Kirish i-bob. Turizm sohasida mehmonxonalarning o‘rni va roli mehmonxona xizmatlarining tavsifi va o‘ziga xos xususiyati Mehmonxonada ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar Mehmonxonada turistlar xavfsizligini ta’minlash masalalari


Malakaviy tanishuv amaliyotining maqsadi



Yüklə 290,91 Kb.
səhifə2/9
tarix11.12.2023
ölçüsü290,91 Kb.
#143979
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kirish i-bob. Turizm sohasida mehmonxonalarning o‘rni va roli me

Malakaviy tanishuv amaliyotining maqsadi:
Talabalarni universitetda o’zining mutaxasislik yo’nalishi bo’yicha olingan bilimlarni amaliyotda ya’ni “Surxon Hotel” mehmonxonasida tadbiq etish va bu sohani takomillashtirish masalalarini tadqiq etishdan iborat.
Amaliyot o’tash joyi Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Surxon Hotel” MCHJ korxonasi. Talabalar malakaviy tanishuv amaliyotini ta’limning kunduzgi shakli bo’yicha o’quv jarayonidan ajratilgan holda 1-kursda 2023-yil 22-maydan 2023-yil 17-iyungacha o’taydilar.
Amaliyotning aniq muddatlari o’quv rejasi asosida belgilanadi va Termiz Davlat Universiteti rektori buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Malakaviy ishining ob’ekti: Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Surxon Hotel” mehmonxonasidir.
Malakaviy ishining maqsadi “Surxon Hotel” mehmonxonasida xizmatlar assortimentini oshirish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Malakaviy ishning vazifasi quyidagilardan iborat:
-Mehmonxona xizmatlarining tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari va mehmonxonada ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar;
-“Surxon Hotel” mehmonxonasi faoliyati tahlili;
-“Surxon Hotel” mehmonxonasida asosiy va qo’shimcha xizmatlar tahlili;
-“Surxon Hotel” mehmonxonasida xizmat ko‘rsatish sifatining o‘ziga xos xususiyatlari,
-“Surxon Hotel” mehmonxonasida xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir etuvchi omillar;
-“Surxon Hotel” mehmonxonasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.


Malakaviy ishning amaliy ahamiyati:
-“ Surxon Hotel” mehmonxonasi xizmatlari assortimentini oshirishdan olingan natijalar asosida mehmonxona rahbariyati uchun tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
Malakaviy ishning tarkibi: kirish, uchta bob, xulosalar, tavsiya va muallifning fikrlari va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I-Bob. Turizm sohasida mehmonxonalarning o‘rni va roli
Mehmonxona xizmatlarini qarab chiqishdan oldin «xizmatlar» nimaligini yodga olish, shuningdek barcha xizmatlarga ega bo‘lgan ta’riflarni ajratish zarur. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida nashr etilgan Katta Sovet Ensiklopediyasida xizmatlar tushunchasi bevosita ma’lum shaxslar ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan mehnat sifatida belgilangan, ya’ni ushbu xizmatlar individual buyurtmachi, mijoz kabi iste’molchilarni nazarda tutadi. Marketing bo‘yicha taniqli amerikalik mutaxassis olim F.Kotlerning belgilashicha, xizmatlar har qanday tadbir yoki qulaylik, qaysikim bir tomon boshqa sezilmas tomonga taklif qiladi. Xizmatlar ishlab chiqarish uning moddiy ko‘rinishidagi tovar bilan bog‘liq bo‘lishi, bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Xizmatlar – bu maqsadga muvofiq mehnat faoliyati, natijasi bo‘lib, kishining biror-bir ehtiyojini qondirishda aks etadi. Xizmatlarning xususiyati shundan iboratki, u narsa shaklida yoki jonli mehnat jarayonida taqdim etilishi mumkin. Xizmatlar ishlaridan biri harakat sifatida belgilanadi. Biror bir huquqiy yoki jismoniy shaxs boshqa sub’ektga uni o‘z munosabatida amalga oshiriladi va moddiy yoki nomoddiy maqsadni ko‘zlab bevosita yoki bilvosita qulaylikni yaratadi. Ko‘pchilik iqtisodchilar «xizmat» tushunchasini belgilashda K.Marksning «Kapital» asarining birinchi tomida keltirligan fikrlarga tayanishadi, ya’ni «xizmatlar iste’molchilik qiymati foydali harakati – tovarmi, mehnatmi, boshqacha narsadir». Keltirilgan belgilashlar hozirgi zamon uchun qisman ma’qul keladi. Bu borada kengroq ma’noda «xizmat» tushunchasini quyidagi tarzda shakllantirish mumkin: «xizmat deb noishlab chiqarish yoki moddiy ishlab chiqarish faoliyat qismini hisoblash kerak, qaysikim moddiy xizmatlar ko‘rsatishda foydali harakatdan iborat, mahsulot ishlab chiqarish va uning ta’mirlanishini, sozlanishini o‘z ichiga oladi, yoki aholining shaxsiy noishlab chiqarish ehtiyojini qondirishdan iborat (shu jumladan, ma’naviy va estetik ehtiyojlari). Rossiya Federatsiyasida 1994 yil iyulda nashr etilagn «Aholiga xizmat ko‘rsatish. Atamalar va belgilar» davlat standarti amalga joriy etildi. Ushbu hujjatga muvofiq, xizmat deyilganda ijrochi va iste’molchining bevosita o‘zaro hamkorligi natijasi, shuningdek ijrochining iste’molchi ehtiyojining qondirilishi bo‘yicha xususiy faoliyati tushuniladi.
Xizmatlar funksional mo‘ljallangani bo‘yicha moddiy va ijtimoiy- madaniyga bo‘linadi. Moddiy xizmatlar – bu iste’molchining moddiy-maishiy ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha xizmatlardir. Moddiy xizmatlar buyumlarni iste’molchilik xususiyatlarini tiklash (saqlash, o‘zgartirish), yoki fuqarolar buyurtmasiga ko‘ra yangilarini tayyorlash, shuningdek yuklarni va odamlarni tashish; iste’mol uchun sharoit yaratishni ta’minlaydi. Xususan, moddiy xizmatlarga maishiy xizmatlar, buyumlarni tayyorlash va sozlash (remont qilish), uy-joy kommunal xizmatlari, umumiy ovqatlanish xizmatlari, transport xizmatlari va boshqalarni kiritish mumkin. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar – bu iste’molchining odatdagi (normal) hayot faoliyatini ta’minlash va ma’naviy, intellektual ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlardir. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar shaxsning sog‘ligini tiklash, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi, professional mahoratini oshirishni ta’minlaydi. Ijtimoiy-madaniy xizmatlarga tibbiy xizmatlar, madaniy xizmatlar, turistik xizmatlar, ta’lim xizmatlari va boshqalarni ham kiritish mumkin. Shunday qilib, standart aholiga ko‘rsatiladigan xilma-xil xizmatlar orasida turistik xizmatlar o‘rnini va ijtimoiy-madaniy xizmatlarga ularni kiritishni belgilash imkonini beradi. Barcha xizmatlar, ham moddiy, ham ijtimioy-madaniy xizmatlar sifatida beshta asosiy ta’rifga ega. Servis sohasi korxonalari faoliyatiga ajratilgan xizmatlar ta’rifi ta’miri xususiyatlarini
Xizmatlar ta’rifi Servis korxonalari faoliyati xususiyatlari Sezilmaslik Tovarlarning yo‘qligi; xizmatlar harakat yoki tajriba hisoblanadi. Standart namunalari taqdim etish qiyinchiligi: xizmatlar sotib olish mijoz uchun tavakkalchilik bilan bog‘liq, chunki xizmatni namoyish qilish mumkin emas Patent tizimining yo‘qligi: raqobat bozoriga erkin kirish Xizmatlar taqdim etishning Iste’molchilar xizmat ko‘rsatilishi jarayonlarida ishtirok etadi iste’molchidan ajralmasligi Xizmatlar ko‘rsatilishi jarayoniga iste’molchilar guruhini jalb etish. Xizmatlar sifatini nazorat qilish muammosi Firma, ko‘rsatadigan xizmatni uning xodimi taqdim etadi. Firmalarning qabul qilishi uning xodimlarining mijoziga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq Xizmat ko‘rsatishning shart-sharoiti – firmaning asosiy xususiyatidir Firmani kengaytirish qiyinchiligi korxona tarmoqlarini tashkil qilish zarurati bilan bog‘liq Geterogenlik Xizmatlarni standartlash qiyin, chunki ularning harakteri ko‘p jihatdan iste’molchilar tomonidan belgilanadi. Xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish muammosi: xizmat ko‘rsatish sharoitining xilma-xilligi Saqlanmaslik Xizmatlarni saqlash mumkin emas: tovar zahiralari yo‘q Muammolar yuklanish cho‘qqisi bilan bog‘liq; mehnat samaradorligi past Xizmatlarga narx belgilashning qiyinchiligi: narx hosil qilish muammolari mavjudligi Xizmatlarga mulkiy hukuqning yo‘qligi Mijozlar xizmatlarni egallay olmaydilar – xizmat ko‘rsatishlar ijaraga o‘xshash kabidir.
Servis sohasi faoliyatini tashkil qilish xususiyatlari xizmat ko‘rsatish xususiyatlari bilan belgilanadi, jumladan: individual buyurtmachi mavjudligi; xizmatlar ishlab chiqarishning lokal (mahalliylashtirish) harakteri; texnologik jarayonlarning xilma-xilligi; xizmatlarning mavsumiy harakteri; xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishni birga olib borish; xizmat ko‘rsatish sifati; xizmatlar tezligi va ularni almashtirib bo‘lmaslik. Qabul qilingan klassifikatsiyasiga muvofiq xizmatlar funksional mo‘ljallangani bo‘yicha to‘rt guruhga bo‘linadi: iste’molchilik qiymatini tiklash va ta’mirlash (tovar va xizmatlar); buyurtmaga ko‘ra yangi iste’molchilik qiymatini tayyorlash; ishda, turmush va odamlar maishiy hayotida qulaylik yaratish bo‘yicha xizmatlar; axborot xizmati. Shuningdek xizmatlarning 12 guruhi ajratilgan: -uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish; -chakana savdo; -umumiy ovqatlanish; -maishiy xizmat; -umumiy ta’lim va tarbiya; -tibbiy xizmat; -ijtimoiy ta’minot va xizmatlar ko‘rsatish; -madaniy ehtiyojlarga xizmat ko‘rsatish; -rekreatsion xizmat ko‘rsatish (turizm va dam olish xizmatlari); -kredit-sug‘urta xizmatlari; -mulk va fuqarolar huquqlarini muhofaza qilish; -yo‘lovchi transporti va aloqa xizmati kabilar. Ushbu xizmatlar guruhlari to‘rt katta sohani hosil qiladi: kommunal maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi; sog‘liqni saqlash va tiklash xizmati sohasi; boshqaruv, tartibga solish va almashlash sohasi; madaniy oqartuv xizmatlari sohasi. N.B.Shenikova fikricha, servis industriyasini ishlab chiqarishning besh ko‘rinishi sifatida ko‘rsatish mumkin:
-texnik servis;
-texnologik servis;
-axborot servisi;
-transport-kommunikatsiya servisi;
-ijtimioy-madaniy yoki gumanitar servis.





Yüklə 290,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə