Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#156541
1   2   3   4
24. Bolalarda psixik, ko’rish, eshitish a’zolari kasalliklarida tibbiy yordam.

Savol va topshiriqlar

  • Odam yashaydigan va ishlaydigan muhitdagi qanday holatlar oliy nerv faoliyatining buzilishiga olib keladi?
  • Bolalarda nevroz qanday kelib chiqadi?
  • Alkogol nerv sistemasiga qanday ta’sir qiladi?
  • Giyohvandlikning kelib chiqish sabablari nimada?

REJA:

    • Duduqlanishning kelib chiqish sabablari.
    • 2. Duduqlanishning alomatlari.

      3. Duduqlanishni korreksiyalash.

  • Duduqlanish bu nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur’at oxangining buzilishidir.
  • Duduqlanish sabablari xozirgi vaqtda 2 guruxga bo‘linadi: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sabablardir. Moyillik sababiga quyidagilar kiradi:
  • -ota-onalarning nevropatik kasallanishi.
  • -duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar.
  • -nasliy buzilish.
  • -bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko‘plab salbiy omillar ta’sirida shikastlanishi. Keltirib chiqaruvchi sabablar guruxida anatomik-fiziologik ruxiy va sotsial sabablarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
  • Anatomik-fiziologik sabablar: ensefamitik okibatlari bo‘lgan jismoniy kasalliklar, jaroxatlar, miyaning organik buzilishi, zaharlanishi va markaziy nutq apparatini zaiflashtiruvchi boshqa kasalliklar natijasida nerv sistemasining tamoman izdan chiqishi yoki o‘ta charchashi, qizamiq, terlama, gijjalar, burun, halqum, xiqqildoq kasalliklari, dislaliya, dizartriyaning va nutq to‘liq rivojlanmaganligi xollaridagi tovush talaffuzi apparatining mukammal rivojlanmaganligi.

Ruxiy va sotsial sabablar: qisqa muddatli bir laxzalik ruxiy shikast, o‘zoq vaqt ta’sir ko‘rsatadigan ruxiy shikast, surunkali ziddiyatli kechinmalar, ruxiy zo‘riqish yoki xal etilmagan, umumiy g‘ov bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko‘rinishidagi o‘zoq muddatli salbiy xissiyotlar, ruxan juda og‘ir ezilish, o‘tkir samarasiz ta’sirni keltirib chiqaradigan kuchli, bexosdan paydo bo‘ladigan iztiroblar, vaximalik va o‘ta shodlanish xolati, nutqning bolalikda noto‘g‘ri shakllanishi, kichik yoshdagi bolani xaddan ortiq nutq materiallari bilan tanishtirish, zo‘riqtirish, poliglossiya, erta yoshda birdaniga qandaydir turli xil tillarni bilish odatda qandaydir bir tildagi duduqlanishni keltirib chiqaradi. Duduqlanuvchilarga taqlid qilish, bunday ruxiy induksiya ikkita shaklga ajraladi: sust-bola duduqlanadigan kishining nutqini tinglab beixtiyor duduqlana boshlaydi, u faol duduq kishiga taqlid qiladi, chapaqaylikdan o‘naqaylikka o‘rgatish.

  • Ruxiy va sotsial sabablar: qisqa muddatli bir laxzalik ruxiy shikast, o‘zoq vaqt ta’sir ko‘rsatadigan ruxiy shikast, surunkali ziddiyatli kechinmalar, ruxiy zo‘riqish yoki xal etilmagan, umumiy g‘ov bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko‘rinishidagi o‘zoq muddatli salbiy xissiyotlar, ruxan juda og‘ir ezilish, o‘tkir samarasiz ta’sirni keltirib chiqaradigan kuchli, bexosdan paydo bo‘ladigan iztiroblar, vaximalik va o‘ta shodlanish xolati, nutqning bolalikda noto‘g‘ri shakllanishi, kichik yoshdagi bolani xaddan ortiq nutq materiallari bilan tanishtirish, zo‘riqtirish, poliglossiya, erta yoshda birdaniga qandaydir turli xil tillarni bilish odatda qandaydir bir tildagi duduqlanishni keltirib chiqaradi. Duduqlanuvchilarga taqlid qilish, bunday ruxiy induksiya ikkita shaklga ajraladi: sust-bola duduqlanadigan kishining nutqini tinglab beixtiyor duduqlana boshlaydi, u faol duduq kishiga taqlid qiladi, chapaqaylikdan o‘naqaylikka o‘rgatish.
  • Doimo eslatish, tartibga chaqirish bolaning oliy nerv faoliyatini izdan chiqarish va duduqlanishni keltirib chiqarish bilan birga nevratik va psixopatik xolatlarga olib kelishi mumkin; o‘qituvchiining bolaga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, xaddan ortiq qattiqqo‘llik, shafqatsizlik duduqlanishning yuzaga kelishi uchun turtki bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
  • Xozirgi davrda duduqlanishning alomatlarini bir-biriga o‘zaro yaqin bo‘lgan ikkita guruxi ajratiladi; biologik (fiziologik) va sotsial (psixologik).
  • Fiziologik alomatlariga ko‘ra nutqning xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi a’zolarining tortishishi, markaziy nerv sistemasi va jismoniy salomatligining, umumiy va nutq harakatlarining buzilishi kiradi. Psixik alomatlarga nutqda tutulish va xis-xayajonli nutqning boshqa buzilishlari nutqda qayd qilish fenomeni, logofobiyalar, nayrang ishlatish va boshqa ruxiy jixatlar kiradi.
  • Nutq akti jarayonidagi muskul tortishish 3 xil bo‘ladi; klonik, tonik va aralash. Duduqlanish tutib qolishining beqaror tezligini o‘rganish to‘g‘ri nutqning saqlanib qolgan nutq faoliyatidagi va nutq vaziyatidagi turli darajali murakkabliklariga bog‘liq ravishdagi ko‘rsatkichlarini belgilash to‘g‘risidagi tushunchalarni asoslash uchun imkoniyat yaratadi.
  • Saqlangan nutq darajasini aniqlash logopedik ishning har bir bosqichidagi asosiy tuzatish vazifalari uchun muxim ahamiyat kasb etadi. Duduqlanishning paydo bo‘lishiga shuningdek umumiy va nutq motorikasining turlicha buzilishlari xosdir. Ular zo‘raki va ixtiyoriy tutib qolish tarzida bo‘lishi mumkin. Duduqlanuvchilar o‘zlarining qiyin nutqini nikoblash yoki yengillashtirish maqsadida bunday harakatlardan foydalanadilar. Duduqlanishning sotsial asosi shunday psixik asoski, uning asosida « nutqning zaiflashuvini idrok etish» paydo bo‘ladi. O‘zining noto‘kisligini xis etish nevrotik kasallikning rivojlanishida asosiy omillardan biri xisoblanadi.
  • Xastalangan kishi o‘zining kasallik alomatlariga qanchalik ko‘p e’tibor bersa, u shunchalik zurayib boraveradi. Natijada shunday og‘ir axvol paydo bo‘ladiki, bemor undan sira qutula olmaydi, kasallik alomati uning e’tiborini chulg‘ab oladi, buning oqibatida alomatlar yanada rivojlanadi va bemorning e’tiborini o‘ziga qaratadi. Duduqlanish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar nuqsonga e’tiborni jalb etish tushunchasi borasida turlicha qarashlarni keltiradilar: diqqat e’tiborning aloxida xususiyati, nuqsonni idrok etish, u xaqida tasavvurga ega bo‘lish, unga nisbatan turlicha xissiyotli munosabatda bo‘lish kabilar.
  • Nuqsonda qayd qilinadigan turli darajalarning xaqiqiy murakkabligini ifodalovchi me’yorlarni topish muximdir. Bunday me’yor sifatida duduqlanuvchining o‘z nuqsoniga nisbatan xis-xayajonli munosabati borasidagi 3 ta variantdan va ularga qarshi irodaviy kuch-g‘ayrat sarflashning 3 ta variantidan foydalanish mumkin. Shular munosabati bilan duduqlanadigan kishilarni uch guruxga ajratish uchun «kasallikka diqqatni jalb qilish» atamasining kiritilishi o‘rinlidir.

Kasallikka diqqatni jalb qilishning nolinchi darajasi: bolalar guyo o‘z nuqsonini sezmagandek, u xaqida o‘ylamaydilar va tashvishlanmaydilar. Tortinish, o‘zining noto‘g‘ri nutqi xususida o‘ylash, nuqsonni bartaraf etish uchun xech qanday urinishlar bo‘lmaydi.

  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning nolinchi darajasi: bolalar guyo o‘z nuqsonini sezmagandek, u xaqida o‘ylamaydilar va tashvishlanmaydilar. Tortinish, o‘zining noto‘g‘ri nutqi xususida o‘ylash, nuqsonni bartaraf etish uchun xech qanday urinishlar bo‘lmaydi.
  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning mu’tadil darajasi; yuqori sinf o‘quvchilari va o‘smirlar o‘z nuqsonidan tashvishlanadilar, undan uyaladilar, duduqlanishni yashiradilar, turlicha xiyla ishlatishgacha boradilar, atrofdagilar bilan kamroq munosabatda bo‘lishga urinadilar. Ular o‘zlarinig duduqlanishlarini biladilar, uning ketidan qator noqulayliklarni boshdan kechiradilar, o‘z kamchiligini niqoblashga urinadilar.
  • Kasallikka diqqatni jalb qilishning yaqqol ifodalangan darajasi:
  • Duduqlanuvchilarda nuqson borasidagi tashvishlanish o‘zining noto‘kisligini doimiy chuqur xis etishga aylanadi, bunda har bir harakat nutqiy noto‘kislik tushunchasi orqali taxlil etiladi.

Ular o‘z diqqatlarini nutqiy kamchiliklariga yunaltiradilar, duduqlanishdan chuqur tashvish chekadilar, ular uchun kasallikka e’tibor berish, kasallikdan shubxalanish, gapirishdan oldin vaximaga tushish, odamlardan, vaziyatlardan va boshqalardan gumonsirash xosdir.

  • Ular o‘z diqqatlarini nutqiy kamchiliklariga yunaltiradilar, duduqlanishdan chuqur tashvish chekadilar, ular uchun kasallikka e’tibor berish, kasallikdan shubxalanish, gapirishdan oldin vaximaga tushish, odamlardan, vaziyatlardan va boshqalardan gumonsirash xosdir.
  • Duduqlanish uchta darajag‘a ajraladi: yengil duduqlanish- kishi asabiylashgan xolatida yoki tez gapirayotganida duduqlanadi: urtacha duduqlanish- kishi tinch, odatdagi vaziyatda oson gapiradi, kam duduqlanadi, xis-xayajonli damlarda kuchli duduqlanish yuz beradi: og‘ir duduqlanish-kishi butun nutqi davomida, doimiy chalgituvchi harakatlar qilishi bilan duduqlanadi. duduqlanish davom etishiga ko‘ra kuyidagi turlarga ajratiladi: doimiy- duduqlanish paydo bo‘lgach turli nuktk shakllariva vaziyatlarida bevosita namoyon bo‘ladi: to‘lqinsimon duduqlanish- duduqlanish gox kamayadi, gox kuchayadi lekin butunlay yo‘qolmaydi: qaytalanuvchi- duduqlanish yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga keladi, o‘zoq muddatli erkin tutulishsiz nutqdan so‘ng qayta paydo bo‘ladi.

Duduqlanishni bartaraf etishning amaldagi vositalari va metodlarini o‘rganishda ularning duduqlanuvchiga taklif etilgan ta’sir vositalari xususiyatlarini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

  • Duduqlanishni bartaraf etishning amaldagi vositalari va metodlarini o‘rganishda ularning duduqlanuvchiga taklif etilgan ta’sir vositalari xususiyatlarini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
  • Birinchi xolatda bu davrlash tadbirlari, ikkinchisida pedagogik tadbirlar va uchinchisida duduqlanuvchiga davolash va pedagogik jarayonlarning turli xolatda qo‘shib olib borgan xolda ta’sir etish. Duduqlanishni bartaraf etishning terapevtik vositalari turlicha darajalari va shakllarida kadimdan boshlab barcha davrlarda qo‘llanib kelingan.
  • Duduqlanishni davolashning jarroxlik metodi eramizning I asridan XIX asr o‘rtalariga qadar to uning besamaraliligi va xavfliligi xaqidagi fikrlar tasdiqlanguncha qo‘llangan.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə