Muammoli vaziyatlarni xal etishda tarbiyachining pedagogik qobiliyati. Reja



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə1/2
tarix20.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#106494
  1   2
MUAMMOLI VAZIYATLARNI XAL ETISHDA TARBIYACHINING PEDAGOGIK QOBILIYATI

MUAMMOLI VAZIYATLARNI XAL ETISHDA TARBIYACHINING PEDAGOGIK QOBILIYATI.

Reja:

  • Muammoli ta’lim va uning o’ziga xosliklari
  • Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish
  • Ta’lim jarayonida murakkab masalalarni mustaqil izlash va xal etish.

Muammoli o’qitish bu takomillashgan o’qitish texnologiyasidir.

  • Hozirgi oliy maktabdagi samarador o’qitish texnologiyasi - bu muammoli o’qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o’qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.
  • Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o’qitishniig reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o’sib boradi.
  • Xozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o’qitishning turli taorif va tavsiflar bor. Biznpngcha, nisbatan to’liq va aniq taorif M.I.Maxmudova tomonidan berilgan bo’lib, unda muammoli o’qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (ta’lil, umumlashtirsh) hisobga olingan o’rgatish va dars berish usullarini qo’llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo’lgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izoxlanadi.
  • Muammoli o’qitishning mo’iyatini o’qituvchi tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini xal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
  • Ma’lumki, o’qitishning xar qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qotidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayonni mantiqiy bilish ziddiyatlarini xal qilishda oboektiv konuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi. O’qitishshshg hozirgi jarayoni ta’lili psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziit, kutilgan xayrat va ma’liyo bo’lishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko’rsatadi. O’qitish sharoitida insonning o’sha psixik, emotsional “xissiy holati unga fikrlash va aqliy ishlash uchun o’ziga xos turtki vazifasini bajaradi.
  • Muammoli vaziyat muayyan pedagogik “vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o’ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. SHuningdek, o’rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. SHunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki “fikr yo’lidagi kutilmagan to’siq” bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus takozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o’zlashtirilgan bilim izliri aa yangi yuzaga kelgan vazifani xal qilish uchun aqliy va amaliy xarakat usullari yotadi. Bunda xar qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog’liq bo’la bermasligini taokidlash o’rinli bo’ladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashakqat muammoli bo’lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat xar qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan oboekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo’lgan vazifa, masala bo’yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi.
  • SHuiday qilib, muammoni xosiyatining moxiyati shundaki, u talaba tanish bo’lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunishi va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o’rtasidagi znddiyatdir. Ziddiyat bilimlarni ijodiy o’zlashtirish uchun xarakatlantiruvchi kuchdir.

Muammoli vaziyatning
belgilari
talabaga notanish
faktning mavjud bo’lishi;
vazifalarni bajarish uchun talabaga
berilidigan ko’rsatmalar,
yuzaga kelgan bilish mashakkatini xal
kilishda ularning shaxsiy manfaatdoligi.
  • Muammoli vaziyatdan chiqa olish xamma vaqt muammoni, ya’ni noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan.
  • Muammoli vaznyatning fikriy taxlil qiladigan bo’lsak, mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so’z bilan ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib ksladi. Bu urinda izchillik yorqin ko’rinadi avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so’ng o’quv muammosi shakllanadi.
  • O’qitish amaliyotida boshqa variant - o’sha muammo tashqi ko’riiishda muammoli vaziyat yuzaga kelishsha munofiq kelganday bo’ladigan varnant xam uchraydi. Fikrlar, luqmalar nazaray qoidalar ziddiyatlar shaklidagi, savollar ko’rinishidagi muammoni ifodasi odatda “nimaga” savoliga javob bo’ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.
  • Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), nomag’lum (ularni topish yaigi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo’nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma’lum bo’lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari xamda natijasi xam noma’lum bo’ladi, lekin talabalar o’zlaridagi avval egallangan bilim va ko’nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo’lini izlashga tushadi.
  • SHunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uning mustakil xal qilinish usuli o’quv muammosi bo’la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa xam o’quv muammosi bo’la olmaydi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə