Kirish i-bob. Turizm sohasida mehmonxonalarning o‘rni va roli mehmonxona xizmatlarining tavsifi va o‘ziga xos xususiyati Mehmonxonada ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar Mehmonxonada turistlar xavfsizligini ta’minlash masalalari


Mehmonxonada turistlar xavfsizligini ta’minlash masalalari



Yüklə 290,91 Kb.
səhifə4/9
tarix11.12.2023
ölçüsü290,91 Kb.
#143979
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kirish i-bob. Turizm sohasida mehmonxonalarning o‘rni va roli me

1.3 Mehmonxonada turistlar xavfsizligini ta’minlash masalalari
Xavfsizlik xizmati mehmonlar, ularni va mehmonxona mulkini turli jinoiy elementlar tomonidan ehtimol tutilgan tajavvuzlardan himoya qilish uchun tuziladi. «Mehmonxona mulki» tushunchasiga uning obro‘si degan element ham qo‘shiladi.
Mehmonxonalarda ro‘y beradigan jinoyatlarning katta qismi – har xil o‘g‘irliklardir. Ta’kidlash kerak, asosiy o‘g‘irlik mehmonlarda emas, balki mehmonlar bilan bevosita aloqada bo‘lmagan mehmonxona bo‘linmalarida sodir bo‘ladi. Shunday mijozlar ham borki, jo‘nab ketayotganida mehmonxona sochig‘i yoki choyshabini, suvenir-sigareta kuldonini chamadoniga tiqadi. Bunday hollarda mehmonxonalar ularni xushlamagan mijozlari ro‘yxatiga kiritadi. Ushbu ro‘yxatga shuningdek mehmonxona ustidan arz qilib yaxshigina tavon puli undirish uchun mehmonxona xodimlari bilan ataylab majora chiqaradigan mijozlar ham kiritiladi. Xavfsizlik xizmatining asosiy vazifasi – qilingan jinoyatlarni tergov qilish emas, balki ularning oldini olishdir. Buni alohida e’tiborga, nazarga olish kerak, xavfsizlik xizmati xodimining huquqlari tergov chog‘ida politsiyanikidan ancha cheklangan bo‘ladi: ular so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish va boshqa harakatlarga haqli emas. Xavfsizlik xizmatining samarali ishlashi uchun uni mehmonxona boshqa xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qilishlari muhimdir. Avvalo, moliya deportamenti va bo‘lim xodimlari bilan. Xavfsizlik xizmati nazorati moliyaviy nazorat bo‘lib, u bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Mehmonxona xodimi bilan xavfsizlik xizmati birgalikda ishga qabul qilinayotganlarni nazorat qilish va kuzatishni ishlab chiqadi. Bu esa jinoiy elementlarning ishga kirishi oldini oladi. Xavfsizlik xizmati mahalliy politsiya (militsiya) bo‘limlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi zarur. Ulardan chaqirilmagan mehmonlar paydo bo‘lishi, kutilayotgan namoyishlar, tartibsizliklar haqida foydali ma’lumotlar olishi mumkin. Chunki, bunday holatlar mehmonxona ish rejimini, u yerda dam oluvchilarning osoyishtaligini buzishi mumkin. Ammo hamkorlik haddan tashqari chuqurlashib ketmasligi lozim. Huquq-tartibot organlariga mehmonxona mehmonlari haqida qonunda ko‘zda tutilmagan har qanday ma’lumotlarni beravermaslik zarur. Xavfsizlik xizmati mehmonxona xavfsizligi tizimi loyihasini ishlab chiqaradi, qaysikim u boshqa bo‘linmalar rahbarlari bilan muhokama qilingan, bosh direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu hujjat xavfsizlikka doir barcha choralarni qamrab oladi (xavfsizlik xizmati vazifasi, uning boshqa bo‘linmalar bilan o‘zaro munosabati, xavfsizlikni ta’minlash texnik vositalari tizimi, favqulotda vaziyatlar mehmonxona xodimlari harakati (yong‘in, portlash tahdidi va h.k.) shular jumlasidandir.
Xavfsizlik xizmati son jihatidan ancha ko‘p emas; 500 nomerli mehmonxonaga 10 tadan ko‘p bo‘lmagan kishi to‘g‘ri keladi. Xavfsizlik xizmati tarkibi yoki shtatda ayol kishi ham bo‘lgani ma’qul. Chunki agar jabrlangan mijoz ayol bo‘lsa, unga uyalmasdan, tortinmay gapirib bera oladi. Xavfsizlik xizmati ideal xodimi – bu og‘ir, vazmin, ahloqan namunali, barchaga sodiq, inson. Chunki xizmat jarayonida u ko‘p marta sotib olishga urunuvchilar bilan to‘qnash keladi. Ko‘pincha mehmonxonadagi bu xizmatga huquq-targ‘ibot organlarida ishlagan sobiq xodimlar olinadi. Ammo ko‘p jihatlardan ular munosib bo‘lsalarda, hamisha ham mehmonxonada ishlash instruksiyalariga amal qilaverishmaydi. Eng avvalo, ularda xushmuomilalik va mehmonlar va mehmonxona xodimlari bilan muomilada bosiqlik yetishmaydi. Ba’zan xavfsizlik xizmatiga shveysarlar va pajlar bo‘ysinadi. Xavfsizlik xizmati xodimlari ishga qabul qilinayotganda albatta, o‘quvdan o‘tadi, mehmonxona bilan batafsil tanishadi, uning bo‘linmalari, tipik vaziyatlar, burch va majburiyatlarni o‘rganadi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilib oladi, tekshiruv olib borish va hisobot tayyorlashni o‘rganadi. Tabiiyki, xavfsizlik xizmati xodimlari otel faoliyati va uning ishiga doir barcha qonunlarni bilishi zarur. Xavfsizlik xizmati o‘z binosi, garderobi, hujjatlar, tekshirish hisobotlari saqlanadigan xonasiga ega bo‘lishi lozim.
Xavfsizlik xizmati rahbari xonasi mijozlar ko‘ziga tashlanmasligi, ikkinchidan, mijozlar bilan suhbatlashganda boshqa tomonga chaqirmasligi kerak. Xavfsizlik xizmati xodimlari mehmonxona boshqa xodimlari singari belgilangan soatda almashadi, smena almashayotganida xavfsizlikka xushyor qarash talab etiladi. Ular ko‘proq mehmonxonada «xavfli» soatlarda bo‘lishi zarur (18.00-02.00).
Xavfsizlik xizmati texnik vositalariga tele va video kameralar kiradi, qaysikim ular yordamida jamoat va ko‘plab xizmat binolari kuzatib turiladi. Yozuvlar kamida 24 soat saqlanishi kerak. Xavfsizlik xizmati shuningdek qulf- kalitlar, nomerdagi seyflar, xodimlar radioaloqasiga javob beriladi. Xavfsizlik xizmati xodimlariga forma kiyish, beliga to‘pponcha osish yoki dubinka ko‘tarib yurish tavsiya etilmaydi. Bu mehmonlarni xotirjam qilmaydi, aksincha ularda tashvish uyg‘otadi. Xavfsizlik xizmati xodimlarining ko‘kragida ismi-sharifi yozilgan kartochka bo‘lishi kifoya. Xavfsizlik xizmatining eng murakkab vazifasi binolarda patrullik qilish. Patrullik paytida binolar eshiklari yopiqligi, binoda odamlar bor-yo‘qligi, boshqa xavfsizlikka daxldor holatlar sinchiqlab tekshirib chiqiladi. Patrullik shuningdek yong‘in chiqishi xavfi – to‘shakda sigaret chekilib, uning yoniq qolishi (mast mehmon)ni oldini olishda ham ahamiyatli. Xavfsizlik xizmati mehmonxonaning bosh kirish-chiqish joylarini nazorat qiladi. Ichkariga bezorilar yoki boshqa kutilmagan kimsalarning kirib qolishi yo‘lini to‘sadi. Bu paytda ular mehmonlarga sezdirmay nazorat qilishi kerak. Yo‘qolgan buyumlarni tekshirishga keladigan bo‘lsak, shuni nazardan qochirmaslik kerakki, yo‘qolgan narsani topishdan, o‘g‘rini ushlash va jazolashdan ko‘ra shunday hol takrorlanmasligi choralarini ishlab chiqish muhimroq. Xavfsizlik xizmati tekshiruv usullari huquq-tartibot organlari usullaridan farq qiladi. Ularning huquqlari huquq-tartibot organlari xodimlariga taqqoslanganda ancha cheklangan. Xavfsizlik xizmati xodimi mijozni g‘oyat xushmuomalalik bilan so‘roq qilishi zarur. Chunki tekshiruv o‘tkazilayotgani haqida aytishi, so‘roq qilinayotgan shaxs unga yordam berishi mumkinligi tushuntirilishi lozim. Qotillik, qurolli bosqinchilik, nomusga tajavvuz qilish kabi jinoyatlar darhol huquq-tartibot organlariga xabar qilinadi va surishtiruv ishlarini ular olib boradilar. Bunda organ xodimlarining tashrifi mehmonxonada yashovchilar uchun iloji boricha sezilmasligi kerak. Bu ishga ehtiyot bo‘lib yondoshish lozim. Ko‘pincha shunday holatlar bo‘ladiki, yashovchi o‘zi nomeriga taklif qilgan fohisha uning boru-yo‘g‘ini o‘g‘irlab ketadi. Bunday vaziyatda politsiyani chaqiradimi, yo‘qmi, mijozning o‘zi hal qiladi. Ko‘pincha mehmonlar ovoza bo‘lishdan cho‘chib, huquq-tartibot organlariga murojaat qilishdan bosh tortishadi. Tan olish kerakki, mehmonxona bunday yashovchilar tashrifidan qochib qutilolmaydi, qochmaslik ham kerak. Shuni etirof etish kerak, mehmonxonada yashovchining ahloqiy qiyofasi uchun mehmonxona xodimlari qayg‘urmasligi kerak. Xavfsizlik xizmati bu tashriflarni zimdan kuzatishi, ularning xoll yoki nomerlarda paydo bo‘lishiga, boshqalarga sezdirmay, yo‘l qo‘ymasligi zarur. Bunda juda ehtiyot bo‘lish kerak, masalan, xollda yolg‘iz turgan ayoldan binoni tark etishini so‘rash mumkin emas. Lekin bu ayol mehmonxona xovlisiga tez-tez tashrif buyuradigan bo‘lsa, tegishli choralar ko‘rish lozim. Odatda mehmonxonada o‘g‘irlangan pullarni topish juda qiyin kechadi. Bu haqda jabrlanuvchiga aytib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, tekshiruv natija bermaganligi haqida bari-bir unga xabar berishga to‘g‘ri keladi.
Jabrlanuvchini yupatish uchun ko‘nglini ko‘taradigan gaplar aytish kerak. Hech qachon mehmonxona mijozlari xavfsizligi yomon ta’minlangan demaslik zarur. Chunki jabrlanuvchi xodim jinoiy loqaydlikka yo‘l qo‘yganligi uchun uning ustidan mehmonxona majburiyatiga da’vo qilishi mumkin. Xavfsizlik xizmati vazifasiga shuningdek yuqori bo‘g‘in rahbarlarini, inkassatsiyani qo‘riqlash, barcha kalitlarni nazorat qilish ham kiradi. Mehmonxona xodimlari faqat o‘zlariga ishlash uchun zarur bo‘lgan kalitlarnigina olishi, balki kalitlar bog‘lamini olmasligi kerak. Agar mabodo nomer kaliti yo‘qolgan bo‘lsa, eshikning qulfi almashtirilishi yoki qayta programmalashtirilishi shart. Xavfsizlik xizmati shuningdek shaxsiy foydalanishga berilgan mehmonxona mulki (xizmat avtomobili, kredit kartochkalar va h.k.)dan foydalanishini ham nazorat qilishadi. Unga shuningdek kredit qobiliyatli mehmonlarni tekshirish, kompyuter xavfsizligini nazorat qilish (haqerlar suqilib kirishining oldini olish uchun) ham yuklatiladi. Keyingi vaqtlarda terrorchilik harakatlari tahdidi kuchaygani munosabati bilan xavfsizlik xizmati barcha xodimlarni mehmonxonada portlash qurilmasi qo‘yilgani haqida xabarlar qo‘ng‘iroq qilinganda o‘zlarini qanday tutish lozimligi qoidalari bilan tanishtiradilar. Birinchidan, terrorchi qo‘ng‘iroq qilganda xodim u qayerdan qo‘ng‘iroq qilayotganini aniqlash uchun iloji boricha so‘zlashuvni cho‘zishi kerak. Odatda bunga muvaffaq bo‘linmaydi, ammo uni binoda turib xodim yordamida boshqa telefondan foydalanib aniqlash mumkin. Ikkinchidan, terrorchidan portlash vaqti, qurilma tipini bilib olishga urinish lozim: Nima uchun hujum ob’ekti sifatida aynan ushbu mehmonxona tanlangani, qurilma qayerga yashirilgani. Bundan tashqari, qo‘ng‘iroq qiluvchi haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot to‘plash lozim: jinsi, gapirish talaffuzi, taxminiy yoshi, holati (hushyormi yoki mastmi), u mehmonxona va uning xodimlari bilan qanchalik tanishligi, qayerdan qo‘ng‘iroq qilayotgani (biror o‘ziga xos shovqin eshitilishi, masalan, ko‘cha shovqini). Har bir xodim qo‘ng‘iroq haqida kimga xabar berishni bilishi zarur.
Mehmonxonada evakuatsiya haqidagi qarorni bosh direktor qabul qiladi. Mehmonxonada yashovchilarga xabar berishni ham u hal qiladi. Evakuatsiya chog‘ida xavfsizlik xizmatining birinchi vazifasi – tartibni va mulkning saqlanishini ta’minlash (shu jumladan, yong‘in paytida ham). U portlovchi qurilmani qidirishda ishtirok etadi, chunki xavfsizlik xizmati xodimi mehmonxonaning barcha binolarini boshqalardan ko‘ra yaxshi biladi. Xavfsizlik xizmati xodimi hodisa tahlili bilan hisobot tayyorlab mehmonxonaning yuqori rahbariyatiga taqdim etadi (voqea-hodisa ro‘y bergan vaqti, ular bilan bog‘lik shaxslar, ismi sharifi, joyi ko‘rsatiladi). Bunday holatlar qayta takrorlanmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi lozimligi taklif qilinadi. Xizmatda barcha hodisalar, arzlar va tekshiruv natijalari hisobi yuritiladi. Arz-shikoyatlarga javob berishda ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda advokatga mehmonxona ustiga ayb qo‘yish imkoniyati berib qo‘yiladi. Shunday qilib, mehmonxona xavfsizlik xizmati quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:



  • mehmonlarning mehmonxonada bo‘lgan vaqtida (xavfsizligi va shaxsiy mulkini qo‘riqlashni ta’minlaydi;

  • mehmonxona mulkini dushmanlik harakatlari – o‘g‘irlash, vandalizm va h.k.dan himoyalash;

  • mehmonxonalarning barcha binolari, u yerda bor mulkni hujumdan, terrorchilikdan, sabotaj paydo bo‘lishidan, xalq noroziligi va h.k.dan himoyasini ta’minlash;

  • jamoat tartibini saqlash va mehmonxonaning barcha joylari doirasida tegishli nazoratni ta’minlash;

  • mehmonlar mehmonxonaga kelganida ularning tinchligi, osoishtaligi va konfidensialligini ta’minlash;

  • mehmonxona xodimi, vrach, politsiya aralashuvi talab qilinayotgan voqea- hodisalar ro‘y bergan xollarida shoshilinch va samarali yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;

  • mehmonxona barcha xodimlarining halolligi, pokligi va vijdonligini kafolatlash;

  • mehmonxonada yuqori lavozimli shaxslar xavfsizligini oshirish bo‘yicha maxsus xizmatlar ko‘rsatilishini kafolatlash imkoniyatini ta’minlash.






Yüklə 290,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə