Mavzular ro’yhati



Yüklə 273,65 Kb.
səhifə1/5
tarix21.05.2018
ölçüsü273,65 Kb.
#45053
  1   2   3   4   5

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Olmazor tibbiyot kolleji

Mikrobiologiya va mikrobiologik

tekshirish usullari fani

ma`ruza matni

II-kurs IV-semester

Tuzuvchi: Muratova. H. E



TOSHKENT

Mavzular ro’yhati:

1.Ko’k yiring tayoqchasi

2. Enterikolitik ierseniyalar

3. Vulgar proteylar

4. O’ta xavfli va zoonoz infeksiyalar.Vabo qo’zg’atuvchisi

5.Toun ( o’lat ) qo’zg’atuvchisi

6. Tulyaremiya qo’zg’atuvchisi

7.Brutsellioz q’zg’atuvchisi

8. Kuydirgi qo’zg’atuvchisi

9.Patogen anaeroblar. Gazli gangrena klostridiyasi

10.Qoqshol qo’zg’atuvchisi

11. Botulizm qo’zg’atuvchisi

12. Havo-tomchi infeksiyalari

13. Bo’g’ma korinobakteriyalari

14. Sil mikobakteriyalari

15.Ko’kyo’tal qo’zg’atuvchisi

16. Patogen spiroxetalar .Zaxm qo’zg’atuvchisi

17. Qaytalama tif qo’zg’atuvchisi

18.Leptospiralar


Mavzu:Ko’k – yashil yiring tayoqchasi

Reja:

1.Ko’k – yashil yiring tayoqchasining asosiy xossasini 2. Keltirib chiqaradigan kasalliklari , epidemiologiyasi va patogenezini 3. Profilaktikasi va davolashni



Ko'k-yashil yiring tayoqchasi — Pseudomonas aeruqinosa Pseudomonadoceae oilasiga, Pseudomonas avlodiga kiradi. Bu mikroorganizmlar shartli patogen mikroorganizmlardir. Ular tashqi muhitda keng tarqalgan, doimo odam va hayvon organizmida hayot kechiradi. Morfoiogiyasi. Mayda, Gram manfiy, 1,5—3,0 x 0,5—0,8 mkm kattalikdagi tayoqchasimon bakteriyalardir. Harakatchan, xivchinlari bir uchida (lofotrix) joylashgan. Spora hosil qilmaydi. Ayrim hollarda kapsulaga o’xash shilliq hosil qiladi. Kultural xossasi. Qat'iy aerob. Oddiy oziqa muhitlarida yaxshi o'sadi. O'rtacha o'sish harorati 37°C. GPAda 2—5 mm kattalikdagi, yumaloq ya rim tiniq, ko'kimtir — kulrang yaltiroq koloniyalar, GPSH da esa bir tekis loyqalanish va parda hosil qilib o'sadi. Eng xarakterli belgilari shuki, mikrob pigment hosil qiladi va xushbo'y hid chiqaradi. Ko'k yashil viring tayoqchasi suvda eriydigan ko'k - yashil piotsianin pigmentini hosil ailadi, oziqa muhiti sekin - asta yashil yoki ko'k tusga kiradi. U ko'pgina bakteriyalarga antogonistik ta'sir ko'rsatadi, lekin zaharli bo'lganligi Uchun davolash maqsadida qo'llab boimaydi. Ko'k yashil yiring tayoqchalarining kulturalaridan jasmin, karamel yoki iroqi sovun hidi keladi. Fermentativ xossasi. Faqat glukozani fermentlaydi. Proteolitik xossasi kuchli: jelatinani suyultiradi, sutni, zardobni ivitadi. Sitaxromli oksidaza reaksiasi musbat bo'ladi. Toksigenligi. Gemolitik va sitotoksik ta'sir ko'rsatuvchi toksin va leykotsitlarni lizisga uchratuvchi leykotsidin toksinini ajratadi. Antigenligi. P. aeruqinosa О va H — antigenini saqlaydi. О zardobi yordamida aglyutinatsiya reaksiyasini qo'yib u qaysi О guruhiga tegishli ekanligini aniqlanadi. Chidanlliligi. 60°C harorat ta'sirida 15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Ultrabinafsha nurlariga chidamli. 2 %li fenol eritmasi ko'k-yashil yiring tayoqchasini tez o'ldiradi. Kuygan tana qismlaridagi qo'tirlarda, xonadagi changda ikki haftagacha saqlanadi. Ko'pgina antibiotiklarga chidamli. Patogenligi. Quyonlar, oq sichqonlar va dengiz cho'chqachalari ko'k-yashil tayoqchalariga sezgirdir.

Infeksiya manbayi. Bemor odam va bakteriya tashuvchilar infeksiya manbayi bo'lib hisoblanadi. Tarqalish yo'li. Bilvosita kontakt, havo changi yo'li orqali tarqaladi. Ular tabiatda tuproq, go'ng, iflos suv, odam najasi, hayvonlar tezagida keng tarqalgan bo'lib, chirish jarayonida qatnashadi. Patogenezi. Infeksiyaning kirish darvozasiga bog'liq holda ko'k-yashil yiring tayoqchalari yiringli yallig'lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi. Organizmning infeksiyalarga chidamliligi kamayganda ko'k-yashil yiring tayoqchasi jarohatlar, qovuq, buyrak jomi, o'rta quloq, gaymor bo'shlig'ining yiringli yallig'lanishi, sepsis va boshqa kasalliklarga sabab bo'ladi. Immuniteti. Kuchsiz immunitet yuzaga keladi. Profilaktikasi. Sanitariya-gigiyena va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioyа qilish lozim. Davosi. Antibiotiklar (karbenitsillin, polimiksin, gentarnitsin va boshqalar), P.aeruqinos bilan emlangan donor qoni plazrnasini qo'yish va bakteriofagning (piofag) qo'llanilishi yaxshi natija beradi.

Nazorat uchun savollar.

1. Ko'k-yashil yiring tayoqchasining alohida belgilari qanday? 2. Ko'k-yashil yiring tayoqchlari qayerda uchraydi? 3. Kasallikning oidini olish uchun qanday ishlar olib borilishi lozim? 4. Kasallikldan keyin qanday immunintet yuzaga keladi? 5. Ko'k-yashil yiring tayoqchasi keltirib chiqargan kasalliklarda infeksiya manbai bo’lib kim hisoblanadi? 6. Qaysi hayvonlar ko'k-yashil tayoqchalariga sezgirdir?



Mavzu : Enterikolitik ierseniyalar
Reja:
1.Enterikolitik ierseniyalarning asosiy xossalari

2.Keltirib chiqaradigan kasalliklari , epidemiologiyasi va patogenezini 3. Profilaktikasi va davolashni.

Yerseniyalar enterobakteriya avlodiga kiradi. Ularga bir qancha turlar kiradi:


  1. Yersinia pestis - toun (o'lat) qo'zg'atuvchisi.

  2. Yersinia pseudotuberculosis -psevdotuberkulyoz qo'zg'a­tuvchisi.

  3. Yersinia enterocolitica - ichak infeksiyalarini keltirib chiqaradi va boshqalar. Yersenia enterocolitica tabiatda keng tarqalgan. Ular kemiruvchilar organizmida v uy hayvonlarida ko'p uchraydi.

Morfologiyasi.

Mayda, uchlari yumaloq, Gram manfiy tayoqchasimon bakteriyalardir. 0,8-1,2 x 0,3-0,7 mkm kattalikda, eski kulturalarda uzun tayoqchasimon yoki ipsimon bo'lishi mumkin. Harakatchan. Spora hosil qilmaydi.



Kultural xossasi.

Fakultativ anaerob. Oddiy oziqa muhitlarida 22-28°C da yaxshi o'sadi.GPAda mayda, yaltiroq, rangsiz, 22-25°C termostatda saqlash vaqti uzaytirilsa kattalashadigan koloniya hosil qilib o'sadi. 37°C haroratli termostatda koloniyalar xiraroq, markazi bo'rtib chiqqan, chetlari g'adir-budur bo'ladi.



Fermentativ xossasi.

Glukozani kislotacha parchalaydi, saxarozani parchalamaydi. Vodorod sulfit hosil qilmaydi, ayrim hollarda indol hosil qiladi.



Toksigenligi.

Endotoksin ajratadi. Ayrim shtammlari ekzotoksin ham ajratadi.



Antigenligi.

Yersinia enterocolitica К,O va H-antigenlarini saqlaydi. O - antigeni yog', uglevod tabiatli. Odamda kasallik keltirib chiqaruvchilari 0g, 03, 05 serovarlarga tegishli.

Chidamliiigi.

Yuqori harorat ta'siriga chidamsiz. 100°C harorat ta'sirida shu zahoti, 60-80°C da 15-20 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past haroratda -15-20°C da uzoq vaqt saqlanadi, 4-14°C da saqlanibgina qolmasdan, bo'linib ko'payadi. Tik quyosh nurlari ta'sirida 30 daqiqada, tarqoq nurlar ta'sirida 6-8 soatdan so'ng nobud bo'ladi.Quritishga chidamsiz. Oziq-ovqatlarda uzoq vaqt saqlanadi, hatto ularda bo'linib ko'payadi.

Dezinfeksiyalovchi moddalar (sulema, xloramin, fenol) iyersiyalarini bir necha daqiqadan so'ng o'ldiradi.

Patogenligi.

Yersenia enterocolitica ga laboratoriya hayvonlari sezuvchan emas. Tabiiy sharoitda ular kemiruvchilar, cho'chqa, itlarni o’limga olib keluvchi og'ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Infeksiya manbayi.

Ko'pgina hollarda kasal hayvonlar, kam hollarda bernor odam infeksiya manbayi bo'lib hisoblanadi.



Tarqalish yo'Ii.

Oziq-ovqatlar orqali tarqaladi.



Patogenezi.

Iyersiniyalar og'iz shilliq qavati orqali tanaga kirib oshqozon - ichak sistemasiga o'tadi va u yerda bo'linib ko'payadi. Ayrim hollarda ular ichak epiteliy hujayrasiga o'tadi va uning ichida bo'linib ko'payadi. Endotoksin va zaharli moddalari o'tkir gastroenterokolitni keltirib chiqaradi. Qo'zg'atuvchi qonga o'tib, bakteriyemiya va tarqoq jarayonni keltirib chiqaradi. Bundajigar, taloq va boshqa a'zolar ham jarohatlanadi.



Profilaktikasi.

Oziq - ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda sanitariya nazoratini kuchaytirish. Sanitariya-gigiyena va shaxsiy qoidalariga rioya qilish lozim. Maxsus profilaktikasi yo'q.



Davosi.

Kasallik belgilariga ko'ra tegishlicha davolanadi, antibiotiklar beriladi.



Nazorat uchun savollar

1.Ierseniyalarning morfologik tuzilishi qanday?

2.Enterikolitik ierseniyalar qanday muhitlarda rivojlanadi va ularning rivojlanishi uchun qanday sharoitlar kerak?

3.Enterikolitik ierseniyalarning biokimyoviy faolligi va ularning muhitga chidamliligi qanday?

4.Enterikolitik ierseniyalar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

5.Antigenlik xossasiga ko'ra enterikolitik ierseniyalar qanday seroguruhlarga bo'linadi?

6.Enterikolitik ierseniyalar organizmda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

7. Enterikolitik ierseniyalar qanday patogen fermentlar va omillarni ishlab chiqaradi?

8. Enterikolitik ierseniyalarning qanday turlari bor?

Mavzu : Vulgar proteylar

Reja:

1.Vulgar proteylarnig asosiy xossasi 2. Keltirib chiqaradigan kasalliklari , epidemiologiyasi va patogenezini 3. Profilaktikasi va davolashni morfologiyasi



Proteus Vulgaris avlodi enterobakteriyalar oilasiga kiradi va unga bir necha turlar mansubdir. Ular qator muhitlardagi moddalarni fermentlash xosasiga ega.

Morfologiyasi.

Bu bakteriyalar mayda polimorf, Gram manfiy tayoqchalar bo'lib, 0,4-0,6x1,0-3 mkm kattalikda bo'ladi. Harakatchan, xivchinlari peritrix joylashgan. Spora va kapsula hosil qilmaydi. О shaklga aylanadi (harakatsiz).



Kultural xossasi.

Protey fakultativ anaerob bo'lib, oziqa muhitini tanlamaydi, 25 - 30°C da yaxshi o'sadi. Yangi tayyorlangan agar yuzida o'rmalab o'suvchi „ g'ujg'on o'ynayotgan" och, ko'k-gungurt karash hosil qilishi unga juda xos. Mikrobning harakatsiz shakllari yakka, yumaloq pigmentsiz koloniyalar hosil qiladi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanish hosil qiladi.



Fermentativ xossasi.

Vulgar proteyning proteolitik xossalari ro'y-rost ko'rinadi. Jelatinani, ivitilgan zardobni suyultiradi. Vodorod sulfit, ammiak, indol hosil qiladi. Shular va boshqa gazsimon moddalar hosil bo'lganidan protey kulturalaridan qo'lansa chirindi hidi keladi. Protey bir qancha uglevodlarni parchalab kislota va gaz hosil qiladi. Protey kuchli proteolitik xossalari borligi uchun chirish jarayonlarida qatnashadi.



Toksigenligi.

Endotoksin saqlaydi.



Antigenlik xossasi.

Vulgar proteylar somatik O - antigeni va xivchinli H - antigenini o'zida saqlaydi. Hozirgi vaqtda O - antigeniningiarining 150 ta, H - antigenlarining 80ta serovarlari mavjud. O va H antigenlarining birlashishi kasallikda qo'zg'atuvchining u yoki bu seroguruh va serovarlarining ustunligini belgilaydi.



Chidamliligi.

Tashqi muhitga ancha chidamli, 60°C harorat ta'sirda 1 soatgacha, dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqagacha saqlanadi. Ko'pgina antibiotiklarga ancha chidamli.


Patogenligi.

Proteylar hayvonlarda kasallik keltirib chiqarmaydi.



Infeksiya manbayi.

Proteylar odam chiqindisi bilan tashqi muhitga chiqariladi. Demak, infeksiya manbayi -bemor hisoblanadi.



Tarqalish yo'li.

Alimentar, maishiy muloqot (iflos qo'l, choyshab sochiq, buyumlar, xirurgik asboblar) yo'llari orqali tarqaladi.



Patogenezi.

Kirish darvozasi bo'lib shilliq qavatlar va jarohatlangan teri hisoblanadi. Ma'lum sharoitda proteyning patogen shtamlari odamda jarohatlarni, o'rta quloqni yiringlata oladi, qovoq, buyrak jomini yallig'lantiradi, endometrit va enterokolit (ayniqsa bolalarda), ovqatdan zaharlanish va hatto sepsizga sabab bo'la oladi. II jahon urushi davrida vulgar protey streptokkokdan keyin jangchilarning jarohatlariga tushib juda ko'p yiringli yallig’lanishlarni keltirib chiqargan. Ko'pincha oziq ovqatlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik proteydan ovqatdan zaharlanishga sabab bo'ladi. Ovqatdan yuz beradigan boshqa toksikoinfeksiyaiar qanday o'tsa, protey tushgan ovqatdan zaharlanish ham asosan shunday o'tadi.



Profilaktikasi.

Kasalxona va bolalar muassasalarida, oziq-ovqat korxonalarida, oshxonalarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish. Sterilizatsiya ishlarini to'liq olib borish. Maxsus profilaktikasi yo'q.



Davosi.

Gentamitsin, karbensillin, kanamitsin va boshqa antibiotiklardan bemorlarni davolashda foydalaniladi. Siydik yo'li, buyrak yallig'lanishida nitrofuranlar qatoriga kiruvchi furagin, 5-nok va boshqalar beriladi. Protey fagining qo'llanilishi yaxshi natija beradi.


Nazorat uchun savollar.

1.Proteylar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

2. Proteylar keltirib chiqaradigan kasalliklarning oldini olish uchu qanday ishlar olib boriladi?

3. Proteylarning morfologik xossasi qanday?

4. Proteylarning kultural xossasi qanday?

5. Proteylarning fermentativ xossasi qanday?

6. Proteylarning tasnifi nimaga asoslangan?


Mavzu:O'ta xavfli va zoonoz infeksiyalar.Vabo qo’zg’atuvchisi
Reja:

1.O'ta xavfli infeksiya qo’zg’atuvchilariga umumiy xarakteristika

1.Vabo qo’zg’atuvchisining asosiy xossasi 2. Keltirib chiqaradigan kasalliklari, epidemiologiyasi va patogenezi 3.Prrofilaktika va davolashni
O'ta xavfli infeksiya qo’zg’atuvchilariga : 1.Vabo qo’zg’atuvchisi; 2. Toun (o'lat) qo’zg’atuvchisi; 3.Tulyaremiya qo’zg’atuvchisi; 4. Brutsellyoz qo’zg’atuvchisi; 5. Kuydirgi (sibir yarasi) qo’zg’atuvchisi kiradi.

Bu qo’zg’atuvchilar asosan zoonoz infeksiya hisoblanadi. Qo’zg’atuvchilar asosan suv, oziq-ovqat , maishiy kontakt orqali yuqadi. Ovalsimon,mayda, kokksimon, tayoqchasimon, ba’zan ipsimon, yirik tayoqchasimon ko’rinishli mikroorganizmlar bo’lib, GPA da, sun'iy oziqa muhitlarida, zich ozuqa muhitlarida, ishqoriy muhitlarda yaxshi o’sadi. Ular biokimyoviy jihatdan faol. Saxarolitik xossasiga ega.Ekzo va edotoksin ajratadi.60°C harorat ta'sirida 5-10 daqiqa qaynatilganda shu zahoti nobud bo'ladi.Infeksiya manbayi bo'lib bemor odam va sog'lom bakteriya tashuvchilar, hayvonlar hisoblanadi. Kirish darvozasi bo'lib og'iz shilliq qavati , jaroharlangan teri hisoblanadi.Kasallikni oldini olish uchun bemorni vaqtida aniqlash, ajratib qo'yish va kasalxonalarga tezda joylash, dezinfeksiya ishlarini olib boorish va kasallangan hayvonlarni yo’q qilish lozim. Suv havzalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, chetdan infeksiya kirishini nazorat qilib turish muhim ahamiyatga egadir.Maxsus profilaktika ishlarini olib borish kerak. Ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoatlarida ishlaydigan, o'ta xavfli infeksiya o'choqlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar bilan yaxshi tanishgan bo'lishlari lozim. Tekshirishlar maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.Tibbiyot xodimlari infeksiya o'choqlari va laboratoriyalarda maxsus kiyimlarda ishlashlari lozim. Maxsus kiyim quyidagilardan iborat: 1. Kombenezon 2.Xalat 3.Rezina etik 4.Ko'zoynak

5.Rezina qoiqop 6.Dezinfeksiyalovchi moddalarga namlangan sochiq

7. Ro'mol, paxta dokali niqob (u burun, og'iz, iyakni yopishi lozim).

Bu maxsus kiyim bosqichma-bosqich kiyiladi va yechiladi. Barcha yechilgan kiyimlar

5 %li lizol eritmasida, ko'zoynak 70 %li etil spirtida zararsizlantiriladi, so'ng avtoklavda sterilizatsiya qilinadi.

Tekshirish materiali olinadigan idishlarning butun ekanligi tekshiriladi, qog'oz yopishtirilib bemor haqidagi barcha ma'lumotlartug'iigan yili, tekshirish materiali olingan vaqti va hamshira imzosi yozib qo'yilishi kerak. Tekshirish materiali solingan idishning qopqog'i yopiladi. Sham (parafin) quyiladi. Surtma tayyorlanadigan buyum oynachaga oldindan yozib qo'yiladi. Tekshirish materiali solingan idish dezinfeksiyalovchi moddaga (5 %li lizol eritmasi yoki karbol kislotasi) namlangan sochiqqa o'raladi. Tekshirish materiali ekilgan probirka va Petri kosachalari metall byukslarga solinib, ustiga „ehtiyotlang" deb yozib qo'yiladi. Tekshirish materiali maxsus transportda laboratoriyaga yetkaziladi.

Vabo vibrioni

Vibrio cholerae turi Vibrionaceae oilasiga, Vibrio avlodiga kiradi. Vabo qo'zg'atuv chisining ikkita biovari mavjud. Vibrio cholerae biovarini R. Kox (1883) va Vibrio eltor biovarini F. Gotshlixt (1906) aniqlagan. Uzoq vaqt davomida Eltor biovarini vabo qo'zg'atuvchisi deb hisoblamaganlar. 1962-yilda JSST qaroriga ko'ra, u vabo vibrionining biovari deb hisoblandi.

Keyingi yillarda suvda va tashqi muhitda vaboning NAG – vibrioni ham aniqlangan, lekin u to'liq nomlanmagan. NAG biovarining o'tkir ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi aniqlandi. Morfologik, kultural va fermentativ xossasiga ko'ra vabo vibrionlari bir-biridan farqlanmaydi.Ular umumiy H - antigeniga ega. О -antigeni ularda turlichadir. O-antigeniga ko'ra NAG vibrionining 60 ta О guruhi bor.



Morfologiyasi.

Vabo vibrioni katta bo'lmagan 1-3x0,2-0,4 mkm, biroz bukilgan, vergul shakliga o'xshash, juda polimorf, tayoqchadir. Sun'iy oziqa muhitlarida, ayniqsa eski kulturalari sharsimon, donga o'xshash, ipsimon, spiralsimon shaklda. Vabo vibrioni juda harakatchan. Xivchini monotrix joylashgan va bakteriya tanasiga qaraganda uzun. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Gram manfiy bo'lib bo'yaladi. Bo'yalgan preparatlarda baliq to'dasiga o'xshah ko'rinadi. Elektron mikroskop ostida qaralganda hujayra devori va sitoplazmatik membrana orasida vakuolalar joylashganligi ko'rinadi. Bu vakuolalarda ekzotoksin sintezlanadi.



Kultural xossasi.

Vabo vibrioni fakultativ anaerob. Oziqa muhitiga talabchan emas. Keskin ishqoriy reaksiyali muhitlarda ham o'sa oladi.37-39°C haroratda va pH 8-9 da yaxshi o'sadi. Elektiv muhiti 1 % peptonli suv hisoblanadi. Bu muhitda 5-6 soatdan so'ng ular nozik havo rangli parda hosil qilib o'sadi. TBRS zich muhitida 12-14 soatdan so'ng (tiosulfat nitrat saxarozali o't suyuqligi qo'shilgan muhit) sariq rangli koloniya hosil qilib o'sadi. Muhit havorang berib turadi. Vabo vibrioni S shakldan R shaklga aylanishi mumkin va bu jarayon antigenlik jarayonining o'zgarishi bilan sodir bo'ladi.



Fermentativ xossasi.

Vabo vibrioni biokimyoviy jihatdan faol. Saxarolitik xossasiga ko'ra glukoza, saxaroza, mannit, mannozani kislotagacha parchalaydi, arabinozani parchalamaydi. Bu kasallik diagnostikasida katta ahamiyatga ega. Proteolitik xossasiga ko'ra jelatinani voronkasimon holda suyultiradi, triptofanni indolgacha parchalaydi, oksidaza fermentini ajratadi. Nitratni nitritga qaytaradi. Sutni ivitadi. Vodorod sulfiti hosil qilmaydi. Diagnostik xossasiga ko'ra kraxmalni parchalaydi va bu diagnostikada ahamiyatga ega. Vabo vibrioni fibrinolizin, plazmakoagulaza, gialuronidara letsitinaza, kollagenaza va boshqa patogen fermentlarni ajratadi.



Toksigenligi.

Vabo vibrioni uch turdagi toksinlarni ajratadi. Toksinning 1 turi endotoksin, mikrob hujayrasi parchalanganda hosil bo'ladi. Yog', uglevod, oqsil tabiatli, yuqori haroratga chidamli. Bu toksin antibakterial immunitet hosil bo'lishida ishtirok etadi. Toksinning II turi ekzotoksin (xolerogen) bo'lib termolabil, enterotoksik ta'sir ko'rsatadi va vabo patogenezida katta rol o'ynaydi (ingichka ichak sekretor hujayralari faolligini oshiradi, bu esa organizmning suvsizlanishiga olib keladi). Toksinning HI turi termostabil bo'lib natriyning ichak epiteliysi orqali o'tishini tezlatadi.



Antigenligi.

Vabo vibrioni yuqori haroratga chidamli somatik 0-antigenini va yuqori haroratga chidamsiz H-antigenini saqlaydi. H- antigeni barcha Vibro avlodi uchun umumiy hisoblanadi, spetsifik emas. O-antigeni esa turga xos bo'lib, 54 guruhga bo'linadi. Vibri cholerae va Vibri eltor O1 guruhga tegishlidir. O1 guruh 3komponentdan iborat - А, В, С.



Chidamliligi.

60°C harorat ta'sirida 5 daqiqa qaynatilganda shu zahoti nobud bo'ladi. Past haroratga chidamli. Muzda bir necha oygacha, dengiz va ariq suvlarida bir necha hafta, pashsha ichagida 4 - 5 kungacha saqlanadi. Quritish va quyosh nuriga vabo vibrioni juda sezir. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo'ladi. Vabo vibrioni kislotalarga (xlorid kislota va boshqalar) juda sezgir. El-Tor biovari esa ancha chidamli.



Patogenligi.

Tabiiy sharoitda hayvonlar vabo bilan kasallanmaydi. Laboratoriya hayvonlaridan quyon, dengiz cho'chqachalari sezgirdir. Ularning qorin bo'shlig'iga vabo vibrioni yuborilganda toksikoz yuzaga kelib, ularning o'limiga sabab bo'ladi.



Infeksiya manbayi.

Infeksiya manbayi bo'lib bemor odatn va sog'lom bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. El-Tor vibrioni keltirib chiqargan vaboda tashuvchilik uzoq davom etadi.



Tarqalish yo'Ii.

Qo'zg'atuvchi oziq-ovqat (sabzavot va mevalar), asosan suv orqali, maishiy kontakt yo'li orqali yuqadi.Vabo qadimdan ma'lum bo'lgan infeksiya hisoblanib, ma'lum davrlarda epidemiyalar vujudga keltirib millionlab odamlarni yostig'ini quritgan.



Patogenezi.

Kirish darvozasi bo'lib og'iz shilliq qavati hisoblanadi. Oshqozonga tushgan vabo vibrioni kislotali sharoit ta'sirida qisman nobud bo'ladi, kislotali sharoitni kechib o'tganlari ichakka tushadi, u yerda ishqoriy sharoit va oqsillar (asosan pepton) ko'p bo'lganligi sababli ular bo'linib ko'payadi, endotoksin ishlab chiqaradi va shu sababli organizmda anatomik va funksional o'zgarishlar ro'y beradi, ya'ni suv-tuz almashinuvi buziladi, termoregulatsiya izdan chiqadi, ingichka ichak zararlanib epiteliysi ko'chib tushadi. Yurak tomir sistemasining faoliyati keskin buziladi va boshqa holatlar kuzatiladi.Kasallik tez-tez va mo'l ich ketishi bilan boshlanadi. Ich tez orada suvday suyuladi va unda ichak epiteliysining parchalari ko'rinadi. Shu tariqa bemorning axlati ipir-ipir bo'lib qoladi. So'ngra ich ketishiga qusish ham qo'shiladi. Natijada bemor organizmi suvsizlanadi, terming elastikligi yo’qolib, burishib qoladi, qon aylanishi qiyinlashadi va badan ko'karadi.

Bunday holat vabo algidi deyiladi. Kasallikning shu og'ir davrida bemorning harorati normadan ham pasayib 35°C gacha tushadi, talvasa tushadidi. Bemorning siydigi kelmay qolishi (anuriya) mumkin. Vabodan ko’plab kishilar halok bo'ladi.Vabodan o'lgan bemorlarning jasadi yorib qaralganda ingichka ichak shilliq pardasining yallig'lanishi, qip-qizarib bo'rtganligi va zararlanganligi aniqlanadi. Ichak suyuqligida, ba'zan o't pufagining suyuqligida ham juda ko'p vabo vibrionlari topiladi. Bemor tuzalib ketgan taqdirda, odatda birinchi haftada, vabo vibrionidan xalos bo'ladi. Vabo kasalligida surunkali bakteriya tashuvchilik bir muncha kam uchraydi.

Vaboning yuqorida tasvir etiigan tipik shaklidan tashqari, yashindek tez o'tadigan shakli ham ma'lum. Vaboning bu shakli bilan og'rigan bemor hatto ichi ketmasdan turib kasallikning dastlabki soatlaridayon o'lib qoladi („quruq" vabo - cholera sicca). Klinik belgilarning og'ir o'tishi va yuqori harorat bilan ta'riflanadigan vabo tifoidi ham kuzatiladi Bunda kasallikning 1-3 haftasida aksariyat bemorlar nobud bo'ladi Vaboning bu shakli ichakdagi shartli-patogen mikroblarning zaharli mahsulotlari qonga so'rilishidan kelib chiqadi.



Immuniteti.

Odam vaboga birmuncha moyildir. Bu kasallik bilan hamma ham kasallanavermaydi. Vabo bilan yengil-yelpi og'ruvchilar ham ko'p uchraydi. Bu epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Vabo bilan kasallanib o'lgan organizmda antimikrob va antitoksik barqaror immunitet yuzaga keladi, bu aglyutinin, vibriolizin, antitoksin va boshqa antitelolarning hosil bo'lishi bilan tavsiflanadi.



Yüklə 273,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə