Mavzu: Tasviriy ifoda


Finlandiya ta’limining 7 tamoyili



Yüklə 3,64 Mb.
səhifə2/6
tarix29.04.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#107685
1   2   3   4   5   6
Education in Finland(1)

Finlandiya ta’limining 7 tamoyili:
1. Tenglik
2. Bepul ta’lim
3. Shaxsga yo‘naltirilganlik
4. Amaliyotga asoslanganlik
5. Ishonch va o‘qituvchiar salohiyati
6. Istak-xohishning qadrlanishi (ixtiyoriylik)
7. Mustaqillik

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi


Finlandiya o‘rta maktab ta’limining 7 tamoyili:
1. Tenglik
Mamlakatda na “elita” va na "bo‘shroq" maktablar bor. Barcha maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar - davlat maktablari bo‘lib, xususiy maktablar juda kam. Yaqin vaqtlargacha finlarga maktab tanlash taqiqlangan edi, bolalar shunchaki eng yaqin oradagi maktabga chiqishardi. Taqiq bekor qilindi, lekin ota-onalarning aksariyati baribir bolalarni yaqin oradagi ta’lim muassasasiga berishni ma’qul ko‘rishmoqda. Chunki barcha maktablar ham birdek yaxshi.

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi

  • O‘quvchilar

  • Finlarda "yaxshi" va "yomon" o‘quvchilar yo‘q. Chunki o‘quvchilarni bir-biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo‘shroq bolalar ham o‘ziga xos hisoblanadi. Bir jamoada nogironligi bo‘lgan bolalar ham ta’lim oladi. Finlar nogiron insonlarni jamiyatga maksimal darajada moslashtirishga harakat qilishadi.
  • O‘qituvchilar

  • O‘qituvchilar bolalarga bor mehrini beradi, "sevimlilar" ajratilmaydi. O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini faqat zarurat tug‘ilgandagina biladi. O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir savollar berish taqiqlangan. Qoidadan chetga chiqish har qanday o‘qituvchi bilan mehnat shartnomasi buzilishiga olib keladi.

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi

  • O‘qituvchilar, ota-onalar va bolalar huquqlarining tengligi

  • Finlar bu tamoyilni “o‘quvchiga hurmat” deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan ularning huquqlari tushuntiriladi. Bu esa farzand - mustaqil shaxs ekanini, unga so‘z bilan ham ozor yetkazib bo‘lmasligini bildiradi. Finlandiya mehnat qonunchiligiga ko‘ra, pedagog o‘z kasbidan kelib chiqib o‘quvchini kamsitishga umuman haqqi yo‘q.

Barcha o‘qituvchilar bilan faqat 1 yilga shartnoma imzolashadi, bu muddatni uzaytirish ham, to‘xtatish ham mumkin. O‘qituvchilarga juda yaxshi oylik maosh to‘lanadi: fan o‘qituvchisi - 5000 (62 mln.500ming so‘m) yevrogacha, yordamchi o‘qituvchi - 2500 (31 mln. 250 ming so‘m) yevrogacha.
(Cnunki, mehnatga yarasha maosh to‘lanmasa, to‘langan maoshga yarasha mehnat qilish boshlanadi)

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə