Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə1/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175



Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi.




Mavzu - 1

1-mavzu Tibbiy mikrobiologiya. Immunologiya moduliga kirish, mikrobiologiyaning rivojlanish bosqichlarining tarixiy tasnifi. Mikroorganizmlar tasnifi. Mikroorganizmlar morfologiyasi.


Ta’lim berish texnologiyasining modeli.

Mashg’ulot vaqti -2 soat

Talabalar soni : 20-80 gacha

Mashg’ulot shakli

Kirish-axborotli ma’ruza.

1 Mikrobiologiya fani va uning predmetining rivojlanish davrlari .

1-ma’ruzaning qisqacha anatasiyasi Tirik mavjudotlar olamida mikroorganizmlar aloxida uz urinlariga ega bo’lib yerdagi xayotning eng kadimiy vakillaridan biri bo’lib xisoblanadi .Mikroorganizmlar paydo bo’lgan iga karib 3 mld yil bo’lgan degan taxminlar bor .Ba’zi olimlarning fikricha mikroorganizmlar yerning birinchi tirik organizmlaridir , lekin , boshqa gurux olimlari mikroorganizmlarni arxeobiontlardan, fotobionlardan , protobiontlardan kelib chikkan deb taxmin qilishadi .

2.Mikrobiologiya fanining asoschilari , ularning mikrobiologiya faniga kushgan xissalari

Ma’ruza maqsadi. Talabalarga mikroorganizmlar tugrisida ma’lumot berish , mikroorganizmlarning insoniyat xayotidagi roli, ular keltirib chikaruvchi kasalliklar haqida va mikrobiologiya fani uning moxiyati , rivojlanish etaplari bilan talabalarni tanishtirish. Talabalarni Bakteriyalarning morfologiyasi va strukturasi bilan tanishtirish.

3.Mikroorganizmlarning klassifikasiyasi , sistematikasi Bakteriyalarning nomenklaturasi Xozirgi kunda Bakteriyalarning identifikasiya qilishda qo’llaniladigan sistematika.

Ko’rgazmali,ma’ruza,suxbat

4.Mikroorganizmlarning asosiy guruxlari , ularning uziga xos xususiyatlari va bir -biridan farqi

Ommaviy,jamoaviy



O’quv qo‘llanma,darslik,ma’ruza matni,proektor,kompyutyer

O’quv mashg’ulotning maqsadi:

Metodik jixatdan jixozlangan auditoriya.




Og‘zaki nazorat:savol-javob.

1.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli. Umumiy mikrobiologiya. Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya fani. Bakteriyalarning morfologiyasi,strukturasi.

Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi.


Ish bosqichlari va vaqti.

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorgarlik bosqichi

1.Mavzu bo‘yicha o’quvmazmunini tayyorlash.




1. Mavzuga kirish

2.Kirish ma’ruzasi uchun takdimot slaydlarini tayyorlash

Tinglaydilar

(5 daqiqa)

3. Fanni o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini ishlab chikish

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar

2 – asosiy bosqich

1. Mavzu maqsadi va vazifasi bilan tanishtiradi

Tinglaydilar

Tirik mavjudotlar olamida mikroorganizmlar aloxida o’z o’rinlariga ega bo’lib yerdagi xayotning eng qadimiy vakillaridan biri bo’lib xisoblanadi. Mikroorganizmlar paydo bo’lganiga karib 3 mld yil bo’lgan degan taxminlar bor .Ba’zi olimlarning fikricha mikroorganizmlar yerning birinchi tirik organizmlaridir , lekin , boshqa gurux olimlari mikroorganizmlarni arxeobiontlardan, fotobionlardan , protobiontlardan kelib chikkan deb taxmin qilishadi .Mikrobiologiya - bir nechta yunoncha suzlardan kelib chikkan bo’lib micros-mayda , bios - xayot , logs- fan demakdir .Mikrobiologiya eng kichik kuzga kurinmas mikroorganizmlarning o’rganadi . Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan bo’lib ularni kurollanmagan kuz bilan kurish mumkin emas. Ularning ulchami juda kichik bo’lib asosan mikrometrlarda (mkm), nonometrlarda (nm),angstrimlarda ulchanadi . Maslan Bakteriyalarning kupchiligi 1-10 mkm bulsa viruslar 1 nm dan 300 - 400 nm bulishi mumkin. Shuning uchun mikroorganizmlar mikroskoplar yordamida yoki elektron mikroskoplar yordamida kuriladi.Tabiatda mikroorganizmlar juda ham ko‘p va xilma—xil bo‘lib, hamma joylarda uchraydi. Masalan, 1 g tuproqda 103–108 gacha bo‘lsa, odam axlatida 103–1012 gacha bo‘lishi va yuzdan ortiq mikroblar vakili uchraydi. Mikroorganizmlar tuproqda, havoda, suv havzalarida, odam va hayvon organizmida, biosfyeraning hamma joyida uchraydi.Mikroorganizmlar tabiatda moddalar almashinuvida qatnashadi. Masalan, o‘simliklar hayot faoliyati davomida SO2 iste’mol qilinib, O2 bilan tirik organizmlarni ta’minlab turadi.Mikroorganizmlar tabiatda organik moddalarni chiritib, neorganik moddalarga aylantirishda qatnashadi.Mikroorganizmlar foydali qazilmalar hosil bo‘lishda qatnashadi. Bundan tashqari, ular insonlar uchun xizmat qiladi. Masalan non, sut mahsulotlari, pivo, sharoblar, konyak va boshqa ichimliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.Mikroorganizmlar odam organizmida ham birga yashaydi, ko‘pgina foydali jarayonlarda qatnashadi, masalan modda almashinuvida, vitamin hosil qilishda.Tibbiyot amaliyotida foydali mikroorganizmlarni saprofit deb yuritiladi. Ko‘pgina mikroorganizmlar tabiatda odamlarda, o‘simliklarda, hayvonlarda kasalliklar keltirib chiqaradi. Bu mikroorganizmlarni parazit yoki patogen kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar deyiladi. Mikroskopik mikroorganizmlarning morfologiyasini, fiziologiyasini, o‘sish va ko‘payishini, o‘zgaruvchanligini va irsiyatini, bundan tashqari tabiatda tutgan o‘rnini, sistematikasini mikrobiologiya fani o‘rganadi.Mikrobiologiyaning o‘zi ham hozirgi kunda juda taraqqiy etgan fanlar jumlasiga kirib, bu fandan quyidagi fanlar ajralib mustaqil fan sifatida rivojlanmoqda.Umumiy mikrobiologiya mikroorganizmlarning umumiy taraqqiyot bosqichlari hayot faoliyatlari, tabiatdagi rolini o‘rganadi. Umumiy mikrobiologiya boshqa mikrobiologiya fanlari uchun asosiy bo‘lib xizmat qiladi.Tibbiyot mikrobiologiyasi. Odamda kasallik chaqiruvchi patogen mikroorganizmlarni o‘rganadi.

Sanoat mikrobiologiyasi.

Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi.

Vetyerenariya mikrobiologiyasi.

Suv mikrobiologiyasi.

Kosmik mikrobiologiya.

Tibbiyot mikrobiologiyasi ham hozirgi vaqtda tez taraqqiyot qilayotgan fanlar qatoriga kirib, bu fandan ham alohida fanlar mustaqil bo‘lib ajralib chiqmoqda.

Virusologiya (viruslar haqidagi fan).

Immunologiya (organizmning himoyalanishini o‘rganuvchi fan).

Mikologiya (zamburug‘lar haqidagi fan).

Sanitariya mikrobiologiyasi (tashqi muhit mikrobiologiyasi).

Parazitologiya.

Tibbiyot mikrobiologiyasi hozirgi kunlarda tibbiyot institutlarida ikki bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi.

Umumiy mikrobiologiya bo‘limi.

Xususiy mikrobiologiya bo‘limi.

Umumiy mikrobiologiya bo‘limida mikroorganizmlarning asosiy xususiyatlari bilan tanishiladi, ya’ni:

Tasnifi va nomenklaturasi.

Morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlari.

Mikroorganizmlarning genetikasi.

Mikroorganizmlar bilan makroorganizmlar o‘rtasidagi munosabat (infeksiya) kelib chiqish mexanizmlari bilan tanishish.

Immunitet bo‘limi.

Mikroorganizmlarni o‘stirish va patologik maTeriallardan ajratib olish (identifikasiya) usullari bilan tanishadi.

Patogen kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarga mikrobiologik tashxis qo‘yish usullari bilan tanishadi.

Yuqumli kasalliklarni oldini olish usullari (vaksina) shifobaxsh zardoblar olish bilan tanishadi.

Yuqumli kasalliklarni etiotrop davolash usullari bilan tanishadi.

Xususiy mikrobiologiyada konkret kasallik qo‘zg‘atuvchisini o‘rganib, shu kasallikka mikrobiologik tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish o‘rganiladi.

Mikrobiologiya fanining qisqacha tarixi va rivojlanish bosqichlari

Mikrobiologyai fani ham boshqa fanlar qatori o‘zining taraqqiyot bosqichiga ega bo‘lib, bu taraqqiyotda u boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir, masalan biologiya, fizika fanlarishular jumlasiga kiradi. Mikrobiologiya fanining rivojlanish bir necha bosqichlarga bo‘linadi.

Birinchi bosqich – morfologik bosqich deb yuritiladi, bu bosqich asosan fizika fanining yutuqlari natijasida rivojlangan.

Ikkinchi bosqich – fiziologik davr deb yuritiladi. Bu davrda mikroorganizmlarning morfologiyasiddan tashqari fiziologiyasi o‘rganildi va ko‘plab yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kashf qilina boshlandi.

Uchinchi davr – yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish davri deb yuritiladi. Bu davr asoschilariga asosan E.Djennyer – 1796 yil chinchechakka qarshi kurashish davri, vaksina ishlab chiqardi.

To‘rtinchi davr – hozirgi davr mikrobiologiyasining rivojlanish davri bo‘lib, bu juda ko‘pgina fanlar bilan chambarchas bog‘langan, 50 yy dan hozirgi davrni o‘z ichiga oladi.

Mikroorganizmlarning tasnifi va nomenklaturasi

Birinchi o‘rinishlar naturalist olimlar tomonidan qo‘llanilgan, masalan 1786 yilda nemis naturalist olimi Myullyer mikroorganizmlarni ikkiga bo‘lgan: Monas va Vibrio proteus. K Linney o‘zining sistematikasida mikroorganizmlarni alohida bitta guruhga “xaos” deb nomlab kiritgan.

Hozirgi davrga kelib, yer yuzidagi hamma mavjudodlar uchga bo‘linadi:

Hayvonlar.

O‘simliklar.

Protistalar (Gekkel 1866 y. Kiritgan).

Protista o‘simlik va hayvonlardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:

Bir hujayrali organizmlar.

Hujayra tuzilishi juda sodda tuzilgan, kam rvojlanagan.

1937 y. Shatton protistalarni ikki guruhga bo‘ldi:

1. Eukariotlarga.

2. Prokariotlarga.

Eukariotlarga kiradi:

Zamburug‘lar.

Sodda jonivorlar.

Suv o‘tlari.

Prokariotlarga kiradi:

Bakteriyalar.

ArxoBakteriyalar.

Prokariot hujayralarini eukariot hujayralaridan eng asosiy farqlari:

Genofonining tabiati. Hujayra nukleoplazmasida morfologik farqlanuvchi uchastka hosil qiladi. Bunda bir biriga o‘ralgan ikki ipli DNK molekulasi bo‘lib, sitoplazmadan membrana ajrab turmaydi. Genofoni vazifasini shu DNK molekulasi o‘ynaydi, ikki uchi birikkan bo‘lib, akTeriya huyjayrasini xroomosomasi deb ham ataladi. Bakteriya genlari shu dumaloq xromosomada bo‘lib, bir bog‘lanishga ega, oqsillar bilan birikmaydi. Eukariot hujayralarida DNK oqsil gekonlar bilan birikadi.Prokariotlarning asosiy farqi sitoplazmasida organellaraning bo‘lmasligidir, ya’ni oddiy membranaga o‘ralgan organellalar yo‘q (mitoxondriya, Golji kompleksi, endoplazmatik to‘r va boshq.).Yana bir prokariotlarning xaraktyerli xususiyati ularning ribosomalarining kichik bo‘limi 70S-ribosomalarga kiradi. Eukariotlarda 80S-ribosomalar mavjud.

Mikrobiologiya

4 podsholik sinf

1 Eukariot tartib

2 Prokariot oila

3 Viruslar avlod

4 Plazmidlar tur

Prokariot xivchinlari flagellin oqsilidan iborat, mikronaychalar tutmaydi. Eukariot xivchinlari tubulin oqsilidan Tashqil topgan, mikronaychalardan iborat mikroorganizmlar sistematikasi va klassifikasiyasida ularning xar xil belgilari va xususiyatlari asosida bo‘linadi.

1)Morfologik belgilari-o‘lchami, formasi, joylanishi.

2)Tinktorial belgilari- bo‘yalishi.

3)Kul’toral.

4)Xarakatchanligi.

5)Spora xosil qilishi.

6)Fiziologik xususiyatlari-ozuqa, nafas olishi.

7)Bioximiyaviy xususiyatlari.

8)BakTeriofaglarga sezgirligi va maxsusligi bo‘yicha.

9)Antigen xususiyatlari.

10)Xujayra devorining ximiyaviy tarkibi (aminokislotalar va qandlarning tarkibi va tuzilishiga qarab).

11)Lipid va yog‘ kislotalarining tarkibi-bular bo‘linishda va sezgirligini oshirishda katnashadi.

12)Oksillari bilan-mikrobiologik virusologik va immunologik fanini rivojlanishida o‘zbekiston olimlarining xam xissalari katta.

Mikroorganizmlar sistematikasi va nomenklaturasi. Klassifikasiya va sistematikasining asosiy vazifasi, mikroorga-nizmlarni malum darajadagi bir xilliklari asosida, Gruppalarga taqsimlash (bu gruppalar taksonlar deyiladi) va ularni o‘zaro o‘xshashlik bog‘liqliklarini aniqlashdan iborat.

Mikroorganizmlar uchun o‘xshashlik belgilarining qat’iyligi xaraktyerli xisoblanmaydi, chunki oziq muxit sharoitiga qarab xam morfologik xossalari o‘zgarishi mumkin, bu qisqa vaqt ichida bo‘lishi mumkin.

Mikroorganizmlarning klassifikasiya va sistematikasida sistematikani xam nomyerlash qo‘llaniladi.

Tekshirilayotgan mikroorganizm qaysi turga mansubligini aniqlash uchun uning asosiy belgilarini (morfologiyasi, xaraktyerligi, spora xosil qilishi, biokimyoviy xususiyatlari va boshqa xususiyatlar o‘rganilib keyin identifikatsiya qilinadi va qaysi turga kirishi belgilanadi.

Birinchi marotaba mikroorganizmlarni sistematikaga solishda faqat ularning morfologiyasidan foydalanilgan.

Masalan:Daniyalik naturalist olim O. Myullyer (1786) mikroorganizm-larni 2 turga bo‘ladi- monas va Vibrio mikroorganizmlarni birinchi marotaba klassifikasiyaga solishga urinish.)XVIII asrning eng ko‘zga ko‘ringan shved olimi Karl Linney mikroorganizmlarni mikroorganizmlarni sistematikaga solishda Bakteriyalar bilan ishlamaganligi va shu mikroorganizmlarni yaxshi bilmaganligi sababli, ularni klassifikasiyalashdan bosh tortib, xamma mikroorganizmlarni gruppaga kiritib «Xaos» (tartibsiz) nomi bilan atadi.aqatgina XIX asrga kelib mikroorganizmlarning klassifikasiyasi bilan ishlash rivojlana boshlandi. Bularga misol qilib rus zoolog olimining ishlarini ko‘rsatsa bo‘ladi, ya’ni 1827 yilda A. Loveskiy mikroorganizmlarni uchta turga bo‘ladi. 1838 yilga kelib nemis olimi X. Erengbyerg mikroorganizmlarni Bakteriyalarga, spirillalarga, spiroxetalarga ajratdi. Nemis botanigi F. Kan 1854 yilda xamma Bakteriyalarni o‘simliklar gruppasiga kiritdi, 1871 yilga borib mikroblar sistematikasiga qo‘shimcha qilib quyidagi turlarga bo‘ldi:mikrokokklar, Bakteriyalar, basillalar, vibrionlar, spiroxetalar va spirillalarga. 1855 yil L.S. Sinkovskiy Bakteriyalarni orginal sistematikasini taklif qildi va Bakteriyalarni ko‘k-yashil suv o‘tlariga o‘xshashaligini ko‘rsatib o‘tdi.Nemis olimi va botanigi K Negeli 1857 yilda Bakteriyalarni zamburug‘larga yaqinligini isbotlab, ularni aloxida gruppaga schyzomycetes (o‘simliksimon mikroorganizm) ga kiritdi.1896 yilda aka-uka K.Leyman va R.Neyman mikroorganizmlarniklassifikasiyasini ilmiy jixatdan ta’riflab ularni 3 oilaga bo‘lishdi.Keyinchalik mana shu klassifikasiyaga ko‘p o‘zgartirishlar kiritilib, ishlatib kelindi. Xozirgi vaqtda mikroorganizmlarni klassifikasiyasida asosan amyerikalik mikrobiolog olim D. Byergi 1924 y va xozirgi davrga kelib yaxshigina takomillashtirilgan klassifikasiyasi ishlatiladi.Xozirgi vaqtga kelib tabiatdagi butun tirik mavjudotlar va o‘simliklar o‘zlarining tuzilishiga qarab bir-birlaridan ro‘y- rost ajralib turadigan 2ta tipga bo‘linadi.Bularga jonivorlar o‘simliklar va protistalar kiradi.Xayvonlar va o‘simliklarni sizlar biologiya kursida o‘tdinglar, biz sizlar bilan protistalar tipini ko‘rib chiqamiz. Protistalar tipi xozirgi davrda juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Protista tyerminini birinchi bo‘lib Gekkel1866y taklif qilgan.Protistalar tipi shunday organizmlarki, ularni jonivorlar va o‘simliklar xujayralaridan o‘zlarining kamroq morfologik rivojlanishi bilan farq qiladi, eng asosiysi ularning bir xujayrali bo‘lishidir, xujayraning tuzilishiga qarab protistalar bir-birlaridan ro‘y-rost ajralib turadigan 2ta gruppaga bo‘linadi.

Yuqori darajali protistalar

Tuban darajali protistalar

Yuqori darajali protistalar o‘simlik va xayvon xujayralariga o‘zlarining xujayrasining tuzilishi bilan o‘xshab kyetadi. Bu xujayralarni eukariotlar deb ataladi. Bularga (zamburug‘lar, sodda xayvonlar) kiradi.

Tuban darajali protistalarga (Bakteriyalar va sianoBakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari kiradi).

Bu organizmlar o‘zlarining xujayrasining tuzilishi bo‘yicha boshqa organizmlardan va ularninig xujayrasining tuzilishidan tubdan farq qiladi.Bu mikroorganizmlarni prokariotlar deb ataladi. Endi biz sizlar bilan shu eukariot va prokariot xujayralarining bir-biridan farqlarini ko‘rib chiqamiz.Eukariot xujayralarining uzining xaqiqiy yadrosi bo‘lib, bu yadro shakllangan va yadro membranasi bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu yadroda eukariot xujayrasining genomi joylashgan bo‘lib, eukariot xujayrasining nasliy belgilarini avloddan-avlodga o‘tkazishda xizmat qiladi. Xujayra genomi asosan xromosomalar yig‘indisidan tarkib topgan bo‘lib, shu xromosomalar xujayrani bo‘linish davrida mitozda ikki xissa ko‘payib, qiz xujayralarga o‘tadi.Prokariot xujayrasining eukariot xujayrasidan farqi shuki, ya’ni prokariot xujayrasida va uning sitoplazmasida yadro yaxshi rivojlangan bo‘lmaydi, yadroning yadro qobig‘i yo‘q, Goldji apparati uchramaydi, mitoxondriya rolini ribosomalar bajaradi. Elektron mikroskopda ko‘rilganda yadro apparatidagi DNK molekulasi dumaloq zanjir shaklida bo‘lib sitoplazmaga botgan xolda yotadi.Bu Bakteriyani xromasomasi bo‘lib, mikrobning xamma irsiy belgilarini o‘zida saqlaydi. Bundan tashqari prokariot xujayralarning sitoplazmasida dumaloq bo‘lib birlashgan zanjirli DNK molekulasi xam uchraydi. Bularni episomalar yoki plazmidlar xam deb ataladi. Prokariot xujayralarning sitoplazmasida endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlanmagan, xarakat organlari xam eukariot xujayralarinikidan boshqacharoq tuzilgan. Prokariot xujayralarning devorida glikoproteidlar topilganki, bular eukariot xujayralarining xujayra devorida topilgan emas.Xozirgi vaqtda mikroorganizmlarni klassifikasiyasida sinf- tartib- oila- avlod-tur 1980y. 1yanvarida Bakteriyalarni xalqaro nomenklaturasi ishlab chiqilgan Bakteriyalarning nomenklatura birligi qilib tur qabul qilingan.

Endi biz sizlar bilan xozirgi zamon medisina mikrobiologiyasida tur tushunchasini qanday ta’riflanishini ko‘rib chiqamiz.

Tur – bu mikroorganizmlarni qon-qarindoshlik aloqalarining yig‘indisidir, ya’ni:

Bitta ildizdan kelib chiqqan bo‘lishi kyerak.

Ularning xayot faoliyatlari va munosabatlari bir-birlariga o‘xshash bo‘lishi

Alohida yashash va ovqatlanish muhitiga ko‘nikkan bo‘lishi.

Shu turdagi mikroblarda modda almashinuvi bir xilda ketishi.

Morfologik, fiziologik va genetik apparatlarining o‘xshash bo‘lishidir.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari patogen mikroblarni xujayrasini antigenlik tuzilishi xam ko‘zda tutiladi. Mikroorganizmlarni qaysi turga mansub yoki mansub emas ekanligini aniqlash uchun, ularning eng avvalo aloxida belgilari o‘rganiladi, shu belgilari asosida mikroblar identifikasiya (aniqlash) qilinadi, ya’ni klassifikasiyadan qaysi joyni egallashi aniqlanadi.

Mikrobiologiyada turini itarifikasiya (qo‘shaloq) nomenklatura ishlatiladi, bu itarifikasiyaga asosan mikroblar o‘zlarini avlodlarini va turini belgilaydi. Mikroorganizmlarning nomidagi birinchi so‘z avlodni bildirib bosh xarf bilan lotincha yoziladi. Ikkinchi so‘z mikrob turining nomi bo‘lib kichik xarf bilan yoziladi. Bacilla anthracis.

Agar turlar ichidagi mikroblar o‘zlarining kichik belgilari bilan bir-birlaridan farq qilsa, bu xolda bularni tur ichidagi variantlar deb ataladi.Mikrobiologiya fanida va uning amaliy mashg‘ulotlarida ko‘pincha «shtamm» va «klon» tushunchalari xam tafovut qilinadi «shtamm» - bir turdagi mikroorganizmlarning manbaidan ajratib olingan kulturasiga aytiladi, ya’ni tashqi muxitdan, bemordan, sog‘lom odamdan, suvdan tuproqdan va boshqa manbaalardan. Shtammlar avvalo aloxida belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, qorin tifi quzg‘atuvchisini kasallikni ba’zi bir odamlarda og‘irroq kasal chaqirib o‘tishi yoki mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini oshib qolishi va boshqalar. Ba’zida ajratib olingan shtammlar shu joyning nomi bilan atalishi mumkin. Masalan, gripp virusining Osiyo shtammi yoki Toshkent turi va boshqalar.Oxirgi o‘n yilliklarda genetika va seleksiya fanining tez rivojlanib ketishi natijasida mikrobiologiya fanida yana bir necha tyerminlar qo‘llanila boshlandi. Bu «klon» va populyasiya tyerminlaridir. Klon- bu mikroorganizmlarning bitta xujayradan ko‘paygan yig‘indisiga aytilsa, populyasiya esa – bu aloxida bir turning evolyusiya prosessi davrida rivojlangan. Populyasiya - bitta avloddan kelib chiqqan mikroblarga aytiladi.Struktura birligi bo‘lib, bu tur ichida o‘zlarining belgilari bilan, bir-birlarini ko‘payishiga to‘siq bo‘lmaydigan va bir-birlari qiyinchiliksiz irsiy belgi maTeriallarini almashishi xususiyatiga ega bo‘lgan mikroblarining gruppasiga aytiladi. Bundan tashqari tur ichida ba’zi nasliy belgilari bilan bir- biridan ajralib turadigan mikroorganizmlar xam uchrab turadi. Bu belgilar klassifikasiyaga kiritilmagan, lekin medisina mikrobiologiya praktikasida keng qullanib kelinadi. Bularga syerovar- antigenlik belgisi bilan bir-biridan farqlansa, morfovar- morfologik belgisi bilan farqlansa, xemovar-ximiyaviy belgilari bilanfarqlansa, biovar-fiziologik xususiyati bilan farqlansa, faglarga nisbatan-fagovar tafovut qilinadi. Medisina mikrobiologiyasi asosan patogen (kasallik chiqaradigan) mikroorganizmlar juda xam xilma- xil bo‘lishib, quyidagi asosiy gruppalarga bo‘linadi.

1.Bakteriyalar Prokariotlar

2. Spiroxetalar

3.Rikketsiyalar

4. Xlamidiylar

5.Mikoplazmalar

6.Akitinotisidlar

7.Zamburug‘lar Eukariotlar

8. Sodda xayvonlar

1974 yilda oxirgi nashr qilingan darsliklarda prokariot mikroorganizmlar procariotae podsholigiga biriktirilib 2ta bo‘limga bo‘lindi.

1 bo‘lim-sianoBakteriyalar-cyanobacteria

2. bo‘lim-Bakteriyalar-bacteria

1 bo‘limga kasal quzg‘atmaydigan patogen emas mikroorganizmlar kiradi. Bular tashqi muxitda rivojlanadi, medisina mikrobiologiyasi o‘rganmaydi.

2-bo‘limga tashqi muxitda, odam organizmida, xayvon organizmida oziqlanadi, ba’zilari kasal qo‘zg‘atish xususiyatiga ega va bular bilan medisina mikrobiologiyasi shug‘ullanadi. 2-bo‘lim-bacteria 19 gruppadan iborat.Tirik mavjudotlar olamida mikroorganizmlar aloxida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lib, yerdagi juda qadimiy mavjudotlar vakili xisoblanadi. Ularning paydo bo‘lganiga qariiyib 3 mlrd yil bo‘lganligi aniqlangan. Mikroorganizmlarning kelib chiqishini va evolyusiyasini o‘rganish juda qiyin va qiziqarlidir.Ba’zi bir olimlarning fikricha-mikroblar birinchi tirik mavjudotlar bo‘lgan bo‘lsa, boshqa olimlarning fikricha mikroblar xujayrasiz organizmlardan (arxeobiontlardan, fotobiontlardan, protobiontlardan) kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Xozirgi vaqtga kelib shu narsa ma’lum bo‘ldiki, organizmlar quyidagi tartibda rivojlanar ekan: RNK-viruslar, DNK-viruslar, xlamidiyalar, rikketsiyalar, mikoplazmalar, Bakteriyalar, ko‘k va yashil suv o‘tlari, tuban va yuqori darajali zamburug‘larva xayvonlardir.

BakteriyaLAR

Bakteriyalar - (yunoncha so‘z bo‘lib, bacterion - tayokcha demakdir) bir xujayrali, xlorofilsiz mikroorganizmlar bo‘lib, asosan bo‘linib Ko’payish xususiyatiga egadir. Bakteriyalarni bu turlari xammadan ko‘p sonli bo‘lib, tabiatda keng tarqalgandir, bu gruppada patogen (kasallik chakiruvchi) mikroblar,saprofit (kasallik chakirmaydigan) va shartli patogenlar (o‘zi saprofit bulsada, ba’zi xollarda kasallik chakirishi mumkin) buladi.Bakteriyalar bir-birovlaridan shakllariga karab, surtmada joylanishiga karab, katta-kichikligiga karab fakrlanadi.Shakliga karab - Bakteriyalar sharsimon, tayokchasimon yoki silindrsimon (asl Bakteriyalar) burama Bakteriyalar, spirallilarga bo‘linadi.Sharsimon Bakteriyalar - kokklar (coccus - yunoncha so‘z bo‘lib, don, zyerno degan so‘zdan olingan).

Bu sharsimon Bakteriyalar bo‘linganida qaysi tekislikda bo‘linishlariga karab surtmada xar xil ko‘rinishda yotadi va bir-birlaridan farq qiladi. Mikrokokklar - surtmada tartibsiz joylashadi (Mycrococcus Lisogentius). Diplokokklar -surtmada ikkita-ikkita bo‘lib joylashadi (gonokokk, pnevmokokk, meningokokk). Streptokokklar -surtmada zanjirsimon bo‘lib joylashadi, ko‘pgina yiringli kasalliklarni chakiradi. Tetrakokklar - to‘rttadan bo‘lib joylashadi. Sarsinalar -paketsimon bo‘lib joylashadi. Stafilakokklar esa uzum shingiliga o‘xshab surtmada joylashadi, ko‘pgina yiringli kasalliklarni chakiradi: karbunkul, flegmona, absesslarni va ko‘pgina boshqa yiringli kasalliklarni odamda va xayvonlarda chakirishi mumkin.Sharsimon Bakteriyalar ham shakliga karab bir necha xil bo‘lishi mumkin. Masalan, diplokokklar lansetsimon - pnevmokokk, zotiljam kasalligini qo‘zgatuvchisi loviyasimon shaklda - gonokokk so‘zak qo‘zg‘atuvchisi va meningokokk bosh miya pardasini yallig‘lanishi kasalligini chakiradi. Bundan tashqari, tayokchasimon Bakteriyalar xam mavjuddir. Tayokchasimon Bakteriyalar yoki asl Bakteriyalar (yunoncha so‘z bo‘lib bacteria- tayokcha demakdir) silindirsimon shaklda bo‘lib, bu Bakteriyalar xam katta-kichikligiga, surtmada joylanishiga, tayoqchani uchining ko‘rinishiga karab bir-biridan farq qiladi. Katta-kichikligiga karab (razmyer) Bakteriyalar kuyidagi gruppalarga bulinadi:

A) juda mayda -0,1-1,0 mkm (ko‘k yo‘tal kuzgatuvchisi)

B) mayda - 1,2 mkm (brusellyoz, tulyaremiya kuzgatuvchisi)

V) O‘rtacha - 10 mkm (ichak tayokchasi va boshqalar)

G) katta, yirik - 10, undan yuqori (kuydirgi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi) Surtmada joylanishiga karab: yakka-yakka bo‘lib joylashadi, juft-juft bo‘lib joylashsa diploBakteriyalar, agar spora xosil qilsa diplobasillalar deb ataladi, Bakteriyalar surtmada zanjirsimon bo‘lib joylashsa, streptoBakteriyalar deb ataladi, agar spora xosil kilsa streptobasillalar deb ataladi, tayokchaning uchini ko‘rinishiga qarab xam xar xil bo‘lishi mumkin (misollar keltiriladi).Bakteriyalarni burama shakllariga vibrionlar va spirillalar kiradi. Vibrionlarni tayokchasi bir martagina egilgan bo‘lishi mumkin, vyergulsimon - vabo qo‘zg‘atuvchisi kiradi. Spirillalarga (spira - bo‘q ilgan) bir necha marotaba bo‘q ilgan tayokchalar kiradi (2-3). Bularning ko‘pchiligi saprofit kasallik chakirmaydi, fakat bitta turi - spirilla minor sadoko kasalligini chakiradi. Bundan tashqari Bakteriyalarning burama shakliga ipsimon Bakteriyalar xam kiradi (syeroBakteriyalar, jelezo Bakteriyalar) shular julasidandir, bu mikroorganizmlar kasallik chakirmaydi.

Bakteriyalarni kattaligi mikronlarda o‘lchanadi (1-1000). Mikroblar 0,15 mkn 45 mkn gacha bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarning morfologiyasini o‘rganish medisina mikrobiologiyasining amaliy mashg‘ulotlarida katta axamiyatga ega bo‘lib, patogen mikroblarni ajratib olishda va ularni bir-biridan farq lashda (diffyerinsirovka) va ba’zi baTeriyalarni morfologik belgisini o‘rganib, shu kasalikka diagnoz qo‘yishda xizmat qiladi. Shuni esda saklash kyerakki. Ba’zi xollarda tashqi muxit ta’sirlari natijasida Bakteriyalar o‘z shaklini o‘zgartiradi, bu xodisani polimorfizm xodisasi deb ataladi va fenotipda namoyon buladi. Bakteriyalarning. bu xususiyati mikrobiologiya fanining amaliy mashg‘ulotida katta axamiyatga egadir.

Bakteriya xujayrasining tuzilishi:

Bakteriyalar xam bir xujayrali organizmlar bo‘lib o‘zlarining tuzilishi jixatidan o’simliklarga yakin turadi. Bakteriya xujayrasi xam asosiy xujayra elementlaridan tuzilgan:

1. Bakteriyaning Tashqi yopkich kavati

2. Sitoplazma

3. Nukleoid (yadrosi)

/. Tashqi yopkich kavati:

1. Kapsula

2. Xujayra devori

3. Sitoplazmatik membrana Kapsula - 2 ga bulinadi:

1. Mikrokapsula

2. Makrokapsula

Mikrokapsula fakat elektron mikroskopda kuriladi. Takibi mo‘q opolisaxaridlardan Tashqil topgan mikrofibrillalar kurinishida bo‘lib, xujayra devoriga maxkam yopishgan.Makrokapsula - Tashqi shilimshik kavat bo‘lib, asosan polisaxaridlardan Tashqil topgan, ba’zi xollarda polipeptidlardan iborat.Xamma Bakteriyalar kapsula xosil kilmaydi. Ba’zi patogen Bakteriyalar masalan, pnevmokokklar nokulay sharoitga tushib kolganda kapsula xosil qiladi (odam va xayvon organizmida). Ba’zi Bakteriyalar esa xar doim kapsula xosil qiladi. Masalan, klebsiellalar. Kuydirgi kuzgatuvchisi kapsulasi polipeptiddan iborat, kolganlariniki polisaxariddan iborat.

Vazifasi:

1. Xujayrani ximoyalaydi.

2. Patogenlik xususiyatiga ega - ya’ni ba’zi Bakteriyalarning patogenlik xususiyati shu kapsulaga boglangan.

3. Antigenlik xususiyati (K-ag)

Xujayra devori

Xujayra devori xujayrani Tashqi tomonidan koplab, murakkab ximiyaviy tarkibga ega. Xujayra devori fakat mikoplazmalarda va alfa-formali Bakteriyalarda bulmaydi. Xujayra devori tuzilishiga karab Bakteriyalar Gram buyicha buyalganda 2 gruppaga bulinadi - Gr , Gr -.

Xujayra devorining asosini peptidoglikan (yoki murein) Tashqil qiladi.

Gr Bakteriyalarda peptidoglikan kup kavatli bo‘lib teyxol kislotasi joylashgan.

Gr - Bakteriyalarda peptidoglikan bir kavatli bo‘lib, asosan xujayra devorining kup kismini peptidlar Tashqil qiladi. Umuman xujayra devori - fosfolipidlar, lipopolisaxaridlar va oksillardan iborat.

Gr Bakteriyalarda teyxol kislotasi Mg , Na ionlarini biriktirib oladi, bu ionlar yodni uziga biriktirib olib mustaxkam kompleks xosil qiladi. Gr Bakteriyalarning xujayra devorida lipidlar oz mikdorda, oksillar kup mikdorda uchraydi.

Xujayra devorining funksiyasi:

1. Bakteriya xujayra devoriga ma’lum bir shaklni byerib turadi

2. Ximoya vazifasini bajaradi

3. Bakteriyaning osmotik bosimini ushlab turadi

4. Xujayra devorida mayda teshikchalar bo‘lib oziq moddalarni utkazadi va modda almashinish jarayonida katnashadi

5. Xujayra devorida Bakteriyalarning maxsusligini belgilovchi bir-biridan farq kiluvchi somatik O-antigen joylashgan

6. Xujayra devoridagi LPS antigenlik va toksigenlik xususiyatga ega shuning uchun LPS ni endotoksin deb xam ataladi.

Ba’zan Bakteriyalarga lizosim va antibiotiklar ta’sir ettirilsa xar xil formalari xosil buladi.

1. Protoplastlar - ya’ni xujayra devori tula ravishda yo‘qoladi

2. Sfyeroplastlar - xujayra devori kisman yo‘qoladi . Bularda peptidoglikan bulmaydi. Ko’payish kobiliyati yo‘q . Bular izotonik eritmada plazmoliz - ya’ni erib kyetadi, gipyertonik eritmada esa xaet faoliyatini saklab koladi.

3. alfa formali Bakteriyalar - xujayra devorini butunlay yoki kisman yo‘qotgan, lekin Ko’payish kobiliyati saklanib kolgan. 2 xil alfa(a) formali Bakteriyalar tafovut kilinadi:

1)stabil a-formali Bakteriyalar - xujayra devorini kayta sintez kila olmaydi.

2)stabil emas a-formali Bakteriyalarni xujayra devori saklanib kolgan xujayra devorining ba’zi bir elementlari yordamida sintez kilinishi mumkin. Bu Bakteriyalar 1935 yida Angliyada Listyer institutida birinchi bo‘lib ajratib olingan.

Sitoplazmatik membrana

Sitoplazmatik membrana xujayra devoridan keyingi qobiq xisoblanadi. 7-10 nm kalinlikda buladi.

Tarkibida: karbon suvlar, lipidlar, oksillar, uglevodlar va oz mikdorda RNK tutadi.

Tarkibidagi lipidlar - neytral lipidlardan va fosfolipidlardan Tashqil topgan. Lipidlar tarkibi xar xil mikroorganizmda xar xil buladi.

Sitoplazmatik membrana 2 ta zich kavatdan Tashqil topgan bo‘lib, bu kavatlar bir-biridan lipid kavatcha bilan ajralgan.

Sitoplazmatik membrana tarkibidagi oksillar 2 xil kurinishida bo‘lib:

1) struktur oksillar

2) funksional oksillar

Funksional oksillarga:

1. Xujayra devorining xar xil komponentlari biosintezida katnashuvchi fyermentlar

2. Oksidlanish-kaytarilish prosessida ishtirok etuvchi fyermentlar

3. Pyermeaza fyermenti

4. Nafas olishda ishtirok etuvchi oksillarni - sitoxrom oksillar, adenozin-3-fosfat oksillari

Funksiyasi:

1. Oziq moddalarni Bakteriya xujayrasiga tashib beradi

2. Xujayra bo‘linishida ishtirok etadi

3. Metabolizm regulyasiyasida katnashadi

4. Ba’zi Bakteriyalarda spora xosil qilishda katnashadi

5. Fyermentlar ajratib turadi

6. Osmotik tusik birikmalari sintezida katnashadi

7. Xivchinlar xususiy bazal tanacha sifatida Sitoplazmatik membranadan boshlanadi

Sitoplazmatik membranani ko‘rish uchun natriy xloridning gipyertonik eritmasi bilan ta’sir ettirilganda membrana xujayra devoridan ajralishi mumkin. Bu xolda elektron mikroskopda yoki fuksinning suvli eritmasi bilan buyab immyersimon mikroskopda aniklash mumkin.

Sitoplazma

Xujayraning bushligini tuldirib turadi, ular murakkab kolloid xolida bo‘lib, asosiy komponentlarni tutadi:

1. 75% suv Tashqil qiladi

2. Minyeral birikmalar

3. RNK va DNK

4. Oksillar fyermentlar

Bulardan tashqari sitoplazmada nukleoid, ribosamalar, lizosomalar va xar xil kiritmalar kabi organellalar joylashgan.

Bakteriyalar sitoplazmasida sporalar xosil buladi.

Mezosomalar

Bakteriya xujayrasining sitoplazmasida joylashgan bo‘lib, sitoplazmatik membrana xosil qiladi. Xar xil Bakteriyalarda xar xil shaklda buladi.

Trubaga uxshash, ilmokka uxshash, pufakchaga uxshash. Bular mitoxondriyalar vazifasini bajaradi.

Funksiyasi:

1. Xujayra bo‘linishida ishtirok etadi

2. Spora xosil qilishda ishtirok etadi

3. Oksidlanish-kaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi (sitoxrom fyermentlar joylashgan).

Nukleoid


Bakteriyalarda Nukleoid eukariotlardan farqli ravishda:

1. Yadro kobig‘i bulmaydi

2. Nukleoid tarkibida oksil-gistonlar yo‘q .

3. Nukleoidda ikki ipli DNK, oz mikdorda RNK va oksillar bor. Gigant DNK yumalok shaklda buladi va maxsus botiklikda joylashgan.

Bakteriyalar xujayrasining DNK molekulasini Bakteriyaning xromasomasi deb ataladi. Irsiy belgilarini tashib yuruvchi xisoblanadi.

Nukleoidni ko‘rish uchun elektron mikroskopda yoki Feylgen usulida buyab immyersion mikroskopda Nukleoid kizil, sitoplazma pushti rangda kuriladi.

Ribosomal ar: «ribo» - nuklein kislota «soma» - tana

Tarkibida oksillar (60-40%) va RNK (40-60%) tutadi.

Ribonukleoproteidli granulalar bo‘lib, oksil sintezi shu ribosomalarda

ruy beradi. Bakteriya xujayrasining ribosomalari euariotlardan farqli

ravishda endoplazmatik turga birikmagan. Bitta xujayrada 100 tagacha

buladi. Ribosoma bu r-RNK. Bundan tashqari i-RNK v, t-RNK bo‘lib bular bir-birlari bilan boglangan xolda funksiya bajaradi.

Ba’zida ribosomalar bitta xujayrada 5000-50000 gacha buladi.

Polisomalar - 20 ta ribosomalar birikib xosil qiladi. Oksil sintezidan sung yana aloxida-aloxida ajralib kyetadi.

Kiritmalar.

Bularga kraxmal, yog tomchilari, volyutin donachalari, oltingugurt kabilar kiradi. Volyutin donachalari polifosfatlardan Tashqil topgan bo‘lib, ba’zi Bakteriyalarda tur belgisini bildiruvchi xisoblanadi. Masalan, bugma Bakteriyalarda (patogenlarida).

Funksiyasi: Zapas oziq modda xisoblanadi.

Sitoplazmada avtonom xolda joylashgan yumalok shaklda ikki ipli DNK molekulasi bo‘lib, plazmidlar deyiladi. Bularda xam irsiy belgilar yozilgan bo‘lib, uz xolicha belgilarni tashib yuradi, lekin Bakteriya xujayrasi uchun zarur emas.

Sporalar. Bular fakat tayokchasimon Bakteriyalarda uchraydi. Mkiroorganizmlarga yukori tempyeratura, kurib kolish xolatlari, rN-muxitning uzgarishi va boshqalar ta’sir etganda sporalar xosil buladi. Sporalar sitoplazmaning kattik kismini Tashqil qiladi va Bakteriya xujayrasining ichki kismida joylashadi. Sporalar vegetativ xujayralardan ximiyaviy tarkibi bilan farq kilib, suv kam mikdorda, kalsiy tuzlari, Mg tuzlari, lipidlar, proteinlar kup mikdorda buladi. Bular sporani chidamli bo‘lishini tarkibidagi dipixolin kislota ta’minlaydi. 18-20 soatda sporat xosil buladi. Yaxshi, kulay sharoitga tushganda esa sporalar 4-5 soat ichida vegetativ formaga o‘tadi. Bitta Bakteriya xujayrasida bitta spora buladi.

Basillalar, klostridiyalar spora xosil qiladilar. Joylashishiga karab 3 ga bulinadi: 1)tyerminal; 2)subtyerminal; 3)sentral.

Xosil bulish davri:

1. Tayyorlanish davri

2. Spora oldi davri

3. Qobiq xosil qilish davri

4. Etilish davri

Spora Tashqi muxitda yaxshi saklanadi. 140° da 2 soatga chidaydi.

Kuydirgi yarasiniki 180° ga chidamli.

Funksiyasi:

1. Bakteriya xujayrasi nokulay sharoitga tushganda yashashi uchun yordam beradi

2. Spora mikroorganizmlarning rivojlanish davri bo‘lib, tur saklashda axamiyati bor.

Xivchinlar - xarkat organlari xisoblanadi. Asosan tayokchasimon

Bakteriyalar xosil qiladi. Xivchinlar ingichka ipsimon bo‘lib tarkibi oksil

flagellindan iborat. Uzunligi Bakteriya tanasining uzunligidan uzunrok

buladi. Xivchinlar sitoplazmada joylashgan bazal tanachalar bilan

faroplastlardan boshlanib xujayraning tashqarisiga chikadi.

Xivchinlarni suyuk oziq muxitdan kalin tomchi olib maxsus buyash usullari bilan mikroskopda ko‘rishimiz mumkin. Joylashishiga karab 4 ta gruppaga bulinadi:

1. Monotrixlar

2. Lofotrixlar

3. Amfotrixlar

4. Pyeritrixlar

Funksiyasi:

1. xarakatlantiradi

2. oziq moddalarni kamrab yakinlashtiradi.

Kiprikchalar. (vorsinkalar, fimbriyalar) uzunligi 0,3-10 mkm bo‘lgan oksil tarkibli ingichka ipchalar bo‘lib, Bakteriya xujayrasini koplab olgan buladi. Xivchinlardan farqi xarakat vazifasini bajarmaydi. Funksiyasiga karab tiplarga bulinadi:

1. U mumiy tipdagi kiprikchalar xujayin organizmiga Bakteriya xujayrasini yopishishi yoki adgeziya xususiyatini bajaradi. Bitta Bakteriya xujayrasida bir necha yuzdan bir necha minggacha buladi.

2. Sexpili - kon’yugativ, jinsiy kiprikchalar - Bakteriya kon’yugasiyasida genetik maTerialni donordan resipientga utkazib beradi. Fakat donor Bakteriya xujayrasida buladi. 1 tadan 4 tagacha.Bakteriyalarning ximiyaviy tarkibi.Modda almashinish prosessini tushunish uchun mikroorganizmlarning ximiyaviy tarkibini bilish kyerak. Mikroorganizmlar xam butun tirik organizmlar xujayralari tutgan ximiyaviy moddalarni tutadi. Eng asosiy ximiyaviy elementlardan - uglyerod (S), vodorod (N), kislorod (S^), azot (N) kiradi. Bular mikroorganizmlarda murakkab organik moddalar: oksillar, uglevodlar, lipidlar xosil bo‘lishida katnashadi. Bulardan tashqari mikroorganizmlar o‘zida minyeral elementlar tutadi. Bu minyeral elementlar organik moddalar bilan kushilgan xolda va xujayrada tuzlar xolida buladi.Organik moddalar va minyeral kushilmalar Bakteriya xujayrasining kuruq moddalarini xosil kilib, 15-25% ni Tashqil qiladi. Suv esa Bakteriya xujayrasining 75-85% ni xosil qiladi. Suv Bakteriyaning xaet faoliyatida juda katta rol uynaydi. Xamma moddalar xujayraga suv bilan kiradi va modda almashinish kyetadi. Mikrob xujayrasida suv 2 xil xolda uchraydi:

1. Ozod xolda

2. Kushilgan xolda - bunda xujayraning boshqa ximiyaviy komponentlari ya’ni (oksillar, uglevodlar, lipidlar) xujayra tuzilishidagi tarkibga kushiladi.

Ozod suv xujayrada kechadigan ximiyaviy reaksiyalarda katnashadi, bu xar xil ximiyaviy kushilmalarni suyultirishda xizmat qiladi. Sporali formadagi Bakteriyalarda suv mikdori kam buladi. Eng kup suv mikdori kapsulali Bakteriyalarda uchraydi.

Oksillar. Bular Bakteriyaning tuzilishidagi kuruq moddalarning 50-80% ni xosil qiladi. Oksillar 2 xil xolda uchraydi: sodda oksillar -proteinlar; murakkab oksillar - proteidlar. Xujayrada nukleoproteidlar (nuklein kislotaning oksil bilan kushilmasi), lipoproteidlar, glikoproteidlar uchraydi. Oksillar sitoplazmada, nukleoidda (yadroda), xujayra devorlarida uchraydi. Mkiroorganizmlarning turga maxsusligi shu oksilning sifatiga va mikdoriga boglik

Nuklein kislotalar - Bular xujayra kuruq moddasining 10-30% ni Tashqil qiladi. DNK yadroda joylashib, xujayraning genetik xossalarini bajaradi. RNK sitoplazmada va yadroda joylashib xujayra oksillarini biosintezida katnashadi.

Uglevodlar. Bular xujayra kuruq moddalarining 12-18% ni Tashqil qiladi. Uglevodlar mikrob xujayrasiga enyergiya manbai va uglyerod sifatida xizmat qiladi. Uglevodlar mikrob xujayrasining xujayra kobig‘i da, kapsulasida va boshqa tuzilishlarida katnashadi. Uglevodlar teyxok kislota tarkibida xam bo‘lib xujayraning Gr Bakteriyalari uchun axamiyatlidir.

Mikroorganizmlar xujayrasi sodda molekulali - mono va disaxaridlar va yukori molekulasi - polisaxarid - uglevodlarini o‘zida tutadi. Uglevodlarning tarkibi xar xil mikroorganizmlarda xar xil buladi, bu mikrobning yoshiga va yashash sharoitiga boglik.

Lipidlar - xujayra kureq moddalarining 0,2-40% xosil qiladi. Lipidlar xujayra sitoplazmatik membranasining va xujayra devorining asosiy tarkibini xosil qiladi va enyergiya almashinuvida ishtirok qiladi. Ba’zi bir mikrob xujayrasida lipidlar zapas oziq modda vazifasini bajaradi. Lipidlar asosan neytral yoglardan, yog kislotalaridan, fosfolipidlardan Tashqil topgan. Ularning umumiy mikdori mikrob xujayrasining yoshiga va turiga boglik. M: tubyerkulez mikoBakteriyasi lipidlar 40% ni Tashqil qiladi va Tashqi muxitta’siriga chidamliligi kuchlidir.Minyeral moddalar. Bular mikrob xujayrasiningg 2-14% kuruq moddasini xosil qiladi. Bularga: fosfor, Na, K, Mg, oltingururt, temir, xlor va boshqalar kiradi.Fosfor - nuklein kislota tarkibida, fosfolipid xolida va fyermentlar (ATF-adenozintri fosfor kislotasi) tarkibida buladi. Xujayra enyergiyasining akkumulyatori xisoblanadi.

Na - xujayrada osmotik bosimni ushlab turadi. Fe - nafas fyermentlarida uchraydi.Mg - ribonukleant Mg - tarkibida bo‘lib, bu Gr Bakteriyalarda joylashgan.Mikroorganizm rivojlanishida mikroelementlar zarurdir. Bular xujayrada juda kam mikdorda uchraydi.Kalsiy, Mp, mis, xrom, rux, molibden va boshqalar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Muxamedov I., Eshboev E., Zokirov N.. «Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya» Toshkent 2002. Darslik.

2.Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N, Zokirov M. «Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya». Toshkent – 2006. Darslik.

3.Medisinskaya mikrobiologiya. Pod redaksiey Pokrovskogo V.P. i Pozdeyeva O.K.. M., 2005 g. Uchebnik.

4.Vorobev A. A. i dr. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Uchebnik, M.,2004g.

5.Vorobev A.A. i dr. Atlas medisinskoy mikrobiologii. M., 2003g.

6. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya. Pod.red. prof. Borisova L.B. i prof. Smirnovoy A.M. M.,1994.

9. www.tma.uz. 10.www.mikrobiologiya. uz. 11. Mansurova M.X , Kamalov M.B. va boshqalar «Mikroorganizmlar morfologiyasi va strukturaviy tuzilishi» B.,2008 yil




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə