Mavzu: Tabiiy fanlarda amaliy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi Mundarija. Kirish


-bob . “Tabiiy fanlar darslarida amaliy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” muammosini hal qilish yo‘llari



Yüklə 186,38 Kb.
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü186,38 Kb.
#165851
1   2   3   4   5   6   7
Табиий фанлар дарсларида амалий машгулотларни ташкил этишни

3-bob . “Tabiiy fanlar darslarida amaliy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” muammosini hal qilish yo‘llari.
3.1 . “Tabiiy fanlar darslarida amaliy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” muammosini hal qilish imkoniyatlari.
Uzluksiz ta’lim tizimida biologiya, kimyo, fizika, geografiya, astronomiya fanlari bo‘yicha ustivor muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimi oʻquv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini xalqaro dasturlari talablari asosida takomillashtirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi
Tegishli o‘quv fanlarining davlat ta’lim standartlari, fan va ishchi-o‘quv dasturlarini ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, mazmun va sifat jihatdan xalqaro talablarga mos ravishda yetakchi mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqish, takomillashtirish, tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etishni tashkil etish;
darslik va o‘quv, o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilar bilan hamkorlikda darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni yaratish ishlarini tashkil etish;
yaratilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ekspertizadan o‘tkazish, ularning o‘quv dasturlari, metodik talablarga mosligi bo‘yicha xulosalarni umumlashtirish;
o‘qitish metodikasi va o‘quvchilar bilimlarini baholashning xalqaro hamda milliy tajribalarni singdirgan holda zamonaviy uslublar, metodik mahsulotlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyasini ta’minlash va bu boradagi ijobiy tajribani umumiy o‘rta ta’lim mussasalarida ommalashtirish;
talabalar, professor-o‘qituvchilarning individual qobiliyatlari, iqtidorlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik mahsulotlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar, seminar-treninglar tashkil etish;
tegishli fanlar bo‘yicha darsliklar, didaktik va ta’lim resurslarini tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish, bazasini yaratish, boyitib borish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda metodik yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
yaratilgan darsliklarning mazmunini takomillashtirish, qayta nashrga tayyorlash yuzasidan tavsiyalar berish va nashrga tavsiya etadi;
Biologiya, fizika, kimyo geografiya va astronomiya fanlaridan yaratilgan o‘quv adabiyotlarni amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan berilgan ekspertiza xulosalarini umumlashtirish va tuzuvchilar bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etadi;
Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi ta’limga doir ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommalashtirish bo‘yicha muntazam ish olib boradi;
Tabiiy fanlar bo‘yicha ilmiy-metodik kengashlar faoliyatini tashkil etadi.
Tabiatda ro‘y berayotgan hodisa va jarayonlar, tirik organizmlarning rivojlanish bosqichlari, tabiat va jamiyat qonunlariga insoniyatning ko‘rsatadigan ta’sirlari haqida ilmiy va amaliy bilimlar majmuasini yoritish tabiiy va iqtisodiy fanlar blok-modulining asosiy vazifasini belgilab beradi. O‘quvchining ichki motivatsiyasining qanchalik shakllanganligi tabiiy va iqtisodiy fanlarga qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi va uni hal qilishda muhim qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda tabiiy va sotsial muhitga ta’sirini tahlil qilishda muhim o‘rin egallaydi. Fanlarning o‘zaro integratsiyasi o‘quvchilarda tabiatni butun bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yo‘naltirmog‘i lozim. Shu bilan birga, o‘quvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta’siri, zamon va makon miqyosidagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida javobgarlik hissini tushunishi, Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini, tabiat va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kompetent shaxsni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o’qitish 1- sinfdan boshlanadi. O’quv materiali - «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham imkon beradi. Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi.
Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi. «Klaster» metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muammolar (mavzular) xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. «Klaster» metodi turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Bu metod aniq obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. «Klaster» metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmuyi tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. «6 x 6» metodi. «6 x 6» metodi yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin.
Bu metod asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruh¬larning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi sif atida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. «6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardan iborat: - guruhlarning har bir a’zosini f aol bo’lishiga undaydi; - ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi; - guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qiladi; - ilgari surilayotgan bir hecha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini himoya qilishga o’rgatadi.
Eng muhimi, har bir o’quvchi qisqa vaqt (15-20 minut) davomida ham munozara qatnashchisi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Ushbu metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (tnuammo) ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. «6 x 6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu metod yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi. 2. 6 ta varaqqa turli xil 6 ta topshiriq yozib chiqiladi. Varaqlarga I dan VI gacha rim raqami yozib qo’yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo’yib chiqiladi. 3. O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutadi. Har bir o’quvchiga 1 dan 36 gacha raqamlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Bu varaqlarda rim raqami bilan stol raqami ko’rsatilgan bo’ladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchadagi rim raqami bilan ko’rsatilgan stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi. 4. O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi stol ustiga qo’yilgan topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum vaqtni (5-10 minut) belgilaydi, munozara jarayoni boshlanganini e’lon qiladi. 5. O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo’1-yo’riqlar ko’rsatadi. Belgilangan vaqt tugagach, guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi. 6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt (5-10 minut) ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda qabul qilingan xulosalarni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. «6x6» metodini ayrim boblar yoki o’quv yili choragi bo’yicha o’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash maqsadida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.
«Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod hisoblanadi. Bu metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan dars jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. Mazkur metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirishdan iborat.5

O'qitish usuli - bu o'qituvchi tomonidan bolalar shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishning belgilangan maqsadlariga erishish uchun o'quvchilarning o'quv va kognitiv faoliyatini tashkil etish usuli. 100]. 


Tabiatshunoslik o`qitish metodikasida o`qitish usullarining 3 guruhi ajratiladi: og`zaki, bunda bilim manbai og`zaki yoki yozma so`zdir; ko‘rgazmali, bunda o‘quv qurollari bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi; amaliy, bilim manbai bolalarning o'qituvchi rahbarligidagi mustaqil amaliy faoliyatidir.
Og'zaki usullar yangi bilimlarni olish usullarini o'z ichiga oladi, ularning manbai og'zaki yoki yozma so'zdir. Boshlang'ich maktabda og'zaki usullar qo'llaniladi: hikoya, suhbat, o'quv muhokamasi, kitob bilan ishlash.
Hikoya - bu o'quv materialining izchil bayoni. Ta'rif - bu butunni qismlarga bo'lishning analitik usuli. Tushuntirish - bu qanday va nima uchun savollarga javob berish bilan bog'liq o'quv materialining taqdimoti. Dalil - bu faktlar bilan tasdiqlangan bayonot. Hikoyaga qo'yiladigan uslubiy talablar: ilmiy, tushunarli, mantiqiy; kognitiv vazifalarni belgilash, majoziy misollardan foydalanish, stilistik jihatdan barkamol taqdimot, asosiy narsani ta'kidlash va asosiy tushunchalarni shakllantirish; hayot bilan mazmunli aloqalarni o'rnatish.
Suhbat - bu o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi dialogni o'z ichiga olgan, oldindan o'ylangan savollar bo'yicha olib boriladigan o'qitish usuli. Kirish suhbati - yangi mavzuni o'rganish uchun zarur bo'lgan asosiy bilimlarni yangilaydi. Evristik suhbat - o'qituvchining savollari bolalarni kichik kashfiyotlar sari etaklaydi. Suhbatni umumlashtirish - bolalar bilimlarini tizimlashtiradi.
O'quv muhokamasi muayyan mavzu bo'yicha fikr almashishga asoslanadi. Talabalar yuzma-yuz muloqot qilishlari, tengdoshlarining fikrini tinglashlari, ularning bayonotlarini asoslashlari, fikrlarni tanqid qilishlari kerak, balki alohida shaxslarni emas.
Kitob bilan ishlash o'quv va ma'lumotnoma adabiyotlari bilan mustaqil ishlashni, tajribalarni kuzatish va o'tkazishni, kuzatishlar va tajribalar natijalarini qayd qilishni, mustaqil ish natijalarini o'z-o'zini nazorat qilishni o'rganishga yordam beradi. Darslik bilan ishlash turli xarakterga ega bo'lishi mumkin: bo'lim mazmuni bilan tanishish, o'quv matnini o'qish, o'quv maqolasi rejasini tuzish va qayta hikoya qilish, atamalar bilan ishlash, mustaqil guruh yoki juftlik ishlarini tashkil etish, darslikdan foydalanish kuzatishlar va amaliy ishlarni o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar, rasmlar bilan ishlash, geografik xaritalar bilan ishlash, asosiy matndan keyin qo'yilgan savollarga javoblar. Darslikda berilgan topshiriqlarni bajarish.
Vizual usullar - bu o'quv materialini o'zlashtirish usullari bo'lib, unda bolalar vizual, ekrandagi vositalar va ko'rgazmali tajribalarni idrok etish orqali yangi bilimlarga ega bo'ladilar. Vizual usullarga ko'rgazmali va audiovizual vositalarni ko'rsatish, tajribalar ko'rsatish va modellashtirish kiradi. Ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatishga qo‘yiladigan uslubiy talablar: butun sinfga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak; faqat namoyish paytida bolalar oldida bo'lishi kerak; normal hajm - 3 - 4 ob'ekt; Mikroskop va murakkab diagrammalardan qochish yaxshiroqdir; Savollardan foydalanib, bolalar e'tiborini namoyish etilayotgan ob'ektning muhim xususiyatlariga qarating. Filmlardan foydalanish muhim: namoyish davomiyligi 8-12 minut, ular boshqa qo'llanmalarga qaraganda 3-5 baravar ko'proq ma'lumotni o'z ichiga oladi.
Modellashtirish - bu modellarni yaratish va ular bilan ishlashni o'z ichiga olgan o'qitish usuli. Modellashtirishga tayyorgarlik: modellarni o'zlari yasash, darsning qaysi bosqichlarida modellashtirish usuli qo'llanilishini rejalashtirish, modellar bilan ishlashda talabalarning mustaqillik darajasini aniqlash, modellashtirish jarayoni boshqa o'qitish usullari va usullari bilan qanday uyg'unlashishini aniqlash.
Amaliy usullar – talabalar mustaqil ishlash orqali yangi bilimlarni egallaydilar. Kuzatish, amaliy ish va tadqiqot tajribasini o'z ichiga oladi.
Kuzatish - bu atrofdagi dunyo ob'ektlari va hodisalarini tushunish maqsadida tizimli, maqsadli hissiy idrok etish. Kuzatishga tayyorgarlik: maqsadni aniqlash, ob'ektni tanlash, vazifalarni ishlab chiqish va ularni o'quvchilarga tanishtirish, zarur jihozlarni tanlash, bolalarni kuzatishlar o'tkazish usullari va natijalarni qayd etish shakli bilan tanishtirish. Kuzatish - bu odamning o'zini o'rab turgan dunyodagi eng nozik, sezilmaydigan xususiyatlar, belgilar va xususiyatlarni payqash qobiliyatidir. Kuzatishlar amaliy ish bilan chambarchas bog'liq. Ularda talabalar eksperimental ravishda tabiiy ob'ektlarning xususiyatlari va hodisalarning mohiyati haqida ma'lumot oladilar. Tajriba natijalari odatda jadval shaklida qayd etiladi.
Tadqiqot eksperimenti ko'pincha darsdan va darsdan tashqari to'garak ishlarida qo'llaniladi. O'rganilayotgan omilning roli to'g'risida kuchli dalillar olinsa, tajriba tugallangan hisoblanadi.
Tabiatshunoslikni o'rganishdagi barcha turdagi ishlar bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash imkoniyatlarini o'z ichiga oladi: fikrlash, xotira, tasavvur, qiziqish. Ta'lim va tarbiyaning mohiyati maktab o'quvchilarining barcha turdagi o'quv, ijtimoiy va mehnat faoliyati va tabiat bilan aloqada atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatini shakllantirishning maqsadli jarayonidir. Shu munosabat bilan uni alohida yoki hatto maxsus fan doirasida olib borish mumkin emas, lekin ularning o'zaro bog'liqligida barcha maktab fanlarining ishtirokini talab qiladi. Talabalarning atrof-muhitni o'rganish va muhofaza qilish, tabiatga axloqiy va estetik munosabatini shakllantirishdagi faoliyatiga alohida e'tibor qaratish lozim.6


Yüklə 186,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə