Microsoft Word metodichka tarmoq Xavfsizligi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix27.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#107160
4-tajriba ishi



4–tajriba ishi 
Mavzu: Rezervlash protokollari - STP, RSTP va agregatsiyalash 
protokollari - LACP, PAgP ni sozlash 
Ishdan maqsad: 
Kanal pog’onasi protokollari-STP (spanning-tree 
protocol), RSTP protokollari va LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining 
sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish. 
Topshiriq: 
1. STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari bo`yicha topshiriq: 

SW1, SW2 va SW3 kommutatorlar interfeyslarining 4.1-rasmda 
ko`rsatilgandek sozlang va tekshiring. 

STP protokoli bo`yicha root switch va root secondary kommutatorlarni 
sozlang va tekshiring. 

Har bir kommutatorni ildiz kommutator (root) qilib, kadrning harakat 
yo`nalishlarini o`zgartiring. 

Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling. 
4.1 - rasm. STP protokoli asosida tuzilgan tarmoq topologiyasi 


2. LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining sozlash va ishlash 
tamoyillari bo`yicha topshiriq 

S1, S2 kommutatorlarning interfeyslarini rasmda ko`rsatilgandek sozlang 
va tekshiring 

LACP yoki PAgP protokollari yordamida kanal agregatsiya 
konfiguratsiyalarini amalga oshiring 

Har bir kommutatorda yozilgan buyruqlarning vazifalarini o`rganing. 
1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot 
STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib, IEEE 
802.1d standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman 
tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud: 
PVSP+, RSTP, MSTP, SPM. 
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi ixtiyoriy 
topologiyada bir-biriga bog`langan bir nechta kommutatorlar o`rtasidagi kanalda 
pet (petel) hosil bo`lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli tarmoqda 
kommutatorlar bir-biri bilan bog`lanishlarning mantiqiy daraxtini yaratishga 
asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch) va undan 
keyingi filial (otvetvleniya), ya’ni ildiz bo`lmagan kommutatorlar joylashadi. 
Kommutatorlar bir-biri bilan bog`langan holatda, asosiy magistral kanalni ishlatib, 
boshqa kanallarni fizik jihatdan bog`lab, lekin mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab 
qo`yish imkoniyatini beradi (4.2-rasm). Daraxtni qurish jarayoni quyidagi 
bosqichlardan iborat: 

Ildiz kommutatorni tanlash (root switch); 

Ildiz portlarni tanlash (root port); 

Belgilangan portlarni tanlash (designated port). 


4.2-
rasm. STP 
protokolidagi port 
turlari 
Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning 
eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu 
yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya’ni eng kichik 
qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada 
bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab 
olishadi. 
Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator 
qiymatlarini taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa, u ildiz 
lavozimiga da’vo qilishni to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni 
boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat 
bo`lib qolsa, u holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida 
tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan. 
MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo`llab-quvvatlash maqsadida 
IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U tarmoqni tezroq 
ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini 
ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha 
kiritilgan. 
Ishni bajarish tartibi 
4.3-rasmda ko`rsatilgan topologiya bo`yicha Sw1, Sw2, Sw3, Sw4 
kommutatorlar uchun asosiy konfiguratsiyalarni sozlang. 


4.3-rasm. Tadqiqot qilinayotgan tarmoq tuzilishi 
Yuqorida keltirilgan tarmoq topologiyasida kommutatorlar orasida asosiy 
ildiz kommutator (root) Sw1 hisoblanadi. Chunki bu topologiyada Sw1 boshqa 
kommutatorlarga nisbatan MAC adresi kichik. Shu sababli Sw1 kommutatorga 
barcha kirish va chiqish interface portlari yashil holatdagini ko`rishimiz mumkin. 
Buni tekshirish uchun 
Sw1#show spanning-tree
buyrug`i orqali amalga oshiriladi. 
Natijada Sw1 kommutatorning
MAC-Address 000D.BD2C.15B9
yoki asosiy 
bo`lgan kommutatorni
(This bridge is the root)
bilishimiz mumkin (4.4-rasm).
4.4-rasm. Sw1 bo`yicha spanning-tree natijalari 
4.3-rasmda Sw2 kommutatorning 
show spanning-tree 
buyrug`i orqali 
ko`rishimiz mumkinki, asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni belgilaydigan qismida


fastEthernet 0/4 ko`rsatilgan. Sw2 FastEthernet 0/4 portida root switch (sw1) 
joylashgan. 
4.5-rasm. Sw1 bo`yicha spanning-tree natijalari 
Tarmoq topologiyasida asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni) 
belgilashimiz uchun bir nechta usullar mavjud:
1-usul. Tarmoqda asosiy bo`lgan kommutatorni aniq tayinlash: 
spanning-tree vlan 
vlan-id
root primary
– tarmoq uchun asosiy bo`lgan 
kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi (masalan, 
spanning-tree vlan 1 root primary) 
spanning-tree vlan 
vlan-id
root second
ary
- tarmoq uchun asosiy bo`lgan 
kommutatorga (ildiz kommutatorga) zahira kommutatorni ko`rsatish uchun 
foydalaniladi (masalan, spanning-tree vlan 1 root secondary) 
Misol uchun tarmoqda asosiy bo`lgan kommutator (root)ni boshqasiga ya`ni 
Sw2 o`zgartiramiz.
Sw2 konfiguratsiyasi 
Switch>enable 
Switch#configure terminal 
Switch(config)#hostname sw2 
sw2(config)#spanning-tree vlan 1 root primary 
sw2(config)#exit 
sw2#show spanning-tree 


4.6-rasmda Sw2 kommutatorning root switch bo`lganligini ko`rishimiz 
mumkin. 
4.6-rasm. Root switchni almashtirish jarayoni 
2-usul Kommutatorning muhimliligi (priority) bo`yicha Rootni 
tayinlash: 
spanning-tree vlan 
vlan-id
priority value
- tarmoq uchun asosiy bo`lgan 
kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi. Muhimliligi 
(priority) kichik kommutator asosiy kommutator hisoblanadi. (masalan, 
spanning-
tree vlan 1 priority 24576
). Tarmoqdagi kommutatorlar dastlabki holatda barchasi 
bir xil bo`ladi (Priority 32769).
Priorityni o`rnatishda qadamlar soniga e’tibor beriladi, ya’ni har bir qadam 
uzunliligi 4096 ga teng.


Bu usul bo`yicha sw4 ni root switch qilib sozlaymiz (
Eslatma: sw2ga 
sozlangan kommandani olib tashlang. sw2(config)#no spanning-tree vlan 1 root 
primary). 
Switch>enable 
Switch#configure terminal 
Switch(config)#hostname sw4 
sw4(config)#spanning-tree vlan 1 priority 24576 
Sw4(config)#exit 
Yuqorida keltirilgan tarmoq parametrlari sozlangandan keyin kommutatorlar 
bir-biriga xabar jo`natib, LAN tarmog`i uchun ildiz kommutatorni tanlab oladi. 
Xozirgi mavjud konfiguratsiyalarni ko`rish uchun: 
show spanning-tree – 
kommutator uchun ko`prik (most) muhimliliklarini 
ko`rishda foydalaniladi 
show spanning-tree active - 
spanning-tree protokolida ishlayotgan faqat 
faol interfeyslarning konfiguratsiyasini ko`rsatadi. 
show spanning-tree summary
—port holatlari haqida ma’lumot beradi. 
show spanning-tree root
— ildiz ko`prigining konfiguratsiyasi haqida 
ma’lumot beradi. 


show spanning-tree detail
—port haqida batafsil ma’lumot olish 
show spanning-tree interface
— STP interfeysi va konfiguratsiyasi holati 
haqida ma’lumot beradi. 
2-topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot
Agregatsiya kanal (ingilizcha link aggregation) – bir nechta fizik kanalni 
bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beradigan texnologiya. Agregatsiya 
kanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir 
nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir 
bo`lganda zahiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal o`tkazish 
qobilyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Tarmoq topologiyasi 4. 6-
rasmda keltirilgan 
4.6 - rasm. Kommutatorlar o`rtasida agregatsiya kanalning tashkil etilishi 
Agregatsiya kanallar to`g`risida umumiy axborotlar 
Agregatsiya kanallar ikkita masalani echish imkonini beradi: 
-
Kanalni o`tkazish qobiliyatini oshirish 
-
Kanallardan biri qatordan chiqqanda zahirani ta’minlaydi.
Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator, 
kommutator va xostlar o`rtasida yaratilishi mumkin.
Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan 
foydalanish mumkin: 

LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart protokol; 

PAgP (Port Aggregation Protocol); 

Protokoldan foydalanmaydigan statik agregatsiyalash. 


EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab kadrlarni taqsimlaydi, 
raqamli belgiga ega kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli ikkilik 
shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri 
tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash algoritmiga 
asoslanadi. 
Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta 
terminlardan foydalaniladi: 
-
EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin 
kanallarni agregatsiyalash uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan 
ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir va ko`p moddali optik tolali 
kabellar orqali lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar, serverlar
mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi. 

port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni 
birlashtiradi.

channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda 
joylashganligini va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi.
4.7-rasm. Port-channel mantiqiy interfeys 
Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.
Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy 
interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi Agregatsiyalangan kanalli mantiqiy 
interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port 
guruxlarini farqlashda foydalaniladi.
channel-group buyruqlari 


sw(config-if)# channel-group mode <[non-silent] | desirable [non-silent] | on> | 
Buyruq parametrlari:

active —LACP ulaydi,

passive —faqat agar LACP xabari kelayotgan bo`lsa LACP ulaydi ,

desirable —PAgP ulaydi,

auto —faqat agar PAgP xabari kelayotgan bo`lsa PAgP ulaydi,

on —faqat Etherchannel ulaydi.
LACP
asosida kanal pog`onasida 
EtherChannel konfiguratsiyasini sozlash
4.8-rasm. LACP asosida EtherChannel 
Agregatsiyalashni sozlashdan avval jismoniy interfeyslarni o`chirib qo`yish 
kerak bo`ladi. Ularni bir tarafini o`chirib qo`yish etarli bo`ladi (misolda sw1 taraf 
o`chirilgan), so`ng ikki tarafda agregatsiyalash sozlanadi va interfeyslar ulaniladi.
Ishni bajarish tartibi 
Sw1 da EtherChannel sozlash:
sw1(config)# interface range f0/11-14 
sw1(config-if-range)# shutdown 
sw1(config-if-range)# channel-group 1 mode active 
Creating a port-channel interface Port-channel 1 
Sw2 da EtherChannel sozlash:
sw2(config)# interface range f0/11-14 
sw2(config-if-range)# channel-group 1 mode passive 
Creating a port-channel interface Port-channel 1 
sw1 ga jismoniy interfeyslarni ulash:
sw1(config)# interface range f0/11-14 


sw1(config-if-range)# no shutdown 
Etherchannel to`g`risida axborotlar
sw2 port-channel to`g`risida axborotlar:


PAgP yordami bilan kanal pog`ona EtherChannel sozlash 
4.9-rasm. PAgP asosida EtherChannel 
Agregatsiyalashni sozlashdan avval jismoniy interfeyslarni o`chirib qo`yish 
kerak bo`ladi. Ularni bir tarafini o`chirib qo`yish etarli bo`ladi (misolda sw1 taraf 
o`chirilgan), so`ng ikki tarafda agregatsiyalash sozlanadi va interfeyslar ulaniladi.
Sw1 da EtherChannel sozlash:
sw1(config)# interface range f0/11-14 
sw1(config-if-range)# shutdown 
sw1(config-if-range)# channel-group 2 mode desirable 
Creating a port-channel interface Port-channel 2
Sw2 da EtherChannel sozlash:
sw2(config)# interface range f0/11-14 
sw2(config-if-range)# channel-group 2 mode auto 
Creating a port-channel interface Port-channel 2 
Sw1 ga jismoniy interfeyslarni ulash:
sw1(config)# interface range f0/11-14 
sw1(config-if-range)# no shut 
Axborotlarni ko`rib chiqamiz
Etherchannel to`g`risida axborotlar


Nazorat savollari 
1.
STP protokolining vazifalarini keltiring? 
2.
Tarmoqda ildiz kommutator deganda nimani tushunasiz va u qanday 
tanlanadi? 
3.
STP protokolida qanday port turlari ishlatiladi va ular qanday 
aniqlanadi.? 
4.
Agregatsiya kanal vazifasi va turlarini keltiring? 
5.
Kanal po
g`
onasi protokollarini keltiring? 
6.
PAgP protokolini tavsiflang? 
7.
LACP protokolini tavsiflang? 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə