Mavzu: Xususiy sektorning rivojlanish bosqichlari


O’zbekistonda xususiylashtirish jarayoni va bosqichlari



Yüklə 47,1 Kb.
səhifə3/6
tarix08.02.2023
ölçüsü47,1 Kb.
#100381
1   2   3   4   5   6
Xususiy sektorning rivojlanish bosqichlari.

2 .O’zbekistonda xususiylashtirish jarayoni va bosqichlari
Davlat mulkini unig tasarrufidan chiqansh jarayonida, avvalombor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlashi mumkin.Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat chiqarish sohalariga yangi ishbilamionlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylaslitirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urfodatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi.Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish talab etiladi.Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiyiashtirish jarayonining o‘ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e‘tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiyiashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi.Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriMamlakatda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, davlat tomonidan alohida sohalarni ortiqcha tartibga solish holatlari hanuzgacha mavjudligi xususiy sektorning davlat funksiyalarini amalga oshirishdagi ishtiroki darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Jumladan, davlat funksiyalarini xususiy sektorga berish imkoniyatini o‘rganishga hamda mazkur yo‘nalishda tegishli shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashuvchi tizimning mavjud emasligi davlat organlari tomonidan ushbu masalalarga e’tibor qaratilmayotganligiga olib kelmoqda.Bozor sharoitida raqobatni yanada rivojlantirish, tadbirkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning ishchanlik faolligini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:1. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:1-ilovaga muvofiq davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yo‘nalishlari;davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish hamda davlat boshqaruvi sohasida amalda mavjud imkoniyatlarni kengaytirish;tegishli hududlarda davlat funksiyalari o‘tkazilayotgan sohalarda yetarli miqdorda xususiy sektor sub’ektlari tashkil etilguniga qadar mazkur funksiyalarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi;xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatining ishga tushirilishi;vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestri shakllantirilishi.
2. Kadastr ishlarini bajarish sohasida:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4270-son qarori bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etilganligi inobatga olinsin;
b) belgilab qo‘yilsinki, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan mazkur tajriba-sinov 2022 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi hamda uning doirasida:2021 yil 1 apreldan boshlab Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga, shu jumladan, ko‘chmas mulk ob’ektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi;ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan, birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoringi olib boriladi;ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi;ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan, birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi.
3. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalario‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yo‘l harakati qoidalari turlari bo‘yicha qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ye-IJRO AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boradi;maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik sub’ektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi;elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar va texnik topshiriqlarga muvofiq xarid qiladi hamda Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda o‘rnatadi;o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorlik sub’ektlari zimmasiga yuklatiladi;tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish sohasida 2021 yil 1 apreldan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik sub’ektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berilsin. Bunda:haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarida, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar nazarda tutiladi;haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish va baholash inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi;haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida o‘tkaziladi;haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori tadbirkorlik sub’ekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi;maxsus himoyalangan sertifikatlarning barcha zarur rekvizitlari tadbirkorlik sub’ekti tomonidan davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.
5. Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash sohasida 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini va mazkur hududdagi transport oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ye-IJRO AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boradi;og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik sub’ektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi;elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar, texnik topshiriqlar, o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq xarid qiladi va biriktirilgan joylarda o‘rnatadi;o‘rnatilgan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;o‘rnatilgan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorlik sub’ektlari zimmasiga yuklatiladi;tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni o‘rnatish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat berilsin. Bunda:agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining xodimlari akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan va ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega bo‘lishi shart;sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi va ularni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi;agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarini tegishli davlat xizmatini ko‘rsatish tizimiga ulash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va jarayonni monitoring qilish mazkur xizmatlarni ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;Davlat xizmatlari agentligi agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi;fuqarolar uchun yagona elektron reyestr orqali o‘ziga qulay agentlarni tanlab olish imkoniyati yaratiladi;agent xizmatlari uchun fuqarolar tomonidan alohida to‘lov amalga oshiriladi, bunda narxlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan agent sifatida xizmatlar ko‘rsatilishi taqiqlangan davlat xizmatlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Belgilansinki, 2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarini bajarish xususiy sektorga o‘tkaziladi. Bunda:mazkur talab davlat organlari va tashkilotlarining tegishli funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan tahlillari, samaradorligini o‘rganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida Moliya vazirligining salbiy xulosasi mavjud bo‘lgan holatlarda tatbiq qilinmaydi;davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarni o‘zi muassis bo‘lgan davlat korxonalariga yuklash taqiqlanadi.Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini, shuningdek, ular bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
3. Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish.
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xususiy sektorga o‘tkazish uchun davlat funksiyalarini har yili tanlab olish. Bunda:vazirlik va idoralarning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiya va vakolatlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi;xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati mavjudligi va iqtisodiy samaradorligi nuqtai nazaridan davlat funksiyalari ob’ektiv tahlil qilinadi;xususiy sektorga moslashtirgan holda davlat funksiyalarining mazmun-mohiyati aniqlashtiriladi;xususiy sektorga o‘tkazishga taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy ro‘yxati tegishli vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantiriladi;
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy sektor bozori davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tayyorligini tahlil qilish. Bunda:xususiy sektorga o‘tkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalari ro‘yxati e’lon qilinadi va keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi;davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy sektor faolligini rag‘batlantirish choralari ishlab chiqiladi;davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy sektorning taklif va mulohazalari umumlashtiriladi va tahlil qilinadi;o‘tkazilayotgan davlat funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor sub’ektlarining dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi;xususiy sektorda zarur resurslar va infratuzilma, shuningdek, malakali kadrlar mavjudligi nuqtai-nazaridan tahlil o‘tkaziladi;real xarajatlar va tovar (ish, xizmat) qiymatini hisobga olgan holda xususiy sektor va iste’molchilar uchun davlat funksiyalarini amalga oshirish qiymati belgilanadi;v) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish. Bunda:


davlat funksiyalari amalga oshirilganligi natijalari bo‘yicha xususiy sektorning ma’lumoti umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, shuningdek, umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida ular amalga oshirilganligining samaradorligi va sifati baholanadi;
xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalari samarasiz yoki sifatsiz amalga oshirilganligi holati aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘tkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi;
d) Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan tegishli davlat organining shtat birliklarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Bunda:
davlat funksiyalari xususiy sektorga o‘tkazilgandan so‘ng davlat organi bo‘linmalarining funksional yuklamasi tahlil qilinadi;
davlat funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan davlat organlari tegishli bo‘linmalarining bo‘shagan shtat birliklarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shtat birliklarining maqbullashtirilgan qismi hisobidan 8 ta shtat birligidan iborat Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin hamda uning vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
“Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritib borish;


xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalari tahlilini olib borish va o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan takliflar tayyorlash.
11. Quyidagilar:
a) Kadastr agentligi direktori X.S.Turaxujayev zimmasiga – Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladigan ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan, birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash funksiyasini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish, ushbu xizmatlar narxining minimal stavkalarini belgilash, maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;
b) ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov zimmasiga:
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari to‘liq tadbirkorlik sub’ektlariga belgilangan tartibda biriktirilishini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama yordam berish, yuzaga keladigan muammolarni xolisona, adolatli va tezkor hal etish hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘z vaqtida o‘rnatilishi va ishga tushirilishini ta’minlash;tadbirkorlik sub’ektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari ishlab chiqilishi, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash, nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazilishini nazorat qilish;v) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi A.A.Abduvaliyev zimmasiga – og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar to‘liq tadbirkorlik sub’ektlariga belgilangan tartibda biriktirilishini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama yordam berish, yuzaga keladigan muammolarni xolisona, adolatli va tezkor hal etish hamda og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘z vaqtida o‘rnatilishi va ishga tushirilishini ta’minlash;g) adliya vaziri R.K.Davletov zimmasiga – davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etish, ushbu xizmatni ko‘rsatish huquqini beruvchi sertifikatni berish tartibini ishlab chiqish, agent sifatidagi xizmatlar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarining tashkil etilishini ta’minlash;d) moliya vaziri T.A.Ishmetov zimmasiga – davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini, shuningdek, ular bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik yuklansin.12. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:a) Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov davlat organlarining tegishli funksiyalari belgilangan muddatlarda xususiy sektorga o‘tkazilishini, shuningdek, xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish tartiblari qisqa muddatlarda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.X.Bekenov) ikki oy muddatda mazkur qarorda belgilangan elektron auksion savdolarini joriy etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin;v) mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rsin;g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.J.Ortiqov):muntazam ravishda xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilib borsin;bir oy muddatda Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasini zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;d) Adliya vazirligi (R.Q.Davletov) davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning huquqiy mexanizmlari va o‘z-o‘zini tartibga solish institutini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin; Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A.Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K.Ko‘chimov) va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J.Xadjayev) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin.
13. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021 yil 1 mart, 1 sentyabr va 2022 yil 1 yanvarga qadar, keyinchalik har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadiDavlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.Prezidentning 7 dekabrdagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori [PQ-4913] qabul qilindi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, mazkur hujjat bilan «Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat» loyihasi amalga oshiriladi.Loyihaga muvofiq, davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yo‘nalishlari belgilanmoqda. Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda.Shu qatorda, 2020 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etilgan bo‘lib, u 2022 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.2021 yil 1 apreldan Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga, shu jumladan ko‘chmas mulk ob’ektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi;kadastr yig‘majildini, jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va agentlik tomonidan monitoringi yuritiladi;kadastr muhandisi faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzib yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi;kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Kelib tushadigan mablag‘lar esa to‘liq uning tasarrufida qoladi.Bundan tashqari, qaror bilan 2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha jami 14 ta statsionar shoxobcha o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berilmoqda. Statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.Auksion savdolariga qo‘yish uchun statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarning boshlang‘ich narxi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi. Joylarning dislokatsiyasi va mazkur hududdagi transport oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «E-IJRO AUKSION» tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilinadi.

Yüklə 47,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə