Mahalla va oila


“Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya” (psixologiya fanlari)



Yüklə 75,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix22.03.2024
ölçüsü75,03 Kb.
#183851
1   2   3   4   5   6   7
19 00 05 Ижтимоий психология

“Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya” (psixologiya fanlari)
dasturining 
maqsad va vazifalari: 
Dasturning maqsadi 
- ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya olam, jamiyat 
va insonni o‘rganishning psixologik bilimlarga zaruratning doimiy ravishda 
muammo sifatida qarashlar dasturning maqsadidir. Maqsaddagi muammolardan 
kelib chiqib bir necha vazifalar belgilangan: 
Dasturning vazifalari: 
- jamiyat va insonning dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda psixologik 
qonuniyatlarni o‘rganish ehtiyojining mavjudligi; 
-inson psixologiyasining ijtimoiy psixologik qonuniyatlarini; 
-sotsial psixologiyaning boshqa fanlar, psixologiyaning boshqa turkumlari 
bilan munosabati; 
- sotsial psixologiya predmeti tushunchasini; 
- tarixni tanqidiy analiz qilish va chet sotsial psixologiyasidagi nazariyalar 
oqimlarning moxiyatini. 
ASOSIY QISM 
“Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya”
(psixologiya fanlari)ga kirish 
“Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya” (psixologiya fanlari) dastur 
yoshlarning olam, jamiyat va insonning o‘rganishi psixologik bilimlarga zaruratning 
mavjudligi; ularning dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda psixologik 
qonuniyatlarni o‘rganish ehtiyojining mavjudligi; inson psixologiyasining umumiy 
psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar 
olami orasidagi munosabat, voqelikni anglashi, olamni psixologik tahlili, psixologik 
hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib 
borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilanligini harakterlaydi. Jamiyat va 
insonni o‘rganishning shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami 
orasidagi munosabat, voqelikni anglash, olamni psixologik tahlili, psixologik 
hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib 


borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan harakterlanadi. 
Ilmiy bilimlar tizimida sotsial psixologiyaning tutgan o‘rni. Predmeti haqida 
qarashlar. Sotsial psixologiya metodini tushunish umumiy psixologiya va 
sotsiolgiya predmetini tushunishga bog‘liqligi. Psixologiya va sotsiologik 
adabiyotlarda sotsial psixologiya predmetini birdek tushunish yo‘qligi. Sotsial 
psixologiya predmetiga nisbatan mavjud uch nuqtai nazar. 
Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va muomala. Ijtimoiy psixologiya 
qonuniyatlari. Ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo munosabatlar tizimida 
muomalaning o‘rni. Odamlar o‘rtasidagi kommunikativ jarayonning xususiyati: 
informatsiyaning harakatlanishi davomida boyishi va rivojlanishi. Shaxslararo 
idrokning emotsional tomoni, shaxslararo atraksiya ko‘rinishi, simpatiya, 
antipatiyaning turli ko‘rinishlarini ochib beradi. 
Muomala jarayonida o‘zaro ta’sir mexanizmlari, odamlar amaliy faoliyati va 
muomala jarayonida o‘zaro ta’sir metodlari va usullarining ahamiyati. O‘zaro ta’sir 
psixologiyasining etnik tomonlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi, shuningdek, 
shaxslararo idrok aniqligini oshirishdagi amaliy vositalarni qo‘llash, ijtimoiy 
psixologik trening o‘tkazish va uning samaradorligini aniqlash kabi jihatlarni 
yoritishdan iborat. 

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə