Korxonani moliyaviy natijalarini ifadalovchi ko’rsatgichlar Reja: 1


Tahlil moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qish



Yüklə 28,78 Kb.
səhifə2/8
tarix23.08.2023
ölçüsü28,78 Kb.
#120855
1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqil ish

Tahlil moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qish, vertikal tahlil, gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarida olib boriladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qishda uning satrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha ma’lumotlarga umumiy izoh beriladi. Vertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli va ko‘p qatorli usullarida o‘zaro farqlanishlarga va nisbiy o‘zgarishlarga baho beriladi.
Gorizontal tahlilida esa moliyaviy natijalarning bo‘ylamasiga tarkiblanishi va ularning o‘zgarishlari o‘rganiladi.
Asosli yoki trend tahlilida moliyaviy natijalar va ularning yillar bo‘yicha o‘zgarishi, dinamikasi yoki asos yiliga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi.
Moliyaviy natijalar tahlilMoliyaviy natijalar tahlilida qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga esa korxona foydaliligi yoki natijaviyligi ko‘rsatkichlari, bozor aktivligi ko‘rsatkichlari kiritiladi. Korxona foydaliligini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida rentabellik ko‘rsatkichlari olinadi. Bozor aktivligi ko‘rsatkichlariga aksiyalar, qimmatli qog‘ozlarning foydalilik darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar kiritiladi. Ular qatoriga bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan hisob foydasi (soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda), bitta aksiya to‘g‘ri keladigan sof foyda, bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan dividend summasi, aksiyaning bahosi va foydasi orasidagi nisbat koeffitsiyentlari kiradi.
Moliyaviy natijalar tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan olib boriladi. Ichki subyektlar tomonidan olib boriladigan tahlil ichki moliyaviy tahlil qatoriga kiritilib, faqat shu korxonaning xodimlari tomonidan olib boriladi. Tashqi tahlil subyektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari, aksionerlar, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bilan bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin sohibkorlar kirishi mumkin.
Ularni ko‘proq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar bo‘yicha o‘zgarishlari qiziqtiradi. Agar aksiya egasi bo‘ladigan bo‘lsa, 364 uni sof foyda va dividend to‘loviga tortiladigan foyda summasi, soliq idorasini esa soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda va unga qayta qo‘shiladigan xarajat moddalari, xaridor va buyurtmachilar yoki sheriklarni korxonaning yil yakuni bo‘yicha erishilgan iqtisodiy foydasi qiziqtiradi.



Yüklə 28,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə