Mavzu: Tasviriy ifoda


O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi



Yüklə 3,64 Mb.
səhifə3/6
tarix29.04.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#107685
1   2   3   4   5   6
Education in Finland(1)

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi


2. Bepul ta’lim
Ta’lim olishdan tashqari yana quyidagilar bepul:
  • tushlik;
  • ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
  • bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport (taksi xizmati), agar eng yaqin maktab ikki kilometrdan uzoqda bo‘lsa;
  • o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, hisoblagichlar, hatto planshet va noutbuklar.

  • Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlanadi.

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi


3. Shaxsga yo‘naltirilganlik. Har bir bola uchun individual ta’lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Bir sinfning o‘zida darsda bolalar turli murakkablikdagi mashqlarni bajarishadi. Baholash tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar "odatiy" mashq a’lo bahoga bajarilsa, ertasiga yuqoriroq darajali mashq beriladi, mobodo uddasidan chiqa olmasa, hechqisi yo‘q, yana oddiy mashq beriladi.
4. Amaliyotga asoslanganlik. "Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", - deydi finlar. Shuning uchun Finlandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari – o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi.
Umumta’lim maktabini tugallashda faqat birgina majburiy standart test o‘tkaziladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o‘qituvchilar uning natijalari uchun birovning oldida javob ham berishmaydi.

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi


5. Ishonch va o‘qituvchilar salohiyati
Birinchidan, maktabda faqat magistrlik darajasiga ega mutaxassislar ishlashadi. O‘qituvchi haftada 2 soat malaka oshiradi. Bir kunda 4 soatdan ortiq dars o‘tmaydi. Maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q, o‘quvchilarga ta’lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar (metodistlar) ham yo‘q. Mamlakatda ta’lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni qo‘llaydi.
Ikkinchidan, mamlakatda o‘qituvchilarning yagona ro‘yxati shakllangan bo‘lib maktab rahbarlari shu ro‘yxatdan o‘qituvchi izlashadi va ishga taklif qilishadi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə