Korxonani moliyaviy natijalarini ifadalovchi ko’rsatgichlar Reja: 1


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi



Yüklə 28,78 Kb.
səhifə4/8
tarix23.08.2023
ölçüsü28,78 Kb.
#120855
1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqil ish

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda.
3. Asosiy faoliyatdan foyda (zarar).
4. Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar).
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar).
6. Favqulodda foyda (zarar).
7. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar).
8. Sof foyda (zarar).
Ushbu ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr xarajatlari.
3. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarning bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga imkon beradi:
- Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish.
- Moliyaviy boshqaruv yuzasidan operatsion xarajatlarni boshqa xarajatlardan farqlash.
- Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga kelishi yoki shakllanishi bo‘yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yangi hisobot shakli ularning har bir shakllanish qatori bo‘yicha to‘liq axborotlarni olish imkonini beradi. Bu axborotlar ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmaydi. Agar shunday bo‘lganda moliyaviy hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo‘lar edi, chunki moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo‘lmasligi talab etiladi. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» Qonunining 6-moddasida ko‘rsatilgan


3. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikamizda qabul qilingan amaldagi huquqiy me’yorlarga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy natijalarining shakllanishi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarning shakllanish qatorlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija.
2. Asosiy faoliyatning yalpi moliyaviy natijasi.
3. Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan natija.
4. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan yalpi moliyaviy natija.
5. Favqulodda kutilmagan holatlardan natija.
6. Soliq to‘langungacha bo‘lgan yalpi moliyaviy natija.
7. Yilning sof foydasi (zarari).
Moliyaviy natijalarning bu tarkib turkumlanishini xalqaro hisob andozalariga nisbatan berilgan deyish mumkin. Bunda asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari qatorida korxonaning mahsulot sotishdan olgan natijasi, asosiy vositalarni sotishdan olgan natijasi va boshqa aktivlarni sotishdan olgan moliyaviy natijasi aks etadi. Davr xarjatlari ulardan chegiriluvchi qator sifatida olinadi.
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar qatoriga korxonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy munosabatlardagi ishtirokidan olinadigan daromadlari, erkin almashtiriladigan valuta resurslarini boshqarishdan oladigan daromadlari, korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan turli xarajatlar kiritiladi. Ularning korxona hisob foydasidagi salmog‘i so‘nggi yillarda tobora oshib bormoqda.



Yüklə 28,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə