Kimyo texnologiya



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə22/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
MA\'RUZA MATNI

Siklik usul.
Bu yarim uzluksiz usulning boshqa ko’rinishi bo’lib, bunda boshlangich bijg’ish va asosiy bijg’ish uzluksiz usulda amalga oshiriladi, oxirgi bijg’ish boskichi davriy usulda amalga oshiriladi. Usulni qo’llash uchun tizimda 2-3 ta mexanizasiyalangan achitqi zamburuglari o’stiruvchi uskuna,
bitta bijgituvchi va bir-biriga oquvchi truba bilan ulangan, 6-7 ta bijg’ish uskunalari mavjud bo’lishi lozim. Bundan tashqari achitqi massasini ajratib olish va achitqi zamburug’i biomassasini to’plash uchun nasos mavjud bo’lishi kerak,
Siklik usulda ish batareyada achitqi zamburug’larini uzlukli o’stirish orqali boshlanadi. Bijg’ish achitqi zamburug’i biogenera-torida boshlanadi. So’ng achitki zamburuglari batareyaning bosh uskunasida 25-30 foiz hajm miqdorida bijgiydi.
Achitqi zamburug’larini o’stiruvchi va boshlangich bijg’uvchi usku­nalarda ko’payishi 14-16 soat davom etadi. SHarbatning kislotaiyligi achitqi zamburuglarini o’stiruvchi uskunada 0,9-1,2° va bosh bijg’ituvchi uskunada 0,5-0,6° gacha sulfat kislotasi eritmasini qo’shish bilan ko’tariladi. Ahyon-ahyonda kislotalilikni ko’tarish uchun sut kislotali bijg’ish orqali ham amalga oshiriladi. To’liq ko’payish davomida achitqi zamburug’lari hujayralarining konsentrasiyasi achitqi zamburug’lari o’stiruvchi uskunada 20-25 dan 80-100 mln/ml gacha o’sadi.
Achitqi zamburug’lari o’stiruvchi uskunada achitqi zam-burug’lari 40-60 daqiqa davomida qo’shimcha qandlangan, 75-78°C da 20-30 daqiqa davomida pasterizasiyalangan va sovutilgan sharbatda o’stiriladi; boshlang’ich bijg’ituvchi uskunaga sharbat umumiy magistraldan pasterizasiyalanmasdan, ko’rsatilgan meyorda kislotaliligi saqlangan holda kelib tushadi.
Ishning boshida batareyaning bosh uskunasi bir yo’la shar-bat va achitqi zamburug’lari bilan to’ldiriladi. Bu uskunada bijg’iyotgan sharbat achitqi zamburug’lari bilan birgalikda uzluksiz birin-ketin bijg’ish uskunalariga o’tib, taxminan 25-30 soat davomida to’ldiriladi. SHundan so’ng, 30°C dan yuqori bo’lmagan haroratda 32-38 soat davomida sharbatning uzlukli bijg’ishi amalga oshiriladi. Har bir 6-7 uskunali 2-3 ta batareyadan foydalanish tavsiya etiladi. Birinchi batareya to’ldirilgandan so’ng sharbat va achitqi zamburug’lari ikkinchi batareyaga yo’naltiriladi. Ikkinchi batareya to’lguncha birinchi batareyada sharbatning boshlang’ich bijg’ishi tugaydi. Batareyani bijg’iyotgan bo’tqadan bo’shatish oxirgi uskunadan boshlanib, beshinchi uskuna tomon yo’naltiriladi. Birinchi batareya­da bijg’ishning yangi sikli 7-uskunadan boshlanadi. Bu uskuna to’ldirilgach, sharbatga achitqi zamburug’laridan bo’shab sterilizasiya va sovutishdan so’ng (6, 5, 4, 3, 2) bijg’ish uskunalari­ga oqib o’tadi.
Teskari yo’'nalish bilan to’ldirilgan batareyada sharbat boshlang’ich bijg’ish uchun qoldiriladi. Toza sharbat quyishni xuddi shu usul bilan ikkinchi batareyaning oxirgi uskunasiga o’tkaziladi.
Siklik usulda bijg’ish tugagandan so’ng sterilizasiya birinchi marotaba bosh uskunadan oxirgisiga qarab, ikkinchisini esa oxir-gisidan bosh uskunaga qarab amalga oshiriladi.
Agar o’rtacha sifatli xomashyo qayta ishlanayotgan bo’lsa, ishlab chiqarish achitqi zamburug’lari sifatida odatda oqim bo’yicha birinchi bijg’ish uskunasidan olingan bijg’iyotgan sharbatdan foydalaniladi. Bu sharbatning saxarometrda ko’rinadigan zichligi 8-10 foizni tashkil etishi lozim. Maxsus boshqa nasos yordamida birinchi bijg’ish uskunasidan bosh bijg’itish uskunasi 25-30 foiz hajmigacha bijg’iyotgan sharbatdan olib quyiladi, sulfat kislotasining eritmasi bilan uni 0,7-0,9°C gacha kislotaliligi oshiriladi, haroratni 23-27°C saqlab turib, 6 soat davomida bijg’itiladi va bosh uskunaga quyiladi.
Siklik bijg’ish jarayonida bijg’iyotgan sharbatni batareyaning
ayrim uskunalarida saqlanib qolish davomati turlicha. Eng ko’pi batareyaning bosh uskunasida, eng kami oxirgisida, qolganlarida o’rtacha davomiylikda. Bu esa, odatda, muhitning infeksiyalanishi va bo’tqaning achishiga sabab bo’ladi va, odatda, bosh uskunalardan boshlanadi. Agar, bosh uskunaga katta hajmda sharbat va ishlab chiqarish achitqi zamburug’lari berilsa, achishning oldini birmuncha olsa bo’ladi. YArim tayyor mahsulotlar tayyorlash ti-zimlariga kiruvchi solod maydalagichlar, solod sharbati uchun kichik idishlar, qandlashtiruvchi uskuna va issiqlik almashtiruvchilardan ikki qator qo’yish maqsadga mufoviqdir. Har ikkala tizim bir vaqtda ishlaydi va birini sterilizasiyaga to’xtatganda sharbat kelib tushishining uzluksizligi buzilmaydi.
Har bir tizimning sterilizasiyasi 24 soatdan, solod sharbati tizimini esa 8 soatdan so’ng o’tkaziladi.
Siklik bijg’ishni to’g’ri tashkil qilganda jarayon davomiyligi 15 foizga qisqaradi, bijg’ish uskunalarining har bir metr kub hajmidan olinadigan spirt miqdori 2,0 dalga oshadi, qand to’laroq bijg’iydi, bijg’igan sharbatning texnologik ko’rsatgichlari qisman yaxshilanadi.

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə