M. S. Qosimov


CF= Re - (TC-A) - R - tax



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

CF= Re - (TC-A) - R - tax 
Bu yerda, 
CF
– pul tushumlari;
Re – mahsulot realizatsiyasidan tushum;
TC
– jami xarajatlar;
А
– amortizatsiya;
R
– foiz to‘lovlari;
tax
– to‘langan soliqlar. 
Pul tushumlari va chiqimlarini quyida amaliy jadvallarda 
keltirilgan. 
1.4. O‘zbekiston investitsiya siyosatining mohiyati va yo‘nalishlari 
 
O‘zbekistonda 2017-yildan iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab 
chiqarishni texnik va texnologik qayta qurollantirish yanada jadal-
lashmoqda. Аmalga oshirilayotgan investitsiya siyosati musta-
qillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg‘i energetika va don 



mustaqilligini taʼminlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga 
oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o‘rnini bosuvchi mah-
sulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ustuvor sohalarni qo‘llab-
quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar 
siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib 
borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi: 

belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va 
faoliyat sohalarini tanlab qo‘llab-quvvatlash; 

ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog‘liqni saqlash taʼlim, mada-
niyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilash, umrini uzaytirish, 
ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, isteʼmol 
talabining faollashuvini taʼminlash maqsadida yetarli darajada qo‘llab-
quvvatlash; 

chet el investitsiyalarini o‘zaro manfaatdorlik asosida ustuvor so-
halarga jalb qilish; 

potensial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan 
sanoat sohasiga qayta taqsimlash

ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash, 
xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta labora-
toriyalarni saqlab turishga quvvati yetadigan yirik korporatsiyalar 
tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intellektual 
kapital va ilmiy-texnik potensialni oshirish

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral xomashyo resurslarini 
chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘la-
digan darajaga olib chiqishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini 
qo‘llab-quvvatlash; 

aholining oziq-ovqat va isteʼmol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivoj-
lantirishni investitsiyalar bilan taʼminlash; 
investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o‘zaro aloqalarini tartib-
ga solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə