Mavzular ro’yhati



Yüklə 273,65 Kb.
səhifə2/5
tarix21.05.2018
ölçüsü273,65 Kb.
#45053
1   2   3   4   5

Profilaktikasi.

Bemorni vaqtida aniqlash, ajratib qo'yish va kasalxonalarga tezda joylash, dezinfeksiya ishlarini olib borish lozim. Suv havzalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, chetdan infeksiya kirishini nazorat qilib turish muhim ahamiyatga egadir.



Maxsus profilaktikasi.

O'lik vabo vaksinasi (xolerogen-anatoksin va O-antigeni bilan birgalikda) qo'llaniladi.



Davosi.

Tetratsiklin qatoriga tegishli antibiotiklar, shuningdek, ko'p miqdorda suyuqlik va eritrotsitlar (kaliy va natriy tuzlarini) saqlovchi preparatlar beriladi.



Nazorat uchun savollar

1. O'ta xavfli infeksiyalarning morfologik tuzilishi qanday? 2. O'ta xavfli infeksiyalar qanday muhitlarda rivojlanadi va ularning rivojlanishi uchun qanday sharoitlar kerak? 3. O'ta xavfli infeksiyalar biokimyoviy faolligi va ularning muhitga chidamliligi qanday? 4. Qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? 5.Vabo vibrionining biovarlarini bilasizmi?



  1. Vabo vibrionining morfologik ,kultural ,fermentativ tuzilishi qanday?

6.Vabo vibrionining infeksiya manbayi qanday?

7.Vabo vibrionining tarqalish yo'li qanday?

8.Vabo kasalligining oldini olish chora-tadbirlari qanday?

9.Vabo vibrioni qanday muhitlarda rivojlanadi va ularning rivojlanishi uchun

qanday sharoitlar kerak?

10. Vabo vibrionining qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?



Mavzu : Toun ( o’lat ) ierseniyasi

Reja:

1.Toun qo’zg’atuvchisining asosiy xossasini 2. Keltirib chiqaradigan kasalliklari , epidemiologiyasi va patogenezini 3. Profilaktikasi va davolash

Toun bakteriyasini 1894-yilda Iyersen Gonkongda aniqlagan va bakteriyalarning bu avlodi uning nomi bilan ataladi. D. K. Zabolotnry, N. K. Klodnitskiy, I. A. Lebedinskiy, N. F. Gamaleyalar toun qo'zg'atuvchisini atroflicha o'rgandilar va bu kasallikni davolashda streptomitsinni qollashni tavsiya etdilar.

Yersiniae avlodiga uch turdagi bakteriyalar kiradi.


  1. Yersiniae pestis—toun qo'zg'atuvchisi.

  2. Yersiniae pseudotuberculosispsevdotuberkulyoz qo'zg'atuvchisi.

  3. Yersiniae enterocolitica—ichak infeksiyalarini keltirib chiqaradi. Bu avlodga kiruvchi barcha qo'zg'atuvchilar Gram manfiy tayoqchalar bo'lib, ko'pincha ovoid (tuxumsimon) shaklda, 0,4-0,7 x 1-2 mkm kattalikda va spora hosil qilmaydi. Psevdotuberkulyoz va enterokolitika turlarlari harakatchandir. Ularning barchasi oziqa muhitiga talabchan emas, fermentativ jihatdan faol bo'lib, qator uglevodlarni kislotagacha parchalaydi.

Morfologiyasi.

Ovalsimon tayoqchalar. 0,3-0,6 x 1-2 mkm kattalikda bo'lib, polimorfdir. Zich oziqa muhitidan tayyorlangan surtma preparatda ular uzunchoq, ipsimon shakllarda ko'rinadi. Spora hosil qilmaydi, harakatsiz, xivchinlari yo'q, nozik kapsula hosil qiladi. Gram manfiy bo'lib bo'yaladi. Sitoplazmasi bir xilda joylashmaganligi sababli tayoqchaning ikki cheti to'q bo'yaladi. Metilen ko'ki bilan bo'yalganda bunday bipolyarlik (bir qutblilik) yaxshi ko'rinadi.



Kultural xossasi.

Toun qo'zg'atuvchisi fakultativ anaerob. Oziqa muhitlarga talabchan emas. 28-30°C da pH 7,0-7,2 da 12-14 soatdan so'ng o'sadi. Uning o'sishini tezlashtirish uchun muhitga ayrim bakteriyalarning ekstraktlari, gemolizlangan qon, natriy sulfati va boshqalar qo'shiladi. Toun qo'zg'atuvchisining elektiv muhiti bo'lib kazeinli muhit va ivigan qon gidrolizati hisoblanadi. Zich oziqa muhitida 18-24 soatdan keyin chetlari tekis, mayin koloniya hosil qiladi, 48 soatdan keyin koloniyalarning cheti to'qilgan ro'molchaga o'xshab qoladi. Suyuq oziqa muhitida cho'kma ko'rinishidagi zanjircha holida o'sadi. Probirka tubida qavatli cho'kma va parda yuzasida esa osilib turadigan ipchalarni ko'rish mumkin. R-shaklda o'sgan kulturalari virulent hisoblanadi, lekin turli xil omillar ta'sirida ular S avirulent shaklga aylanadi.


Fermentativ xossasi.

Saxarolitik xossasi kuchli namoyon bo'ladi. Ular saxaroza, maltoza, arabinoza, glukozani (doimo emas) va mannitni kislotagacha parchalaydi. Toun bakteriyasining ikkita varianti tafovut etiladi : glitserinni parchalovchilar va parchalamaydiganlar. Proteolitik xossasi kam namoyon bo'ladi: ular jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi, vodorod sulfidini hosil qiladi. Toun bakteriyasi fibrinolizin, gemolizin, gialuronidaza, koagulaza fermentlarini ishlab chiqaradi.



Toksigenligi.

Toun qo'zg'atuvchisi oqsil tabiatli, bir-biriga bogliq ekzo va endotoksinlarni ajratadi. U ikki xil fraksiyadan iborat .Ular aminokislotalarning tarkibiga va antigenlik xossasiga ko'ra farqlanadi. U odam uchun juda patogendir. Toun toksinini „sichqon zahari" deb ham ataladi, chunki sichqonlar uning ta'siriga juda sezgir.



Antigenligi.

Toun qozg'atuvchisining antigenlik xossasi j murakkab. Ular 30ga yaqin antigenlarni saqlaydi. Toun qo'zg'atuvchisi psevdotuberkulez, esherixiya, shigella va odam eritrotsitlari bilan umumiy bo'lgan О antigenini saqlaydi.



Chidamhligi.

100°C ta'sirida shu zahoti 80°C da 5 daqiqadan so'ng o'ladi. Past haroratga chidamli, 0°C da 6 oygacha, muzlatilgan murdada bir yilgacha va undan ham ko'p saqlanadi. Tik quyosh nurlari ta'sirida 2-3 soatdan so'ng o'ladi. Quritishga ular juda sezgir. Oziq-ovqat mahsulotlarida 2-6 oygacha, burgalarda bir yilgacha, kanalarda 1,5 yilgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida 5-10 daqiqadan so'ng o'ladi, sulema va karbol kislotasiga juda sezgir.



Patogenligi.

Infeksiya manbayi bo'lib, asosan, kemiruvchilar: yumronqoziq, qora va kulrang kalamushlar, sichqonlar, shuningdek tuyalar, tulkilar hisoblanadi. Laboratoriya hayvonlaridan sichqonlar, kalamushlar, dengiz cho'chqachalari va boshqalar ularga sezgirdir.



Infeksiya manbayi.

Kasal hayvonlar, asosan, kemiruvchilar infeksiya manbayi hisoblanadi. Odamlar o'rtasida epidemiya kelib chiqishida kemiruvchilardagi epizootik hollar sababchi bo'ladi. 1.Transmissiv yo'l orqali, tashuvchisi burgalar hisoblanadi :kemiruvchilar -burga -odam.



  1. Havo-tomchi yoli: o'pka touni odamdan odamga yuqadi.

  2. Alimentar yo'l orqali — kasal hayvon go'shtini yaxshi pishirmasdan iste'mol qilganda (kam hollarda).

Patogenezi va kasallik shakllari Kirish darvozasi bo'lib teri va burun, og'iz shilliq pardalari hisoblanadi. Kirish darvozasiga qarab toun kasalligining bir necha shakli tafovut etiladi:

1) bubon,

2) o'pka,

3) septik,

4) teri,

5) ichak shakllari

Qo'zg'atuvchi tushgan yerda quyidagi ketma-ketlikda: dog' - papula - vezikula - pustula - karbunkul - yara hosil bo'ladi. Bemor sog'ayganda esa yara o'rnida chandiq qoladi. Kasallikningbu shakli juda kam uchraydi. Asosan ular teri-bubonli toun shaklida o'tadi.

Bubon shaklida infeksiya kirish joylarida izlar boimaydi, chunki qo'zg'atuvchi limfa tomirlar orqali uning tarmoqlariga tarqaladi. Bu joylarda o'tkir yallig'lanish jarayoni rivojlanib, birlamchi bubon hosil bo'ladi. Limfa tarmoqlari o'zaro qo'shilib ketadi. Lekin bubonlar ustidagi teri o'zgarmaydi. Mikrofaglar mikroblarni o'rab olsa-da,

fagotsitoz tugallanmaydi. Chunki mikrob toksini ta'sirida fagotsitlar o’'ladi. Keyinchalik kapillarlar nekrozga uchrab, mikroblar esa qonga o'tadi va bu birlamchi bakteriyemiya deyiladi. Ichki a'zolarda infeksiyaning ko'plab o'choqlari yuzaga chiqadi. Keyinchalik gematogen yo’l bilan ikkilamchi bubonlar hosil bo'ladi. Kasallik o'tkir rivojlanganda bakteriyemiya, ikkilamchi o'choqlarda : jigar, taloqda kasallik toksinlar hisobiga jadallashadi va septitsemiya shakliga aylanadi.

Kasallikning teri shaklida qo'zg'atuvchi tushgan joyda og'riqli papula hosil bo'ladi va u keyinchalik qo'zg'atuvchi saqlaydigan qonli-seroz suyuqlik pustulaga aylanadi. Agar kasallik davolanmasa, karbonkulalar o'lchami 1-3 sm va undan ham katta nekrozli yaraga aylanadi. Toun yarasi kam sonli bo'lib, chandiq hosil qiladi va sekin bitadi.

Kasallikning bubonli shakli yuqori harorat, organizmning og'ir intoksikatsiyasi, ko'pincha bakteriyemiyaning rivojlanishi va jarayonning yuksalishi bilan tavsiflanadi. Yashirin davri 2-3 kun, ba'zan 4-5 kun davom etadi. Kasallikni o'ziga xos belgilaridan biri zararlangan joyda qattiq og'riq paydo bo'ladi. Bubonlar tez rivojlanadi va tovuq tuxumi, olma va undan kattaroq hajmda bo'ladi. Bo'yin, quloq atrofi, jag' osti, ko'krak osti, yelka, qoltiq osti, qov va qov orti bubonlari hosil bo'ladi. Bo'yin va qo'ltiq osti bubonlari eng xavfli hisoblanadi, chunki ular ikkilamchi o'pka asoratlariga olib keladi. Kasallik birdaniga, behosdan, qaltirashlarsiz, darmon qurimasdan, tana haroratining 38-39°C gacha, hatto 40°C va undan ham yuqoriga ko'tarilishi bilan boshlanadi. Ertalab harorat biroz tushadi, kechqurun esa ko'tariladi. Yuz terisi qizaradi, ko'zlar yaltiraydi, nafas olish tezlashadi, nafas qisadi, bosh og'riydi, harakat koordinatsiyasi buziladi, nutq o'zgaradi. Ba'zi bemorlarda alahsirash (gallyutsinatsiya), eyforiya kuzatiladi. Kasallik og'ir kechganda ikkilamchi o'pka touni, sepsis, meningit kelib chiqadi va 4-6 kun ichida bemor nobud bo'ladi. Birlamchi o'pka shaklining yashirin davri 2-3 kun. Qaltirash, haroratning 39-40°C bo'lishi, yo'tal, qonli suyuqlik ajralishi bilan tavsiflanadi. Bemorlar alahsiraydi, tajovuzkor bo'lib qoladi va qochishga harakat qiladi. 2-3 kun ichida yurak faoliyatining susayishi va nafas olish markazi falajidan bemor nobud bo'ladi.Septik shaklining yashirin davri bir necha soat davom etadi. Bemorning birdaniga kuchli qaltirashi, bosh og'rig'i va umumiy holatining tezda yomonlashuvi bilan kasallik boshlanadi. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi rivojlanib boradi. Nafas olishi to'xtab qolishi ham mumkin. Yara bubonlar ko'zga ko'rinmagan holda rivojlanib boradi. Ayrim bemorlarning o'limi kasallik boshlanishidan bir necha soat o’tgach sodir bo'ladi. O'z vaqtida davolanmasa, kasallik 100 % o'lim bilan tugaydi.

Ichak shakli ham yuqori harorat bilan juda og'ir кеchadi.Oshqozon, ichakda og'riqlar bo'lib, bemor qon bilan qayt qilishi, najas qonli suyuq bo'lib, unda qo'zg'atuvchilar bo'ladi. Kasallik 1-2 kun davom etib 100 % olim bilan tugaydi.



Immuniteti.

Kasallikdan so'ng barqaror va uzoq vaqtga cho'ziluvchi immunitet yuzaga keladi. Og'rib o'tganlarning qonida toun mikrobiga qarshi antitelolar paydo bo'ladi.



Profilaktikasi.

Bemorlarni vaqtida aniqlash, tashxis qo'yish ajratib qo'yish va kasalxonaga yotqizish, karantin tashkil qilish' kontaktda bo'lganlarni kuzatish, uyma-uy yurib bemorlarni, harorati bor odamlarni so'rab chiqish, infeksiya o'chog'ida dezinfeksiya ishlarini olib borishdir. Tibbiyot xodimlariga streptomitsin va tounga qarshi vaksina yuboriladi. Davlat chegarasi chetdan infeksiya kirishidan himoya qilinadi.



Maxsus profilaktikasi.

EV-tirik vaksinasi qo'llaniladi. Bu vaksina 5 yil davomida qo'zg'atuvchi oziqa muhitiga ketma-ket ekish orqali ajratib olinadi. Immunitet 1 yilgacha davom etadi.



Davosi.

Streptomitsin, tetratsiklin, maxsus fag va tounga qarshi immunoglobulin beriladi.


Nazorat uchun savollar

1.Toun qaysi guruh infeksiyasiga kiradi?

2. Toun qo'zg'atuvchisining morfologik, xossasi qanday?

3.Toun qo'zg'atuvchisining kultural xossasi qanday?

4.Toun qo'zg'atuvchisining fermentativ xossasi qanday?

5.Infeksiya manbayini bilasizmi?

6.Toun qaysi yoi orqali tarqaladi?

7.Toun qanday shakllarda o'tadi?

8.Kasallikning oldini olish choralarini bayon eting.

Mavzu: Tulyaremiya qo'zg'atuvchisi

Reja:

1.Toun qo’zg’atuvchisining asosiy xossasi 2. Keltirib chiqaradigan kasalliklari , epidemiologiyasi va patogenezini 3. Profilaktikasi va davolash

Tulyaremiya qo'zg'atuvchisi birinchi bo'lib 1911 - yilda Kaliforniyaning Tulyare hududida Мак - Koy va Chepin tomonidan aniqlangan. 1921-yilda esa amerikalik olim E. Frensis bu kasallikni odamlarga ham xos ekanligini aniqlab, uning tulyaremiya deb nomlanishini taklif etdi. Shu sababli kasallik Franciella tularensis deyiladi.

Kasallik qo'zg'atuvchisi Brucellaceae oilasiga kiradi. Tulyaremiya qo'zg'atuvchisining sinonimlari quyonlar isitmasi, Parino konyunktiviti deb ham yuritiladi. Tulyaremiya o'tkir zoonoz infeksiyadir. U tabiiy o'choqli yuqumli kasallik bo'lib, umumiy intoksikatsiya, o'ziga xos limfadenitlarning rivojlanishi va isitma ko'tarilishi bilan kechadi.



Morfologiyasi.

Mayda, kokksimon, tayoqchasimon, ba'zan ipsimon shaklda bo'ladi. 0,3-0,6x0,1-0,2 mkm kattalikda bo'lib, bakteriologik filtrlardan o'tadigan kulturalari ham bor. Harakatsiz, spora hosil qilmaydi. Nozik kapsula hosil qiladi (hayvon organizmida) Gram manfiy bo'yaladi. A'zolar bo'lakchalaridan tayyorlangaib Romanovskiy usulida bo'yalgan surtma preparatlarda nozik binafsha - rangida ko'rinadi.



Kulturai xossasi.

Tulyaremiya qo'zg'atuvchisi fakultativ anaerob. Tuxum sarig'i, go'sht va baliq go'shti, sistin, glukoza va qon qo'shilgan muhitlarda yaxshi o'sadi. Zich oziqa muhitida 36-37°C haroratda, pH 6,8-7.2 bo'lganda 4-14-kunlardan so'ng mayda, oq, bo'rtib chiqqan, chelari tekis, yaltiroq, 1-3 mm S shakili koloniya hosil qiladi. R shakili koloniyalari avirulentdir. (uzoq vaqt davomida laboratoriya sharoitida o'stirilganda R shakliga o'tadi).



Fermientativ xossasi.

Tulyaremiya qo'zg'atuvchisining fermentativ xossasi kam namoyon bo'ladi va faqat maxsus muhitlardagina aniqlanadi. Ular glukoza, maltoza, mannoza, levulezani kislotagacha parchalaydi. Ayriin shtammlari glitserinni parchalaydi va vodorod sulfitini hosil qiladi.



Toksigenligi.

Tulyaremiya bakteriyasi endotoksin ajratadi va mikroblarning patogenlik ta'siri mana shu toksinga bog'liqdir.



Antigenligi. S-shaklidagi tulyaremiya bakteriyasi ikki xil antigen kompleksini: О va V -antigenlarini saqlaydi. Vi - antigeniga virulentlik va immunogenlik xossasi boliq bo'ladi. R shakldagi kulturalar Vi- antigenini yo'qotadi. O - antigeni brutsellalar bilan umumiydir.

Chidamliligi.

Suvda va tuproqda 4°C da 4-5 oygacha, 1° C haroratda 9 oygacha saqlanadi. Muzlatilgan mahsulotlarda 6 oygacha, nonda 14 kungacha, go'shtda 30 kungacha, hayvon murdalarida 6 oygacha, oziq mahsulotlari va somonda 20 kungacha saqlanadi. 2-3 % li lizol, kreozol, formalin, spirt eritmasida 2-3 daqiqa mobaynida o'ladi. Xlorlangan suvda birnecha daqiqa, quyosh nurlarida 3 daqiqa ichida halok bo'ladi



Patogenligi.

Ko'pgina hayvonlar tulyaremiya qo'zg'atuvchisiga sezgir bo'lib, tabiiy sharoitda 145 tur - umurtqali va 100 ta tur umurtqasiz hayvonlar tulyaremiya bilan kasallanadi. Tulyaremiyaga ayniqsa kemimvchilar sezgir bo'ladi.



Infeksiya manbayi .

Kemimvchilar, ayniqsa, suv kalamushlari, uy sichqonlari, ondatra, quyon, yirtqich qushlar, hasharotlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliq va boshqalar bo'lishi mumkin.Qo'zg'atuvchining uch turi ma'lum.



  1. Yevropa turi.

  2. Markaziy Osiyo turi.

  3. Amerika turi.

Tarqalish yo'li.

1. Kontakt - kasal kemimvchilar va ularning ajratmaiari.



  1. Alimentar - oziq-ovqat mahsulotlari.

  2. Havo changi.

  3. Transmissiv yoi orqali tarqaladi.

Patogenezi.

Kirish darvozasi bo'lib jarohatlanmagan va jarohatlangan teri hamda shilliq pardalar hisoblanadi.Qo'zg'atuvchi tushgan joyda mayda qizil dog'li papula hosil yoki keyinchalik nekrozli yaraga aylanadi. Limfa yo'li orqali limfa tuguniga o'tadi, u yerda bo'linib ko'payadi, birlamchi limfadenit rivojlanadi va tulyaremiya bubonlari yuzaga keladi. Ko'proq yelka, qo'ltiq osti qov limfa tuguniari zararlanadi. Bubonlari kam og'riqli, teri ostidagi kletchatka bilan qo'shilmagan bo'ladi. Mikroblar o'lganda mahalliy o'zgarishlar va qonga tushganda umumiy intoksikatsiyaga sabab bo'ladigan endotoksin ajratadi.Qon bilan butun a'zo va to'qimalarga tarqab taioq, o'pka, jigar ikkilamchi bubonlar hosil qiladi. Zararlangan a'zolarda oq - sariq raneli granulema shakllanib, ular odatda sil granulemalariga o'xshash bo'ladi.

Yashirin davri 3-7 kun, ba'zan 10 -14 kungacha cho'zilishi mumkin. Kasallik o'tkir boshlanadi, qaltirash, tana haroratining 38 - 40°C ko'tarilishi, bosh og'rig'i, holsizlanish kuzatiladi. Og'irlashgan shakllari toshmalar toshishi, pigmentatsiya, terining po'st tashlashi bilan kechadi. Isitma 5-7 kundan 30 kungacha kuzatiladi. Ko'pincha kasallik 16-30 kun davom etadi.Kasallik quyidagi klinik ko'rinishga ega:


  1. Bubonli.

  2. Yara - bubonli.

  3. Ko'z - bubonli.

  4. Anginali bubon.

  5. Abdominal yoki ichak.

  6. O'pka (bronxit va zotiljamli variantlari).

  7. Generalizatsiyalashgan yoki birlamchi septik shakllarda o'tadi.

Bubonli shakli :

Ko'proq qo'zg'atuvchi teri orqali kirganda kuzatiladi. Birlamchi va ikkilamchi bubonlar kasallikning 2 - 3 kinlari hosil bo'ladi. Birlamchi bubonlar bemoriarning ba'zilarida 1- 4 oy ichida so'rilib ketadi. Boshqalarda 2 - 3 hafta ichida yiringlab, yoriqlar hosil qiladi. Yiring, odatda, quyuq oq sut rangida bolib, hidsizdir.



Yara-bubonli shakli:

Mikrob tushgan joyda 1- 2 kunda paydo bo'lgan dog' papula yoki yaraga aylanib, ular oqimtir asosii qora po'st bilan qoplangan bo'ladi.



Ko'z bubonli shakli:

Qo'zg'atuvchi ko'z shilliq qavatidan kirib konyuktivit yoki ko'zda papula yaralar hosil qiladi va ular to'q sariq yiring ajratadi. Bemorning ahvoli og'ir bo'lib, agar ikkala ko'zi ham zararlangan bo'lsa, ular 6-8 kundan so'ng halok bo'lishi mumkin.



Anginali bubon shakli:

Bodomchasimon bezlar oq kulrang qoplama bilan qoplangan bo'lib, u juda qiyinchilik bilan ko'chadi. Qoplama bo'g'ma kasalligidagi qoplamaga o'xshash, lekin undan o'laroq chegarasi bezlardan tashqariga chiqmagan bo'ladi.



Abdominal shakli:

Ko'ngil aynishi, qusish, oshqozonda og'iq , ishtaha yo'qolishi kuzatiladi.



Birlamchi o'pka shakli:

Uning 1 variantida o'pka parenximasi shikastlanadi. Bu variant guruhga o'xshash bo'lib, 10 - 12 kun davom etadi va sog'ayish bilan tugaydi. II variant uzoq 2 oy va undan ortiq davom etadi.



Ikkilamchi o'pka shakli:

Yuqorida sanab o'tilgan shakllarning og'irlashgan ko'rinishidir.Generalizatsiyalasjgan yoki birlamchi septik shakli holsizlangan bemorlarda mahalliy o'zgarishsiz, tana haroratining yuqori bo'lishi bilan kechadi. Kasallikning 2 - yarmida ko'pchilik bemoriarning qo'l va oyoqlari „qo'lqop" ko'rinishidagi simmetrik toshmalar bilan qoplanadi. Ular 8-12 kundan keyin yo'qoladi. Kasallikdan so'ng ikllamchi zotiljam, ikkilamchi meningit, meningoensefalit, infeksion psixoz, nevroz, miokarditlar kelib chiqadi.



Immuniteti.

Kasallikdan so'ng mustahkam va uzoq vaqtga cho'ziluychan immunitet hosil bo'ladi.



Profilaktikasi.

Kemiruvchilarga qarshi kurashish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqatlarni ifloslanishidan saqlash lozim.



Maxsus profilaktikasi.

Tabiiy o'choqlarda yashaydigan aholi emlanadi. Emlash Gayskiy, Elbertlar olgan tirik vaksinani bir safar teri ustiga yuborishdan iborat. Immunitet 3 - 6 yilgacha davom etadi.



Davosi.

Tulyaremiya bakteriyasi ko'pgina antibiotiklarga - streptomitsin, monomitsin, biomitsin, tetratsiklin, kanamitsinlarga sezuvchan. Penitsillin va sulfanilamidlarga sezuvchan emas.



Nazorat uchun savollar

  1. Tulyaremiya bakteriyasining morfologik, kultural xossalari qanday?

  2. Qo'zg'atuvchining virulentligi qaysi antigenga bog'liq?

  3. Tulyaremiya bakteriyasining chdamligini bilasizmi?

  4. Tulyaremiya kasalligining infeksiya manbayini aytib bering.

  5. Qo'zg'atuvchi qaysi yo'l orqali tarqaladi?

  6. Kasallik qanday shakllarda o'tadi?

  7. Kasallikning oldini olish choralarini bilasizmi?


Mavzu : Brutsellioz qo’zg’atuvchisi

Reja:

1.Brutsellioz qo’zg’atuvchisining asosiy xossasini 2. Keltirib chiqaradigan kasalliklari , epidemiologiyasi va patogenezi 3. Profilaktikasi va davolash

Bu infeksional allergik zoonoz kasallik bo'lib, isitma ko'tarilishi, gemo va limfopoez a'zolari, tayanch-harakat apparati va pereferik nerv tizimining zararlanishi bilan tavsiflanadi. Kasallikni birinchi marta 1859 - yilda ingliz shifokori Marston Malta orolida o'tkir terlama kasalligi sifatida kuzatgan va „Malta isitmasi" deb nomlagan. 1886-yili D. Bryus o'lgan askar talog'ida qo'zg'atuvchini aniqladi. 1896-yilda B. Bang abort qilingan sigirning embrion atrofidagi suyuqligidan ham kokkorbakteriyalarni aniqlagan. 1914-yili J. Traum shularga o'xshash tayoqchasimon bakteriyalarni kasal cho'chqalardan ajratib olgan. 1916-yili Ivens barcha ajratib olingan mikroblarni o'rganib ularning hammasi bir-biri bilan o'xshashligini aniqladi va Bryus nomi bilan brutsellalar deb atadi. Keyinchalik bakteriyalarning boshqa turlari ham aniqlandi. Ular barchasi Brucella avlodiga kiritildi. Hozirgi vaqtda barcha brutsellalar asosiy xo'jayinlarida kasallik keltirib chiqarishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:

1.Brucella meltensis— mayda shoxli hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi.

2.Brucella abortus bpvis—yirik shoxli hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi.


  1. Brucella suis—cho'chqalarda kasallik keltirib chiqaradi.

  2. Brucella neotomaecho’l kalamushlarida kasallik chaqiradi. Odam uchun patogenligi aniqlanmagan.

5. Brucella cahis - itlarda kasallik keltirib chiqaradi. Itdan odamga yuqishi mumkin.

6.Brucella ovis -qo'ylarda kasallik qo'zg'atadi. Odam uchun patogen hisoblanmaydi.

Наг bir turdagi brutsellalar biovarlarga bo'linadi: Br.melitensning 3 ta, Br.abortus bovisning 9 ta, Br.suisning 5 ta biovari mavjud.

Morfologiyasi.

Mayda, tayoqchasimon, ovalsimon shakldagi bakteriyalar bo'lib, 0,6 - 0,8 x 0,3 - 0,5 mkm kattalikda, harakatsiz, spora hosil qilmaydi. Nozik kapsula hosil qiladi. Gram manfiy bo'yaladi. Surtma preparatda tartibsiz joyalashadi.



Kultural xossasi.

Brutsellalar aerob, oziqa muhitiga talabchan juda sekin 2-3 haftada o'sadi. Zardob, kartoshka, 5 %li qo’y qoni, jigarli agar va sho'rvada yaxshi o'sadi. Ayrim shtammlarning o'sishi uchun 5-10 %li C02 lozim. Zich oziqa muhitida nozik, mayda rangsiz, bo'rtib chiqqan S shaklida, yaltiroq koloniya hosil qilib o'sadi. Turli xil omillar ta'sirida R shakliga o'tishi mumkin. Antibiotik ta'sirida L shakliga o'tadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanish hosil qiladi. Вrutsellalar tovuq embrionidagi sariqlik qopchasida yaxshi o'sadi. Brutsellalar vodorod sulfidi, fuksin va tionin muhitlarida o'sishiga ko'ra farqlanadi.



Fermentativ xossasi.

Brutsellalar D-riboza. D-galaktoza, alanin, asparaginlarni parchalaydi. Ayrim shtammlari aminokislotalarni amiakkacha gidrolizlaydi. Brutsellalar gialuronidaza, katalaza, peroksidaza, lipaza, fosfataza fermentlarini hosil qiladi.



Toksigenligi. Brutsellalarning patogenlik ta'siri endotoksiniga qarab ariiqlanadi. Bundan tashqari ular allergik xossaga ham ega.

Antigenligi.

Brutsellalar ikki xil somatik A va M antigenini saqlaydi. Bu antigenlar bakteriyalar turiga xosdir, ular mikrob hujayrasining tarkibiga kiradi va turli xil nisbatda bo'ladi. Br. melitensisda M antigeni, Br.abortus bovis va Br.suis da A antigeni ustun turadi. Bundan tashqari, ularda Vi antigeni ham aniqlangan.



Yüklə 273,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə