Ma’ruzachi: katta o‘qituvchi Jabborov A. B. Ma’ruza-10. Bipolyar tranzistorlar haqida umumiy maʼlumotlar



Yüklə 3,61 Mb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#141717
  1   2   3   4
10-маъруза

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

ELEKTRONIKA VA SXEMOTEXNIKA

Ma’ruzachi: katta o‘qituvchi Jabborov A.B.

Ma’ruza-10. BIPOLYAR TRANZISTORLAR HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOTLAR.

Reja:

Umumiy ma’lumotlar

Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari

Tranzistor tuzilmalarining energetik diagrammalari

Tranzistorda elektrodlar toklari


Tayanch iboralar:Bipolyar transistor, kollektor, emitter, baza, planar-epitaksial, aktiv (normal), to'yinish, injeksiya, teshilish, umumiy baza (UB), umumiy emitter (UE) va umumiy kollektor (UK).
1.Umumiy ma’lumotlar
 
Bipolyar tranzistor (ВТ) deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tishdan tashkil topgan va signallarni tok, kuchlanish yoki quvvat bo‘yicha kuchaytiruvchi uch elektrodli yarimo‘tkazgich asbobga aytiladi. BTda tok hosil bo'lishida ikki xil (bipolyar) zaryad tashuvchilar -elektronlar va kovaklar ishtirok etadi.
ВТ p - va n - o‘tkazuvchanlik turi takrorlanuvchi uchta (emitter, baza va kollektor) yarimo‘tkazgich sohaga ega (1, a yoki b-rasmlar).
1-rasm. p-n-p (a) va n-p-n (b) turli ВТ lar tuzilmasi va ularning sxemada shartli belgilanishi.
BTlar asosan chastotalarning keng diapazonida (0-10GGs) va quvvat bo‘yicha (0,01 - 100Vt) elektr signallarni o‘zgartuvchi, generator va kuchaytirgich sxemalarni hosil qilish uchun ishlatiladi.
BTlar chastota bo‘yicha:
past chastotali — 3 MGs gacha;
o‘rta chastotali 0,3÷ 30 MGs;
yuqori chastotali 30÷300 MGs;
o‘ta yuqori chastotali — 300 MGs dan yuqori guruhlarga bo‘linadi.
Quvvat bo'yicha
kam quvvatli — 0,3 Vt gacha;
o‘rta quvvatli — 0,3÷1,5 Vt;
katta quvvatli - 1,5 Vt dan yuqori guruhlarga ajratiladi.
Nanosekund diapazonida katta quvvatli impulslarni hosil qilishga mo‘ljallangan ko‘chkili tranzistorlar BTlarning yana bir turini tashkil etadi.
Tuzilishi bo‘yicha BTlar

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə