Ma’ruzachi: katta o‘qituvchi Jabborov A. B. Ma’ruza-10. Bipolyar tranzistorlar haqida umumiy maʼlumotlar


n-p-n turli dreyfli BTning aktiv rejimdagi energetik diagrammasi Tranzistorda elektrodlar toklari



Yüklə 3,61 Mb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#141717
1   2   3   4
10-маъруза

n-p-n turli dreyfli BTning aktiv rejimdagi energetik diagrammasi
Tranzistorda elektrodlar toklari
UB sxemada ulangan, eritib tayyorlangan n-p-n BTning aktiv rejimda ishlashini ko‘rib chiqamiz (5-rasm).
Aktiv rejim uchun kuchlanish manbalari qutblari va elektrodlar toklari yo‘nalishIari.
EO‘ to‘g‘ri siljitilganda (UEB ta’minot manbasi hisobiga amalga oshiriladi) uning potensial bareri pasayadi va elektronlar emitterdan bazaga injeksiyalanadi. Elektronlarning emitterdan bazaga hamda kovaklarning bazadan emitterga injeksiyalanishi hisobiga emitter toki IE hosil bo‘ladi:
IE = IEn + IEp
bu yerda: IEn, IEp — mos ravishda elektronlar va kovaklar injeksiya toklari.
Emitter tokida elektronlarning injeksiya toki IEn ulushini injeksiya koeffitsienti deb ataluvchi kattalik ifodalaydi. U emitter ishlash samaradorligini belgilab, emitter tokidagi foydali tok ulushini ko‘rsatadi.
Odatda =0,990 ÷ 0,995 ni tashkil etadi. Bazaga injeksiyalangan elektronlar, bazada kollektor tomonga dififuziyalanib KO‘gacha yetib boradi. So‘ngra kollektorga ekstraksiyalanadi (KO'ning elektr maydoni ta’sirida kollektorga tortib olinadi) va kollektor toki IKn ni hosil qiladi.
Emitterdan injeksiyalangan elektronlar tokining baza sohasida rekombinatsiya hisobiga kamayishi elektronlarni tashish koeffitsienti deb ataluvchi kattalik bilan ifodalanadi:
Real tranzistorlarda αT = 0,980 - 0,995.
Aktiv rejimda tranzistorning KO‘ teskari yo'nalishda siljitilgan (UKB bilan amalga oshiriladi) ligi sababli, kollektor zanjirida xususiy tok IK0 oqadi. U ikki xil noasosiy zaryad tashuvchilarning dreyf toklaridan tashkil topgan. Natijada p-n o'tishning teskari toki IK0 = Ipn + Inp amalda teskari kuchlanishga bog‘liq bo‘lmaydi va xona temperaturasida kremniyli o'tishlarda IK0=10-15 A ni tashkil etadi. Shunday qilib, emitter toki boshqaruvchi, kollektor toki esa boshqariluvchidir. Shuning uchun ВТ tok bilan borshqariluvchi asbob deyiladi.
Kollektor toki ikki tashkil etuvchidan iborat

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə