Korxonani moliyaviy natijalarini ifadalovchi ko’rsatgichlar Reja: 1


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari



Yüklə 28,78 Kb.
səhifə3/8
tarix23.08.2023
ölçüsü28,78 Kb.
#120855
1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqil ish

2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat. Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son BHMS, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS, «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi, ya’ni ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi:
- firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy manbayi;
- kreditga layoqatligini ifodalovchi ko‘rsatkich ;
- mulk egasining asosiy maqsadi;
- raqobatga bardoshlikning mezoni;
- ijtimoiy
- ehtiyojlarni qondirishning manbayi;
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i asosida belgilanadi.

Yüklə 28,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə