Mavzu: Tabiiy fanlarda amaliy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi Mundarija. Kirish


 . “Tabiiy fanlar darslarida amaliy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” mavzusini rivojlantirish tendentsiyalari



Yüklə 186,38 Kb.
səhifə6/7
tarix30.12.2023
ölçüsü186,38 Kb.
#165851
1   2   3   4   5   6   7
Табиий фанлар дарсларида амалий машгулотларни ташкил этишни

3.2 . “Tabiiy fanlar darslarida amaliy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” mavzusini rivojlantirish tendentsiyalari.
Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisob lanadi, chunki ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar mavjud Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik mantiqiy fikr yuritish va nutqni tarbiyalashda tajribalar katt; ahamiyatga ega. Bolalar kishilarning tabiatni o'zgartirishlarid; tajribalar chinakam vosita bo'lishini ko'rishlari kerak. Tajribalam o'quvchilar asosan mustaqil holda o'tkazadilar. Asboblar v; moddalar bilan juda ehtiyot bo'lib ishlash talab etiladigan tajribalarni o'qituvchining o'zi o'tkazadi.
Tajriba o'tkazishdan oldin o'quvchilar undan ko'zlangar maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar asboblar va boshqalar) bilan tanishib chiqishlari kerak. Tajriban o'tkazish, uning borishi va natijalarini «Kundalik kuzatish daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo'lishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarda yoritiladi va xulosalar chiqariladi.
Sinfda, maktab o‘quv-tajriba maydonchasida va joylarda olib boriladigan amaliy ishlardan maqsad bilimlarni o'zlashtirib olishdangina emas, balki ma’lum malaka va ko'nikmalami egallab olishda ham o'quvchilarga yordam berishdan iborat. Bunday ishlar sirasiga, masalan, tabiat ustidan kuzatuv olib borish; kuzatuv natijalarini yozib borish va ishlab chiqish malakasini egallashga, gerbariy, kolleksiyalar, ko'rgazmali qo'llanmalar tayyorlashga, o'lchov ishlarini bajarishga (havoning harorati, gnomon soyasining uzunligi va boshqalarni o'lchashga) qaratilgan ishlar; tuproqning xossalarini, foydali qazilmalarni, odamning tanasi, shaxsiy hamda jamoat gigiyenasi qoidalarini o'rganishga bog'liq bo'lgan amaliy ishlar kiradi.
O'quvchilarning har bir amaliy ishi oldindan yaxshilab tayyorlangan, to'g'ri tashkil etilgan, aniq rejalashtirilgan, topshiriqlar mazmuni puxta tuzilgan bo'lsagina ular samarali natija berishi mumkin
Tajriba tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi ekanligi bois hamda ba’zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish, ularning o'zlariga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishamiz. Tajriba tabiatshunoslikni о ‘qitishning amaliy metodidir. Tajriba o'qitish metodi bo'lib, uning yordamida o'rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o'tkazishda o'quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo'lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil jismlarning xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir.
ishning chinakam ilmiy metodidir. Tajribalar mavhum tushunchalami aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yaqindan yordam beradi. Masalan, ular faqat tajriba jarayonidagina termometming simob ustuni haroratning o‘zgarishiga qarab ko'tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilai Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishin ko'rsatadi.
Oddiy tajribalar o'quvchilar tomonidan uy sharoitlarida o‘quv-tajriba maydonida yoki tirik tabiat burchagida mustaqi bajariladi. Murakkabroq tajribalarni o'qituvchi darsda namoyisl qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddr tajriba faqat bilim berishi bilangina emas, balki kuzatisl jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta’riflashga yordan berishi bilan ham qimmatlidir.
Faraz qilaylik, o'quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasigi nisbatan holatiga qarab kuzda ob-havoning sovib borishi to‘g‘risidi bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushuntirish uchun o'qituvch tajriba o'tkazadi. U yonib turgan shamga ingichka qog‘o: tasmachasini tutadi. Bitta tasmachani shamning tepasida ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. O'quvchila qog‘oz tasmachalaming qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlar va nima uchunligini tushuntirishlari lozim. O'quvchilar bu tajrib; orqali yozda va kuzda Quyosh nurlarining Yer yuzasini qanda] isitishini bilib oladilar.
Tajribaning borishini kuzatib, o'quvchilar kuzda Quyosh Ye ustida kun sayin tobora pasayishi to'g'risida xulosa chiqaradilar. Uninj qiya tushayotgan nurlari Yer yuzasidan uzoqlashib o'tadi va havon isitmaydi. Shuning uchun ham kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Materialni mustahkamlash uchun o'qituvchi namoyish qilgai va o'quvchilarning o'zlari o'tkazgan tajribalaming rasmini chizisl yoki ularni ta’riflab yozish, ba’zi hollarda uni ham, buni han bajarish kerak. Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talal qiluvchi tajribalarni o'qituvchining o'zi o'tkazadi. Har qays tajribani boshlashdan oldin o'quvchilarga uning maqsadini, tajribi o'tkazishda nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligin yaxshilab tushuntirish, tajribaning o'tkazilishini hikoya qilib berisl rejasini yozish kerak.
Amaliy uslublar o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan v; yo'naltiriladigan, o'quvchilar fikrini rivojlantirishga mo'ljallagai so'z, ko'rgazmalilik va amaliy ishning o'zaro murakkab bog'la nishida bo'lishini ko'rsatadi.
Amaliy uslublar qo'llanilishi o'quvchilar retseptorlari v< effektorlarining faol faoliyati bilan bog'liq. Amaliy uslubla o'rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublami qo'llashga o'quvchilar faoliyatining o'zi bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og'zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida sinfdan tashqari bajariladigan mashg'ulotlar kiradi.
Amaliy uslublarning turlariga:
1. O'quvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi;
2. Rasm chizishi;
3. Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo'yicha ishlari;
4. Hodisalami kuzatish va qayd qilishlari;
5. Tajriba o'tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.
adi. Amaliy ish boshlanishi oldidan qo'yilgan savol, muammo, masalaga o'quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak.
Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi bo'lib, tarqalgan o'simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o'rgatadi.
Taqqoslashdagi farqga borish o'quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo'yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o'qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o'simliklarni topish va to'plashni, namunalar yig'ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini, o'zgaruvchanlikni o'quvchilarning o'zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. O'simliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo'yicha ishlarni o'quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar.
Tabiatshunoslikni o'qitish metodlari tizimida amaliy ishlar. Tabiat haqidagi bilimlarni o'zlashtirishda amaliy ishlar katta rol o'ynaydi. Amaliy ishlar o'quvchilarni ular faoliyati jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga o'rgatish metodidir. Amaliy ishlarga o'quvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig'ish, maktaboldi yer maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o'simliklarni parvarish qilish, gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko'rgazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat turlari kiradi.
Tabiatshunoslik bo'yicha amaliy ishlar dastur va darsliklarga kiritilgan, ularning bajarilishi majburiydir. Ular boshlang'ich sinfda politexnik ta’limni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Amaliy ishlarning samaradorligi o'quvchilarning ularni bajarishga tayyorgarlik darajasiga bog'liq. Amaliy islilarga tayyorlanish odatda uzoq vaqtni talab qiladi va bir necha bosqichdan iborat bo'ladi:
1. O'quvchilarning nazariy tayyorlanishi. Masalan, maktaboldi yer maydoniga sabzavot va manzarali o'simliklarni o'tqazish oldidan o'quvchilar ularning urug'larining unib chiqishini uzoq vaqt kuzatadilar. Uyda, tirik tabiat burchagida yoki darsda bolalai o'simlik urug'dan asta-sekin va muayyan sharoit (namlik, havo, issiqlik) bo'lgandagina rivojlanishini aniqlaydilar. Olingan nazariy bilimlar o'quvchilarni o'zlariga ajratilgan paykalda yoki tirik tabiat burchagida amaliy ishlarni diqqat bilan, yodda saqlab bajarishga imkon beradi. Nazariy tayyorgarlikdan keyin bolalar ekish vaqtida tuproqning yumshoq, nam va issiq bo'lishi kerakligini bilib oladilar, amaliy ishda faol qatnashadilar.
2. Amaliy ishda o'quvchilarning barchasi qatnashishlari lozim. Buning uchun bolalarni ish bajarishga kerak bo'ladigan ish qurollari, asbob-uskuna va materiallar bilan ta’minlash zarur. Masalan, gerbariy tuzish uchun yig'ilgan o'simliklar solinadigan papka, qalin qog'oz yoki karton varag'i, ip, igna bo'lishi lozim.
3. O'quvchilarning amaliy ishlari o'qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi. U ishni bajarishda qiynalganlarga o'z vaqtida yordam berishi lozim. Biroq bunda bolalarning faolligi hamda mustaqilligini chegaralamaslik kerak. 4. O'quvchilarning ishlari albatta tahlil qilinadi va baholanadi, muvaffaqiyatli bajarganlar rag'batlantiriladi.
Bu ishlarning bajarilishi o'quvchilarning bilish faolligini oshirishda, bilimlarni konkretlashtirish va mustahkamlashda o'qituvchiga yordam beradi.
Birinchi sinfda bolalar amaliy ish ko'nikmalarini hali egallamagan bo'ladilar. Shuning uchun dastlabki paytlarda amaliy ish mashq qilish xarakterida bo'ladi. Masalan, tushda (kunning o'rtasida) soyaning qoziqdan uzunligini aniqlashga yoki havo haroratini o'lchashga va ularning natijalarini yozib borishga o'rgatish uchun uzoq vaqt mashq qilish kerak bo'ladi. O'quvchilar oddiy, ko'p vaqt va urinishni talab qilmaydigan topshiriqlardan astasekin ancha murakkabroq vazifalarni bajarishga o'tadilar. Vaqt o'tishi bilan amaliy ishlar tobora mustaqillashib borishi kerak. O'qituvchining amaliy ishlarga rahbarlik qilish shakllari ham o'zgarib bormog'i lozim: agar birinchi darslarda har bir o'quvchiga bosqichlar bo'yicha batafsil yo'l-yo'riq berish kerak bo'lsa, yilning ikkinchi yarmida ish bo'yicha sinfdagi barcha o'quvchiga ko'rsatma berish kifoyadir. Amaliy ish o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilar asoslanadigan bilimlar saviyasini aniqlash kerak.
Barcha tajriba va amaliy ishlar «Kundalik kuzatishlar daftari» ga qayd qilinadigan yozuvlar bilan birga olib borilishi kerak. Shuningdek, rasmlar chizish, plastilindan obyektlar yopishtirish, tabiiy materiallami modellashtirish ham tavsiya qilinadi. Bunda o'quvchilar tasvirlanadigan jism yoki hodisaga diqqat bilan qaraydilar, ulardagi ilgari e’tibor berilmagan xususiyatlarni payqaydilar. Amaliy ishlar vaqtida xulosalarni yozib borish yoki rasmlar ostiga yozuvlar yozish bolalarga ta’riflami aniqlab olishga, tabiatshunoslik atamalarini esda saqlashga yordam beradi.
Amaliy ishlarni tajriba va kuzatishlar bilan bog'lab olib borish kerak. Chunonchi, qizdirganda va sovitganda suv haroratining o'zgarishini kuzatish oldidan o'quvchilar suvning uch holatda bo'lishi, haroratning o'zgarishi bilan ular bir-biriga o'tishi to'g'risida bilim olishlari kerak. O'quvchilar termometr tuzilishini bilishlari va undan foydalana olishlari lozim. Ular 2- sinfda olgan bilimlaridan erkin foydalana olishlari uchun o'qituvchi awal suhbat, keyin amaliy ish o'tkazadi, bu vaqtda kerakli tajribalarni takrorlaydi, termometrni qarab chiqishni taklif qiladi. Ilgari o'tkazilgan tajribalarga mavjud bilim,uquv hamda ko'nikmalarga murojaat qilish zarur, chunki bu o'quvchilarning aqliy faolligini oshiradi, yangi bilimlarni yaxshiroq o'zlashtirilishiga yordam beradi.
Sinfda amaliy mashg'ulotlar. Sinfda amaliy mashg'ulotlar tarqatma material bilan olib boriladi, bu o'quvchilarga o'rganilayotgan narsani bir necha sezgi a’zolari bilan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko'ribgina qolmasdan, uning ustida har xil tajribalar o'tkazadilar, uning xususiyatini (masalan, timab ko'rish, bolg'acha bilan urib ko'rish orqali narsaning mo'rtligini, egish bilan — qayishqoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar. Tarqatma material sifatida tabiatshunoslik darslarida jonsiz va jonli tabiat jismlari (toshlar, foydali hasharotlar, o'simliklar va ularning qismlari, mayda hayvon va boshqalar)dan foydalaniladi.
Amaliy ishlar quyidagi tartibda olib boriladi:
— ish maqsadini e’lon qilish;
— o'qituvchining yo'1-yo'riqlar berishi; www.ziyouz.com kutubxonasi
— topshiriqni tushuntirish;
— materiallami tarqatish;
kuzatish;
— o'tkazilgan ish natijalarini tushuntirish
— suhbat;
— xulosalami daftarga yozish;
— rasmlar chizish.
Amaliy ish vaqtida o'qituvchi topshiriq tushunarsiz tuyulganda yoki murakkab bo'lganda ayrim o'quvchilarga yordamlashadi. Lozim bo'lsa ish mazmunini butun sinfga takroran tushuntirish kerak bo'ladi. Amaliy ishning asosiy qiyinchiligi kuzatilayotgan hodisalami anglash, eng muhimlarini ajrata bilish, xulosalami ifodalay olishdir.
Tirik tabiat burchagidagi amaliy mashg'ulotlar uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar bilan bog'liqdir. Tirik tabiat burchagida amaliy ish o'tkazishga bag'ishlangan darsda uning maqsadi va bajarish izchilligi tushuntirilishi kerak. O'quvchilarga savolnoma berish mumkin. Tabiat burchagidagi ishlarning natijalaridan tegishli mavzular o'rganilayotganida foydalaniladi.
O'simliklarni o'stirish bo'yicha maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar sinfdagi darslarda olingan bilimlarni kengaytiradi va chuqurlashtiradi, o'quvchilarni amaliy o'quv va ko'nikmalar bilan qurollantiradi, ularda tabiatga va qishloq xo'jaligi mehnatiga qiziqish uyg'otadi.
Maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar va ular bilan bog'liq bo'lgan hamda o'quvchilarning kuzatishlari bilan birga olib boriladigan suhbat va o'qituvchining tushuntirishlari sinf mashg'ulotlari soatlarida ochiq havodagi dars sifatida o'tkazilishi lozim. Dars nazariy va amaliy qismlarga bo'linadi.
Darsning nazariy qismida o'qituvchi oldinda turgan ishning ahamiyati va mohiyatini tushuntiradi, o'quvchilarni mehnat qurollari va ish uslublari vositasida o'rganilishi kerak bo'lgan o'simliklar bilan tanishtiradi.
Darsning bu qismini rejalashtirishda tabiatshunoslik bo'yicha o'quvchilar oladigan va o'zlashtiradigan bilimlarni aniq belgilab olmoq zarur. Ishning maqsadi va ahamiyatini tushuntirib, o'qituvchi bolalaiga uni bajarishning to'g'ri uslublarini ko'rsatadi va uni nima uchun boshqacha emas, shunday bajarish kerakligini aytadi. Keyin o'qituvchi bir-ikki o'quvchiga ishni bajarishni taklif qiladi va faqat ular ishni to'g'ri bajara olgach, butun sinfga ishga kirishishga ruxsat beradi.
Amaliy ish vaqtida o'qituvchi o'quvchilarni kuzatib, qo'shimcha tushuntirishlar olib boradi, ish sifatini baholaydi, yaxshilarini alohida ta’kidlaydi, yo'l qo'yilgan xatolami bartaraf qilishni taklif etadi. Darsga yakunlovchi suhbatda yakun yasaladi: darsda bolalar qanday yangi ma’lumotlami bilib olganliklari, nima qila olishga o'rganganliklari, ish vaqtida o'zlarini qanday tutganliklari aniqlanadi. Xotimada o'qituvchi ekilgan urug'lami yoki o'tqazilgan o'simliklarni qanday parvarish qilish kerakligi, bu ish qanday tashkil qilinishi haqida ma’lumot beradi.
Ekskursiyalarda amaliy ishlar. Ekskursiyalar o'tkazishda o'qituvchining topshirig'iga muvofiq mustaqil ish bajarilishi (baiglar yig'ish, qurigan shoxlami qirqish, rasmlar chizish, o'lchashlar o'tkazish, foydali qazilmalar kolleksiyasini yasash va hokazolar) ga katta e’tibor beriladi. Ish bajarish oldidan o'quvchilar o'qituvchidan topshiriqlar oladilar, u o'quvchilarni ish uslubi (masalan, qanday barglarni yig'ish, shoxlami qanday kesish, o'simliklarni qanday kovlab olish) bilan tanishtiradi. Ekskursiyalarda maktaboldi maydonidagi ishlardagidek o'qituvchi xilma-xil metodik uslublardan foydalanib, bolalarga yordam ko'rsatadi.
slublardan foydalanib, bolalarga yordam ko'rsatadi. Quyi sinflarda ko'rgazmali qurollar tayyorlash bo'yicha amaliy ishlar olib boriladi. Ular uchun kerak bo'ladigan narsalami tabiat qo'ynida o'tkaziladigan ekskursiyalarda ham, maktaboldi maydonidagi ishlarda ham yig'ish mumkin. Tabiatshunoslik bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda, mehnat darslarida kichik yoshdagi maktab o'quvchilari ushbu ko'rgazmali qurollarni: tuproqlar, foydali qazilmalar va hasharotlar kolleksiyalarini; hasharotlardan karam kapalagi, tut ipak qurti rivojlanishini aks ettiruvchi stendni; gerbariylar (barglarning har xil shakllari, ularning ranglarini o'zgarishi, o'lkaning har xil manzarali daraxt va butalari, o't o'simliklaming shoxlari, o'simliklaming urug'dan izchil rivojlanish bosqichlari)ni tayyorlashlari mumkin. O'quvchilar tayyorlagan ko'rgazmali qurollar bilan tabiatshunoslik xonasini jihozlash, ulardan darslarda tegishli mavzularni o'rganishda foydalanish mumkin.
Shunday qilib, darsning maqsadi va mazmuniga qarab o'qituvchi o'qitishning xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo'llaydi. O'qituvchi qanaqa metod va uslublar tanlamasin, ulardan kompleks, bir-birini to'ldirgan holda foydalanishi bu asosiy maqsad — o'rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalari ning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamd tabiatshunoslik fanining tushunchalarini to'g'ri shakllanishig; xizmat qilishi kerak.
zmat qilishi kerak. Eksperimentlar ko'pincha fiziologik jarayonlami o'rganishd: o'tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli bo'ladi Tabiatshunoslik hamda botanika darslarida o'tkaziladigan qisq; muddatli eksperiment yoki tajribaga urug'ning tarkibi, tuproq ning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo'lishi va shungi o'xshashlami o'rganishga umum ma’lum ishlar misol bo'la oladi Urug'larni unib chiqish sharoitlari, barg orqali suvni bug'lan tirish kabi ancha sodda tajribalarni o'quvchilar uyda bajaradilar Odatda, eksperimental ishlarni o'quvchilar darsdan tashqar mashg'ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabia burchagi yoki o'quv tajriba maydonida bajaradilar. Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to'ldiradi, tabii; materialni o'rganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashgi o'rgatadi. Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingai bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi Bundan tashqari, amaliy ishlar bolalarda mehnat malakalar va ko'nikmalari hosil bo'lishiga, mustaqil ishlashga yordan beradi.7

Xulosa
Ushbu dastur tabiiy fanlar sohasidagi quyidagi masalalarni qamrab oladi: moddiy dunyo va uni o`rganish metodologiyasi. Dunyoning umumiy ilmiy manzarasi. Dunyoning fizik, kimyoviy va biologik manzarasi, zamonaviy dunyoqarashning tarkibi. Mikro, makro, megadunyo, ularning birligi va rang barangligi. Tabiiy tsikllar. Biosfera va noosfera. Antropogen omillar, ularning jonli va jonsiz tabiatga tapsiri, o`zaro yaqin fanlarning tabiatni o`rganishdagi ahamiyati (Fizik-kimyo, kimyoviy fizika, geologik kimyo va boshqalar). Yer va Koinot. Geologik jarayonlar va ularning jonli tabiat vakillariga tapsiri. Modda va energiyalar o`zaro almashinuvining umumiy qonuniyatlari. Organizmlarning tashqi muhit bilan dialektik bog`liqligi. Real dunyoning moddiy birligi. Inson tabiatning, dunyo evolutsiyasining eng oliy mahsuli sifatida. Umumbashariy, tabiiy-ilmiy muammolar va ularni hal qilish yo`llari: 
Tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishida, ular bir-biriga o`zaro uyg`unlashib, o`rtadagi ajratuvchi nisbiy chiziqlar borgan sari yo`qolib bormoqda. Hozirgi kunda, mustaqil, bir butun g`oya – atrof-muhit, tabiat, dunyoni bilishga qaratilgan qadimiy tabiatshunoslik fani yangicha shakl-shamoil, o`zgacha g`oya asosida shakllanmoqda. Ushbu kurs talabalarda tabiatga, jamiyatga va atrof-muhitga nisbatan anpanaviy bo`lmagan, o`ziga xos progressiv qarashlarni uyg`otadi va mustahkamlaydi.
Talabalarning «Hozirgi zamon tabiiy fanlar kontseptsiyasi» fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fani o`zlashtirishda darslik, o`quv qo`llanmalar, mapruza matnlari, elektron materiallardan foydalaniladi. Mapruza, seminar mashg`ulotlarida mos ravishda yangi pedagogik texnologiyalardan, jadvallar, kinofilpmlar, diafilpmlardan foydalaniladi.
Insoniyatning zamonaviy ijtimoiy-madaniy, ekologik va iqtisodiy ehtiyojlari tabiiy fanlarni boshqa fanlar orasida asosiy o'rinlardan biriga olib keladi. Darhaqiqat, faqat tabiiy fanlargina insonning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo'lgan moddiy ehtiyojlarini qondirishning oqilona usullarini ko'rsatadi va shuning uchun iqtisodiyotning rivojlanishiga ta'sir qiladi. Tabiiy fanlar hayot va mehnatning zarur ekologik sharoitlarini yaratishga intiladi, bu odamlarning salomatligi va uzoq umr ko'rishiga bog'liq. Tabiatshunoslik fanining yuksak darajada rivojlanishi butun jamiyatga, uning madaniyatiga, insoniy munosabatlarning insonparvarlashuviga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham butun aholi orasida, ham turli yosh bosqichlarida tabiiy ilmiy bilimlarni keng tarqatish zarurati tug'iladi. Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini o‘z ichiga olgan pedagogika fanlari ana shu mas’uliyatli vazifani bajarishga da’vat etilgan.
Ushbu ishda tadqiqotning maqsad va vazifalariga muvofiq, belgilangan mavzuga oid ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni tahlil qilib, tabiatshunoslik fanini o‘qitishda amaliy metodlar katta rol o‘ynaydi degan xulosaga keldik. Atrofdagi dunyo haqidagi darslarda kuzatishlar va tajribalar tabiatni o'rganish jarayonida ob'ektlarning hodisalari va xususiyatlarini bilishning muhim bosqichini tashkil qiladi. Kichik maktab o'quvchilarida vizual-majoziy fikrlash ustunlik qiladi, shuning uchun ularga tavsif yoki ta'rifdan ko'ra aniq ob'ektlar yoki hodisalarni eslab qolish osonroq. Kuzatish yoki eksperiment orqali o'quvchilar ma'lum ob'ektlar yoki tabiat hodisalarini to'liq o'rganishlari mumkin.



Yüklə 186,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə