Mavzu; 6-sinf matematikasida tenglama tushunchasini kiritish metodikasi Mundarija Kirish I bob. 6-sinf o‘quvchilarini tenglamalarni yechishga o‘rgatishda interfaol metodlari va ilmiy yondashuvlar orqali interfaol metodlarni qo’llash ularning



Yüklə 63,52 Kb.
səhifə4/10
tarix29.11.2023
ölçüsü63,52 Kb.
#140256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-sinf matematikasida tenglama tushunchasini kiritish metodikasi44

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozi: darslik, daftar, ruchka va xattaxta.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism:

a) salomlashish;

b) o'quvchilarning darsga tayorgarliklarini nazorat qilish;

c) dav'omatni aniqlash. .

2. Yangi mavzu bayoni:

Tenglama tushunchasi haqidagi bilimlarni qoidalarga tayanib analiz qilgan holda tenglama yechishga o'rgatish va misollar yorgamida mustahkamlash.

Dastlab, o'quvchilarga tenglamalarni tanlash usuli bilan yechishga doir mashqlar beriladi. Tenglamadagi no'malum son "darcha" bilan ifodalanadi

Tenglik to'g'ri bo'lishi uchun "darchaga" qanday sonni qo'yish kerakligini o'quvchilardan so'raymiz va ular og'zaki tojfadilar, tekshirishni ham og'zaki bajaradilar (6+7=13; 12 - 9=3; 16-9 =7). Keyin tenglama atamasini no'malum son ekanligini tushuntirib o'tamiz. Kerakli sonni tanlab, o'rniga qo'yganlaridan so'ng bunday tengliklar tenglamalar deb atalishini aytamiz. Ya'ni "tenglamani yechish degan so'z, x ning o'rniga qo'yganda tenglik to'g'ri bo'ladigan sonni topish" demakdir.

Boshlang'ich sinflarda, xususan, II sinfda o'quvchilarga bir no'malumli tenglamalarning ba'zi xillari yechilishlari bilan tanishtiramiz.

Tenglamalarni yechishda quyidagi qoidalarni bilish o'quvchilarga qiyinchilik tug'dirmaydi:

1. Noma'lum qo'shiluvchini topish uchun yig'indidan ma'lum qo'shiluvchini ayiiish kcrak.

2. Noma'lum kamayuvchini topish uchun ayirmaga. ayiriluvchini qo'shish kerak.

3. Noma'lum ayiriluvchini topish uchun karpayuvchidan ayirmani ayirish kerak,

4. Noma'lum bo'linuvchini topish uchun bo'linmani bo'luvchiga ko'paytirish kerak.

5. Noma'lum ko'payuvchini topish uchun ko'paytmani ko'paytuvchiga bo'lamiz.


Interfaol metod - ta‘lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidadagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol
metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol
ta‘limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs – munozaralar o‘tkazish, o‘quv
materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati,o‘quvchilar tashabbus
ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash
uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta‘lim –
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy
yo‘nalishlardan biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan
iboratdir.
Barcha fan o‘qituvchilari shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham
dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko‘lamda
foydalanmoqdalar.
Interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash,
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda
himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari
shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol degani, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik
tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat,
mulohaza, bahs-munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi
darsda o‘quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga
harakat qiladi,ya‘ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi,
ham tinglaydi, eng keragi o‘zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining
negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o‘quvchilar ta‘lim jarayoniga
o‘zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan matematik ta‘limning
interfaol strategiyalari ta‘lim jarayonining yengillashuvini, aniqlashuvini, keng
jamoani qamrab olishga m o‘ljallanganligini, o‘qituvchining faqatgina yo‘l yo‘riq ko‘rsatuvchi nazoratchiga aylanishinini, o‘qitishning erkin va majburiyatsizligini hamda eng asosiysi o‘quvchilar uchun o‘ta qiziqarligini va samaradorligini ta‘minlab bera oladi. Vazifamiz taqdim etilayotgan matematik ma‘lumotlar tizimini o‘quvchilar ongiga singdirishda imkon qadar oson,qiziqarli, serqirra va shu bilan birga samarali yo‘llarini ishlab chiqarishdan iborat.
Interfaol strategiyalarning qo‘llanilishi majburiy matematika darsi jarayonini
beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilga olingan
passiv o‘quvchilarni ham bir oz bo‘lsa–da, lekin yuritishga o‘z fikrlarini keng
ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs – munozaralarga befarq
bo‘lmasdan,faol ishtirok etishga undaydi.
An‘anaviy usulda tuzilgan darsga o‘quvchilarning faqat bilim olishiga talab
qo‘yilgan bo‘lsa, matematika ta‘limining yangi modelida bilim bilan birga ta‘lim
samarasini oshirishda tanqidiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatish ham yuqori o‘ringa
qo‘yiladi. Bunda dars mobaynida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi
an‘anaviy, majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashiga katta e‘tibor
qaratiladi, buning uchun esa o‘quvchiga tanqidiy, mustaqil fikrlash malakasini
singdirib borish zarur. Bu borada quyidagilarni hisobga olish muhim ahamiyat
kasb etadi:
1) matematikada o‘qitish jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar
yordamida tashkil qilinishini talab etadigan ma‘lum tizimga ega bo‘lgan
yondashuvlar tamoyillari;
2) uzluksiz matematika ta‘limini tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali
qo‘llash zarurati haqidagi ilg‘or pedagogik g‘oyalari;
3) o‘qitish jarayonini faollashtirish hamda uzluksiz ta‘limda pedagogik
texnologiyalar nazariyasi;
4) tanqidiy tafakkurni rivojlantirish nazariyasi;
5) shaxsning ijobiy rivojlanish nazariyasi;
Umuman olganda,matematika o‘qitishda eng yuqori rivojlantiruvchi samaraga
erishish mumkin, agar:
- uzluksiz matematik ta‘lim tizimida o‘qitishning interfaol metodlari
o‘qitilayotganlarning mustaqil, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish vositasi
sifatida qo‘llanilsa;
- uzluksiz matematik ta‘lim tizimida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
jarayonini o‘qitilayotganlar haqiqiy o‘quv imkoniyatlarini iloji boricha aniq
hisobga olgan holda,ularda matematik bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan
mustahkam qiziqishlarni shakllantirish imkoniyatlari ta‘minlasa;
- uzluksiz ta‘lim tizimida matematika o‘qitish jarayoni murakkab aqliy
faoliyat sifatida qaralib, u faqatgina ahdozali darsdagi da‘vat, anglash va
fikrlash bosqichlari to‘g‘ri amalga oshirilgandagina to‘laqon bo‘ladi, deb
qaralsa;
- uzluksiz ta‘lim tizimida amaliy mazmunga ega bo‘lgan matematik
tushunchalarni o‘qitishdan 3 ta asosiy (ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)
maqsadlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilsa.
Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1) o‘quvchilarni matematika o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning
ta‘limiy – rivojlantiruvchi rolini aniqlash;
2) o‘quvchilarni matematika o‘qitishda interfaol metodlarni tanlash mezonini
va ularni qo‘llash tamoyillarini aniqlash;
3) uzluksiz matematik ta‘lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni
qo‘llashda mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish usullarini
aniqlash;
4) matematika o‘qitish jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha
maktablarga mo‘ljallangan o‘quv – metodik , didaktik tarqatma
materiallarni ishlab chiqish.
Bugungi milliy tarbiyashunoslikka ,, Interfaol usullari’‘ nomi bilan kirib kelayotgan usullar o‘quvchi o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma‘lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hasl qilish, ma‘naviy sifatlarni shakllantirish shu bilan birga ularni nazorat qilish, hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlik talab qiladi.
Interfaol dars jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi barcha o‘quvchilar faollashishi zarur, ya‘ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining ma‘lum bir qismi o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘rganiladi( yakka, juft – juft yoki guruh bo‘lib ), so‘ngra bu material sinfda har tomonlama muhokama etiladi.
Amaliy ishlar ham shu tariqa bajariladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilar
o‘qiyotganliklarini, muallim ularga o‘qish va o‘rganishlari uchun yordam
berayotganini anglasinlar. O‘qituvchi – o‘quv jarayonini tashkilotchisi, rahbari,
nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati
uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini
erkin bayon qila oladi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchining bilimini sinashi,
ko‘nikma va malakalarini aniqlashi, uning shaxsiy fikrini bilishi uchun albatta
to‘g‘ri savol qo‘ya olishi kerak.
O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni
to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga,
mavzuga qo‘yiladigan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli
puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan interfaol
usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri tashkil
qilishi kerak. Bunda quyidagi qoidalarga rioya qilishi darkor:
1 – qoida: Sinfdagi hamma o‘quvchilarning texnologik jarayonga faol
qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma o‘quvchi ishtirok eta
oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‘ladi. O‘yinlar ham shu
asosda tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma rolga bo‘lib
chiqishi uchun o‘yin bir necha marta takrorlanadi.
2 – qoida: Interfaol o‘yin texnologiyalardan foydalanish uchun o‘quvchilarni
psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e‘tibor berish kerak. Chunki hamma
o‘quvchi ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga kirish va fikrini erkin
bildirishga tayyor bo‘lavermaydi. Uyalash, qisilib – qimtinish, odatda tashqaridan
cho‘chish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Buning oldini olish uchun avval
kichik hajmdagi, qisqa vaqtli mashqlardan foydalanish, faolligini rag‘batlantirish
va ixtiyoriylikdan ko‘ra navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi. 39
3 – qoida: Aslida interfaol metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda ko‘proq
samara beradi. Shuning uchun ularni 30 kishidan ortiq bo‘lmagan o‘quvchili
sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘qitishning sifati
o‘quvchilar soniga teskari proporsional bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi
fikrini eshitish, har birini faoliyatga jalb qilish, har bir o‘quvchining harakatlarini
kuzatib borishi uchun sinfda o‘quvchilar juda ko‘p bo‘lmagan ma‘qul. Xonada
o‘quvchi tomonidan kichik guruhlarga bo‘lingandan aylanib yurushi uchun, erkin
harakatlanish uchun yetarli kenglik ham bo‘lishi kerak.
4 – qoida: Sinf xonasini ham alohida tayyorlash kerak. Kichik guruhlar uchun
stol va partalarni birlashtirish, ularni nomerlash va nomlash, atrofda joy almashtirish, ijodiy ishlash uchun yetarli yo‘lkalarni qoldirish kerak. Agar doska
va ,,sahna’‘ da ishlash kerak bo‘lsa, stullar doskaga qaratib yoki yarim qaratib
qo‘yiladi, o‘quvchilarning doskaga orqa o‘girib o‘tirishi noto‘g‘ri hisoblanadi.
O‘yin uchun va metod uchun kerakli hamma jihozlar oldindan o‘qituvchi
tomonidan kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlanadi.
5 – qoida: Metodning mohiyati va o‘yinning qoidalari avval yaxshilab
tushuntirishi va hamma shartlar oldindan aytib kelishib olinishi kerak. Masalan
guruhda ishlansa, guruhning vazifalari, natijalarni e‘lon qilish shakli, har bir ish
turi va ajratiladigan vaqt, baho mezonlari e‘lon qilinadi. Demak, har bir o‘quvchi
o‘zining vazifasini aniq bilgan va uni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi
kerak. Yana bir masalaga alohidan e‘tibor berish kerakki, har qanday fikr –
mulohaza, taklifni sabr bilan eshitishi, bir – birini hurmat qilish va bahamjihat
bilan ishlashga ham kelishiladi va o‘rganib boriladi.
6 – qoida: o‘quvchilarga vazifalarni va rollarni taqsimlash, o‘quvchilarni
guruhlarga ajratishi masalaga e‘tibor bilan qarash kerak. Agar faqat o‘quvchilar
ixtiyoriga qo‘yib berilsa, guruhlar tarkibi doimiy bir xil bo‘lib qoladi, o‘yindan esa
faqat dadilroq, faol va qiziquvchan o‘quvchilar ishtirok etadi va uyatchan, passiv
o‘quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim o‘quvchilar doimiy lider bo‘lib,
ba‘zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki sezilmay qoladi. Shuning uchun ham tanlov
tasodifiy bo‘lishi va harakat qilishi kerak. Masalan: guruhlarga orqasi o‘girilgan 40
jetonlarni olib, ularga chizilgan rasm, nomeri, rangi bo‘yicha ajratiladi, roller
konvert ichiga yozilib tanlab olinishi mumkin bo‘ladi. Misol uchun quyidagilar:
,,Adashgan zanjirlar’‘ usuli boshlang‘ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni
tiklash uchun qo‘llanadi. Bunda o‘qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid
ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo‘yadi. O‘quvchilar tartibsiz
joylashgan so‘zlarga mantiqiy bog‘langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6
kishilik guruhda qo‘llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.Masalan 4-
sinf darsligidan ,,Noma‘lum qo‘shiluvchini toppish’‘ qoidasi: ,,Noma‘lum
qo‘shiluvchini topish uchun yig‘indidan ma‘lum qo‘shiluvchini ayirish kerak’‘,
shunday o‘zgartiriladi: qo‘shiluvchini ayirish topish noma‘lum uchun yig‘indidan
ma‘lum kerak qo‘shiluvchi’‘ So‘zlar alohida qog‘ozlarga yoziladi va ko‘rgazma
taxtasiga betartib joylashtiriladi.O‘quvchilar tartibni tiklaydilar, yoki har bir
guruhga so‘zlar to‘plami beriladi va guruhlar tartibini tiklaydilar.
,,Bahs – munozara’‘ da o‘quvchilar bilan biror muammoni yechish yo‘lini
qidirishda foydalaniladi, masalan: masala yechish, o‘lchash ishlarini bajarish,
yechimning qulay usulini topish va hokazo. Sinfni to‘rtliklarga bo‘lish va
guruhda ishlash mumkin.
,,Muammoli savollar’‘ sinfda muammoli vaziyatni yaratish, bir muammoni
mustaqil o‘quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun qo‘llanadi. Muammoli
savol va topshiriq o‘qituvchi tomonidan aniq aytiladi, doskaga yoziladi,yechimni
juft – juft bo‘lib qidirish taklif qilinadi. Har bir guruh javobi eshitiladi va
umumlashtirib yagona yechimga kelinadi.

1.2. Pedagogik texnologiya loyihalari: ilmiy yondashuvlar va yechimlar orqali interfaol metodlarni qo’llash


O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, kuchli intellektual va ma‘naviy
salohiyatni shakllantirish jarayoni bosqichma – bosqich amalga oshirilmoqda.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi bevosita ta‘lim – tarbiya tizimini
rivojlantirish, yangi texnologiyalarni loyihalash va pedagogik amaliyotga
tatbiq etish bilan uzviy bog‘liqdir.
Keyingi yillarda biz ta‘lim fazosini standartlashtirish jarayonining guvohi bo‘layapmiz. Bu ish ancha murakkab va bajaruvchilar uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Ta‘lim standartlarininig yuzaga kelishi mavjud vaziyatni birmuncha qiyinlashtirib yubordi, chunki standartning shartsiz bajarilishini kafolatlaydigan va pedagogik amaliyotga joriy etiladigan texnologiyalar ishlab chiqilmagan edi. Har bir o‘quvchi ta‘lim standarti darajasiga erishishi uchun o‘quv yurtlaridagi mavjud an‘anaviy metodikalar o‘rniga zamonaviy pedagogik qurollar zarur bo‘ladi. O‘quv jarayoni loyihasini texnologiya darajasiga chiqarish va bu loyihaning joriy etilishi o‘qituvchini yuqori malakali mutaxassisga aylantirish bilan birgalikda o‘rganuvchining mavqeini ham kuchaytiradi va ijodiy hamkorlikning yangi ufqlarini ochadi.
Aksiomalar tizimini 3 guruhga ajratadi. Birinchisi – pedagogic texnologiyalarni bir butun ta‘limiy kenglikka qo‘shish aksiomalari, ikkinchisi –
o‘quv jarayonini modellashtirish aksiomalari, uchinchisi – o‘quv jarayonini 28
me‘yorlash aksiomalari. O‘z navbatida ularning har biri o‘zida uchtadan
aksiomalarni birlashtiradi.
Birinchisi ( A1) – pedagogik texnologiyaning ta‘lim makoniga talab qo‘yish
aksiomasi; A2 - pedagogik texnologiyaning ―o‘qituvchi‖ tizimiga moslik
aksiomasi, A3 - pedagogik texnologiyaning predmet metodikasi tizimiga
nisbatan universallik aksiomasi.
Ikkinchi guruhga ( A4) pedagogik texnologiya asosini tashkil etuvchi
o‘quv jarayoni modelini loyihalash aksiomasi kiritiladi. Bu axborotli model
quyidagi parametrli topshiriqlar yordamida tavsiflanadi:
1 – parametr (maqsadga joizlik) o‘quv – tarbiyaviy jarayonning umumiy
maqsad va yo‘nalishini mikromaqsadlar tizimi ko‘rinishida ifoda etadi.
2 – parametr ( tashxis ) mikromaqsadlarga erishish yoki erishmaslik dalili
to‘g‘risida boshqaruv axborotlarni mujassamlashtiradi.
3 - parametr ( miqdorli o‘lchov) o‘quvchilarning mustaqil faoliyati xususiyatlari, xarakteri va hajmi haqida tashxisning muvaffaqiyatli o‘tishini kafolatlash uchun yetarli bo‘lgan mazmunli va sonli axborotlar beradi.
4 – parametr ( mantiqiy tuzilma) – bu o‘qituvchining metodik fikrlarini o‘quv jarayonining yaxlit va mantiqan ko‘rsatmali modeliga aylantirish bosqichini
e‘tiborga oladi va o‘qituvchi mahoratining yuksak darajasini belgilab beradi.
Bu faoliyat shunchalik o‘quv jarayoning mantiqiy tuzilmasi fotografiyasi
emas, balki maxsus shakllangan ishchi maydon bo‘lib, unda barcha elementlar
texnologik qonuniyatlar asosida ifodalanadi va ma‘lum muolajalar yordamida
yetarlicha muqobillashtiriladi.
5 – parametr ( tuzatish ) pedagogik yaroqsizlik, ya‘ni tashxisdan o‘tmagan o‘quvchilar haqida va tuzatishning metodik yo‘llari to‘g‘risidagi axborotlarni
tasvirlaydi.
Shuningdek, ikkinchi guruhga ( A5) o‘quv jarayoni modelining tashkil
etuvchi ko‘rsatkichlari tizimi yaxlitligi va takrorlanuvchanligi aksiomasi ham
kiritiladi.
O‘quv jarayonini texnologiyalashtirish ob‘yekti har qanday premetrning o‘quv mavzusi bo‘lishi kerak, uning hajmi esa qat‘iyanligi bilan ajralib turadi: minimum 6 – 8 dars, maksimum – 22 – 24 dars. Ana shu mavzu
loyihasida bo‘lajak o‘quv jarayoni yuqorida nomlangan beshta parametr
yordamida yaxlit beriladi va aynan shu o‘quv mavzusi har qaysi predmet
bo‘yicha o‘quv jarayonini loyihalashga imkon beradigan bir xildagi
muolajalar ko‘rinishida texnologiyalashtirish va loyihalashning
takrorlanuvchanligini ta‘minlaydi.
Ikkinchi guruh tarkibiga kiradigan yana bir aksioma (A6) – bu o‘quv
jarayonining axborotli modelini texnologiyalashtirishdir. V. M. Monaxov
tajribasida bir mavzu doirasida 5 ta parametrlarni o‘zida mujassamlashtirgan
o‘quv jarayoni loyihasining texnologik xaritalari yaratilgan. Texnologiya
o‘qituvchini loyihalash muolajalari tizimi bilan qurollantirilsa, texnologik
xaritalar o‘quv mavzusi bo‘yicha o‘quv jarayoni loyihasining pasporti sifatida
kerak bo‘ladi.
Uchinchi guruh aksiomalarini ( o‘quv jarayoni loyihasini me‘yorlash)
pedagogik texnologiya mavjudligining asosiy mahsuloti sifatida tavsiflaydi.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatini texnologiyalashtirish aksiomasi (A7) kasbiy
faoliyatning quyidagi innovatsion komponentlariga tegishli:
- o‘quv jarayoni loyihasining pedagogik g‘oyalarini butun bir o‘quv yili
uchun o‘qituvchi tomonidan o‘z xususiy metodik tajribasiga, o‘quv
dasturi mazmuniga va davlat ta‘lim standarti talablariga tayangan holda
mikromaqsadlar ketma – ketligi ko‘rinishida ifodalash kasbiy
ko‘nikmasi. Boshqacha qilib aytganda, bu – standart talablarini
mikromaqsadlar tiliga o‘tkazishning texnologik muolajasidir,
mikromaqsad esa o‘quvchilarning bilish va rivojlanish zinopoyasidir. Bu
component bevosita an‘anaviy o‘quv mavzularini qaytadan tuzish bilan
bog‘liqdir.
- texnologik xaritani loyihalash kasbiy ko‘nikmasi. Bu jarayon pedagogik
mahorat cho‘qqisi hisoblanadi, sababi o‘qituvchi bo‘lajak o‘quv jarayonini oldindan ko‘ra biladi, o‘z g‘oyalarini texnologik xaritada qoidali tarzda tasvirlaydi. Ta‘kidlash joizki, bu kasbiy ko‘nikma yetarlicha murakkab, ko‘p bosqichli, o‘z mohiyatiga ko‘ra integrative bolib o‘qituvchidan yaxshi rivojlangan refleks qobiliyatni talab etadi;
- darsning axborotli xaritasini konstruksiyalash kasbiy ko‘nikmasi yoki bu xaritalar yig‘indisi har bir o‘quv mavzusi uchun bo‘lajak o‘quv jarayonining aniqlashtirilgan loyihasi hisoblanadi;
- ikki pedagogik ob‘yektni taqqoslash kasbiy ko‘nikmasi: texnologik
xaritalar ko‘rinishidagi o‘quv jarayoni loyihasi va ma‘lum sinfda real
o‘quv jarayoni natijalari bilan birgalikda darsning axborotli xaritalar
tizimi. Taqqoslashni aniq ko‘rsatkichlar va texnologik muolajalar
bo‘yicha o‘tkazish kerak. Qiyoslash muolajalari asosida tashxislash
natijasiga ko‘ra mazkur sinfda o‘quv – tarbiyaviy faoliyat rivojini qayd
etuvchi maxsus monitoring yotadi.
O‘quv jarayoni loyihasini me‘yorlash aksiomasining (A8) mohiyati quyidagilardan iborat: o‘quv jarayoni loyihasi texnologik xarita tarzda tayyor
bo‘lgach, bevosita zaruriy hisoblar amalga oshirilishi kerak: o‘quv vaqti,
didaktik axborotlar hajmi, uni o‘zlashtirish tezligi, shu o‘quv mavzusi
chegarasida o‘quvchilarni rivojlantirishning metodik dasturiga ajratiladigan
vaqt va boshqa.
Nihoyat, uchinchi guruhning so‘nggi aksiomasi shunday ifodalanadi:
yakuniy natijani kafolatlaydigan pedagogik texnologiyaning maqbul ishlashi
uchun ishchi maydonni shakllantirish aksiomasi (A9). Har qanday pedagogik
texnologiya bu aksioma talablarini bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning ham
o‘quv, ham umumiy yuklamasi bo‘yicha qanoatlantirishi shart; darsning
axborotli xaritasi ichida yosh jihatidan o‘z guruhi doirasida o‘quvchilarni
o‘quv – bilish faoliyatlarining asosiy turlari me‘yorini saqlash zarur. Bu
bevosita psixologik – pedagogik va fizio – gigiyenik me‘yorlarni saqlashga
ham tegishlidir. 31
Muammoli – modulli o‘qitish texnologiyasining yetakchi sifat belgisi – bu
egiluvchanlik hisoblanadi. Zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda
egiluvchan avtomatlashtirilgan tizim muhim sanalgani kabi hozir ham,
kelajakda ham pedagogik texnologiya samaradorligi ko‘p jihatdan uning ilmiy
– texnikaviy va ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgaruvchan sharoitga moslasha olish va
zudlik bilan ta‘sir etish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Egiluvchanlik tuzilmasi,
mazmunli va texnologik holda bo‘lishi mumkin.
Tuzilmali egiluvchanlik qator holatlari bilan ta‘minlaydi: muammoli –
modul tuzilmasining safarbarligi, muammoli – modulli dastur pog‘onaligi,
egiluvchan jadval loyihasining mavjudligi va ko‘p vazifali o‘quv xonalarining
jihozlanganlik imkoniyatlari va boshqalar.
Mazmunli egiluvchanlik birinchi navbatda ta‘lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalash imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi. Bunday
imkoniyatning o‘zi taklif etilayotgan texnologiyada o‘quv materialining blok
va modulli prinsip asosida saralanish evaziga vujudga keladi.
Texnologik egiluvchanlik muammoli – modulli ta‘lim jarayonining
quyidagi jihati bilan ta‘minlanadi: o‘qitish metodlarining variantligi, nazorat
va baholash tizimining egiluvchanligi, o‘quvchilarning o‘quv – bilish
faoliyatini yakka tartibda tashkil etish va boshqa.
Shu bilan birgalikda opponentlar tomonidan muammoli – modulli
o‘qitishning qator kamchiliklari ko‘rsatildi, ular: ta‘lim jarayonining bo‘laklarga
bo‘linganligi, ya‘ni o‘quvchilarning mustaqil ishlari salmog‘i birmuncha katta;
o‘quv predmetining yaxlitligi va mantiqini inkor etish; o‘quvchilarni
tayyorlash torligi: o‘qitish kursining bog‘liq bo‘lmagan muammolar yoki
masalalar qismlariga qadar qisqarishi; umumlashmaga ziyon yetkazadigan
xususiy, aniq ko‘nikmalarnigina shakllantirishi; muammoli modullarni
tayyorlash va mashg‘ulotni o‘tkazishga tayyorgarlikning ko‘p mehnat talab
qilishi.
Sanab o‘tilgan kamchiliklarning ko‘pligi modulli o‘qitish texnologiyasini
o‘rnatish bosqichida birmuncha aniq sezilsa-da, asta-sekinlik bilan dazmollanib
boradi. Shuni eslatish joizki, u yoki bu texnologiyani ― toza‖ holda j oriy etish
mumkin emas. Xohlaymizmi yoki yo‘qmi, o‘quv jarayonini tashkil etishning
an‘anaviy yondashuviga va mavjud didaktik jarayonga tayanishga to‘g‘ri
keladi.
Ta‘lim mazmunini muammoli- modulli loyihalash quyidagi asosiy
tayanchlardan iborat bo‘ladi:
- bilish faoliyatining fundamental metodlari doirasida kursni joy-joyiga
qo‘yib tuzish. Misol uchun, matematika darsida bunday metodlarga
matematik modellashtirish, aksiomatik, koordinat, vektorli, mantiqiy
metodlar kiradi;
- tayanch muammoli modullarning mazmunini aniqlash. Saralashning
muhim sharti bilish faoliyati metodlarining prinsipli mazmuni
hisoblanib, umummadaniy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu
o‘qitishning tayanch mazmuniga oid quyidagi mezonlarni hisobga
olishni taqoza etadi:
- fundamental, uzviylik, uzluksizlik va ta‘limni insonparvarlashtirish;
- yechimi bilish faoliyati metodlarining mosini qo‘llashni talab etadigan
yirik kasbiy-amaliy muammolarni turli guruh kasblarining o‘ziga
xosligini hisobga olib ajratish;
- ixtisosli va darajali tabaqalashtirishni ta‘minlashga yo‘naltirilgan
o‘zgaruvchan modullarning mazmunini tanlash va hajmini aniqlash,
shuningdek, muammoli- modulli dasturlarning turli – to‘liq, qisqargan va
chuqurlashtirilgan variantlari bo‘yicha o‘quvchilarning yakka tartibda
olg‘a siljishi uchun sharoitlar yaratish.
Muammoli modullarni qo‘llash ko‘lami quyidagi tartibotlarni qamrab
oladi: tizimli, avtonom va integratsiyalashgan. Tizimli tartibot muammoli
modullaridan mustaqil kurs doirasida foydalanishni taqoza etadi. Avtonom –
ma‘lumot moduli sifatida boshqa fanlar doirasida, integratsiyalangan – interfaol
kursi doirasida qo‘llanishi lozim.
Shunday qilib, muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasining mohiyatini
quyidagicha izohlash mumkin: o‘quvchilarning talab etilgan darajada
bilimdonligiga erishish uchun o‘quv materiali mazmunini yirik tuzilmalash,
unga mos holda o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini tanlash amalga
oshirilib, ular o‘quvchilarni to‘liq, qisqargan yoki chuqurlashgan o‘qitish
variantlarini mustaqil tanlash va o‘tishga yo‘naltiriladi.
Istiqlol bizga chinakam ilm fanning rivojlanishi uchun katta imkoniyat
yaratdi. Buning uchun biz doimo tinimsiz kashfiyotlar yaratishimiz, yangiyangi tashabbuskorlik, ijodkorlik namunasini kiritishimiz lozim. Avvalo
yoshlarga bilim berishda pedagogik texnologiyalarni yaratishning ilmiy
asoslarini takomillashtirish muhimdir. Buning natijasi bo‘lib o‘quvchi shaxsni
shakllantirish, yangi yetuk kadrlar uchun zamin yaratiladi. Maktab va oliy
o‘quv yurtlar oldidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar borki, busiz
yutuqlar haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Jumladan:
- Ta‘lim standartlari va o‘quv dasturini doimo takomillashtirib borish
muhimdir;
- O‘quv qo‘llanmalar va darsliklarini bugungi kun talabidan kelib yozish;
- Darslik va o‘quv qo‘llanmalar dunyo andozasiga to‘g‘ri kelishligi;
- Berilayotgan mavzularda mahalliy materiallardan keng foydalanishlik;
- Dars o‘tishdagi uslub va tavsiyalar ta‘lim jarayonini har jihatdan
boyitish;
- Natijasi ma‘naviy yetuk kadrlar yetkazish, mustaqil yurtimizni har
jabhada yutuqlarga olib keladi.
Ta‘limni yanada takomillashtirish va uning dunyo andozasiga mos
keladigan mexanizmini yaratish va uni amaliyotda qo‘llash kundalik vazifa
bo‘lib qolaveradi. Maxsus o‘quv dasturlar asosida bolalarning qobiliyatlariga
e‘tibor berish keng iste‘dodlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb yozgan: ― Milliy istiqlol yosh
avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma‘naviy fazilatlar egasi bo‘lib
voyaga yetishiga, farzandlarimiz hayotida nechog‘li faol munosabatda 34
bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini
hamisha yodda tutishimiz kerak ‖.
Prezidentimizning xalq ta‘limi xodimlariga aytgan ushbu so‘zi bizga
juda katta mas‘uliyat yuklaydi va o‘z ustimizda ishlashni to‘xtovsiz yangilab,
takomillashtirib borishga undaydi.

Yüklə 63,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə