Kirish Kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 61,73 Kb.
səhifə6/14
tarix10.06.2023
ölçüsü61,73 Kb.
#116466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi 111

Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi. Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o’rtasidagi farqdir. U eng ko’p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi. Gudvill kompaniyaning ijobiy tavsiflaridan kelib chiqadigan qiymat bo’lib, kompaniyaning aniq aktivlaridan kutilayotgan daromadlarning qo’shimcha ravishda ko’paytirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning o’zi tomonidan yuzaga keltirilgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi. Chunki bu kompaniya sotib olinayotganda sotib olish bahosi va kompaniya aktivlarining haqiqiy bahosi o’rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Gudvill asosan kompaniyaning oddiy ko’rsatkichlaridan yukori bo’lgan moliyaviy ko’rsatkichlarining taxmin qilinayotgan qiymatini aks ettiradi. Bu taxminlar kompaniya yoki uning operatsion muhitiga aloqador bo’lgan nomoddiy ijobiy tavsiflar yoki omillar bunday daromadlar olishiga ishonch tugdiradi. Ular kompaniyalar uchun o’rtachadan yuqori bo’ladi.
Yuqori darajadagi rahbar jamoasi, sotish jarayonini a’lo darajada tashkil qilinishi, o’ta samarali reklama, ishlab chiqishdagi maxfiy jarayon, mutlaq darajada yaxshi mehnat munosabatlari, yuqori ishonch reytingi, xodimlarni tayyorlashning ilg’or dasturi va hokazolar gudvillni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lib hisoblanadi.
Salbiy gudvill - sotib olingan sof aktivlarning xaqqoniy qiymati korxonaning harid qiymatidan yuqori bo’lsa, paydo bo’ladigan farq sifatida namoyon bo’ladi. Bu sotib olayotgan korxona uchun qulay hariddir. Bunday hollarda moddiy aktivlar qiymatlari shu darajaga kamaytirilishi lozimki, bunda salbiy gudvillga o’rin qolmasligi kerak.
Boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat — nomoddiy aktivlarni xarid qilish va ishlab chiqishga haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari, xizmatlar, shuningdek aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish va boshqa xarajatlar summasi.
Nomoddiy aktivlar qiymatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar masalan, yuridik xizmatlar uchun professional gonorarlarni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy qiymatni aniqlash uchun barcha savdo chegirmalari va qaytarishlar chegiriladi.
Nomoddiy aktivlarning qayta baholashni hisobga olingan qiymati tiklash (tiklanish) qiymati deb ataladi. Aktivning buxgalteriya balansida tan olinadigan summasi balans qiymati deb ataladi.
Faol ikkilamchi bozor — narxlar barcha bozor qatnashchilariga oshkor (qulay) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan bozor.
Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo‘lib ularning balans qiymatini va ushbu aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya usullarini aniqlash, hamda nomoddiy aktivlar balans qiymatidagi o‘zgarishlar, amortizatsiya hisoblash tartibi va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.
Bank nomoddiy aktivlari quyidagi usullar bilan shakllanadi:
1) haq evaziga xarid qilish;
2) bank ichida ishlab chiqish yo‘li bilan;
3) tekinga olish.
Agar aktiv moddasi nomoddiy aktiv ta’rifiga javob bersa, bank kelagusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo‘lsa va aktiv qiymati ishonchli o‘lchanishi mumkin bo‘lsa, u nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etilishi (tan olinishi) lozim. Mazkur talab ham chetdan olingan, ham bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Bank aktivning foydali xizmat muddati mobaynida mavjud bo‘ladigan kelgusi iqtisodiy naf olish ehtimolini baholashi lozim.
Nomoddiy aktivdan olinadigan kelgusi iqtisodiy naf xizmatlarni sotishdan olingan tushum, xarajatlar tejami va bank tomonidan aktivdan foydalanish natijasida hosil bo‘lgan boshqa naflarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Agar nomoddiy aktiv na nomoddiy aktivlarning ta’rifiga, na tan olish me’zonlariga javob bermasa, ushbu modda bo‘yicha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi.
Aktivni nomoddiy aktiv sifatida aniqlash imkoniyati bo‘lmagan holda (ba’zi nomoddiy aktivlar jismoniy substansiyada yoki uning ichida mavjud bo‘lishi mumkin) elementning muhimligidan kelib chiqish lozim (misol uchun, dasturiy ta’minot holatida — kompakt-disk, litsenziya yoki patent bo‘lganda — huquqiy hujjatlar).

Yüklə 61,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə