Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#156541
1   2   3   4
24. Bolalarda psixik, ko’rish, eshitish a’zolari kasalliklarida tibbiy yordam.

Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun kundalik hayotda bir necha xil gigiyena tadbirlari joriy qilingan. Jumladan, maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida har 45 minutlik darsdan keyin 5—10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish, sinf xonasida o‘tirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish, har xil harakatli sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish kerak.

  • Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun kundalik hayotda bir necha xil gigiyena tadbirlari joriy qilingan. Jumladan, maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida har 45 minutlik darsdan keyin 5—10 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish, sinf xonasida o‘tirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish, har xil harakatli sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish kerak.
  • Jismoniy mehnat tananing skelet muskullari, paylari, bo‘g‘imlari, orqa va bosh miyaning nerv hujayralari to‘plamidan tashkil topgan harakat markazlari ishtirokida bajariladi. Ma’lum bir jismoniy mehnat bajarilgan vaqtda shu ishni bajarishga taalluqli muskul guruhlari qisqarib-bo‘shashadi, ularning ishini boshqaruvchi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Murakkab harakatlar bilan bog‘liq jismoniy ishlarni bajargan vaqtda bir necha muskul guruhlari ishtirok etadi va ularning miyadagi nerv markazlari qo‘zg‘aladi. Bu murakkab harakatlar bir necha kun, oy davomida muntazam takrorlanib turilganda, bu harakatlarda ishtirok etuvchi muskullar bosh miya po‘stlog‘idagi bir necha nerv markazlarining bir vaqtda qo‘zg‘alish, ular o‘rtasida vaqtincha bog‘lanish yoki harakatlantiruvchi shartli reflekslar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa murakkab harakatlar tez, oson, silliq bajarilishiga imkon beradi.
  • Nevroz nima? Nerv sistemasining faoliyatiga odam yashaydigan va mehnat qiladigan muhit sharoiti katta ta’sir qiladi. Og‘ir aqliy mehnat, oiladagi urush va janjallar, ishxonadagi kelishmovchiliklar odamning nerv sistemasiga ta’sir etib, uning kayfiyatini buzadi. Agar bunday ta’sir uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, odamni nevrozga olib kelishi mumkin.
  • Nevroz — nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq og‘ir ruhiy xastalik.
  • Nevroz ruhiy shikastlanish oqibatida yuzaga keladi. Qayg‘u, alam, ranjish, qo‘rquv, qiyinchiliklar tufayli kelib chiqadigan umidsizlik kabi hissiyotlar nevrozning bevosita sababchisi bo‘ladi. Bemor serjahl, o‘zidan va atrofdagilardan norozi bo‘lib yuradi. Agar u davolanmasa, kasallik yana ham chuqurlashadi.
  • Bolalarda nevrozning paydo bo‘lishi. Bolani go‘daklikdan noto‘g‘ri, qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash, qiziqish va erkini mensimaslik, tahqirlash unda qo‘rqoqlik, jur’atsizlik, o‘ziga ishonmaslikni keltirib chiqaradi. Bu xususiyatlar uning o‘z tengilariga qo‘shilishiga xalaqit beradi, oqibatda nevrozga olib keladi.
  • Bolaga ortiqcha mehribonlik, uning har qanday istaklarini bajo keltirish, o‘rinsiz maqtashlar, ya’ni arzanda qilib o‘stirish ham nevrozga olib keladi. Bunday bola o‘z shaxsiga bino qo‘ygan, lekin irodasiz, mehnat va qiyinchiliklarga ko‘nikmagan, injiq bo‘lib o‘sadi.
  • Nerv kasalliklarining oldini olish uchun bolani to‘g‘ri tarbiyalash, organizmni chiniqtirish, sport va badantarbiya bilan shug‘ullanish, aqliy va jismoniy mehnatni birga qo‘shib olib borish, mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etish lozim.
  • Alkogolning oliy nerv faoliyatiga ta’siri. Alkogol barcha organlarga, ayniqsa, bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismiga kuchli ta’sir qiladi. Alkogol markaziy nerv sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanish holatlarining bir me’yorda kechishiga xalaqit beradi. Ichish shartli reflekslar hosil bo‘lishini sekinlashtiradi; bosh miyaning ayrim qismlarini qo‘zg‘atib, xursandchilik kayfiyatini paydo qiladi. Lekin miya po‘stlog‘i boshqa quyi markazlarning ishini nazorat qilmay qo‘yadi. Shuning uchun ichgan odam uyalmaydi, sog‘ holatda qilmaydigan ishlarga qo‘l uradi; o‘zini tutolmasdan, ko‘p gapiradi.
  • Alkogolning ko‘proq miqdori oliy nerv faoliyatini battarroq izdan chiqaradi, qo‘l, oyoq, til va ko‘zning harakatlanish aniqligini buzadi. Ichgan odam ko‘ziga narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi; u gandiraklab, tili aylanmasdan, g‘uldurab qoladi. Alkogolni muntazam iste’mol qilib turish alkogolizmga olib keladi. Alkogolizm, ya’ni ichkilikbozlik alkogolga ruju qo‘yish demakdir.
  • Giyohvandlik. Narkotik moddalar dastlab xursandchilik va xotirjamlik hissini uyg‘otib, kayf qildirishi sababli iste’mol qilinadi. Keyinchalik organizm bu moddalarga o‘rganib qolishi oqibatida giyohvandlik kelib chiqadi.
  • Narkomaniya, ya’ni giyohvandlik — kayf keltiradigan moddalarni ko‘proq iste’mol qilinishi oqibatida kelib chiqadigan og‘ir ruhiy kasallik.
  • Narkotik moddalarning muntazam iste’mol qilinishi organizmni butunlay zaharlaydi. Giyohvandlikda dastlab tajanglik, xotira buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik chuqur jismoniy o‘zgarishlar: yurak urishi, og‘iz qurishi, terlash, qo‘l-oyoq titrashi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi kabi holatlar paydo bo‘ladi.
  • Alkogolizm va giyohvandlik faqat bemor odamning o‘ziga emas, balki boshqa odamlar va jamiyatga ham katta zarar yetkazadi. Bu kasalliklarga duchor bo‘lgan odam o‘z vazifasi, oilasi, qarindoshlariga e’tiborsiz bo‘ladi. Og‘ir jinoyatlarning asosiy qismi narkotik moddalar iste’mol qilish va ichkilikbozlik oqibatida ro‘y beradi.
  • Alkogol va narkotik moddaga ruju qo‘ygan ota-onadan turli irsiy kasalliklarga uchragan bolalar tug‘iladi. Alkogollar va narkomanlarning bolalari orasida aqliy zaiflik va asab kasalliklari ko‘p uchraydi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə