Mavzu; 6-sinf matematikasida tenglama tushunchasini kiritish metodikasi Mundarija Kirish I bob. 6-sinf o‘quvchilarini tenglamalarni yechishga o‘rgatishda interfaol metodlari va ilmiy yondashuvlar orqali interfaol metodlarni qo’llash ularning



Yüklə 63,52 Kb.
səhifə2/10
tarix29.11.2023
ölçüsü63,52 Kb.
#140256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-sinf matematikasida tenglama tushunchasini kiritish metodikasi44

Kurs ishining asosiy maqsadi; Boshlang’ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirishning yo’llarini aniqlash va ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi ob’ekti; Maktablarda matematika fanini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat

I bob.6-sinf o‘quvchilarini tenglamalarni yechishga o‘rgatishda interfaol metodlari va ilmiy yondashuvlar orqali interfaol metodlarni qo’llash ularning tavsifi
1.1. 6-sinf o‘quvchilarini tenglamalarni yechishga o‘rgatishda interfaol metodlari
Zamonaviy ta‘limni tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Ta‘limni isloh qilinishi jarayonining ajralmas, muhim qismi hisoblangan
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar ta‘lim jarayoniga o‘zlari
bilmagan holda qiziqishi bilan kirishib ketadilar.Tajriba shuni ko‘rsatadiki , zamonaviy interfaol strategiyalar bo‘lgan bilimlarni samarali o‘zlashtiradi.
Chunki bugun sinflarni to‘ldirib o‘tirgan o‘quvchilar sho‘x, beg‘ubor bolalik
gashtini surayotgan, ba‘zan xayolparast bolalardir. Ular orasida hatto 45
daqiqalik dars jarayonining nihoyasini intiqlik bilan kutib, ta‘limga yuzaki
qaraydigan o‘quvchilar ham yo‘q emas.
Matematika darsligi o'quvchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamalar tuzib yechishga o'rgatishni nazarda tutadi. Masalalarni tenglamalar tuzish bilan qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining noma'lum sonlarini topishga doir sodda masalalar yechishga o'rgatish va misollar bilan birgalikda matnli masalalarni tenglamalar yordamida yechib o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash muhim vazifa hisoblanadi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlaritirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga zamin yaratib, o'quvchilarni fikrlash dunyoqarashini kengaytirib, ularni zehnini va hozirjavoblik fazilatini tarbiyalash bosh maqsaddir.
Matematika darsligi o'quvchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishga o'rgatishni nazarda tutadi. O'quvchilar masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishni o'rganib olishlari uchun ular masaladagi berilgan va izlanayotgan miqdorlarni ajratib olishi kerak bo'ladi. Tenglamalarni tuzish yordamida sodda masalalarni yechish ikkinchi sinfdan boshlanadi. Ikkinchi sinfda tenglamalar tuzish usuli bilan qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining noma'lum komponentlarini topishga doir sodda masalalar yechiladi.
O'quvchilarga mavzu yuzasidan masalalar yechib ko'rsatamiz.
Masalan, "Savatda bir necha anor bor edi. Bog'dan yana 17ta anor uzib kelib savatga solingandan keyin savatdagi anorlar 32 ta bo'ldi, Avval savatda nechta anor bo'lgan?".

Oldin bu masalani qisqacha shartini.tuzib olarniz:


1) oldin savatdagi anorlar sonini x bilan belgilab olamiz;
2) savatdagi anorlar va yana terib kelib qo'shilgan anorlar sonini (X+17) deb olamiz;
3) barchasi 32 ta bo'ladi va tenglama quyidagicha tuziladi: x + 17 = 32.
Bor edi - ? anor
Uzib kelindi - 17 ta anor
Barchasi - 32 ta bo'ldi.
Masalani tenglama usul bilan yechishda o'quvchining taxminiy mulohazalari: "savatdagi anorlar sonini x bilan belgilasak, uzib kelingan anorlar 17 ta, barchasi 32 ta bo'ldi va savatda qancha anor bo'lgan?" demak, masalaning shartiga ko'ra tensrlama tuzib ishlaymiz.

Yechish: x+17=32


x=32-17
x = 15 demak, savatda 15 ta anor bo'lgan.
O'quvchilar uchun eng qiyin vaziyat noma'lumni to'g'ri o'rinda ishlatib, tenglamani to'g'ri tuzishdir. O'quvchilarda tushunchalar hosil bo'lishi uchun shunga o'xshash masalalardan yana bir nechtasini tushuntirgan holda ishlab ko'rsatamiz,
1. Masala. Voleybol to'garagida 17 ta o'gil bola va bir necha qiz bolalar bor edi. To'garakka yana 8 ta qiz qo'shib olingapidan keyin qiz bolalar soni o'g'il bolalar sonidan 4 ta kam bo'ldi. Shaxmat to'garagida qancha qiz bola bo'lgan?

1) o'g'il bolalar 17 ta;

2) bir nechta qiz bolalarni x bilan belgilaymiz;

3) to'garakka yana 8 ta qiz qo'shiladi;

4) qiz bolalar soni o'g'il bolalar sonidan ta kam.

Tenglamani quyidagicha qilib tuzib olamiz:

demak, o'g'il bolalar - 17ta; qiz bolalarni - x + 8 - x


Yüklə 63,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə