Kirish Kurs ishining dolzarbligi


Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobi vazifalari



Yüklə 61,73 Kb.
səhifə7/14
tarix10.06.2023
ölçüsü61,73 Kb.
#116466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
kurs ishi 111

1.2 Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobi vazifalari
Buxgalteriya hisobi tizimidagi yangi ob’ekt nomoddiy aktivlarning dastlabki hisobini tashkil etish, korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatlarida buxgalteriya hisobi ishlarini to’g’ri olib borish, xarajatlarni tannarxga yoki davr xarajatlariga qo’shish, moliyaviy natijalarni aniqlash imkonini beradi.
Tarmoq korxonalarda nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini shakllantirish tartibini quyidagicha ifodalash mumkin 1-Jadval

Dastlabki qiymatni shakllantiruvchi omillar

Nomoddiy aktivlarning shakllanish manbalari

Ustav kapitaliga hissa sifatida qo’yish

Xarid qilish

Korxonaning o’zida yaratish

Boshqa aktivlarga almashtirish

Grantlar asosida olish

Nomoddiy aktivlarning bahosi:
















shartnoma bahosi




+










bozor (joriy) bahosi










+

+

balans bahosi (qiymati)

+

+

+

+

+

Xarid qilish xarajatlari;
















davlat bojlari va yig’imlari (ro’yxatdan o’tish)

+

+




+




Soliqlar

+

+




+




ijaraga berish xarajatlari

+

+

+

+

+

reklama xarajatlari




+










boshqa xarajatlar

+

+

+

+



Nomoddiy aktivlarning sotib olish manbalari baholash darajasiga bog’liq bo’ladi. Nomoddiy aktivlarning baholari quyidagi turlarga bo’linadi: shartnoma bahosi, kelishilgan baho, bozor bahosi, balans bahosi. Mulkning, dastlabki qiymati xarajatlarga bevosita bog’liq. Bu esa, o’z navbatida, qo’shma korxonalarda nomoddiy aktivlarni to’g’ri guruhlanishini toqazo qiladi.


Hujjatlashtirish orqali nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi schyotlarida vaqtida aks ettiriladi va ularni uzluksiz nazorat qilib borish mumkin bo’ladi.
Nomoddiy aktivlar hisobini yurituvchi korxonalar buxgalteriya hisobi hujjatlarini tuzish va ularning aylanishini amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida mustaqil ravishda belgilaydilar. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qayd etilayotgan hujjatlarda nomoddiy aktivlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, nomoddiy aktivlarning kelib tushishi, chiqib ketishi, tavsifnomasi, foydali hizmat qilish muddatlari, dastlabki qiymati, amortizatsiya me’yorlari kabi muhim rekvizitlarni o’z ichiga olishi kerak.
Nomoddiy aktivlarni hujjatlashtirish ma’lum xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar nomoddiy aktivlarning boshlang’ich hisobini to’g’ri tashkil qilishga imkoniyatlar beradi.
Ushbu hujjat patent idoralarida qayd etilgan bo’lishi lozim. Tabiiy resurslarga bo’lgan (yer, suv, geologiya) huquqlarini sotib olish yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Shuningdek, ayrim nomoddiy aktivlar ham borki, ular korxona faoliyatida muhim rolь o’ynaydi. Masalan, oshkor etilmagan axborotlar va ularni himoya qilinishi.
Korxona va firmalarda nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish ularning maxsus hisob kartochkalarida yuritilishi kerak. Chunki, keyingi yillarda avtomobilsozlik korxonalarida nomoddiy aktivlarning salmog’i sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu o’z navbatida buxgalteriya hisobi oldiga hujjatlashtirish jarayonlarini to’g’ri va aniq tashkil etish hamda takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Asosiy vositalar bo’yicha yuritiladigan analitik hisob kartochkasining keraksiz bo’lgan rekvizitlaridan ozod qilib, nomoddiy aktivlarga xos bo’lgan qo’shimcha rekvizitlarni qo’llash mumkin .
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunga asosan boshlang’ich hisob hujjatlari xo’jalik muomalalari amalga oshirib bo’lingandan so’ng, tuziladi. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda dastlabki hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma) quyidagi asosiy rekvizitlarga ega bo’lishi lozim; hisob (arxiv) raqami, nomi va shartli shifri, axborotlarning material ko’rinishi, ob’ektlardan foydalanish muddatlari, asl nusxalarining saqlash joyi, joriy etgan shaxslar (korxona, tashkilot), ob’ektdan foydalanuvchilar, hujjatlarni saqlash raqamlari, xarajatlarga olib borish ob’ektlari va boshqa ko’rsatkichlar. Shuningdek, qonunga ko’ra hisobot davriga tegishli bo’lgan xo’jalik muomalalari va ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, tegishli boshlang’ich hujjatlar rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ko’rsatiladi.
Nomoddiy aktivlarning dastlabki va jamlama hisobi iqtisodiy adabiyotlarda to’liq yoritilmagan.
Korxonalarda nomoddiy aktivlar bo’yicha dastlabki hisobni tashkil qilishda ularni qayd etuvchi yangi hujjat shakllarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish kerak bo’ladi. Nomoddiy aktivlarni kirimga olish uchun quyidagi hujjatlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (NMA –1 shakl).
Mazkur dalolatnomaning shakli amaliyotda me’yoriy - huquqiy jihatdan o’z tasdig’ini topmoqda. Nomoddiy aktivlar qaysi manba hisobidan qabul qilinmasin (xarid qilish, ustav kapitaliga qo’shish, boshqa aktivlarga almashtirish, grant yoki subsidiya ko’ri-nishida olish, korxonaning o’zida shakllantirish va boshqalar), ular shartnomalarga muvofiq «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» NMA-1 shakl bo’yicha rasmiylashtirilishi lozim.
Dalolatnoma nomoddiy aktivni qabul qiluvchi guruh hay’ati tomonidan har bir ob’ekt uchun bir nushada tuziladi. Shuningdek, bir turdagi nomoddiy aktivlar uchun oldin tuzilgan dastlabki dalolatnomalar umumlashtirilib “Umumiy dalolatnoma” tuziladi. Masalan, sanoat namunasiga bo’lgan bir necha xil ishlab chiqarish huquqiga egalik qiluvchi patentlar yoki turli xil o’lchamdagi bir nechta yer maydonlaridan foydalanish huquqlari uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar bo’lishi mumkin. Dalolatnomaning asosiy vositalarni hisobga oladigan dalolatnomadan farqi bu shaklning sodda hamda kerakli rekvizitlarga ega bo’lganligidadir.
Nomoddiy aktivlarni qabul qilish dalolatnomasi tuzilib so’ng buxgalteriyaga topshiriladi. Dalolatnoma bilan birga ob’ektlarning boshqa hujjatlari ham taqdim etiladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo’yicha dalolat-nomani to’ldirish aktivning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlarni tugatilishi (hisobdan chiqarish) dalolatnomasi. (NMA- 2 shakl).
Korxonalarining hisob yuritish siyosatiga muvofiq ulardagi mavjud nomoddiy aktivlarini hisobdan chiqarish bo’yicha «Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» deb nomlagan dalolatnomaning yangi shakli (NMA-2 shakl) ishlab chiqildi va uni amaliyotga joriy etish mumkin.
Ushbu shaklda nomoddiy aktivlar ob’ektlarini hisobdan chiqarish paytida xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tayinlangan hay’at tomonidan ikki nusxada tuziladi. Ushbu dalolatnomaning birinchi nusxasi buxgalteriyaga, ikkinchi nusxasi esa javobgar shaxsga beriladi. Dalolatnomada nomoddiy aktivlarning nomi, sanasi, inventar (arxiv raqami), hisobdan chiqarish sababi, balans qiymati, amortizatsiyaning yillik me’yori, amortizatsiya summalari aks ettiriladi.
Tomonlar o’rtasidagi patent, litsenziya olishga tuzilgan shartnoma shartlari bajarilib, sanoat namunasi huquqi bo’yicha patent yoki tabiiy resurslardan foydalanish huquqlariga bo’lgan guvohnomalar o’z kuchini yo’qotganda korxonada nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish komissiya a’zolarining xulosalariga asoslanadi va yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.
Nomoddiy ob’ektlar amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi (NMA-3 shakl).
Korxonalarda nomoddiy aktivlardan foydalanish jarayonida ular o’zlarining dastlabki qiymatini yo’qotib boradi. Ushbu aktiv-lar buxgalteriya hisobi milliy standart qoidalariga asosan nomoddiy aktivda mujassamlashgan iste’mol xususiyatlari sarflanganda, balans qiymati tegishli summaga kamayib boradi. Bu esa, nomoddiy aktivlarning butun foydali hizmat qilish muddatlari davomida qoldiq qiymati chegirilgan holda, dastlabki qiymatini xarajatga muntazam o’tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Demak, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanganda, belgilangan me’yorlarga asosan «Nomoddiy aktivlariga amortizatsiyani hisoblash qaydnomasi» tuzilishi kerak.
Bank ichida yaratiladigan nomoddiy aktivlar qayta baholash
Bank ichida yaratiladigan nomoddiy aktivlarning sifati nomoddiy aktivni tan olish mezonlariga javob berishi lozim.
Ishlab chiqish natijasida yuzaga kelgan nomoddiy aktiv bank quyidagilarning barchasini namoyish qilishi mumkin bo‘lgandagina tan olinadi:
a) nomoddiy aktivni texnik jihatdan tugatilishi shunday amalga oshirilishi kerakki, u foydalanish yoki sotish imkoni bo‘lishi kerak;
b) nomoddiy aktivni tugatish bo‘yicha o‘z maqsadi, uni ishlatish yoki sotish imkoniyatini;
v) nomoddiy aktivni kelgusi iqtisodiy foydalarni yaratish qobiliyatini. Bank keyinchalik nomoddiy aktiv natijalari yoki nomoddiy aktivning o‘zi uchun bozorning mavjudligini namoyish qilishi lozim. Agar uni bank ichida foydalanish mo‘ljallansa, nomoddiy aktivning foydaliligi baholanishi lozim;
g) ishlab chiqishni tugatish hamda aktivni ishlatish yoki sotish uchun yetarli bo‘lgan texnik, moliyaviy va boshqa resurslarga ega bo‘lish;
d) nomoddiy aktivni ishlab chiqish jarayonida unga tegishli bo‘lgan xarajatlarni ishonchli baholash imkoniyati.
Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivning tannarxi aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni yaratish va tayyorlashga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tannarxga quyidagi xarajatlar kiritiladi:
1) nomoddiy aktivni yaratishda xarid qilingan yoki foydalanilgan material va xizmatlar xarajatlari;
2) aktivni yaratishda bevosita band bo‘lgan xodimlarning ish haqi va ularga qilingan boshqa xarajatlar;
3) aktivni yaratish uchun foydalanilgan yuridik huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun boj to‘lovi va patent va litsenziyalar amortizatsiyasi kabi yaratilayotgan aktivga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib boriladigan har qanday xarajatlar;
4) aktivni yaratish uchun zarur bo‘lgan va aktivga olib borilishi mumkin bo‘lgan ustama xarajatlar.
Quyidagi xarajatlar bank ichida yaratilgan nomoddiy aktiv tannarxining tarkibiy qismini tashkil qilmaydi:
1) savdo, ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar, aktivni foydalanishga tayyorlashga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borilishi mumkin bo‘lgan xarajatlardan tashqari;
2) aktivdan foydalanish uchun xodimlarni tayyorlash xarajatlari.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash
Nomoddiy aktiv hisobda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettirilgandan so‘ng qayta baholash sanasidagi bozor qiymati bo‘yicha qayta baholanadi va qayta baholangan (tiklash) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi, basharti bozor qiymatini aniq aniqlash mumkin bo‘lsa.
Nomoddiy aktivning bozor qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo‘yicha faol ikkilamchi bozor narxlari asosida belgilash mumkin. Balans hisobotini tuzish sanasida balans qiymati bozor qiymatidan katta farq qilmasligi uchun qayta baholashni yetarli darajadagi muntazamlikda amalga oshirish lozim.
Qayta baholangan nomoddiy aktiv uchun mazkur paytda ikkilamchi bozor mavjud bo‘lmagan taqdirda aktivning balans qiymati sifatida uning oxirgi qayta baholash sanasidagi qayta baholangan qiymati olinishi lozim, basharti bu balans qiymat ushbu aktivning tiklash qiymatidan oshmasa.
Qayta baholashni o‘tkazishda to‘liq tiklash qiymati nomoddiy aktivlar qiymatini baholanayotgan aynan o‘xshash bo‘lgan yangi obyektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bevosita qayta baholash usuli qo‘llanilganda nomoddiy aktivlarning to‘liq tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun bankning xohishiga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
1) ishlab chiquvchi firmalar va ularning rasmiy dilerlaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday aktivga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish sanasiga Markiziy bank kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda xarid qilish sanasiga EAVda aktivlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida);
3) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) aktiv qiymati to‘g‘risida baholovchi tashkilotning hisoboti.
Qayta baholashdan so‘ng aktivlarning haqqoniy qiymati ularning balans qiymati va yig‘ilgan eskirishi bilan taqqoslanadi va farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
1) Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshsa, bu oshish 30908 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat” hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
a) Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar”;
Kt 30908 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat”;
b) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:
Dt 30908 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat”;
Kt 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-aktiv)”.
2) qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining ko‘payish summasi ilgari xarajat sifatida tan olingan ushbu aktiv qiymatining kamayish summasini qoplashi darajasidagina daromad sifatida tan olinishi lozim.
3) Agar aktivning qayta baholangan qiymati balans qiymatidan kam bo‘lsa, aktiv summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
a) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:
Dt 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-aktiv)”;
Kt 30908 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat”;
b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga:
Dt 30908 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat” (oldingi ko‘payish chegarasida);
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”.
4) Agar 30908 — hisobvaraq qoldig‘i (aynan ushbu toifadagi nomoddiy aktivlarga tegishli bo‘lgan) yetarli bo‘lmasa, qayta baholangan aktiv qiymatining qo‘shimcha kamayishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
Dt 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar”;
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”.
Yuqorida keltirilgan o‘tkazmalardan so‘ng nomoddiy aktivlar hisobvarag‘idagi yangi qoldiq aktivning qolgan hisoblangan xizmat muddati mobaynida mazkur Yo‘riqnomaning VI bo‘limiga muvofiq amortizatsiya qilinadi.
30908 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat” hisobvarag‘iga kiritilgan qayta baholashning musbat natijasi har oyda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga bevosita hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30908 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat”;
Kt 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”;
Ushbu holda qayta baholash musbat natijasining har oyda hisobdan chiqariladigan summasi tegishli aktiv tiklash qiymatining eskirish summasi va boshlang‘ich qiymatining eskirish summasi o‘rtasidagi farqqa teng. 30908 — hisobvaraqdagi qayta baholash natijasi tegishli aktiv hisobdan chiqarilganda to‘lig‘icha kiritilishi mumkin.



Yüklə 61,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə