajratib olingan sho'rvadagi kulturaning 0,0000005 dozasi 20 g og'irlikdagi sichqonni o'ldiradi. Antigenligi. O'zidan somatik — 0 antigeni , H antigenini ishlab chiqaradi: H antigeniga ko'ra 10—serovarga, 0 antigeniga ko'ra seroguruhlarga bo'linadi. Chidamliligi. Vegetativ shakli 60—70°C harorat ta'sirida 20—30 daqiqa, sporasi qaynatilganda 1 — 1,5 soatdan keyin, dezinfeksiyalovchi eritmalar ta'sirida 5—6 soatdan keyin nobud bo'ladi. Tuproqda va boshqa buyumlarda sporalar uzoq vaqt saqlanadi, tik quyosh nurida bir necha soatdan keyin nobud bo'ladi. Patogenligi. Tabiiy sharoitda qoqshol kasalligi bilan otlar va mayda shoxli hayvonlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, quyonlar, kalamushlar unga sezgirdir.Kasallik belgilari: orqa oyoqlarining muskullari so'ngra, tana muskullari va boshqalar qisqaradi. Yurak muskulining falajlanishidan bemor nobud bo'ladi. Infeksiya manbayi. Ko'pgina hayvonlar qoqshol qo'zg'atuvchisining tashuvchisi bo'lib hisoblanadi. Odam va hayvon chiqindisi bilan bakteriyalar tashqi muhitga chiqarilib turiladi. Tarqalish yo'li. Asosan go'nglangan tuproq orqali tarqaladi, mikroblar tanaga shikastlangan teri va shilliq pardalar orqali kiradi. Qoqshol jarohat infeksiyasi bo'lib hisoblanadi.Ikkinchi jahon urushi vaqtida qoqshol askarlar o'rtasida ayniqsa, keng tarqalgan edi. Urushda o'q otar qurollardan kelib chiqqan jarohatlar tuproq yoki kiyim parchalari bilan qoqshol tayoqchalarining sporalari tushar edi. Shuning uchun qoqsholni urush davrining epidemiyasi deb atashadi.Qoqshol yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ham bo'ladi . Kindik bog'lanayotgan vaqtda u to'liq sterilizatsiya qilin-magan asboblar bilan ifloslansa, qoqshol tayoqchasining sporalari kindik orqali organizmga kiradi. Patogenezi. Spora jarohatlangan teridan kirib to'qimalar ichida vegetativ shaklga o'tadi, o'zidan ekzotoksin ishlab chiqaradi va u rnarkaziy nerv to'qimalariga ta'sir ko'rsatib, harakatlantiruvchi ko'ndalang - targ'il muskullarning qisqarishiga olib keladi. Yashirin davri 6—14 kun bo'lib, avval chaynov muskullari, so'ng yuz mimika muskullarini zararlaydi va yuz qizarib bemor soxta kulayotgan odamni eslatadi. So'ng qorin, tana va oyoq muskullari qisqaradi. Ko'pincha orqaning yozuvchi muskullari qorinning bukuvchi muskullariga qaraganda ko'proq qisqaradi. Natijada bemor boshini orqasiga qayirib va belini havoza qilib yotadi, qorin muskullari esa taxtaday qotib qoladi. Bemorlarga faqat tegilgandagina emas, balki unga yorug' tushganda, xonada shovqin qilinganda, unga qarab puflanganda ham reflektor qo'zg'aluvchanlik, keskin darajada oshadi, muskullar tortishib qisqaradi .Nafas muskullari qisqarishi natijasida asfikatsiyadan odam o'ladi. Immuniteti. Kasallikdan so'ng immunitet hosil bo'lmaydi chunki kasallik o'lim bilan tugaydi. Sun'iy immunitet organizmga anatoksin yuborish natijasida yuzaga keladi va u antitoksin immunitet hisoblanadi Maxsus profilaktikasi. Bolalar 1—2 oyligidan boshlab AKDS bilan emlanadi. 12 yoshgacha revaksinatsiya qilinadi. Umumiy profilaktikasi. Jarohatlarni jarrohlik yoli bilan tozalash, asboblarni to'liq sterilizatsiya qilish. Maxsus davosi. Muskul orasiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Immunoglobulin ham bunda yaxshi natijalar beradi. Antibiotiklardan tetratsiklin va penitsillin beriladi.

Yüklə 273,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə