Mavzular ro’yhati



Yüklə 273,65 Kb.
səhifə5/5
tarix21.05.2018
ölçüsü273,65 Kb.
#45053
1   2   3   4   5

Nazorat uchun savollar

1. B.pertussis va B.parapertussisning morfologik xossasini aytib bering 2. Ular qanday oziqa muhitida o'sadi va qanday tavsifga ega? 3. Qo'zg'atuvchilarning chidamliligi qanday? 4. B.pertussis va B.parapertuss bir-biridan farq qiluvchi xossalari qanday? 5. Infeksiya manbayi kim? 6. Qaysi yo’llar orqali tarqaladi? 7. Ko’kyo’tal patogenezini aytib bering.



Mavzu : Patogen spiroxetalar. Zaxm treponemasi

Reja:

1. Patogen spiroxetalarga umumiy xarakteristika 2. Zaxm qo’zg’atuvchilarining asosiy xossasi 3. Ularning epidemiologiyasi va patogenezini 4. Profilaktikasi va davolash



Spiroxetalar Spiroxetalar — spira — burama, chaite — soch ma'nosini bildiradi. U bir hujayrali organizm bo'lib sodda jonivorlar bilan bakteriyalar orasida joylashadi. Harakatchanligi sodda jonivorlarga o'xshash bo'lib, tuzilishjga ko'ra boshqa bakteriyalarga o'xshaydi. Morfologiyasi Spiroxeta ipsimon asos va uning atrofida spiralsimon sitoplazma lentasi bilan o'ralgan qobig'i, 3 qavatli hujayra devori va 3 qavatli sitoplazmatik membranadan iborat. Xivchini, spora kapsulasi bo'lmaydi. Juda , harakatchan egilib, to'lqinsimon, burama orqa-oldinga sudralib hara-katlanadi. Spiroxetalar tabiatda ikki shaklda uchraydi.

1. Vegetativ faol shakli.

2. Sista shakli.

Sista shakli — spiroxetalar noqulay sharoitga tushganda paydo bo'ladi. Ular o'z o'qi atrofida o'ralib mutshsimon qobiq hosil qiladi, Ularni ko'paytirish uchun maxsus oziqa muhit qo'llaniladi. Spiroxetalar Romanovskiy — Gimza usulida bo'yaladi. Borrelia ko'k-binafsha rangda, Treponema och pushti rangda ko'rinadi. Shuning uchun ularni oqish spiroxetalar deyiladi. Kattaligi 5—500 mkm.gacha uzunlikda, kengligi 0,3—0,75 mkm bo'ladi.

Patogen spiroxetalarga quyidagi avlodlar kiradi:

1.Treponema zaxm va formbezi qo'zg'atuvchisi. 2.Borrelia — epidemik va endemik qaytalama tif, Vensan anginasini qo'zg'atuvchi. Spiroxetlar chiqaradigan kasalliklarni spiroxetoz deb nomlanadi Spiroxetalar Cpirochaetaceae oilasiga kiradi. Ular ingichka burama mikroorganizmlar bo'lib, ipsimon asosi atrofini spiralsimon sitoplazma o'rab turadi va bu ularga burama shaklini berib turadi.Ultra kesmalarda uch qavatli membrana qatlari aniqlangan. Elektron mikroskop orqali ko'rilganda ayrim spiroxetalarning uchida ipchalar aniqlanadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari bor. Ular juda harakatchan. To'rt xil harakatlanishga ega: aylanma, to'lqinsimon, egiluvchan va ilgarilab boradigan. Ularning kattaligi 5 dan 500 mkm. gacha uzunlikda va 0,3—0,75 mkm kenglikda bo'ladi.

Odam uchun patogen bo'lgan spiroxetalarga quyidagi avlod a'zolari kiradi: 1.Treponema — zahm va formbezi qo'zg'atuvchisi. 2.Borrielia — epidemik va endemik qaytalama tif, Vensan anginasining qo'zg'atuvchisi.

3.Leptospira — leptospiroz qo'zg'atuvchisi.



Spiroxetalar bir-biridan buramalar soni, chuqurligi va bo'yalishiga ko'ra farqlanadi. Asosiy bo'yash usuli Romanovskiy—Gimza. Bu usulda borreliyalar yaxshi bo'yalib, binafsha treponemalar och pushti ko'rinadi. Spiroxetalar tirik holda o'rganiladi.Spiroxetalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni spiroxetoz deyiladi. Spiroxetozlar klinikasi ma’lum sikllarda kechishi tavsiflanadi.Treponema pallidum — zaxm qo'zg'atuvchisi Treponema (lotincha trepo — buramoq, nemo — ip) kiradi. T.pallidum 1905-yili Shaudin tomonidan aniqlangan,qo'zg'atuvchini o'rganishda I.I. Mechnikov, N. Erlixlar katta hissa qo'shganlar

Zaxm qo’zg’atuvchisi

Morfologiyasi. T. pallidum — spiralsimon, 8 – 8 x 0,08—0,2 mkm kattalikda, buramalari mayda va bir xilda joylashgan 12—14 tani tashkil etadi, uchlari uchli yoki yumaloq bo'ladi. Harakatchan, to'rt xil harakatlanadi. Romanovskiy —Gimza usulida bo'yalganda och pushti rangda ko'rinadi, shuning uchun ularni rangsiz spiroxetalar ham deb yuritiladi. Yomon bo'yalishiga sabab ularning tarkibida kam miqdorda nukleoproteidlarning bo'lishidir. Spiroxetalarni Burri usulida ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari, ularni qorong'ilashgan mikroskopik maydonda ko'rish mumkin. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Kultural xossasi. Rangsiz treponemalar ozuqa muhitga talabchan. Miya yoki buyrak bo'laklari va assit suyuqligi qo'shilgan sun'iy oziqa muhitlaridagina o'sadi. 35—36°C haroratda 5—12 kunda, anaerob sharoitida sekin o'sadi. Rangsiz treponemalar tovuq embrionida yaxshi bo'linib ko'payadi. Sun'iy muhitda o'stirilganda treponemalar virulentlik xossasini yo'qotadi. Bunday kulturalar kulturali shtammlar deb ataladi. Tovuq embrionida o'stirilgan kulturalar esa to'qimali kulturalar deyiladi. Ular virulentlik xossasini saqlab qolgan bo'ladi. Fermentativ xossasi. Treponemalar fermentativ xossaga ega emas. Lekin kulturali shtammlar bir - biridan indol va vodorod sulfiti hosil qilishi bilan farqlanadi. Toksigenligi. Doimiy emas. Antigenligi. Rangsiz treponemalar o'zida polisaxarid, yog'li va proteinli antigenlar kompleksini saqlaydi. Seroguruh va serovarlari aniqlanmagan. Chidamliligi. Rangsiz treponemalar kam chidamlidir. 55°C harorat ta'sirida 15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past haroratga ular chidamli. Muzlatilganda bir yilgacha saqlanadi. Spiroxetalar og'ir metall tuzlariga (simob, margimush va b.) sezgir. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Ular benzilpenitsilinga, bitsillinga va boshqalarga sezgir. Ayrim tashqi muhit omillari ya antibakterial preparatlar ta'sirida sista shakliga aylanishi mumkin, ular organizmda latent holatda uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar zaxm bilan kasallanmaydi. Lekin I. I. Mechnikov va E. Ru kasallikning klinik manzarasini maymunlarda ko'rish mumkinligini isbotlab beradilar. Maymunlarda zararli material yuborilgan joyda shankr yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda dengiz cho'chqachalarida zararli material yuborilgan joyda kasallik alomatlari aniqlangan. Ajratib olingan treponemalar quyonlarga yuborilsa uzoq vaqt saqlab qolish mumkin. Infeksiya manbayi. Kasal odam. Tarqalish yo'li. Kasallik asosan jinsiy yo'l orqali tarqaladi. Ayrim hollarda zaxm idish - tovoq, choyshablar orqali ham tarqalishi mumkin Zaxm bilan kasallangan onalardan kasallik homilaga ham o'tishi mumkin. Buni tug'ma zaxm deb ataladi. Patogenezi. Kirish darvozasi bo'lib og'iz bo'shlig'i va jinsiy yo'llar shilliq pardasi hisoblanadi. Yashirin davri 3—4 hafta. 1. Birlamchi davrda spiroxetalar shilliq qavatga tushadi va yashirin davrdan so'ng (o'rtacha 3 haftada) ular kirgan joyda tubi va cheti qattiq yara — „ qattiq shankr " hosil bo'ladi. Qattiq shankrni hosil bo'lishi limfa tugunlarining kattalashuviga sabab boladi. Birlamchi davr 6—7 hafta davom etadi. 2. Ikkilamchi davrda qo'zg'atuvchilar limfa yo'li orqali qonga so'riladi va qon bilan butun organizmga tarqaladi. Bunda teri va shilliq qavatlarda toshmalar — rozeolalar va papulalar, vezikulalar hosil bo'ladi. Bu davr 3—4 yil davom etadi. 3. Uchinchi davr. Zaxm kasalligi davolanmagan hollarda yuzaga keladi. Bu davrda a'zo, to'qima, suyak tomirlarida parchalanishga moyil granulatsiya o'smalari hosil bo'ladi. Bu davr bir necha yil davom etadi (yashirin shakli). Bu davrda bemor atrofdagilarga zararli hisoblanmaydi. Kasallik davolanmasa (ayrim hollarda) to'rtinchi davrda bir necha yillardan keyin u markaziy nerv sistemasini shikastlaydi, miyaning shikastlanishi sababli progressiv falaj, orqa miyaning shikastlanishi sababli uning qurishi yuzaga keladi. Bunday holat troponemalarning miya to'qimalarida joylanishi natijasida yuzaga keladi, va organizmda funksional va organik o'zgarishlar yuzaga keladi. Immuniteti. Tabiiy immuniteti yo'q. Kasallikdan so'ng nosteril infeksion immunitet yuzaga keladi. Buni shankr immuniteti deb ham yuritiladi, chunki qayta kasallanganda qattiq shankr hosil bo'lmaydi, lekin kasallikni qolgan davrlari rivojlanadi. Zaxm kasalligida YqC va YqM, shuningdek, YqE reaginlar aniqlanadi, kardiolipid antigeni qo'shilganda ular komplement yordamida o'zaro bog'lanib oladi.

Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash, epidemiologik zanjirni topish. Sanitariya maorifi ishlarini olib borish. Begonalar bilan jinsiy aloqada bo'lmaslik. Maxsus profilaktikasi yo'q. Davosi.'>Davosi. Penitsillin, bitsillin, bioxinol va boshqalar.

Nazorat uchun savollar

1. Spiroxetalarni kim va qachon aniqlagan? 2. Spiroxetalarning qanday turlarini bilasiz va ularning qaysi biri odam uchun patogendir? 3. Spiroxetalarning tashqi muhitga chidamliliga nima sabab bo'ladi? 5. Spiroxetalar qanday morfologik ko’rinishga ega? 6. Spiroxetalarning morfologiyasini aytib bering 7. Qattiq shankr nima? 8. Zaxm kasalligining qanday davrlarini bilasiz? 9. Zaxmda qanday immunitet yuzaga keladi? 10. Zaxm qo’zg’atuvchisini kim va qachon aniqlagan? 11. Spiroxetalarning qanday turlarini bilasiz va ularning qaysi biri odam uchun patogendir? 12. Spiroxetalarning tashqi muhitga chidamliliga nima sabab bo'ladi? 13. Spiroxetalar qanday usulda bo'yab o'rganiladi?



Qaytalama tif qo'zg'atuvchisi

Reja:

1.Qaytalama tif qo’zg’atuvchisining asosiy xossalarini

2. Ularning epidemiologiyasini va patogenezi


  1. Profilaktika va davolash

Qaytalama tif qo'zg'atuvchilari Spirochetaceae oilasiga, Borreha avlodiga kiradi.

Infeksiya tashuvchisiga ko'ra qaytalama tif :

1.Epidemik qaytalama (tashuvchisi bitlar ) 2. Endemik qaytalama tif (tashuvchisi kana) kabilarga bo'linadi.

Qaytalama tif borreliyalari boshqa spiroxetalardan yirikligi, buramalari turlicha joylanishi, Romanovskiy—Gimza usilida bo'yalganda binafsha rangda bo'yalishi bilan farqlanadi.



Epidemik qaytalama tif

Epidemik qaytalama tif qo'zg'atuvchisi 1868-yilda O. Obermayer tomonidan aniqlangan.



Morfologiyasi. Obermayer borreliyalari spiralsimon ipga o’xshash bo’lib, 5 - 8 buramadan iborat, buramalari turlicha joylashgan,uchlari uchli,10 – 18 x 0,3—0,5 mkm kattalikdadir. Harakatchan, spiroxetalarga xos bo’lgan turda harakatlanadi.

Kultural xossasi.

Zardob, assit suyuqligi, to'qima yoki hayvon a’zolari qo'shilgan sun'iy oziqa muhitlarida o'sadi . Ular juda sekin, 7 - 12 kundan so'ng, anaerob, 30—35°C haroratda va pH 7,2—7,4 bo'lgan sharoitda o'sadi. Suyuq oziqa muhitida ular jadal bo'linib ko’payganlariga qaramasdan muhit tiniq qoladi. Keyingi borreliyalar tovuq embrionida ham o'stirilmoqda.



Fermentativ xossasi.

Borreliyalar fermentativ xossaga ega emas.



Toksigenligi.

Endotoksin ajratadi (to'liq o'rganilmagan).



Antigenligi.

Kam o'rganilgan.



Chidamliligi.

Borreliyalar yuqori haroratga juda sezgir. 45—50°C harorat ta'sirida 30 daqiqadan so'ng, 0°C da bir kungacha saqlanadi. Past haroratga ancha chidamli. Muzlatilganda bir necha oylab saqlanadi. Quritilganda tez nobud bo'ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi.



Patogenligi.

Tabiiy sharoitda hayvonlar qaytalama tif bilan kasallanmaydi. Laboratoriya hayvonlaridan maymunlar, oq sichqonlar, olmaxonlarga Obermayer borreliyalari qiyinchilik bilanyuqadi.



Infeksiya manbayi.

Kasal odam infeksiya manbayi hisoblanadi.



Tarqalish yoli.

Transmissiv yol orqali, yani bitlar orqali tarqaladi. Bitlar yashashi davomida 30—40 kun davomida infeksiyani tarqatadi.Bemor qonini so'rgan bitlar 5—7 kundan keyin zararli bo'lib hisoblanadilar. Bu vaqt ichida spiroxetalar ichakdan gemolimfa yo'liga so'riladi va u yerda to'planadi. Odam qashinganda bit tanasini shihikastlaydi va uning gemolimfasini qashigan joyga kiritadi.



Patogenezi.

1874-yilda G. Minx, 1881-yili I.I.Mechnikov tajriba sifatida bemor qonini o'ziga yuborib, qaytalama tif qo'zg'atuvchisini qonda aylanib yurishini isbotlab bergan.

Organizmga kirgan borreliyalar limfa yo'liga o'tib makrofag sistemasi hujayralarida ko'payadi so'ngra qonga so'riladi. Bemorda birinchi kasallik huruji, ya'ni isitma tutishi shundan keyin yuzaga keladi. Bemor qonida antitelolar — spiroxetolizinlar to'planadi, ular borreliyalarini lizisga uchratadi. Qo'zg'atuvchilar tomonidan ajratilgan endotoksin intoksikatsiyani — tana haroratini ko'tarilishi va boshqa funksional o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. To'qimalarning chuqur qismida saqlanib qolgan borreliyalar bo'linib ko'payadi va organizmda lizinlarga sezuvchan bo'lmagan yangi avlod borreliyalarini hosil qiladi. Bu borreliyalar qonga o'tib yangidan ikkinchi isitma tutishni yuzaga keltiradi. Organizmda endi ana shu borreliyalarni lizisga uchratuvchi lizinlar yuzaga keladi.Bunday isitma tutishlar bir necha marotaba (3—5) takrorlanadi. Наг bir keyingi isitma tutish oldingisidan qiaqa va ular orasidagi vaqt (apiraksiya) uzoqroq bo'ladi. Organizrndagi barcha turdagi borreliyalar to'liq lizisga uchragandan so'ng tuzalish yuzaga keladi.

Qaytalama tif bilan kasallangan bemorlardan favqulodda hodisa — trombotsitobariya, ya'ni ichki a'zo kapillarlaridagi spiroxetalarga trombotsitlar shimilishi va natijada „spiroxet va trombotsit" agregati yuzaga kelishi kuzatiladi. Bu agregat shu a'zoda qon aylanishini buzilishiga olib keladi, borreliyalar esa harakatchanligini yo’qotqdi.



Immuniteti. Spiroxetolizin, agglyutinin, trombotsitobarin kabi antitelolar borligi bilan tavsiflanadi. Lekin ular turg'un emas.

Profilaktikasi.

Bitlarga qarshi kurashish, sanitar-gigiyenik sharoitni yaxshilash. Maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan.



Davosi.

Tetratsiklin, penitsillin, levomitsetin va margumushdan tayyorlangan dorilar beriladi.

Nazorat uchun savollar

1. Qaytalama tif borreliyalarining morfologik va kultural xossasini aytib bering.

2. Bemor qonida qaytalama tif borreliyalari aylanib yurishini kim isbotlab bergan?

3. Qaytalama tifning yuqish mexanizmi va patogenezi qanday?

4. „Trombotsitobariya" favqulodda hodisasi nima?
Endemik qaytalama tif

Endemik qaytalama tif kasalligini bir qancha turdagi borreliyalar (B.persica, B.duttonii va boshqalar) keltirib chiqaradi. B.duttonii ni 1904-yili R. Ross bemor qonidan ajratib olgan.



Morfologiyasi.

Kana qo'zg'atadigan qaytalama tif borreliyalarining morfologiyasi epidemik qaytalama tif qo'zg'atuvchisiga o'xshashdir.



Kultural xossasi.

B. duttonii maxsus oziqa muhitida o'sishi mumkin. Ular 30—35°C haroratda va pH 7,2—7,4 bo'lgan anaerob sharoitda o'stiriladi.



Fermentativ xossasi.

Aniqlanmagan.



Antigenligi.

Borreliyalarning bir qancha variantlari mavjud bo'lib, ularni bir-biridan farqiash ishlarini olib borishda biologik usulni qo'llash yordam beradi.



Patogenligi.

Ko'pincha kemiruvchilar — sichqonlar, olmaxonlar, qumsichqonlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachasi, kalamush, oq sichqonlar sezgir. Chidamligi.

Epidemik qaytalama tifga o'xshash.

Infeksiya manbayi.

Tabiiy o'chog'i va infeksiya manbayi bo'lib kemiruvchilar — sichqon, olmaxonlar, qumsichqon va Ornithodoros avlodiga kiruvchi kanalar hisoblanadi. Borreliyalar kana organizmida butun hayoti davomida saqlanadi va nasldan - naslga uzatiladi.



Tarqalish yo'li.

Transmissiv yo'l bilan, ya'ni qon so'ruvchi hasharotlar orqali tarqaladi. Odamni kana chaqqanda ularning so'lagi tarkibidagi borreliyalar organizmga kiradi. Chaqqan joyida papula yuzaga keladi.



Patogenezi.

Epidemik qaytalama tifga o'xshash, lekin isitma tutishi ko'proq bo'ladi. Kasallik ancha yengil o'tadi.



Immuniteti.

Epidemik o'choqda odamlarda immunitet yosh bolalik davridan va qonda spiroxitolizin hamda boshqa antitelolarning borligi sababli yuzaga keladi. Asosan shu o'choqqa kelgan odamlargina endemikI tif bilan kasallanadi. Kasallikdan so'ng turg'un bo'lmagan immunitet yuzaga keladi. Epidemik qaytalama tif bilan kesishib o'tadigan

immuniteti yo'q. Profilaktikasi. Qurt-qumursqa va kemiruvchilarga qarshi kurashish. Har bir o'choqda o'ziga xos turdagi kasallik qo'zg'atuvchisi mavjuddir. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish. Maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan.

Davosi.

Antibiotiklar — tetratsiklin, penitsillin, levomitsetin va boshqalar bilan davolanadi.


Nazorat uchun savollar:

1. Epidemik qaytalama tif diagnostikasida qanday tekshirish materiali

olinadi?

2. Epidemik qaytalama tif diagnostikasida qo'llaniladigan asosiy tekshirish usullarini

aytfl bering.

3. Epidemik qaytalama tifni qanday farqlash mumkin

4. Endemik qaytalama tif diagnostikasida qanday tekshirish materiali

olinadi?


5. Endemik qaytalama tif diagnostikasida qo'llaniladigan asosiy tekshirish usullarini

aytfl bering.

6. Endemik qaytalama tifni qanday farqlash mumkin


Leptosprioz qo’zg’atuvchisi

Reja:

1. Leptosprioz qo’zg’atuvchisining asosiy xossalarini

2. Ularning epidemiologiyasi va patogenezi

3. Profilaktika va davolash


Patogen spiroxetalar Spirochaetaceae oilasiga, Leptospira avlodiga kiradi. Leptospirallarni 1915-yili yapon olimlari Inado va Ido aniqlaganlar.

Leptospira avlodiga odam va hayvon organizmida kasallik keltirib chiqaradigan ko'pgina guruh mikroorganizmlari kiradi.



Morfoiogiyasi.

Leptospiralar spiralsimon, 6—20 x 0,1—0,25 mkm uzunlikda, 12—18 ta buramadan iborat bo'lib, buramalari mayda, bir-biriga zich joylashgan va ularning uchi ilmoqqa o'xshashdir. Leptospiralar juda harakatchan, spiroxetalarga xos barcha harakatlanish usullarida harakatlanadi. Ular anilin bo'yoqlarida yaxshi bo'yalmaydi. Shuning uchun patologik materiallarda va kulturalarda ularni aniqlash maqsadida qorong'ilashgan maydon yoki kumush bilan qoplash usulida o'rganiladi. Bunday usullarda ular jigarrang bo'lib ko'rinadi.



Kultural xossasi.

Leptospiralar jiddiy aerob. Suyuq va yarim suyuq oziqa muhitlariga quyon zardobi qo'shilganda, 28—30°C haroratda va PH 7,2—7,4 bo'lgan sharoitda o'sadi. Bu muhitlarda ular sekin (7—10 kun ichida) o'sadi, va leptospiralar bo'linib ko'paygan bo'lsa ham muhit tiniq qoladi. Leptospiralar o'sganligini ezilgan tomchi preparati tayyorlab mikroskop ostida (qorong'i maydonda) quritib aniqlanadi. Qon zardobi qo'shilgan zich oziqa muhitida 5—7 kunlarda o'sadi, Sun’iy oziqa muhitida leptospiralar virulentlik xossasini yo'qotadi.



Fermentativ xossasi.

Leptospiralarda katalaza, oksidaza, lipaza boshqa fermentlar aniqlangan. Toksigenligi.

Leptospiralarda endotoksin borligi isbotlanmagan.

Antigenligi.

Leptospiralarning antigenlik tuzilishi monoretseptor zardoblar bilan mikroagglyutinatsiya reaksiyasi qo'yish orqali aniqlanadi. Mana shu reaksiyaga asoslanib, leptospiralar 19 ta seroguruhga va 159 serovarga bo'linadi. Har bir seroguruh va serovar o'zining virulentligiga ega.



Chidamliligi.

Leptospiralar yuqori haroratga sezgir: 56°C harorat ta'sirida 30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Past haroratda ular (—70—80°C) uzoq vaqt saqlanadi. Leptospiralar quritishga, kislota va o't suyuqligiga ham sezgirdir. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Leptospiralar suvda ikki oygacha, sut mahsulotlarida, nonda bir necha soatgacha saqlanadi.


Patogenligi.

Leptospira bilan kemiruvchilar kasallanadi, lekin ular bilan yirik na mayda shoxli hayvonlar, cho'chqa, it, qo'shtuyoqlilar va hatto yovvoyi hayvonlar ham kasallanishi mumkin. Hayvonlarda kasallik surunkali shaklda o'tadi.

Laboratoriya hayvonlaridan leptospiralarga dengiz cho'chqachasi tillarang olmaxonlar sezgirdir. Lekin ularda kasallikni leptospiralarning ayrim serovarlarigina keltirib chiqarishi mumkin. Kemiruvchilarda ham kasallik surunkali shaklda o'tadi va leptospiralar ularning siydigi bilan ajraladi.

Infeksiya manbayi.

Infeksiya manbayi bo'lib kasal qishloq xo'jalik hayvonlari va kemiruvchilar (asosan kalamushlar) hisoblanadi. Ular siydigi bilan atrofidagi tuproq, ochiq suv havzalari (quduq, ariq, hovuz), oziq-ovqatlarni ifloslantiradilar.



Tarqalish yoli.

Leptospiralar ifloslangan suvda turli xil ishlar olib borilganda, cho'milganda, kasal hayvonlarni parvarish qilganda, ifloslangan oziq-ovqatlarni iste'mol qilganda yuqadi.



Patogenezi.

Qo'zg'atuvchi organizmga jarohatlangan teri va ko'z, og'iz shilliq pardalari orqali kiradi. Teri va shilliq qavatlarda birlamchi belgilar yuzaga kelmaydi.

Leptospiroz sariqlik va sariqsiz shaklda o'tadi. Organizmga kirgan leptospiralar limfa yo'li orqali qonga o'tadi va qon bilan tanaga tarqaladi. Parenximatoz a'zolarga tushadi, jigar va buyrakda joylashib oladi. Shu vaqt ichida organizmda leptospiralami parchalovchi antitelolar hosil bo'ladi.

Leptospiralar parchalanayotgan vaqtda zaharli modda ajraladi va bu toksin intoksikatsiya va parenximatoz a'zolarda qon quyilishini yuzaga keltiradi. Og'ir hollarda sarg'ayish va buyrak funksiyasining o'tkir buzilishi (nefrit) hosil bo'ladi. Leptospiralarga sezgir hayvonlarda ham buyrak funksiyasining buzilishi yuzaga keladi. Yengil shakllarida parenximatoz organlarni shikastlanganligini maxsus usullarda tekshirilgandagina aniqlash mumkin.



Inmuniteti.

Agglyutinin va spiroxetolizinlaming hosil bo'lishiga bog'liq bo'lib, 3—4 hafta ichida antitelolar miqdori eng yuqori konsentratsiyaga(1 : 1000 va undan yuqori) yetadi. Immunitet uzoq vaqt saqlanadi.



Profilaktikasi.

Kemiruvchilarga qarshi tadbirlar, botqoqliklarni quritish, oziq-ovqat mahsulotlarini sichqon va kalamushlar chiqindisi bilan ifloslanishdan saqlash choralarini amalga oshirish. Qishloq xo'jaligi hayvonlarini emlab turish lozim.

Maxsus profilaktikasi bo'yicha infeksiya o'chog'ida ishlayotgan xodimlarni emlash lozim. Ayrim leptospiralarning serovarlarini qizdirish yo'li bilan olingan o'lik leptospiroz vaksinasi qo'llaniladi.

Davosi.

Penitsillin, tetratsiklin, leptospirozga qarshi immunoglobullin (keng tarqalgan leptospira seroguruhlaridan tayyorlangan)lar qo'llaniladi.


Nazoral uchun savollar

1. Leptospiralarning morfologik xossasini aytib bering.

2. Leptospiralarning chidamliligini bilasizmi?

3. Leptospiralarning patogenligi qanday?

4. Leptospiroz patogenezini ayting.

5. Leptosirozda immunitet qanday antitelolar hisobiga hosil bo'ladi?

6. Leptospiralarning kultural xossasini aytib bering.

7. Leptospiralarning infeksiya manbayi qanday?



8. Leptospiralarning tarqalish yo'llari qanday?
Yüklə 273,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə