Mavzu: Tasviriy ifoda


O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi



Yüklə 3,64 Mb.
səhifə5/6
tarix29.04.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#107685
1   2   3   4   5   6
Education in Finland(1)

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi


5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qo‘shiladi. 1-sinfdan 6-sinfgacha deyarli barcha fanlar bir o‘qituvchi tomonidan o‘rgatiladi. Jismoniy tarbiya darsi haftada 1-3 marta istalgan sport o‘yini shaklida o‘tiladi. Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning tushunchamizdagidek o‘qitilmaydi, bu ko‘proq shunchaki badiiy o‘qishni eslatadi.
7–9 sinflar:
Fin tili va adabiyoti, shved, ingliz tili, matematika, biologiya, geografiya, fizika, kimyo, salomatlik asoslari, din (yoki hayotiy tushunchalar, musiqa, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, tanlov asosidagi fanlar va mehnat. 9-sinfda ikki hafta davomida "mehnat hayoti" bilan tanishiladi. Bolalar o‘zlari uchun istagan "ishchi o‘rni"ni topib, katta ishtiyoq bilan "ishga" borishadi.

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi


Baho kimga kerak?
Mamlakatda 10 ballik baholash tizimi qabul qilingan, ammo 7-sinfgacha faqat og‘zaki baho qo‘yiladi: o‘rtadan pastroq, qoniqarli, yaxshi, a’lo. 1-3 sinflarda umuman hech qanday ko‘rinishdagi baholar yo‘q. Baholar o‘qituvchi, maktab nufuziga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi.
Finlandiyada barcha maktablar «Wilma» davlat elektron tizimiga ulangan, bu elektron maktab kundaligidek gap, har bir ota-ona unga kirish uchun shaxsiy kodga ega. Pedagoglar davomatni belgilab, bolaning maktabdagi faoliyati haqida xabar berib borishadi; shuningdek psixolog, ijtimoiy xizmatchi, "kelajak o‘qituvchisi", feldsher ham u yerda kerakli ma’lumotni qoldiradi.

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi


Maktab haqida qo‘shimcha ma’lumotlar
Maktablar hududi o‘ralmagan. Darsda bolalar parta va stolda o‘tirishi shart emas, polda (gilamda) o‘tirish ham mumkin. Maktablarda sinflar divan va kreslolar bilan jihozlangan. Forma yo‘q, kiyimga nisbatan qandaydir talablar ham yo‘q, istagan kiyimda kelish mumkin. Almashtirish uchun qo‘shimcha poyabzal talab qilinadi, lekin kichik va o‘rta zvenodagi bolalar paypoqda yurishni ma’qul ko‘rishadi.
Iliq havoda darslar ko‘pincha ochiq havoda, maysalar ustida o‘tkaziladi. Tanaffus vaqtida kichik maktab o‘quvchilari, albatta, maktab hovlisiga olib chiqiladi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə