Mavzu: Xususiy sektorning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 47,1 Kb.
səhifə2/6
tarix08.02.2023
ölçüsü47,1 Kb.
#100381
1   2   3   4   5   6
Xususiy sektorning rivojlanish bosqichlari.

Kurs ishining vazifalari:
- O’zbekistonda xususiylashtirish jarayoni va bosqichlari
- Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish.
- Ijtimoiy sohani rivojlantirishda va sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora tadbirlari.
- Davlat boshqaruv sohasiga xususiy sektor jalb etiladi.
- Iqtisodiyotda xususiy sektor salohiyati.
Kurs ishi kirish, uchta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

1. O’zbekistonda xususiylashtirishning nazariy asoslari va ahamiyati
Davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish.Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi.Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.Uchinchi vazifa milliy valuta-so'mni yana ham mustahkamlashdan iborat.Bu esa so'mning konvertatsiyasi, qat'iy valutalarga erkin sur'atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari itlab chiqarishni ko'paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valuta zahiralarini mustahkamlash yo'li bilan erishiladi.To'rtinchi vazifa - - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish.Bunda tarkibiy o'zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni, jumladan yoqilg'i, energetika va g'alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi.O'tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko'rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo'l davom etgiriladi.Shunday qilib, O'zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo'jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to'liq erkinlashtiriladi, xususiylapggirish tugallanadi, narxlar erkin qo'yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqyei tugatiladi.Lekin bundan Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalta oshirish maqsadiga to'liq erishildi va bu sohada qo'yilgan vazifalar to'liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo'yadi. Prezidenshmiz I. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, hozirgi bosqichda «...erkinlashtirshp va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir.Bu esa iqtisodiyot soxasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi.
- Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o'tkazish va iqtisody islohotlarni chuqurlashtirish;
- Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulqdorlar sinfini shakllantirish;
- Mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo'naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;Kichik va o'rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o'rin olishiga erishish;Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko'lamda integratsiyalashuvini ta'minlash;Iqtisodiyotdan mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligining yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom ettirish.Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo'nalishlariIqtisodiy munosabatlar va tashkiliy — boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o'tish, iqtisodiy islohotlar strategayasini I shlab chiqish va uning asosiy yo'nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar — bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.Iqtisodiy islohotlardan ko'zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratash, ularning ma'naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashdan iborat.Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o'tishning nazariy modeli yaratildi.Bu modelda yangi iqtisodiyotga o'tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo'nalishlari belgilanadi.Respublikada islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:mulkiy munosabatlarni isloh qilish;agrar islohotlar;moliya-kredit va narx-navo islohoti;boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;ijtimoiy islohotlar.Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bu asosiy yo'nalishlari I.A.Karimovning “O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida” kitobida bayon qilib berilgan.Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang'ich nuqtasi bozor iqtisodiyotining xuquqiy negizini yaratishdan iborat bo'ladi.Respublikada iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo'nalishini ajratib ko'rsatish mumkin.Birinchi yo'nalish — davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish.Boshqaruv tizimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chegaralab qo'yildi. Vakolatli hokimiyatning yagona to'la huquqli organi bo'lgan hokimlik institugi yaratildi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish sohasida fuqarolar yig'ini joriy qilindi.Ikkinchi yo'nalish tizimdagi o'zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo'ladigan qonunlar tizimini yaratish. Respublikada bu yo'nalish bo'yicha qabul qilingan qonunlarda mulqdorning huquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e'tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi.Qisqacha aytganda bozor munosabatlarining negizi bo'lgan ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishning barcha xuquqiy asoslari yaratildi.Uchinchi yo'nalish - xo'jalik yuritishning va institutsional o'zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmni yaratishga qaratadigan qonunlar. Bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta'minlaydigan qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning turli sohalarida xo'jalik yuritayotgan subyektlarning huquq va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar qabul qilindi. Korxonalar to'g'risidagi qonun, kooperatsiya to'g'risidagi, dehqon xo'jaligi to'g'risidagi, xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari to'g'risidagi qonunlar shular jumlasidandir.To'rtinchi yo'nalish - Respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida, ta'riflovchi huquqiy normalarni yaratish.Bu yo'nalishdagi qonunlarni qabul qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalariiing rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi.Beshinchi yo'nalish — kishilarning konstitutsion va yuridik hukuqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta'minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish. Bu qonunlar bozor munosabatlariga o'tish sharoitida aholining eng muhtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi bilan himoya qilishgagina emas, balki ularning ma'naviy imkoniyatlarini namoyon qilish, islohotlar uchun mustahkam ijtimoiy zamin yaratishga ham imkon beradi.Yuqorida qarab chiqilgan barcha qonunlarda bozor iqtisodiyotining xuquqiy asoslarini yaratish ham amaliy, ham iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy asosini tashkil qildi.Bozor islohotlarining bosh bo'g'ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o'zgartirishdir, chunki shu orqali ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o'tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli Respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko'zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko'p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo'jaligini isloh qilishga ustunlik berildi.Bunga quyidagilar sabab bo'ldi.Birinchidan, Respublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka ega, aholining ko'pchiligi qishloq xo'jaligida band, iqtisodi o'sish ko'p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog'liq. Hozirgi kunda agrar sektor hissasiga yalpi ichki milliy mahsulotning 1/4 qismidan ko'prog'i to'g'ri keladi, xalq xo'jaligida band bo'lganlarning 37 foizga yaqini qishloq xo'jaligida ishlaydi va barcha aholining yarmidan ko'prog'i qishloqda yashaydi.Ikkinchidan, Respublika bugun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoatning ko'pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to'qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo'jalik mashinasozlish va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo'jaligiga bog'liq.
Uchinchidan, qishloq xo'jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqgda valuta resurslari, Respublika uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta'minlayotgan asosiy manbadir.To'rtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloq xo'jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi roli ortib boradi.O'zbekistonda agrar islohotning negizi yerga bo'lgan mulkchilik masalasidir.Respublika Konsttutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotlishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi ta'kidlangan.Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo'yish orqali erishish ko'zda tutilgan.Respublikada yerga bo'lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat o'z zimmasiga oladi.Buni bizda dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi.Bu xususiyat faqat sug'oriladigan yerlarga xosdir. Respublikada barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko'prog'i (4,2 mln.ga) sug'oriladigan yerlar bo'lib, uning yarmidan ko'prog'i yaxshi meliorativ holatda, qolgan yerlar esa melioratsiya ishlari (qayta o'zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilishni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug'orib kelingan har gektar yerni qayta o'zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko'p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o'z mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga, qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.Respublikada agrar islohtlarning navbatdagi yo'nalishi barcha davlat qishloq xo'jalik korxonalarini (birinchi navbatda zarar ko'rib ishlayotganlarini) jamoa xo'jaliklariga va mulkchilikning boshqa shakllari (kooperativlar, aksiyadorlik xo'jaliklari va har xil xususiy korxonalar) ga aylantirishdan iboratdir.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektotlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan ta‘minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga taziqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta‘kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma‘suliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichigakirdi. Bu bosqich davrida
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob‘yektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha ob‘yekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.
Xususiyiashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi(1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyiashtirish jarayonlarining so‘nggi-beshinchi bosqichiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyiashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizasiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob‘yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob‘yektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investisiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Keyingi yillarda mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy investorlarning ishtirokiga katta e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2005 yilning 11 aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘g‘ridanto‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni buning yaqqol dalilidir. Mazkur
Farmonga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan korxonalar quyidagi soliq va majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi:
-asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i;
-mulk solig‘i;
-obodonlashtirish solig‘i;

  • ekologiya solig‘i;

  • mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq; - Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratma.

Xorijiy investisiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz, yaqin yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiyiashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘yektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi, avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiyiashtirish, hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. Ijtimoiy kafolatlar iste‘mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam ish haqini, daromad solig‘ini tartibga solish kabilarni ham o‘z ichiga oladi.Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-joylaming, sotib olingan texnika, avtotransport vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o‘z ifodasini topadi. Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:

  1. davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan

islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;

  1. mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;

  2. xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlashda qonunlarga rioya etiladi.

Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.Davlat mulkini xususiylashtirishning asoslari.


Yüklə 47,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə