Kirish Kurs ishining dolzarbligi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 61,73 Kb.
səhifə2/14
tarix10.06.2023
ölçüsü61,73 Kb.
#116466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi 111

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. tijorat banklarda va xo’jalik yurutuvchi subyektlarda nomoddiy aktivlarini hisobga olishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish hamda ulardan samarali foydalanish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab
chiqishdan iboratdir.
Qo’yilgan ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • tijorat banklarda va xo’jalik yurutuvchi subyektlarda nomoddiy aktivlar hisobinining turgan o’rnini ilmiy asoslash;

  • nomoddiy aktivlar hisobini tashkil qilishning huquqiy va nazariy asoslarini tadqiq qilish;

- nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi xujjatlar xamda ularni rasmiylashtirish masalalrini ko’rib chiqish;
- nomoddiy aktivlar hisobini takomillashtirish masalalarini yoritib berish;
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishiga kirish, o’zaro bog’langan 2 ta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1.1 Nomoddiy aktivlari haqida tushincha va turlari
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida nomoddiy aktivlarga quyi-dagicha ta’rif beriladi: «Nomoddiy aktivlar – bu xo’jalik faoliyatida foydalanish uchun yoki boshqarish uchun xo’jalik sub’ekti tomonidan nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) muddat ishlatishga mo’ljallangan moddiy-buyum shakliga ega bo’lmagan mulk ob’ektlaridir». Berilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki nomoddiy aktivlar bu:
Korxonaning mulkiy ob’ektidir - nomoddiy aktivlarni aksariyat qismi korxona tomonidan sotib olinadi, ularga egalik qiladi va buxgalteriya balansida o’z mulkining bir qismi sifatida aks ettiradi;
Moddiy (natural)-buyum shakliga ega emas – nomoddiy aktivlar jismo-niy ko’rinishga ega emasdirlar;
Sotish uchun mo’ljallanmaydi - nomoddiy aktivlar qayta sotish uchun sotib olinmaydi, balki xo’jalik faoliyatida foydalanish, nazorat qi-lish va boshqarish uchun sotib olinadi;
Хo’jalik faoliyatida uzoq muddat foydalaniladi - odatda nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona faoliyatida bir yildan uzoq muddat faoliyat ko’rsatadigan (foydalaniladigan) va shu davr mobaynida egalariga huquq va ustunliklar beradigan aktivlar kiritiladi.
Nomoddiy aktivlar tarkibi turlicha bo’lib, ular bir qator belgilari bo’yicha tarkibiy qismlarga ajratilib o’rganiladi.
Nomoddiy aktivlarning turkumlanishini izohlashdan oldin korxona no-moddiy aktivlari va ularni tavsifi bilan tanishib chiqaylik. Korxona nomoddiy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompьyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro’yhati, litsenziya, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar, nou-xau, franchayzing va gudvill.
Patent — huquqiy tan olingan va ro’yxatdan o’tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o’zining egasiga patentga taalluqli bo’lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Bunda chetdan boshqa shaxslar bevosita aralasha olmaydi. Patent huquqi kashfiyotning tarkibini himoya qiladi va u belgilangan tartibda ro’yxatga olingan bo’lishi kerak. Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob’ektlarni ishlatishning asosiy ko’rinishi - bu huquqni litsenziya shartnomasi asosida berish va ob’ektni korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shishdir.

Yüklə 61,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə