Ma’ruzachi: katta o‘qituvchi Jabborov A. B. Ma’ruza-10. Bipolyar tranzistorlar haqida umumiy maʼlumotlar



Yüklə 3,61 Mb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#141717
1   2   3   4
10-маъруза

ko‘p emitterli (КЕТ),
kо‘р kollektorli (KKT) va
tarkibiy (Darlington va Shiklai) tranzistorlari bo‘ladi.
BTning beshta asosiy ish rejimi mavjud.
Agar tashqi kuchlanish manbalari (UEB, UKB) yordamida EO‘ to‘g‘ri yo‘nalishda, KO‘ esa teskari yo'nalishda siljitilsa, u holda ВТ aktiv (normal) rejimda ishlaydi. Bu rejim analog sxemotexnikada keng qo'llaniladi.
Agar EO‘ teskari yo‘nalishda, K0‘ esa to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan bo'lsa, ВТ invers (teskari) rejimda ishlaydi.
Agar emitter va kollektor o'tishlar to‘g‘ri siljitilgan bo‘lsa, ВТ to'yinish, teskari siljitilgan bo‘lsa - berk rejimda ishlaydi. Bu rejimlar raqamli sxemotexnikada keng qo‘llaniladi.
EO‘ to‘g‘ri siljitilganda KO‘da EYK hosil bo‘lsa, ВТ injeksiya — voltaik rejimda ishlaydi.
BTning yana bir rejimi bo‘lib, u teskari siljitilgan KO‘ga yuqori kuchlanishlar yoki temperatura ta’sir etganda yuzaga keladi. Bu rejim teshilish rejimi deb ataladi. Ko‘chkili tranzistorlar elektr teshilish hisobiga ishlaydi.
Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari
BTda elektrodlar uchta bo‘lgani sababli, uch xil ulanish sxemalari mavjud: umumiy baza (UB), umumiy emitter (UE) va umumiy kollektor (UK) (2-rasm). Bunda ВТ elektrodlaridan biri sxemaning kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy, uning o‘zgaruvchan tok (signal) bo'yicha potensiali esa nolga teng qilib olinadi. BTning.2-rasmda keltirilgan ulanish sxemalari aktiv rejimga mos.
2-rasm. BTning statik rejimda umumiy baza (a), umumiy emitter (b) va umumiy kollektor (d) ulanish sxemalari.
Umumiy baza kuchaytirgichi
Tranzistor tuzilmalarining energetik diagrammalari
BTning elektr signallar quvvatini kuchaytirish imkoniyati uning energetik diagrammasida yaqqol ko‘rinadi. Diagramma elektron va kovaklarning tuzilmada egallagan o‘rni bilan potensial energiyalarining bog'liqligini ko‘rsatadi.
Dreyfsiz n-p-n tuzilmali ВТ energetik diagrammasi 3-rasmda ko'rsatilgan. Elektronlarning potensial energiyasi (o‘tkazuvchanlik zonasi tubi energiyasi Wc ) n--yarimo'tkazgichda kichik va p - yarimo‘tkazgichda katta. Kovaklar potensial energiyasi (valent zona shipi energiyasi Wv), aksincha, n-yarimo'tkazgichda katta va p - yarimo‘tkazgichda kichik.
3-rasm. n - p - n turli dreyfsiz BTning muvozanat holatdagi (a) va aktiv rejimdagi (b) energetik diagrammalari.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə