Ijtimoiy pedagogika-integrallashgan bilim sohasi sifatida



Yüklə 59,39 Kb.
səhifə1/2
tarix19.06.2023
ölçüsü59,39 Kb.
#118047
  1   2
ABDURASHIDOV ABBOSBEK kurs ishi Ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy pedagogika-integrallashgan bilim sohasi sifatida

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator bahs-munozaralarga sabab bo‘lmokda. Ijtimoiy pedagogika, garchi u avvaldan yurtimizda “ijtimoiy tarbiya”, ”ijtimoiy muhofaza”, “ijtimoiy yordam” ko‘rinishida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, pedagogik bilim sohasi va mustaqil fan sifatida O‘zbekistonda XX asrning 90- yillaridan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o‘qitila boshlandi. Uning respublikamiz mustaqillikka erishguniga qadar alohida mustaqil fanga aylanmaganligini O‘zbekiston tarixiy taraqqiyotida ro‘y bergan murakkabliklar va ba’zi qarama-qarshiliklar bilan izohlash mumkin. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida yuzaga keldi.


Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar shaxs sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb vazifa sanaladi. Yoshlar aynan ijtimoiy hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni to‘la anglab olmaydigan demografik guruh ekanligini hech qachon yoddan chiqarmasligimiz kerak.
Chindan ham yoshlik inson hayotining eng mas’uliyatli davri, chunki har bir inson aynan shu davrda oyoqqa turish, shakllanish, jismoniy va ijtimoiy jihatdan balog‘atga yetish jarayonini boshidan kechiradi. 14-30 yoshda inson hayoti juda jadal rivojlanadi hamda turli tasodifiy hodisalarga boy bo‘ladi. Bu davrda yoshlarning ma’naviy dunyosi, axloqiy qiyofasi, shaxsiy didi, havasi, qiziqishi, muhabbat tuyg‘usi bir necha bor o‘zgaradi. Bu davr, agar jamiyat va oila tomonidan yoshlarning hayoti to‘g‘ri izga solinsa, ularda o‘z-o‘zini anglash, hayotning xilma-xil murakkabliklarini his etish, ayniqsa, bilim olish va hayotiy tajriba orttirish davri hisoblanadi.
Davrimizning eng nozik, og‘riqli nuqtasi, ushbu ijtimoiy toifa va qatlamning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 14 avgustdagi №PQ-3907 sonli “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuqorida aytilgan barcha muammolarning yechimi va ularni hal etish mexanizmlari uchun huquqiy asos bo‘ldi. Jamiyat ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Insonni atrofdagi muhit bilan o‘zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimoiylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Inson ijtimoiy normani, ya’ni madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishi, o‘zqobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, ijtimoiy tajribani egallashi lozimdir. Bu jarayon ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bugungi kunda tarbiyaga ijtimoiy hodisa sifatida qarashdan anglanadiki, tarbiya jamiyat manfaatlarini ko‘zlab va uning rivojlanganlik darajasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo‘lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va korreksiyalanadi. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyotida mavjud jamiyatga xos ijtimoiy-siyosiy ong, uning yuzaga kelishida ijtimoiy-siyosiy xulq-atvor mexanizmi tarzida namoyon bo‘luvchi mentalitet xususiyatlari borki, ular ham jamiyat yangilanishining asosiy omillari qatoriga kiradi. Ijtimoiy – siyosiy hayotga ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan, ya’ni o‘z mamlakatining taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni tarbiyalash ijtimoiy pedagogikaning bosh maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o‘zlashtirib oladi, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko‘radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi dastlab, ijtimoiy muhitda oiladan boshlanadi. Oila va oilaviy munosabatlar madaniyati hamda uning yosh avlodning madaniy-ma’naviy rivojlanishiga ta’sirimuammosini ilmiy tahlil qilish qator fanlarning o‘rganish ob’yekti bo‘lib kelgan va kelmoqda. Pedagog-olimlar mazkur mavzuning ta’lim-tarbiyaviy jihatlarini tadqiq etib, oilaning bola tarbiyasida tutgan o‘rniga alohida e’tibor berib, oilaviy tarbiyani umumiy tarbiyaning bir qismi sifatidagi jihatini yoritishmoqda.
Oilaning jamiyatda va ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, oilaviy tarbiya, oila a’zolarining oiladagi o‘rni, oilada milliy va umuminsoniy tarbiya masalalarini pedagogik nuqtai nazardan professor O. Musurmanova1 tahlil qilgan.
Shuningdek, o‘zbek oilasining etnopsixologik ijtimoiy muammolari bo‘yicha ilmiy izlanish olib borgan olimlardan M.G. Davletshin, Gʻ.B. Shoumarov, E.Gʻ. Gʻoziyev va boshqalarning ilmiy ishlarini ko‘rsatish mumkin.
Keyingi yillarda tibbiyot fani ham shaxs va oilani ijtimoiy-psixologik hamda biologik jihatlarini o‘rganishga katta ahamiyat bermoqda.
Amerika olimlari R.Fridman, D.Roderika, Enn Xarborlar turli davlatlarning demografik holati, uning aholi salomatligiga ta’sirini ijtimoiy jihatdan tadqiq qilgan bo‘lsalar, Molkom Pots, Shiam Tapalar asosan oilada farzandlar soni, uning oila a’zolari salomatligiga ta’sirini tahlil qilganlar. Oiladagi o‘zaro ijtimoiy munosabatlar haqida fikr yuritar ekanmiz, ular muayyan ijtimoiy-madaniy tizimni tashkil etishi ko‘zga tashlanadi.
Bu tizim oilaning o‘ziga xos ma’naviy olamini tashkil etadi va ijtimoiy tuzilishning zarrasi sifatida bir-biriga ta’sir qiladi hamda o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. “Ijtimoiylashuv” tushunchasini har bir davr o‘zicha talqin qiladi va tushunadi. Chunki, har bir davr o‘z muammolari, vazifalari, muayyan maqsadlari, ilm-fan doirasi va dunyoqarashi bilan ilgarigisidan farq qiladi. Davr imkoniyatlari va talablari ta’sirida shaxs o‘zining aqliy, axloqiy, estetik, siyosiy, jismoniy va boshqa fazilatlarini shakllantiradi hamda namoyon etadi. Ijtimoiy hayotda shaxs ongi, faoliyati, tafakkuri taraqqiyotini uning moddiy va ma’naviy boyliklarga mavjud turmush tarziga, ijtimoiy va iqtisodiy tuzumga bo‘lgan munosabati belgilaydi. Shaxsning avvalo tabiatga, jamiyatga, ijtimoiy va iqtisodiy tuzumga, mavjud turmush tarziga faol munosabati, ularni o‘zgartirish va takomillashtirishda qatnashishi insonning o‘zini ham o‘zgartirib, aqlan kamol topib, dunyoqarashi shakllanib, siyosiy ongi o‘sib, barkamollik darajasiga ko‘tarilishini “madaniyat” tushunchasi bilan bog‘liqlikda izohlash o‘rinli.
Shunday ekan, “madaniyat” tushunchasi ijtimoiy taraqqiyot darajasi va talabidan kelib chiqib turlicha talqin qilinsa-da, u ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir degan fikr abadiyligicha qoladi.
Ilmiy manbalarda izohlanishicha, madaniyat ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida insoniyat yaratgan va yaratayotgan hamda jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan bosqichni xarakterlaydigan moddiy va ma’naviy qimmatdorliklar majmuidir.
Madaniyat tushunchasi faylasuflar, tarixchi, san’atshunoslar talqinida turlicha izohlanadi. Masalan faylasuf olim J. Tulenov “Madaniyat-eng umumiy tarzda inson va jamiyatning o‘zgaruvchanlik faoliyatining barcha turlari hamda shu faoliyat natijalarining majmuidir”,2deb ta’rif bersa, M.M. Xayrullayev “Madaniyat-inson tomonidan yaratilgan va uning uchun xizmat qiladigan barcha boyliklar, qadriyatlar yig‘indisidir”3, deb ta’riflaydi.
Pedagog olima O. Musurmanova bu atamani “Madaniyat tarixiy xarakterga ega bo‘lib, kishilarning yuqori moddiy va ma’naviy hayotga ehtiyoji oshishi natijasida paydo bo‘lgan va ularning ma’naviy hayoti xarakteri, xulq-atvor normalarining o‘z mazmunida ifodalangan, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ongli faoliyat yig‘indisidir” 4, deb izohlaydi.
Bu ta’riflardan ko‘rinadiki, madaniyat jamiyat va inson tarixiy taraqqiyotining muayyan bir darajasi, kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek ular yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.
Madaniyat juda murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib, ijtimoiy hayotning moddiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa sohalarini, inson mehnat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs madaniy sharoitda yashaydi va faoliyat ko‘rsatadi. U dastlab oilada, jamoatchilik, mahalla va jamiyatda ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o‘rin tutganligi shubhasiz.
Ijtimoiylashuv o‘z mohiyatiga ko‘ra yosh avlodni hayotga tayyorlash, bolalar, yoshlar va kattalarni mavjud sharoitlariga va bu sharoitlarni takomillashtirishga moslashtirishdir5. Tarbiyaning ijtimoiy tavsifi, bir tomondan, tarbiyaning o‘zi tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash sifatida amalga oshirilishi; ikkinchi tomondan, jamiyat tomonidan o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’lum yo‘nalishda tarbiyalashga ko‘maklashadigan qilib tashkil etilishida o‘z ifodasini topadi.
Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, tarbiya jarayoni ijtimoiy omillariga quyidagilar kiradi:

  • mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitlari;

  • tarbiyaning ijtimoiy shartlanganligi;

  • tarbiya ijtimoiy boshqarish sifatida (L.F.Spirin), nazorat qilinadigan va boshqariladigan ijtimoiylashtirish;

  • tarbiya ijtimoiy ahamiyatli xulq-atvor namunalariga odatlantirish sifatida;

  • kichik (mikro muhit), o‘rta (mezo muhit) va katta (makro muhit) guruh va hamjamiyatlar orqali tarbiyalash.

Mazkur omillardan ko‘rinadiki, tarbiyaning ijtimoiy mohiyati uning turlaridan biri bo‘lgan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga ham taalluqlidir.
“Ma’naviy-axloqiy tarbiya” tushunchasi ham “ijtimoiy tarbiya” tushunchasi kabi turlicha talqin qilinadi. Maslan, pedagogik lug‘atlarda ma’naviy-axloqiy tarbiya jamiyatda axloqni qayta yaratish, tadqiq qilish shakllaridan biri sifatida ta’riflanadi6. Hozirda, respublikamizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, ta’lim borasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillar o‘zgarib borayotgan bir paytda ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g‘ayri ijtimoiy hodisalar alkogolizm, ichkilikbozlik, giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniya, jinoyatchilik, fohishabozlik kabi ijtimoiy muammolarni yechish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda ijtimoiy yordam va muhofazaga birinchi navbatda bolalar, lekin shu bilan birga kattalar ham muhtojdirlar. Yuqorida ta’kidlangan illatlar va ijtimoiy muammolar, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi sabablar, ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’yekti sifatida nafaqat amaliy, balki nazariy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir.
Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissi jo‘sh urib turgan yoshlari bor va ma’naviyati yuksak xalq yashayotgan jamiyat yoki davlat har jihatdan kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ham tarixda xalqlarni o‘z ma’naviyatidan ajratib qo‘yishga urinishlar ko‘p bo‘lgan.
Ma’naviyati tuban xalq, milliy qadriyatlariga befarq, loqayd millat ozodlik, istiqlol va mustaqillik nima ekanligini bilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 5 iyul, PF–5106-sonli farmoni bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun – 30 iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilinishi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qilishi bu sohada alohida tizim yaratilganidan dalolatdir.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
malakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish.
O‘zbekistonda ko‘plab tashkilotlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etmoqda. Bularga misol sifatida Respublika Ma’naviyat Markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, turli jamg‘armalar, partiyalarni keltirishimiz mumkin. Ma’naviy-ma’rifiy muassasalarning ishini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, ularning faoliyatidan unumli foydalanish yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning muhim omilidir. Bunda tashkilotlarda va joylarda ijtimoiy faollikka bag‘ishlangan davra suhbatlari, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar uyushtirish kabi ommaviy tadbirlar tashkil etish yaxshi samara beradi. “Adabiyotga e’tibor-ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Men sevib o‘qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlari, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallarini, “Biz Vatanga tayanchmiz”, “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” shiorlari ostidagi aksiyalari, “Adabiyot va san’at-shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili” mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokidagi uchrashuvlar, respublikaning chekka hududlarida xalq rassomlari, xalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor xalqim bilan muloqot-ijodim ilhomi” mavzusida master-klasslar va ijodiy uchrashuvlar, “Eng buyuk jasorat-ma’naviy jasoratdir” mavzusida davra suhbatlari shular jumlasidandir. Shuningdek, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”, “El-yurt umidi”, “Mahalla” kabi jamg‘armalarda yoshlarimizning g‘oyaviy tarbiyasiga bo‘lgan ijobiy ta’sirini pedagogik vositalar va usullar orqali kuchaytirish lozim. Bu esa yuqorida ta’kidlab o‘tgan turli yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirib, siyosiy-ijtimoiy pedagogik muammolarning oldini olishda qo‘l keladi. Mustaqil yurtimizda bugungi kunda yoshlarmizning ongi va qalbi uchun kechayotgan kurash jarayonida mazkur yo‘nalish, ya’ni ijtimoiy pedagogikaning oliy o‘quv yurtlariga fan sifatida kiritilishi ayni muddaodir. Chunki XXI asr, ya’ni axborotlar asrida yoshlar va umuman keng jamoatchilik orasidagi ijtimoiy fikrlarni har tomonlama o‘rganish, ijtimoiy hayotni aniq va real, ommaviy xalq fikriga asoslanib o‘rganish va nafaqat ta’lim-tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy muhit, balki ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini pedagogik o‘rganish davri yetib keldi.

Demak, pedagogika fanining yana bir yo‘nalishi ijyimoiy pedagogika ga bo‘lgan ehtiyojni davrning o‘zi ko‘rsatmoqda.


Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’yekti pedagogika o‘rganadigan jarayon va voqelik bo‘lib, u masalani muayyan, o‘ziga xos aspektda ko‘radi. Uning o‘ziga xosligi esa “ijtimoiy” degan so‘zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’yekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o‘z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir7.
O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan g‘oyalar mavjuddir. “Ota-onalar va bolalar” muammosiga Sharqda, jumladan, yurtimizda qadim-qadim davrlardanoq hayotiy masala sifatida qaralgan. Jaloliddin Davoniy (1427-1502) o‘z davrining ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan qomusiy olim. Taniqli faylasuf olim H. Aliqulovning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, Davoniydan quyidagi ilmiy meros qolgan: “Risolai isboti zojib” (“Zaruriyatning isboti haqida risola”), “Risolat ul-mufradot” (Moddalar haqida risola”), “Risolat ul-huruf” (“Harflar haqida risola”), “Risolati fi tavjix ul-tashbix” (“Majoz talqini haqida risola”), “Risola dar elm un-nafs” (“Ruhshunoslik to‘g‘risida risola”), “Tariqati tarbiyat ul-avlod” (“Bolalarni tarbiyalash usuli”) “Arznoma” (“Armiyani boshqarish qoidalari”) kabilar shular jumlasidandir. Ayniqsa, Davoniyning axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan “Axloqi Jaloliddin” asari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan va shuhrat qozongan. Chunki bu asar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va boshqalarning asarlari qatorida turadigan barkamol inson kamoloti uchun eng zarur ijtimoiy va axloqiy fazilatlar bayon etilgan. “Axloqi Jaloliddin” uch qismdan iborat. Birinchi qism – axloq faniga, ikkinchi qism – “Odamning ichki holati” oilaviy hayotiga, uchinchi qism – “Shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati”, deb atalib unda muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko‘tariladi. Kaykovusning “Qobusnoma” asarlarida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan chuqur falsafiy g‘oya va qarashlar aks etganki, bizning davrimizda ham ulardan o‘rni bilan foydalanilmoqda. Shaxsning ijtimoiylashuvida xulq-atvor insonning atrof-olamga nisbatan munosabatini o‘rganishdagi asosiy mezon hisoblanadi. Sosiologiya va ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy psixologiya fanlari taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan shaxs xulq-atvori konsepsiyasi Z. Freyd, K. Yung, A. Adler kabi tadqiqotchilar tomonidan rivojlantirilgan bo‘lib, xulq og‘ishi, jinoyatchilik xulqining pedagogik-psixologik jihatlarini chuqur o‘rganishgan. XIX asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy manba hisoblanadi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib qo‘yildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillaridan boshlanadi. Uning qayta “tug‘ilishi” ijtimoiy pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fani yutuqlaridan foydalanish zarurati tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyat faoliyat yuritishining yangi tamoyillari: bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, iqtisodiy holatning beqarorligi kabilar nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga a’zo bo‘lish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq, ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning tizimlashtirilmaganligi bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, bugungi kunda ilmning bu sohasini to‘liq qamrab oluvchi ta’rifni byerish ancha murakkab hisoblanadi.
Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qilganlar. Masalan, Yu. V. Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi.
A. V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika-barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogika”dir.
V. D. Semenov Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasini “Ma’lum yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiradigan fan”,- deb hisoblaydi.
I.P.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika-ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir”.
M.A. Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’yekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o‘zi ob’yektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy-mazmuniy jihatini o‘rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, “Pedagogika” va “Sosiologiya” fanlari ma’nosining integrasiyasidan (birlashuvidan) vujudga kelgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi tadrijiy tavsifga ega. Ana shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika fani rivojining uch bosqichini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi qadimgi davrlardan o‘n yettinchi asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to‘planishi, tarbiya tajribasining ortib borishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro‘y bergan bo‘lib, ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan tavsiflanadi. Chunki bu davrda tarbiyaning turli nazariyalari yuzaga kelgan8.
Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi, avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo‘lganligi bilan izohlanadi. Biroq ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik g‘oyalarga tavsif berganda faqatgina tarbiyaga oid tajribalar to‘g‘risida gap borishi mumkin. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonni hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo‘lgan. Dastlab tarbiya umumiy
taqlidiy ma’no kasb etgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug‘ullanuvchi kishilar-tarbiyachilar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlangan.
Agar ibtidoiy davr ijtimoiy-pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizasiyalarining paydo bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedagogik g‘oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda, muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda-Avesto va boshqalar).
Faqatgina miloddan avvalgi bir ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni yaratgan allomalarning nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi.
Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shganlar. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y.) “O‘z-o‘zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan.
Demokrit (mil. avv. 460-370 y.) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari, uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak Aflotun (mil. avv. 423-347 y.) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo‘lgan.
Arastu (mil. avv. 384-322 y.) antik dunyoda tarbiyaning to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o‘laroq, Arastu inson tarbiyasida asosiy e’tiborni davlatga to‘liq bo‘ysunishga emas, balki insonning o‘z manfaatlariga, uning rivojlanishiga qaratadi. Shaxsning jamoa bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oya ham unga tegishlidir.
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42-118 y.) qadimgi yunonning notiqlik san’ati nazariyotchisi “Notiqning tarbiyasi haqida” deb nomlangan ilk pedagogik asar unga tegishli bo‘lib, unda tarbiyaning muhim g‘oyalari, ta’lim metodikasi bayon etilgan. Kvintilianning asosiy g‘oyalari o‘z “men” ini saqlab qolish, “o‘zi ustidan” hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi.
Katta yer egaligi munosabatlariga asoslangan davri tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘lgan. Asketizm (yunoncha) tuyg‘u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechish degan ma’noni anglatadi. O‘sha davrning (oltinchi-o‘n ikkinchi asrlar) ijtimoiy-pedagogik g‘oyasini yaratuvchilari o‘sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo‘lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan, kasallar va nochorlarga yordam kabilarni targ‘ib etadilar.
O‘n beshinchi-o‘n oltinchi asrda avval Italiyada, so‘ngra Yevropaning boshqa davlatlarida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo bo‘layotgan yangi toifa vakillariga, xususan, ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. Yangi burjua madaniyati shakllana boshlagan bir paytda uni tavsiflash uchun insoniylashtirish va qayta tiklash tushunchalari qo‘llanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat markazida ilohiylik emas, inson shaxsi turishidan guvohlik beradi. Insonning o‘zi ham qalban va jismonan go‘zal bo‘lishi lozim. U faqatgina o‘z ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi, faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va o‘z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi. Shu bilan birga, gumanistlar cherkovga ochiqsan-ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoga buyuk yaratuvchi sifatida qarashgan9.
O‘n to‘rtinchi-o‘n oltinchi asrlar gumanistlarining aksariyati o‘zlari pedagog bo‘lishgan yoki pedagogik nazariyaga murojaat etishgan. Gumanizm g‘oyasi pedagogikada xuddi ana shu davrlardan boshlab kuzatila boshlangan.
Asl tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra doim go‘zallik haqida, uning kelajagi haqidagi g‘amxo‘rlikni bildirgan. Uyg‘onish davrida ijtimoiy gumanizm g‘oyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabining yaratilishi bilan bog‘liq. Shuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijtimoiy- pedagogika bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilgan. Diniy rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda, oyatlarda axloqiy o‘gitlar, insonlararo munosabatlar, qavm-qarindoshlarga, bolalarga g‘amxo‘rlik haqida ko‘p gapirilgan. Bu asosda ko‘pgina avlodlar tarbiya topishgan va bu borada Yevropada cherkov uzoq vaqt mobaynida “nogiron bolalar rahnamosi” bo‘lgan. Unga nafaqat ruhiy yordam so‘rab, balki tibbiy, moddiy yordam so‘rab, adolatsizlikdan himoya so‘rab murojaat qilishgan. Bu borada butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy an’analari mavjud. Masalan, Yevropada antik davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo‘yib ketishgan. Manbalarga ko‘ra, ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari to‘rtinchi asrda Kesariya shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo‘lgan. Uzoq vaqt u Yevropada yagona tashkilot bo‘lib qolavergan va faqat o‘n to‘rtinchi asrga kelib tarbiya uylari soni o‘ttiztagacha ko‘paygan. Qizig‘i shundaki, bu uylarda faqatgina bolalarga g‘amxo‘rlik qilmasdan, profilaktika ishlari ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni boshqa oilalar tarbiyasiga berishgan, ularning tarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsento Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashhur bo‘lgan. U tarbiya uyini qirol Lyudovik XIV tomonidan moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shug‘ullanuvchi ordenlar-xayriya yo‘lida qilgan ishlari orqali keyinchalik mashxur bo‘lib kyetgan yirik cherkov tashkilotlari tuzila boshlagan.
Ijgimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri XVII – XIX asrlar ijtimoiy pedagogika uchun eng ilg‘or g‘oyalar va ilmiy konsepsiyalar bilan boyitilgan davr bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi.
XIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sosiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo bo‘lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquklari tengligi bilan bog‘lana boshlangan. Aynan shu davrda ijtimoiy pedagogikadagi asosiy yo‘nalishlarning aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J. J. Russo (1712-1778) ulkan hissa qo‘shgan. U huquqiy, diniy va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g‘oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagogi M. V. Lomonosov (1711-1765) o‘z “Reglamentlar”ida tarbiyaning xalqparvar g‘oyalarini, insonga faol shaxs sifatida yondashuvni hamda bolada axloqiy sifatlarini shakllantirishning o‘ta muhimligini bayon etgan.
Yangi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvesiy (1715-1771) ishlarida ham tilga olingan bo‘lib, ular tarbiya omillari hisoblanmish muhit va
pedagogik ta’sir hamda shaxs va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
Shveysariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalossi (1746-1827) o‘z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariya va amaliyotni birlashtirgan va o‘z mablag‘lari hisobiga yetimlar uylarini ochgan.
Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouen (1771-1858) o‘zining 1813 yilda nashrdan chiqqan “Jamiyatga yangicha qarash yoki insonda xarakterni tarkib toptirish to‘g‘risidagi tajriba” degan asarida odamning xarakteri, uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit sharoiti bilan tarkib topadi, deb ta’kidlaydi. Uningcha, odamlarning illatlari va xatti-harakatlari ular yashab turgan ijtimoiy muhit vaziyatiga bog‘liqdir. Odam, - deydi Ouen, - o‘z xarakterini hech qachon o‘zi yaratgan emas va uni yaratishi mumkin ham emas. Uning fikricha, agar biz muhit sharoitini va tarbiyani o‘zgartirsak, har qanday xarakterni tarkib toptirishimiz mumkin. Robert Ouen bolalarga bir yoshdan boshlab ijtimoiy tarbiya berish g‘oyasini olg‘a surib, uni asoslab berdi va amalda sinab ko‘rdi. U jahonda birinchi bo‘lib ishchilar bolalari uchun maktabgacha tarbiya muassasasi barpo etdi. Uning ta’lim muassasasida aqliy va jismoniy tarbiya berilib, bolalar jamoa ruhida tarbiyalanar edilar. Uning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermahsul tajribalardan iborat bo‘ldi. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini tuzishning yangi instituti”ni ishchilarning turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog‘lab qo‘ydi. Jahonda ilk marta didaktik o‘yinlar o‘tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g‘amxo‘rlik qiladigan muassasalar u tomonidan tuzilgan.
Ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820-1903) oilaning shaxs shakllanishidagi o‘rni haqidagi ijtimoiy-pedagogik g‘oyalar bilan singdirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan, ya’ni Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini oila va maktab tomonidan imitasiyalashuvini ilgari surgan.
XIII asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida, bir tomondan, ijtimoiy pedagogikaning pedagogika fanidan ajralish jarayoni sodir bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning psixologiya, sosiologiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar bilan yaqinlashuvi ro‘y bergan.
XIX asrda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lgan.
1) ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan
Yüklə 59,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə