10
1. Investitsiyani jalb qilishda teng raqobat muhitini shakllantirish,
imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish tizimini xalqaro tajribalar
asosida shakllantirish.
Ishlab chiqarishni texnik jihatdan qurollantirish va moder-
nizatsiyalash, yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida iqtisodiy o‘sish
barqarorligini taʼminlash.
2.
Vazirliklar, konsernlar, korporatsiyalar va iqtisodiyotning
boshqa bo‘limlari ishtirokida va manzilli dasturlarga qatʼiy rioya
qilgan holda moliyalashtirishning
barcha manbalari hisobidan
markazlashgan va markazlashmagan kapital qo‘yilmalar hajmini
aniqlash.
3. Iqtisodiy samaradorlikni taqsimlash maqsadida eksportga
mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi loyihalar nuqtayi nazaridan
ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini
ishlab chiqish va chuqur
ekspertizadan o‘tkazishlarni taʼminlash.
4. Iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda investitsiyalarni
amalga oshirish tenderlar asosida o‘tkazilishi lozim.
I bob bo‘yicha qisqacha xulosalar
1. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishi unga ichki va xorijiy
investitsiyalarni jalb etilishi bilan bog‘liqdir.
2. Iqtisodiyotga real investitsiyalarni jalb etish iqtisodiyotni
barqaror rivojlanishiga katta taʼsir etadi.
Shuning uchun ham real
investitsiyalarni jalb etish hozirgi davrda va kelgusida ustuvor
vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
3. Iqtisodiyotga real ignvestitsiyalarni jalb etish uchun investitsiya
loyihalari, korxonalarda esa biznes loyihalar/planlar ishlab chiqilishi
lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-avgustda
qabul qilgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va
oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” Qarorini eslab o‘tish o‘rinli.
Qarorda
ko‘rsatilganidek 2019-2021-yillarda
“Jahon bankining qishloq
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshlikni oshirish
uchun 200,0 million АQSH dollari hamda qishloq xo‘jaligida
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200,0 million АQSH dollari
miqdoridagi kredit mablag‘lari; Osiyo
taraqqiyot bankining yirik
11
zamonaviy agrologistika komplekslarini tashkil etish uchun 347,0
million АQSH dollari va chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0
million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Yaponiya
xalqaro hamkorlik agentligining meva-sabzavotchilikni rivojlantirish
uchun 200,0 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari;
Fransiya rivojlanish agentligining chorvachilikni rivojlantirish uchun
170,0 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari;
Xalqaro
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining qishloq xo‘jaligini
diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uchun 46,6 million АQSH
dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari yo‘naltirilishi nazarda
tutilmoqda”
1
. Bu mablag‘larni olib biznesni rivojlantirish uchun
investitsiya yoki biznes planlar taqdim etilishi lozim.
4. Makroiqtisodiy o‘sish iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishga
bevosita bog‘liq. Buning uchun Yalpi ichki mahsulotni xarajatlar usuli
bilan hisoblash formulasini eslab ko‘rish kifoya.
5. O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashuvi
bilan investitsiya
loyihalarini sifatli ishlab chiqarish va samarali amalga oshirishga talab
keskin
oshdi.
“2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston
Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘ri-
sida”O‘zbekiston Respublikasining Farmoni qabul qilindi.
(12 may 2020 y).
6. O‘zbekiston iqtisodiyotining investitsiya siyosati ochiqlik va
tenglikka qurilmoqda. Raqobatda teng sharoitlar, investitsiya kirishi va
chiqishida ochiqlik bu liberal iqtisodiyotning asoslaridir.
7. Investorlarga qulay va jozibador muhitni yaratishga berilgan
eʼtibor Respublika Prezidentining 2017-yildan keyingi farmon va
qarorlarida o‘z ifodasini topgan.
8. Makroiqtisodiyotda pul –
kredit siyosati, IS – LM modeli,
investitsiya va jamg‘armalar, inflatsiya va foiz stavkalari kabi mav-
zular investitsiya loyihalariga bevosita bog‘liq nazariya va konsep-
siyalardir.
1
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил.1 августда қабул қилган “Қишлоқ
хўжалиги маҳсулотларини чуқур қайта ишлаш ва озиқ-овқат саноатини янада ривожлантириш
бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” қарорини. www.Уза Уз.2019й. 08.08