Hujjatlarning tasniflanishi. Hujjat rekvizitlari. Hujjat tayyorlashning asosiy qoidalari



Yüklə 29,48 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü29,48 Kb.
#168910
hujjatlar tasniflanishi me`yor qoidalari haqida ma`lumot


Mavzu:Hujjatlar tasniflanishi me`yor talablari haqida ma`lumot
Reja

  1. Hujjatlarning tasniflanishi.

  2. Hujjat rekvizitlari.

  3. Hujjat tayyorlashning asosiy qoidalari.

  4. Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:

  5. Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuziladigan va shu korxona ichida foydalaniladigan hujjatlardir. Bularga xodimning shaxsiy varaqasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.

  6. Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tashkilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma,ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolat xati, tavsiyanoma va boshqalarkiradi.

  7. 2.Mazmuniga ko‘ra sodda va murakkabhujjatlar farqlanadi:

  8. Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bularga ariza, e’lon, tilxat, kafolat xati va boshqalar kiradi.

  9. Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi.

  10. Xususiy hujjatlar – tashkilotlarda matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, mazmun bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat, axborot xatlariva boshqalarkiradi.

  11. Namunaviy hujjatlar – boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘ xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va boshqalar kiradi.

  12. Qolipli hujjatlar – odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqalar kiradi.

  13. 4.Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:

  14. Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi.

  15. Shaxsiy hujjat – yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi.

  16. Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas.

  17. Hujjat qat’iy belgilangan rekvizitlar tarkibiga ega bo‘lishi, ularning joylashish va rasmiylashtirish tartiblari 6,38-90 GOST ga muvofiq kelishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlar (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining to‘liq, ro‘yxati quyidagicha:

  18. O‘zbekiston Respublikasining gerbi.

  19. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).

  20. Mukofot tasviri.

  21. Vazirlik yoki yukori idoraning nomi.

  22. Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.

  23. Tarkibiy tarmoqning nomi.

  24. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot yoki korxona manzili, telefon raqami, faks raqami, bankdagi hisob-kitob raqami.

  25. Matn sarlavhasi.

  26. Sana.

  27. Shartli raqam.

  28. Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.

  29. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.

  30. Hujjatni oluvchi (adresat).

  31. Tasdiqlash ustxati.

  32. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).

  33. Hujjat turining nomi.

  34. Nazorat haqida qayd.

  35. Matn.

  36. Ilova mavjudligi haqidagi qayd.

  37. Imzo.

  38. Mazkur 29 ta zaruriy qismning o‘ntasi nisbatan ko‘p qo‘llanadi, shuning uchun ular asosiy zaruriy qismlar deb ham yuritiladi: hujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy hujjatda imzo quyuvchi shaxs), hujjat turining nomi, sarlavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd.

  39. Albatta, hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning barchasini o‘z ichiga olmaydi. Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu qismlarning ayrim bir turkumi huquqiytalablarni ta’minlash darajasida qo‘llanadi. Shu narsa ham muhimki, ayni qismlarning hujjatda joylashishida qat’iy tartib mavjud, ular joylashishidagi qat’iy ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini ta’minlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muh

Yüklə 29,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə