Mavzu: Xususiy sektorning rivojlanish bosqichlari


ISHTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHGA VA SOGLIQNI SAQLASH SOHASIDA HUSUSIY SEKTORNI JALB ETISH



Yüklə 47,1 Kb.
səhifə4/6
tarix08.02.2023
ölçüsü47,1 Kb.
#100381
1   2   3   4   5   6
Xususiy sektorning rivojlanish bosqichlari.

4.ISHTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHGA VA SOGLIQNI SAQLASH SOHASIDA HUSUSIY SEKTORNI JALB ETISH.
Savdolarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tadbirkorlarga shoxobchalar o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Shoxobchalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, elektr energiyasi harajatlarini qoplash tadbirkorlarga yuklatiladi.Og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalardan ajratmalar Hukumat tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishni kuchaytirish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga yuqori texnologiyali sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijdan investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etishni kengaytirish, shuningdek, tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish maqsadida:1. Quyidagilar sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalish va vazifalari etib belgilansin:mamlakatimizning barcha hududlarida xususiy tibbiyot muassasalari tarmog‘i faoliyatini faollashtirish va kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni tizimli hal etish;xususiy tibbiyot muassasalarining tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali usullarni keng qo‘llagan holda, keng aholi qatlamlari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan xizmatlar ko‘lami va turlarini kengaytirishni har tomonlama rag‘batlantirish;xususiy tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus inventar va asboblar bilan jihozlash, tibbiyot ixtisosliklari turiga mos keladigan va sanitariya norma hamda qoidalari talablariga javob beradigan bino va xonalar bilan ta’minlash;qulay kredit va lizing mexanizmlarini faol jalb etish orqali xususiy tibbiyot muassasalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lami va hajmini tubdan oshirish, yetakchi xorijiy klinika hamda tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda davolash-tashxis muassasalarini tashkil etgan holda xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni kengaytirish;aholiga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan kafolatli bepul tibbiy yordam bilan birga tibbiy sug‘urta tizimini keng joriy etgan holda sifatli va arzon maslahat-tashxis, davolash, sog‘lomlashtirish va boshqa turdagi tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan pulli tibbiy xizmatlar bozorini jadal rivojlantirish;ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda, xususiy tibbiyot sohasi uchun tibbiy ta’limning zamonaviy usul va texnologiyalaridan foydalanish asosida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifatli va samarali tizimini shakllantirish, xususiy tibbiyot muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari uyushmasining xususiy tibbiyot muassasalari uchun ruxsat etilgan tibbiy faoliyat turlarini, jumladan tibbiyot sohasida talab yuqori bo‘lgan kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, endokrinologiya, kardiologiya, qon-tomir, torakal va abdominal jarrohlik, urologiya va tibbiy faoliyatining boshqa, aholining hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan turlaridan tashqari, turlarini tubdan kengaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin, bunda tibbiyot faoliyatning barcha tibbiyot turlari qamrab olinsin.
3. Tibbiy faoliyatning aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan va xususiy tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim turlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy vazifa va yo‘nalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan Xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, xususiy tibbiyot muassasalarida tashxis qo‘yish va davolash, ayniqsa, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq hollarda yangi yuqori texnologiyali usullarni joriy etish faqat tegishli tibbiyot uskunalari, yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud bo‘lganda va sanitariya norma hamda qoidalariga qat’iy rioya etilgandagina ruxsat etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligining 2017-yil 1-maydan sog‘liqni saqlash sohasida kichik korxonalar xodimlari yillik o‘rtacha cheklangan sonining 100 kishigacha bo‘lishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi foydalanilmayotgan binolar, obyekt va xonalarni, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida tugatilayotgan muassasalarning davlat mulki bo‘lgan obyektlarini aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlariga “nol” qiymati bo‘yicha belgilangan tartibda sotishni ta’minlasin, bunda yangi mulkdorlar investitsiya kiritish va ijtimoiy majburiyatlarni zimmasiga olishiga e’tibor qaratilsin.Mazkur bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan.Rus tili matniga qarang.7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “O‘zmed-lizing” ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi ustav kapitalini ko‘paytirish orqali, jumladan, xorijiy investorlar mablag‘larini jalb etish hisobidan tibbiyot muassasalariga zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar xarid qilish hajmini kengaytirish va lizingga berish chora-tadbirlari to‘g‘risida aniq takliflar kiritsin.
8. Quyidagilar 2022-yil 1-yanvargacha:
a) aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) xususiy tibbiyot muassasalari, jumladan, xorijiy investorlar ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlar qismida, bo‘shaydigan mablag‘larni xususiy tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlash va ularga servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun yangi binolar qurish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga maqsadli yo‘naltirgan holda, barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
b) belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari (stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalaridan tashqari) bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod etilsin.Ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash maqsadida, hisobot davri yakunlari bo‘yicha tibbiy xizmatlar (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) ko‘rsatish asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslar xususiy tibbiyot muassasalariga kiradi. Bunda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish asosiy faoliyat turi hisoblanganda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar boshqa daromadlarga ham joriy etiladi.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda yuqorida qayd etilgan soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019
9. Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangidan tashkil etiladigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga tibbiy xizmatlar qismida yagona soliq to‘lovidan ozod etilsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PF-5212-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2017-y., 06/17/5212/0153-son)
10. Belgilab qo‘yilsinki:
xususiy tibbiyot muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy shifokorlar va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan texnik mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;xorijiy shifokorlar va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan texnik mutaxassislarga tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida to‘lanadigan daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovdan ozod etiladi;xususiy tibbiyot muassasalarining xorijlik xodimlari boshqaruv personali sifatidagi faoliyatidan oladigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod etiladi.
11. Tijorat banklariga xususiy tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini, jumladan, xorijdan sotib olish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlar;aholiga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan, bank kredit kartalari bilan hisob-kitob qilish asosida xususiy tibbiyot muassasalarining tibbiy xizmatlaridan foydalanish uchun iste’mol kreditlari taqdim etish tavsiya etilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda xususiy tibbiyot muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy shifokorlar va tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan texnik mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish va yashash uchun ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar kiritsin;
idoraviy me’yoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirishni ta’minlasin.
14. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxo‘jayev zimmasiga yuklansin.Davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektor jalb qilinadiPrezidentning «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan tadbirkorlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin.Bunda:agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari xodimlari akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan va ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega bo‘lishi shart;sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi va ularni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;tadbirkorlar tomonidan agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi;Davlat xizmatlari agentligi agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi;fuqarolar uchun yagona elektron reyestr orqali o‘ziga qulay agentlarni tanlab olish imkoniyati yaratiladi;agent xizmatlari uchun fuqarolar tomonidan alohida to‘lov amalga oshiriladi, bunda narxlar tadbirkorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida xizmatlar ko‘rsatilishi taqiqlangan davlat xizmatlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.




Yüklə 47,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə