Kirish Kurs ishining dolzarbligi


Nomoddiy aktivlar kirimning hisobi



Yüklə 61,73 Kb.
səhifə8/14
tarix10.06.2023
ölçüsü61,73 Kb.
#116466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
kurs ishi 111

2.1 Nomoddiy aktivlar kirimning hisobi.
Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0410-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar»
0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari»
0430-«Dasturiy ta’minot»
0440-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi»
0450-«Tashkiliy xarajatlar»
0460-«Franshizalar»
0470-«Mualliflik huquqlari»
0480-«Gudvill»
0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar».
Nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
• Korxona tomonidan yaratilishi;
• Boshqa korxonalardan sotib olish;
Tekinga olish;
• Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushi tarzida yoki aksiyalarning haqini to’lash hisobiga kiritish.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
• Nomoddiy aktivlar korxona tomonidan yaratilganida - nomoddiy aktivni barpo etish to’g’risidagi shartnoma; korxona rahbarining barpo etilgan ob’ekt to’g’risidagi hujjatlarga maxfiylik maqomini berish va bu hujjatlardan foydalanuvchilar doirasini cheklab qo’yish yo’li bilan ob’ektni nou-xau sifatida xizmat yoki tijorat siri rejimini ta’minlash to’g’risidagi muhofaza hujjati; ob’ektni barpo etishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar; ob’ektni kirim qilib olish to’g’risidagi dalolatnoma va baholash dalolatnomasi;
• Pulga sotib olingan taqdirda - huquqlar berilganligi to’g’risidagi shartnoma, amalga oshirilgan to’lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar, qabul qilib olish dalolatnomasi;
• Tekinga olingan taqdirda - huquqlar berilganligi to’g’risidagi shartnoma, qabul qilib olish dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi;
• Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav fondiga ularning ulushi tarzida yoki aksiyalarning haqini to’lash hisobiga kiritilganida - ta’sis hujjatlari, qabul qilib olish dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi.
Tegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va schyotdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag’ining krediti bilan korrespondentsiyada 0410-0490-hisobvaraqlar debeti bo’yicha haqiqiy tannarxiga qarab nomoddiy aktivlar sifatida kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan nomoddiy aktivlar 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag’ining krediti bilan korrespondentsiyada 0410-0490 hisobvaraqlar debeti bo’yicha kirim qilinadi.
Haq evaziga xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich (haqiqiy) qiymati bo‘yicha baholanadi va hisobga olinadi. Boshlang‘ich qiymatning o‘zgarishiga faqat nomoddiy aktivlar qayta baholangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Nomoddiy aktivlarning tahliliy hisobi nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha ochiladigan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Chet el valyutasida xarid qilingan nomoddiy aktivlar balansda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasidagi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi va chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan qayta baholanmaydi.
Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktiv balansda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
Tekinga olingan nomoddiy aktivlar dastlab balansda real (haqqoniy) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati baholovchi tashkilot tomonidan yoki aktivlarni qabul qilish-topshirish hujjatlaridagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlarni xarid qilish hisobi
Nomoddiy aktivlar qiymatini to‘liq yoki qisman oldindan to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar”
Kt bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i
Aktiv kelib tushgan paytda:
Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar”
Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
Nomoddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish:
Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kt 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi”
Aktivlar qiymati to‘langanda:
Dt 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi”
Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i
Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda tekinga olingan nomoddiy aktivlarning real qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi rasmiylashtiriladi:
Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Kt 30905 “Tekinga olingan mulklar”
Keyingi xarajatlar hisobi
Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, aktivga dastlab hisob-kitob qilingan me’yorlardan yuqori bo‘lgan kelgusidagi iqtisodiy foydani yaratish imkonini bergan taqdirdagina nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (haqiqiy) qiymatiga qo‘shiladi. Boshqa barcha keyingi xarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi xarajatlarga olib boriladi.
Nomoddiy aktivga u sotib olingan yoki yaratilgandan so‘ng qilingan keyingi xarajatlar, agar ushbu xarajatlar aktivning dastlabki baholangan me’yoriy ko‘rsatkichlarini saqlab turish uchun talab qilinsa, joriy xarajat sifatida tan olinadi.

Xo’jalk yurutuvchi subyektlarda va banklarda nomoddiy aktvlar hisobvaraqlar rejasi


2-Jadval


Yüklə 61,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə