Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#136079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI

Domna jarayoni
Rudalardan temir olish uning oksidlarini Uglerod (II) - oksid va koks bilan qaytarishga 
asoslangan. Bunda toza temir emas, uning ko`mir va boshqa qo`shimchalar (kremniy, 
marganes, oltingugurt, fosfor ) bilan qotishmasi olinadi. Bu qotishma cho`yan deyiladi. 
Cho`yan domna pechlarida, ya’ni domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna hajmi 5000 metr 
kub va ba- landligi 80 m bo`lgan, ichki tomoniga o`tga chidamli g`ish qoplangan va tashqi 
tomondan po`lat sirt bilan o`ralgan (mustahkam bo`lishi uchun) murakkab inshootdir. 
Domnaning yuqorigi yarmi – shaxta, yuqori teshigi – koloshnik, eng keng qismi – raspar, 
pastki qismi – gorn deb ataladi. Boshlang`ich materiallar: shixta – tarkibida temir oksidi, 
shuningdek, koks, flyuslar mavjud bo`lgan ruda. Koks issiqlik manbai bo`lib xizmat qiladi
shuningdek undan qaytaruvchi – uglerod (II) – oksid olish uchun foydalaniladi. Flyuslar 
bekorchi jinsni oson suyuqlanadigan birikmalarga – shlaklarga aylantiradi. Domnaga 
koloshnik orqali boshlang`ich materiallar (navbatlashib keladigan qatlamlar holida) solinadi. 
Ko`mirning yonishi va zaruriy haroratnisaqlab turish uchun gorndagi maxsus teshik orqali 
kislorodga boyitilgan havo puflanadi. Gornning yuqorigi, harorat 1850 °C ga yetadigan 
qismida koks 600- 800 °C gacha qizdirilgan, puflanadigan havo oqimida shiddat bilan yonadi. 
Cho`yan va po`lat
Domnada suyqlantirilgan cho`yan tarkibida 93 % atrofida temir, 4.5 % gacha uglerod, kremniy 
0.5-2%, marganes 1-3 % , fosfor 0.02-2.5 % va oltingugurt 0.005-0.08 % bo`ladi. Cho`yan 
mo`rt, bolg`alanmaydi. Cho`yan ikki xil: oq va kulrang bo`ladi. Kulrang cho`yan tarkibidagi 
uglerod grafit holida bo`ladi va sindirilganda kulrang tusli bo`ladi. Texnikada u quyish 
(mashinalarning og`ir qismlarini, maxoviklarni quyish) uchun ishlatiladi. Oq cho`yan tarkibida 
uglerod asosan sementit Fe3C holida bo`ladi, u kulrangdan oqroq. Oq cho`yanning hammasi 
po`latga aylantirish uchun ketadi. Qattiq po`latda uglerodning miqdori 0.3 dan 1.7 % gacha 
bo`ladi. Yumshoq po`latda (ilgari u bolg`alanuvchi temir deb atalgan) 0.3 % gacha uglerod 
bo`ladi. Po`lat cho`yandan farq qilib, oson bolg`alanadi. Tez sovitilganda u qattiq, sekin 
sovitilganda – yumshoq bo`ladi. Yumshoq po`latga ishlov berish oson. Yumshoq po`latdan 
mix, boltlar, sim, tomga yopiladigan tunuka, mashinalarning detallari tayyorlanadi. Qattiq 


20 
po`latdan asboblar yasaladi. Hozirgi texnikada legirlangan po`latlar kata ahamiyatga ega. Ular 
mashinalarning ko`pchilik qismlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini (qoshiq, vilka va boshqalar), 
trubalar, aviamotorlar va kompressorlarning detallarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Cho`yandan po`lat olish Cho`yanni qayta ishlab po`latga aylantirish uning tarkibidagi ortiqcha 
uglerodni va boshqa qo`shimchalarni chiqarib yuborishdan iborat. Bu ularni oksidlash yo`li 
bilan amalga oshiriladi. Yuqori haroratda kislorod uglerod va boshqa qo`shimchalar oson 
birikib, oksidlar hosil qiladi. Uglerod (II) – oksid gaz holida chiqib ketadi, qolgan oksidlar 
flyuslar bilan reaksiyaga kirishib, shlak hosil qiladi, u po`latning yuzasiga qalqib chiqadi. 
Po`latlarda fosfor va oltingugurt ko`p miqdorda bo`lishi ayniqsa nomaqbuldir: fosfor po`latni 
sinuvchan qilib qo`yadi, oltingugurt esa qizigan po`latga ishlov berishda darzlar hosil 
bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu qo`shimchalarni yo`qotish uchun suyuqlangan cho`yanga ohak 
qo`shiladi. Fosfor (V) – oksid P2O5 ohak bilan Ca3(PO4)2·CaO tarkibli tomas shlak hosil 
qiladi: 
P
2
O
5
+ 4CaO = Ca
3
(PO
4
)
2
·CaO 
Oltingugurtni yo`qotish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: FeS + CaO = 
CaS + FeO . Tomas shlakdan fosforli o`g`it sifatida foydalaniladi. Cho`yanni qayta ishlab 
po`latga aylantirishning asosiy usullari marten usuli bilan elektrotermik usuldir. Marten 
usulida jarayon alangali regenerativ marten pechlari deyiladigan maxsus pechlarda olib 
boriladi. Pechning suyuq-lantirish vannasiga cho`yan, shuningdek temir-tersak, toza ruda 
(ularning tarkibida kislorod bo`ladi) va ohak (flyus) solinadi. Pech gaz bilan isitiladi, gaz vanna 
tepasida yonadi. Pechdagi harorat 1800 °C gacha yetadi. Shixta suyuqlanadi va cho`yandagi 
uglerod hamda qo`shimchalar pechga yonuvchi gazlar bilan kirayotgan havodagi kislorod, 
shuningdek, temir-tersak va rudadagi kislorod hisobiga oksidlanadi. Po`lat olishning marten 
usulida kislorod puflash jarayonni juda jadallashtiradi: pechlarning unumdorligi ortadi
yoqilg`i sarfi kamayadi, chiqadigan po`lat miqdori ko`payadi va uning sifati yaxshilanadi. 
Marten pechida legirlangan po`latlar olish oson. Buning uchun suyuqlanish tugashidan oldin 
zaruriy metall va qotishmalar qo`shish kerak. Lekin legirlangan po`latlar odatda maxsus elektr 
pechlarda 3000 °C dan yuqori haroratda suyuqlantirib olinadi. Bu elektrotermik usul bo`lib, 
tarkibida qiyin suyuqlanadigan metallar – molibden, volfram mavjud bo`lgan po`latlar olish 
uchun qo`llaniladi. Marten usuli bilan 85 % gacha po`latlar ishlab chiqariladi. Bu usul bilan 


21 
bir qatorda bessemer va tomas usullari ham qo`llaniladi. Bessemer usulida ichki tomoniga 
o`tga chidamli material qoplangan noksimon po`lat idish – maxsus konverterdan foydalaniladi. 
Tomas usuli fosforga boy temir rudalaridan cho`yan suyuqlantirib olishda qo`llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yirik investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish maqsadida zavodni intensiv va yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish 
bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalariga muvofiq, “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyatining 
faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shu munosabat bilan majlisda tashkiliy masala ko‘rildi. 
“O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi ko‘p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib 
kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqladi. 
Xalqaro mehnat taqsimotida O`zbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. 
Respublika hududida bu sanioat uchun kerakli bo`lgan va yetarli miqdorda xom – 
ashyo chinoncghi polimetal rudalari, mis, oltin, vol`fram, molibden va boshqa rudalar mavjud. 
Jumladan: oltin zaxiralari bo`yicha Respublika dunyoda 4- o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 
7- o`rinda, mis zahiralari bo`yicha 10-11 o`rinda, uran zahirasi bo`yicha, 7-8 o`rinda turadi. 
(Islom Karimov 1997 yil ) O`zbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning 
asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir.
Respublikada kumush konlari va Visokovolt`noye O`qjetpes, Kostmonovtchi (Navoiy 
viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridir. O`zbekistonda rangli metallar mis, 
qo`rg`oshin, rux, vol`framlarning zahiralari ko`p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan 
ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqir konidan mis molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon 
metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalniy konidan olinadi. Bu kon zahirasi qazib 
olishning tannarxi undan boshqa foydali qazilmalarni ( kumush, oltin, molibden va boshqalar) 
ajratib olinishi jihatdan MDH mamlakatlari orasida tengi yo`q. Respublikada qo`rg`oshin, rux, 
Uchquloch (Jizzax viloyati)va Xondiza konlarida jamlangan. 
O`zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor berilgan 
. U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. Biroq 
uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 2/3) 
qismi to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir tekisda 
rivojlanmagan. Asosiy markazlari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir. Marten 
usulida jarayon alangali regenerativ marten pechlari deyiladigan maxsus pechlarda olib 
boriladi. Pechning suyuq-lantirish vannasiga cho`yan, shuningdek temir-tersak, toza ruda 


22 
(ularning tarkibida kislorod bo`ladi) va ohak (flyus) solinadi. Pech gaz bilan isitiladi, gaz vanna 
tepasida yonadi. Pechdagi harorat 1800 °C gacha yetadi. Shixta suyuqlanadi va cho`yandagi 
uglerod hamda qo`shimchalar pechga yonuvchi gazlar bilan kirayotgan havodagi kislorod, 
shuningdek, temir-tersak va rudadagi kislorod hisobiga oksidlanadi. Po`lat olishning marten 
usulida kislorod puflash jarayonni juda jadallashtiradi: pechlarning unumdorligi ortadi, 
yoqilg`i sarfi kamayadi, chiqadigan po`lat miqdori ko`payadi va uning sifati yaxshilanadi. 
Marten pechida legirlangan po`latlar olish oson. Eslatmoq joziki, ushbu oliy darajadagi tashrif 
hamda olib borilagan muzokoralar har ikkala davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama 
munosabatlarning sifat jihatidan yangi bosqichini boshlab berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 
Chunki olib borilgan muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik bobida hali ishga 
solinmagan juda katta imkoniyatlar borligi alohida ta’kidlab va e’tirof etib o‘tildi. Shunisi 
muhimki, muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham 
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan har ikkala davlat o‘rtasida ko‘pqirrali 
sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Ushbu rasmiy tashrif 
doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Vengriya Bosh 
vaziri Viktor Orban Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan O‘zbekiston 
– Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markaziga tashrif buyurdilar. Ushbu markaz Vengriyadan 
keltirilgan kasallikka chidamli navlarni sinovdan o‘tkazish va urug‘lik kartoshka ishlab 
chiqarish bilan shug‘ullanadi. Innovatsion usullar samarasida 2021-2023 yillarda 
hosildiorlikni 30- 50 foizgacha oshirish mo‘ljallangan. 2024 yilga borib, 21 ming tonna 
urug‘lik kartoshka yetishitirish, bu boradagi import o‘rnini to‘liq qopash maqsad qilingan. Men 
bu misolni yurtimiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun barchaga sohalarga alohida e’tibor ko‘zi 
bilan qaralayotganligini ta’kidlash uchun keltirayapman. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə