Mavzu: Bolaning jinsiy idinfikatsiyasida ota onaning ro'li. I. Bob. Bolaning jinsiy idinfikatsiyasi va uning mazmuni



Yüklə 287,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü287,19 Kb.
#161362
1   2   3   4   5
kurs ishi soliyeva

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
1.2 Bolalarning jinsiy o'zini anglashda ota onaning ro'li.
O‘smirlik 11-12 
yoshdan, 14-15 yoshgacha bo‘lan davrni o‘z ichiga oladi. Aksariyat o‘quvchilarda 
o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinfdan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas
biroq katta ham emas»- ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini 
bildiradi. O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik 
jismoniy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda 
bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga 
qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakillanadi, ma’naviy dunyosi 
boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar, 
sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham 
xarakterlanadi. Bular ta’sirida o‘smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan 
muomalasi, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati tez o‘zgarib boradi. 
Ba’zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tassavvur va yanglish fikrlar hosil 
bo‘lishi tufayli u muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Bola 
kamolotining bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» davr deyiladi. 
Ota-onalar hamda hali tarbiyaviy ish sohasida yetarli tajribaga, shuningdek o‘smirlik 
yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari haqida zarur bilimlarga ega 
bo‘lmagan yosh pedagoglar, odatda o‘smirlarni tarbiya-lash juda qiyin deb 
o‘ylaydilar. Lekin hozirgi kunda o‘smirlarni tarbiyalashni o‘ziga xos xususiyatlari, 
qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga 
kelishining murakkab mexanizmlari fanga ma’lumdir. O‘smirlik davri o‘zining 
taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning shakillanmagani, hissiyotga beriluvchanligi, 
mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Bu o‘smirlarga xos xususiyatdir. Shuning uchun 
tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il- qizlarga alohida e’tibor berish talab 
qilinadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar 
biologik, fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy 
yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning 
mukammal rivojlanishi va o‘sishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan 
shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin 
sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. O‘smirlik yoshida bolalikdan kattalikka 


12 
o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy 
xususiyatida ham burilishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar 
tug‘iladi. Bular, avvalo, ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni 
bayon qilish shakli, uslubi va uslublari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina 
o‘smirlarda o‘zidan qonikmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi hakidagi 
mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri 
kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida 
salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar 
ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-
behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap ko‘tarmas bo‘lib qoladi. O‘smirlik 
davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik 
davri muloqotining asosiy vazifasi bu – do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar qoidalarni 
aniqlash va egallashdir.O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy 
faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatlarda, 
o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida 
qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, bular avvalo ta’lim 
jarayonida ro‘y beradi, yangi axborotlar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi 
va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Butun a’zolarida keskin fiziologik 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka, yurak, jigar, taloq, buyrak hajmlari 
kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham o‘zgaradi. Kattalarning o‘smir 
yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit bu- mehnat 
bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan 
qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat 
ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan 
qoniqadilar. Endi o‘smirlar o‘yin faoliyatiga kamroq vaqtlarini ajratgan xolda 
ko‘prok o’qish faoliyati va jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularning 
bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.O‘smirning psixik o‘sishini harakatga 
keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni 
qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon 
bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat 


13 
turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni 
tarkib topdirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin.O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida 
paydo bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at davri o‘tishi bilan bir me’yorga kelib 
qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona bolaning o‘sishi to‘g‘risida, 
uning o‘ziga xos xususiyati haqida zarur tushunchaga ega bo‘lsalar foydadan holi 
bo‘lmaydi, albatta. Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar 
o‘ta ta’sirchan, ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. 
Ishqiy kitoblar o‘qish, shunga o‘xshash kinofilmlarni tomosha qilishga juda 
qiziqadilar. O‘zlarining tashqi qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il 
bolalarda soch qo‘yish, durustroq kiyinish ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga 
ko‘prok qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal 
ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga urinadilar. Bu tabiiy holdir.Yuqori sinf 
o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari bilan boshqa yoshdagi bolalardan 
keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetilgan 
bo‘ladilar. Shu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali, kattalarga hurmat-ehtirom 
bilan qaraydilar.Ota-onalar farzandlar bilan muomala qilishda ularning shaxsiy 
xususiyatlari, yosh davrlari hislatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar, oilada 
O‘zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy vaziyat vujudga 
keladi. Otaning onaga yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham shu vaziyat 
shart-sharoitlariga mos tushishi kerak. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv hayot 
kechirishlari, inoq va barqaror, mustahkam oilaning bosh omilidir. O‘smirlik 
yoshining o‘ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga nisbatan jiddiy munosabatda 
bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini nazorat qilishlari, faoliyat 
motivlarini doimo e’tibordan chiqarib qo‘ymasliklari lozim, aks holda o‘smir 
hayotida noxush xususiyatlarning paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun 
o‘smirlik yoshi bola taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. O‘smirlik yoshidagi 
bolalarning jismoniy xususiyatlari.O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar 
bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida amalga 
oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetishishi jarayonining yangi 
bosqichi boshlanadi. O‘smirlik yoshida qizlar va ug‘il bolalarning jismoniy 


14 
qiyofasida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o‘g‘il 
bolarga nisbatan tezroq rivojlanadilar. Bu narsa qiz bolalarning ertaroq jinsiy 
balog‘atga yetishishiga bog‘liqdir. VII-VIII sinflarda o‘g‘il bolalar tez o‘sib, qiz 
bolalar bilan tenglashib teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim 
bo‘lganda ularning o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Endi o‘smirlar 
o‘yin faoliyatiga kamroq vaqtlarini ajratgan xolda ko‘prok o’qish faoliyati va jiddiy 
ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana 
boshlaydi.O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini 
vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi 
qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni 
psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir 
shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib topdirish bilan asta-sekin yo‘qotish 
mumkin.O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo bo‘ladigan bunday holatlar 
balog‘at davri o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan 
har bir ota-ona bolaning o‘sishi to‘g‘risida, uning o‘ziga xos xususiyati haqida zarur 
tushunchaga ega bo‘lsalar foydadan holi bo‘lmaydi, albatta. Shu narsani alohida 
ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar o‘ta ta’sirchan, ayniqsa tashqi ta’sirga, 
tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Ishqiy kitoblar o‘qish, shunga o‘xshash 
kinofilmlarni tomosha qilishga juda qiziqadilar. O‘zlarining tashqi qiyofalariga 
ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda soch qo‘yish, durustroq kiyinish 
ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga ko‘prok qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular 
o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga 
urinadilar. Bu tabiiy holdir.Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy 
xususiyatlari bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham 
jinsiy, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetilgan bo‘ladilar. Shu tufayli ular vazmin 
tabiatli, mulohazali, kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar.Ota-onalar 
farzandlar bilan muomala qilishda ularning shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari 
hislatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar, oilada O‘zaro tushunish, totuvlik, 
hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy vaziyat vujudga keladi. Otaning onaga yoki 
onaning otaga qilgan munosabatlari ham shu vaziyat shart-sharoitlariga mos tushishi 


15 
kerak. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv hayot kechirishlari, inoq va barqaror, 
mustahkam oilaning bosh omilidir. O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlari 
kattalardan ularga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. 
Kattalar ular faoliyatini nazorat qilishlari, faoliyat motivlarini doimo e’tibordan 
chiqarib qo‘ymasliklari lozim, aks holda o‘smir hayotida noxush xususiyatlarning 
paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun o‘smirlik yoshi bola taraqqiyotida 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
O‘smirlik 
yoshidagi 
bolalarning 
jismoniy 
xususiyatlari.O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bola rivojlanishining 
ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida amalga oshadi. Fiziologik 
rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetishishi jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. 
O‘smirlik yoshida qizlar va ug‘il bolalarning jismoniy qiyofasida muhim 
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o‘g‘il bolarga nisbatan 
tezroq rivojlanadilar. Bu narsa qiz bolalarning ertaroq jinsiy balog‘atga yetishishiga 
bog‘liqdir. VII-VIII sinflarda o‘g‘il bolalar tez o‘sib, qiz bolalar bilan tenglashib 
oladilar. 9-10 sinfga o‘tganlarida bu bosqich o‘g‘il bolalarda yuqorilab ketadi. Qizlar 
14 yoshda, o‘g‘il bolalar 15 yoshda balog‘atga yetadilar. O‘smirlik davrida o‘g‘il 
bolalarning bo‘yi 25-30 sm, qiz balalarniki 18-20 sm o‘sadi. O‘smirlik yoshining 2- 
davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning o‘rta qismi (burun, yuqori jag‘, yonoq ) juda 
tez shakillana boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqum o‘zgaradi, bo‘g‘izda ham 
o‘zgarish ro‘y beradi:Ovoz paylari uzayadi va ko‘payadi. Natijada o‘smirlarning 
ayniqsa, o‘g‘il bolalarning ovozi yo‘g‘on va past bo‘lib qoladi. «Ovozning buzili- 
shi » yosh bolalarga xos o‘tkir, jaranglagan ovozning nisbatan past kattalarga xos 
ovoz bilan almashinishidir. Qiz bolalarning ovozi o‘g‘il bolalarnikidek keskin 
o‘zgarmaydi, shunday bo‘lsa ham qizchalarga xos o‘tkir, jaranglagan ovoz asta - 
sekin, tekis va nozik salgina pasaygan ovoziga o‘z o‘rnini beradi.O‘smirlik yoshida 
muskul tizimining o‘sishi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Muskullar tez o‘sib, 
mustahkamlanib borsada, lekin oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sishidan orqada qoladi. 
Natijada o‘smir gavdasi nomutanosib, harakatlari, yurishi notekis, beso‘naqay 
bo‘ladi, oyoqlar uzun, muskullar nozik bo‘lganidan o‘smir yurishidagi 
beso‘naqaylik ko‘zga tashlanib turadi. Ko‘krak qafasi tananing bo‘yga o‘sishiga 


16 
nisbatan sekinroq o‘sadi. Natijada o‘smir ko‘kragi tor bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida 
muayyan darajada kislorodga ko‘prok ehtiyoj sezdiradi. Kislorodga ehtiyoj 
o‘smirning psixik faoliyatiga ta’sir etib, miya muskul sistemasidan farqli ravishda 
kislorodni bir necha marta ko‘p is’temol qiladi. Yurak va qon aylanish tizimining 
o‘sishiga nisbatan o‘ziga xos xarakterga ega. O‘smirlik yoshining ,birinchi 
davridayoq yurak o‘sib borishining hamma sikllari asosan tugallangan bo‘ladi. Qon 
aylanish sistemasi yurak o‘sishidan birmuncha orqada qoladi. Natijada u 
o‘smirlarda, ayniqsa qizlarda yurak urish tartibi buziladi. Miya va asab tizimining 
o‘sishi 13-18 yoshlarda takomillashadi. O‘smirlik yoshining ikkinchi yarmida 
miyaning eng murakkab psixik jarayonlar sodir bo‘ladigan peshona qismida asab 
tolalari mielinizatsiyalashib bo‘ladi. Bu yoshda xujayralar ichidagi murakkab 
o‘zgarishlar natijasida bosh miya ilon izi chiziqlari asosan shakillanib bo‘ladi. Bosh 
miya pustlog‘ining ayrim qismlarini va miya yarim sharlarini birlashtirib turuvchi 
assotsativ o‘zgarishlar o‘smirning tez ulg‘ayishi va ularning butun psixik hayotining 
murakkablashuviga asos bo‘ladi. O‘smirlik davrida ko‘zg‘alish jarayoni 
tormozlanishga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. O‘smirlarning o‘zini idora qila 
olmasligi, muddatliligi, ta’sirlanuvchanligi, qiziqish va havaslarining beqarorligi, 
faol faoliyatdan birdaniga passivlikka tushishining boyisi ham ko‘p jihatdan ana 
shunda. O‘smirning jismoniy jihatdan o‘sishida jinsiy balog‘atga yetish katta rol 
o‘ynaydi, jinsiy balog‘atga yetish o‘smir organizmi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar 
yasaydi. Jinsiy balog‘at natijasida o‘smirlarda o‘ziga xos psixik holat vujudga 
keladi. Shuning uchun bu davrda maktab va oilada ta’lim- tarbiya ishlari to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yil- masa, o‘smirning yosh fiziologik xususiyatlari xisobga olinmasa, 
uning xulq atvoridagi salbiy sifatlar ortib borib, bola xarakterining tarkib topishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishi va keyingi hayoti davomida ham o‘zgartirish qiyin bo‘lgan 
chuqur iz qoldirishi mumkin.O‘qituvchilar, tarbiyachilar, sinf rahbarlari dastavval 
shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning jismoniy taraqqiyotga 
ta’sir qilishdan tashqari o‘smirning psixik taraqqiyotiga ham albatta ta’sir qiladi. 
O‘smirlarda jinsiy yetilish munosabati bilan shu paytgacha ularga noma’lum bo‘lgan 
va qandaydir ma’noda ular uchun kutilmagan jinsiy moyillik va tegishli fikrlar, 


17 
xislar, kechinmalar, qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish, ma’lum mazmundagi 
kitoblarga, kinofilmlarga, kattalarning gaplariga bo‘lgan qiziqishlarning paydo 
bo‘lishi mutlaqo zarur, tabiiy va me’yoriy holdir. Jinsiy tarbiyaning muhim 
vositalaridan biri o‘smirlar diqqatini odamlar o‘rtasidagi intilish munosabatlar 
doirasidan boshqa ob’ektlarga ko‘chirishdir. Bu o‘smirlar diqqatining jinsiy 
kechinmalar ustida to‘rejaishini ozaytiradi.O‘smirning hayot kechirish tarzi va uning 
psixik taraqqiyotga ta’siri. Kichik yoshdagi o‘quvchilardan farqli ravishda o‘rta 
yoshdagi o‘quvchilarning hayot kechirish tarzida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. 
Oilada, maktabda va o‘quvchilar jamoasida o‘smirning mavqei sezilarli darajada 
o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. O‘smirlarning oila a’zolari bilan ham 
yangicha munosabat o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. O‘smir shaxsining takomillashuvi 
va shakillanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat 
o‘zgarishlardir. O‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining 
maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari 
orasida ma’lum ijobiy mavqeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘quv 
motivlari ustuvor bo‘lib boradi, lekin o‘quv faoliyati motivlari orasida bilish, yangi 
bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi 
kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy xis tuyg‘ular va xavotirlik xislarini 
boshdan kechiradi. Kattalar tomonidan o‘smirning yurish turishi, xulqiga javob 
berish talab qilinadi. O‘smirga uning ilgari qondirilib kelinayotgan ehtiyoj va 
xohishlari endi qondirilmasligi, ularning ko‘pidan voz kechish lozimligi uqtiriladi. 
O‘smir qiyinchilik bilan bo‘lsada, o‘zining yangi mavqeini tushuna boshlaydi, o‘z 
xulqini o‘zgartirib unga moslasha boradi. Maktabda o‘smirning mavqei yanada 
keskin o‘zgaradi. Uni endi bir necha o‘qituvchi o‘qitadi. O‘smir oldida har bir 
o‘qituvchining o‘ziga xos metod va usullariga moslashish, ularning talablarini 
anglab, bilib olish kabi murakkab vazifa turadi. Endi o‘smir ko‘pgina yangi o‘quv 
fanlarini o‘rganib olishi kerak bo‘ladi. O‘smirning bolalar jamoasiga bo‘lgan 
munosabati ham murakkablashadi. O‘smirga o‘zining o‘qishi, mehnati va xatti- 
harakatlariga mas’uliyat bilan qarash jamoat topshiriqlarini aniq bajarish, bilim va 
ko‘nikmalarni egallashda reja bo‘yicha sistemali ravishda ko‘tarila borish kabi 


18 
avvalgidan ko‘ra jiddiyroq talab quyiladi. O‘smirning oiladagi mavqeining 
o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida 
murakkab munosabat-lar o‘rta yoshdagi o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi talablar 
qo‘yadi va ularning butun psixik hayotida yangi qiyinchiliklar tug‘diradi.Avval 
mustahkam o‘rnashib qolgan ko‘nikma va malakalar yangi hayot kechirish tarziga 
ko‘p jihatdan mos kelavermaydi. Shuning uchun o‘smirlarning psixik jihatdan 
normal hayot kechirishi va o‘sishini ta’minlash uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga 
xos psixologik xususiyatlari e’tiborga olingan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar 
qo‘llanilishi zarur. O‘smirlik davri qarama-qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi 
olimlar « krizislar » « tanazzullar » davri ham deb ataydilar. Sababi o‘smir ruhiyatida 
shunday inqiroziy holatlar ro‘y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi 
keladi, ikkinchi tomon-dan, o‘zi hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetmaydi.
Bolani ijtimoiy dunyo bilan tanishtirish, boshqa odamlar bilan munosabatlarni 
o'rnatish, aksariyat psixologlarning fikriga ko'ra, o'zi haqida g'oyalarni 
shakllantirishdan boshlanadi. O'zini anglash hamda o’zini idrok etish muammosi 
psixologiyada eng qiyin muammolardan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilar 
ta'kidlashlaricha, erta yoshdan boshlab bolalar o'zlariga - tanasiga, harakatiga, tashqi 
ko'rinishiga, shuningdek atrofdagi odamlarga va ularning munosabatlariga alohida 
qiziqish bilan qarashadi. O'zi haqida shakllangan g'oyalar bolaning odamlar bilan 
(kattalar va tengdoshlar) munosabatlarining shakllanishiga handa bolalar 
faoliyatining barcha turlarini rivojlanishiga ta'sir qiladi. Psixologiyada o'zini anglash 
hamda o’zini idrok qilish muammosiga katta e'tibor qaratildi. Psixologlar K.A. 
Abulxanova, B.G. Ananyeva, A.S. Arsentieva,
3
R. Berns, A.A. Bodaleva, A.V. 
Ivaschenko, I.S. Kon, K. Levin, A. Maslou, K. Rojers, S.A. Rubinshteyn, A.N. 
Slavskoy, E. Elkonin va boshqalar shu muammo ustida tadqiqotlar olib bordilar. 
Maktabgacha yosh - bu inson hayotidagi o'ziga xos davr. Bu davr atrofdagi dunyoni 
faol bilish vaqti, odamlar o'rtasidagi munosabatlarning ma'nosi, ob'ektiv va ijtimoiy 
dunyo tizimidagi o'zini anglash va idrok etishning rivojlantirish davridir. 
3
Psixologlar K.A. Abulxanova, B.G. Ananyeva, A.S. Arsentieva,


19 
Maktabgacha yoshda bolaning o'zi haqidagi g'oyalari hamda atrofni idrok qilishi 
sezilarli darajada o'zgarib boradi: u o'z imkoniyatlarini yanada to'g'ri tasavvur 
qilishni boshlaydi, boshqalarning u bilan qanday munosabatda bo'lishini tushunadi, 
bu esa atrofni idrok etish va bilishni keltirib chiqaradi. Maktabgacha yoshning 
oxiriga kelib, bolalarda o'zini anglashning boshlang'ich shakllari - bolaning bilishi 
va uning fazilatlari, imkoniyatlarini baholash hamda o'zi uchun o'z tajribalarini kashf 
etish rivojlanadi. D.B. Elkonin ta’kidlashicha maktabgacha yoshdagi bola o'zini 
boshqalar bilan ajratishdan o'zini anglashga, ichki hayotini kashf etishga o'tadi. Bir 
so’z bilan aytganda o’zini idrok eta boshlaydi. Bolani kattalar va tengdoshlari bilan 
maxsus tashkil etilgan muloqot jarayoniga qo'shilishi bolalarning o'zlari haqidagi 
g'oyalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Ma'lumki, o'zini anglash va uning 
asosida shakllangan o'zini idrok qilish tushunchasi insonning o'zi, uning motivlari, 
fazilatlari, xususiyatlari va shaxsiyatini, barqarorligini va vaqt o'tishi bilan 
tuzilishining o'zgaruvchanligini tavsiflovchi boshqa ko'rinishlarini anglash 
jarayonidir. Insonning o'zi haqidagi g'oyalar yoki ushbu jarayonning mahsuli bo'lgan 
“Men” kontseptsiya o'tmishdan kelajakgacha o'z vaqtida o'zgarib, rivojlanib boradi. 
O'zini idror etishni shakllantirish g'oyasi J.Meadning har bir inson tug'ilishidanoq 
4
boshqa odamlar, birinchi navbatda, uning ota-onasi o'rtasidagi munosabatlarning 
ob'ekti ekanligi haqidagi g'oyasiga asoslanadi. Shuning uchun har bir bolaning o'zini 
anglashi hamda o’zini idrok etishining dastlabki shakllari, mohiyatiga ko'ra, u 
tomonidan kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi faoliyat jarayonida ongsiz 
ravishda sintez qilinadi. O'zining qiyofasi bolalarda bolaning individual tajribasi va 
boshqa odamlar bilan aloqa qilish tajribasining o'zaro ta'siri sharoitida shakllanadi. 
Uch yoshga kelib, ko'plab bolalar o'zlarining qobiliyatlari to'g'risida juda aniq 
g'oyalarga ega bo’ladilar, shuning uchun individual tajriba faqat katta yoshdagina 
hal qiluvchi bo'ladi va maktabgacha yoshdagi bolalarda ahamiyatsiz rol o'ynaydi, 
deb hisoblaydigan tadqiqotchilar fikri tasdiqlanmagan. 3-4 yoshda allaqachon 
o'zlarining ayrim imkoniyatlarini mustaqil ravishda baholay oladigan va o'zlarining 
4
J.Mead


20 
harakatlarining natijalarini boshqalarning yordamisiz to'g'ri taxmin qiladigan, faqat 
individual tajriba asosida ishlaydigan maktabgacha yoshdagi bolalar bor. O'z-o'zini 
anglash tushunchasining o'zgarishi va rivojlanishi insonning o'zida, uning o'zgarishi 
va rivojlanishida u yoki bu darajada voqelikda yuz beradigan o'zgarishlarni aks 
ettirishi tubdan muhimdir. Aynan bolaligida, E. Eriksonning fikriga ko'ra, shaxsda 
o'zaro munosabat bolada o'ziga xos munosabatni shakllantirish uchun ayniqsa 
muhimdir va ularning ahamiyati uchun mezonlarni tanlashda bir qator cheklovlar 
mavjud. Bolaligidanoq o'zini qadrlashning mezonlari inson hayoti davomida o'zini 
qo'llab-quvvatlaydi va ulardan voz kechish juda qiyin. E.Erikson nuqtai nazaridan 
o'zini anglash kontseptsiyasining rivojlanishining ikkinchi bosqichi bir yarim yildan 
uch-to'rt yilgacha davom etadi. Ushbu davrda bola o'zining shaxsiy kelib chiqishi va 
o'zini faol harakat qiluvchi mavjudot sifatida allaqachon biladi. Chunki atrof, muhit, 
o’zaro munosabatlar bolada ko’plab tushunchalarni yuzaga keltirgan bo’ladi. 
Bunday tushunchalarning idrok etilishi bola hayoti uchun mauhim ahamiyatga ega. 
Maktabgacha yoshda bola rivojlanishining asosiy ijobiy natijasi mustaqillik 
tuyg'usiga erishishdir. Bola o'zini kattalarning to'liq qaramligidan xalos etishga va 
bir oz mustaqillikka erishishga intilad shuning uchun har qanday yordamni rad etib, 
hamma narsani o'zi qiladi. Voyaga etganlar xavfsizlik, tartib va maqsadga 
muvofiqligini hisobga olgan holda bolalar faoliyatini asosan cheklaydi. Agar bola 
kattalarning talablariga qarshi tursa, u holda o'z kuchida ishonchsizlik hissini paydo 
bo'lishiga olib keladi. R. Berns ushbu yoshda bola, ayniqsa, boshqalarning xayrixoh 
ko'magi va rag'batlantirishiga muhtoj ekanligiga e'tibor qaratgan. Unda paydo 
bo'layotgan xoxish tuyg'usini rag'batlantirish kerak, shunda kattalarning taqiqlari 
bilan bog'liq mojarolar bolani haddan tashqari uyatchanlik va o'ziga ishonchsizlikka 
olib kelmaydi degan fikrni ilgari surgan. Bunday ishonchsizlik atrofni, 
voqeahodisalarni idrok qilinishini pasaytiradi. Bolaning “Men”i haqida gapirganda
u “Men”ning aniq tasvirini ham, “Men” istiqbolini ham o'z ichiga olganligini 
ta'kidlash kerak, ya'ni haqiqiy narsaga yo'naltirilganman tushunchasiga ega bo’lishi 
kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nafaqat yaqinlashib kelayotgan shaxsiy 
o'zgarishlarni kutish va intilish (masalan, maktab o'quvchisi bo'lish), balki o'zini 


21 
anglash va idrok qilishning (men qanday maktab o'quvchisi bo'laman) mavjudligini 
ham aytish mumkin. E. Eriksonning ta'kidlashicha, tengdoshlari bilan muloqot ham 
bolaning idrokini boyitadi. Boshqa bolalarga o'zlari haqida ma'lumot berish va 
ulardan "uning shaxsini" idrok etish to'g'risida ma'lumot olish orqali bola o'zining 
“Men” imidjini sezilarli darajada kengaytiradi. Bolaning o'z tushunchasini 
shakllantirishning eng muhim manbai bu tana qiyofasi, uning ob'ektiv xususiyatlari 
va sub'ektiv idrokidir. Bolada erta davrlardan chiroyli va xunuk narsalar haqida 
tasavvur hosil bo’ladi. O'z tanasi nuqtai nazaridan tashqi belgilar bolaning o'zini o'zi 
qoniqtirishi yoki qoniqtirmaslik darajasini belgilaydi va uning qadr-qimmatini 
shakllantirishga sezilarli ta'sir qiladi. O'zini hurmat qilish o'ziga yoki individual 
fazilatlarga munosabat bilan bog'liq; bu shaxsning o'zi haqidagi g'oyasini affektiv 
baholashdir. U har xil intensivlikka ega bo'lishi mumkin, chunki tasvirning o'ziga 
xos xususiyatlari - men ularni qabul qilish yoki qoralash bilan bog'liq bo'lgan ozmi-
ko'pmi kuchli histuyg'ularni uyg'otishi mumkin. O'z-o'zini hurmat qilish va o'zini 
anglashning predmeti, xususan, inson tanasi, uning qobiliyatlari, ijtimoiy 
munosabatlari va boshqa ko'plab shaxsiy namoyishlar bo'lishi mumkin. Kupersmit 
o'zining qadr-qimmatini quyidagicha ta'riflaydi: «Insonning o'ziga nisbatan 
munosabati, u asta-sekin rivojlanib, tanish bo'lib qoladi. Ushbu munosabat o'zini 
ma'qullash yoki rad etish sifatida namoyon bo'ladi, uning darajasi shaxsning o'ziga 
xos qiymati va ahamiyatiga ishonchini belgilaydi. Shunday qilib, o'zini hurmat qilish 
shaxsning o'zini o'zi qadrlash tuyg'usining rivojlanish darajasi uning shaxsiga 
nisbatan ijobiy munosabatni aks ettiradi. Shuning uchun salbiy o'z qadr-qimmati 
o'zini inkor etishni, inson “Men” doirasiga kiradigan hamma narsadan voz kechishni 
nazarda tutadi; bu insonning intilishlari darajasini pasaytiradi, uning hayotiy 
istiqbollarini cheklaydi. O'zini qadrlash "Men" ning ajralmas do'stidir. Bu odamning 
o'zi haqida o'ylashi yoki aytishi bilan emas, balki boshqalarning yutuqlariga 
munosabatida namoyon bo'ladi. O'z-o'zini hurmat qilish yordamida shaxsning 
xattiharakatlarini 
tartibga 
solish 
sodir 
bo'ladi. 
"Men" 
kontseptsiyasini 
rivojlantirishning navbatdagi bosqichi - bu gender o'ziga xoslikni shakllantirishdir. 
Jinsiy farqlar psixologiyasini tadqiqiq qilgan olim Kona, bolada o'zining "Men" ini 


22 
tushunadigan birinchi toifa - bu jins deb ta’kidlagan. U asosiy jins identifikatori, 
ya'ni ularning jinsi haqidagi bilim, odatda 1,5 yilgacha rivojlanadi. Jinsni anglash - 
bu o'zini anglashning eng barqaror, asosiy elementidir. 2 yoshga kelib, bola o'z 
jinsini biladi, ammo hali bu unga tegishli ekanligini idrok eta olmaydi. O'zini o'g'il 
yoki qiz deb ta'riflagan bola buni biologik xususiyatlari bilan bog'lamaydi. Jjinsiy 
sotsializatsiya va o'zini anglashni rivojlantirishni bog'laydigan murakkab biososial 
jarayon natijasida bola haqiqiy jinsiy identifikatsiyaga ega bo'ladi. Shaxsni 
anglashdagi tadqiqotlar K.A. Abulxanova – Slavskaya tomonidan amalga oshirildi. 
Shaxsiyat, shuningdek, vaqtni tartibga solish qobiliyati, o'z vaqtida faoliyat yuritish 
qobiliyati, kelajakdagi faoliyatni dasturlash, uning voqealarini oldindan ko'ra bilish 
kabi individual qobiliyatlarga ega. O'z xattiharakatlarini uzoqroq maqsadlarga 
bo'ysundirish 
qobiliyati, 
bu 
maqsadlarni 
xattiharakatlarning 
amaldagi 
regulyatorlariga 
aylantirish 
nafaqat 
inson 
ontogenetik 
rivojlanishining 
muntazamligi, balki ijtimoiy yetuklik va o'zini anglashni shakllantirish mezonidir. 
Shunday qilib, o'zini anglash hamda idrok etishni rivojlanish xususiyatlarini ko'rib 
chiqib, shuni ta'kidlash kerakki, o'zini anglash tushunchasining shakllanishi, avvalo, 
boshqalarning ta'siri ostida sodir bo'ladi, umuman, o'zini anglash tushunchasi 
insonning hayotiy tajribasi, birinchi navbatda, bola-ota-ona munosabatlari ta'sirida 
shakllanadi. Biroq, yetarlicha erta u o'zi ushbu tajribani talqin qilish, shaxsning o'zi 
oldiga qo'ygan maqsadlari, tegishli taxminlar tizimi, kelajak prognozlari, yutuqlarini 
baholash va shu bilan o'z shakllanishiga faol ta'sir ko'rsatadi. Buning uchun 
bolalarda maktabgacha yoshdan boshlab barcha tushunchalarning idrok etilishiga 
e’tibor qaratish lozimdir. 

Yüklə 287,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə