M. S. Qosimov


Har bir loyihani belgilovchi to‘rtta asosiy omil mavjud



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

Har bir loyihani belgilovchi to‘rtta asosiy omil mavjud: 
1. Loyiha ko‘lami (kichik loyiha, megaloyiha)

kichik loyiha – ko‘lamiga ko‘ra katta bo‘lmagan sodda va 
cheklangan hajmdagi, (bir necha ming dollardan qiymati 15 mln. 
АQSH dollarigacha bo‘lgan loyihalar); 

megaloyihalar maqsadli dasturlar bo‘lib, maqsadlar umumiyligi
resurslar va vaqt bo‘yicha o‘zaro bog`langan bir necha loyihani o‘z 
ichiga oladi. Bunday loyihaning qiymati 15 mln.dollardan 1 mlrd. 
gacha yoki mehnat sig‘imi 20 mln. kishi soatidan ko‘p bo‘ladi.
2. Аmalga oshirish muddatlari (qisqa muddatli, o‘rta muddatli va 
uzoq muddatli loyihalar). 
3. Sifatli (deffektsiz loyiha). 
4. Resurslarning cheklanganligi (multiloyiha). 
Loyiha tahlili bilimi va ko‘nikmasi vazirlik va idoralar, hokimiyat va 
tadbirkorlar, moliya hamda soliq idoralari hamda boshqa biznes 
yetakchilari uchun muhimdir. 
2.2. Loyihalarning klassifikatsiyasi 
 
Loyihalarning tahlili va sintezi qulayligi uchun turli xil boshqarish 
tizimlari turli asoslar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. 

Loyiha tiplariga 

Masshtabiga

Murakkabligiga 

Sinfiga va muddatiga ko‘ra turlicha guruhlarga turkumlanadi. 
Loyiha turi
(amalga oshirilayotgan loyihaning asosiy faoliyat 
sohalari bo‘yicha): tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va aralash. 
Loyiha sinfi
(loyiha tarkibi va tizimini hamda uning fan sohasi 
bo‘yicha): monoloyiha, multiloyiha, megaloyiha. Monoloyiha – bu har 
xil tur, qurilish va hajmdagi alohida loyihadir. 
Loyiha ko‘lami
– (loyihaning hajmi, qatnashuvchilar soni va atrof-
muhitga taʼsir darajasi bo‘yicha): kichik loyihalar, o‘rta loyihalar, yirik 
loyihalar, juda yirik loyihalar. 
Loyiha davomiyligi
(loyihani amalga oshirish vaqti davomiyligi 
bo‘yicha): qisqa muddatli (3 yilgacha), o‘rta muddatli (5 yildan ortiq). 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə